Arbidol
Arbidol chiqarilish shakllari


Arbidol haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Kattalar va bolalarda oldini olish va davolash: •A va B grippi, O'RVI, og'ir o'tkir respirator sindrom (TORS) (shu jumladan bronxit, pnevmoniya bilan asoratlangan); •ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlari; •surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani kompleks davolash. Operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarning oldini olish va immun statusni normallashtirish. 3 yoshdan katta bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini kompleks davolash.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparatga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lganlar
Tarkibi
- metilfeniltiometil-dimetilaminometil-gidroksibromindol karbon kislotasi etil efiri 100 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), krospovidon (kollidon 25), kaltsiy stearati. Qattiq jelatin kapsula tarkibi: titan dioksidi (E171), xinolin sariq (E104), bo‘yoqchi quyosh botishi sariq, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, sirka kislotasi, jelatin yoki titan dioksidi (E171), xinolin sariq (E104), sariq quyosh botishi (E110), jelatin. umifenovir (umifenovir gidroxloridi monogidrati (arbidol) umifenovir gidroxloridiga qayta hisoblanganda) – 100 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), povidon (kollidon 25), kaltsiy stearati. umifenovir (umifenovir gidroxloridi monogidrati (arbidol) umifenovir gidroxloridiga qayta hisoblanganda) – 50 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), povidon (kollidon 25), kaltsiy stearati. umifenovir gidroxloridi monogidrati (umifenovir g/x ga qayta hisoblanganda) - 25mg, Yordamchi moddalar natriy xlorid, maltodekstrin, saxaroza, kremniy dioksidi, titan dioksidi, kraxmal, natriy benzoat, sukraloza. banan va olcha aromatizatori.
Farmakodinamikasi
Viruslarga qarshi vosita. In vitro sharoitda A va V gripp (Influenza virus A, B) viruslari, shu jumladan yuqori patogen (H1N1)pdm09 va A(H5N1) kichik tiplari, shuningdek boshqa viruslar – o'tkir respirator viruslari infektsiyalar (O'RVI) (og'ir darajali o'tkir respirator sindromi (OO'RS) bilan assosiasiyalangan koronavirus (Soronavirus), rinovirus (Rhinovirus), adenovirus (Adenovirus), respirator-sintsitial virus (Pneumovirus) va paragripp virusi (Paramyxovirus) larni spesifik bostiradi. Viruslarga qarshi ta'sir mexanizmi bo'yicha qo'shilish (fuziya) ingibitorlariga kiradi, virus gemagglyutinini bilan o'zaro ta'sirga kirishadi va virusning xujayra qobig'i va xujayra membranalarini qo'shilib ketishiga to'sqinlik qiladi. O'rtacha immunitetni ra-batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Interferon induktsiya iiluvchi faollikka ega, immunitetning gumoral va xujayraviy reaktsiyalarini, makrofaglarning fagositar faoliyatini rag'batlantiradi, organizmning virusli infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Virusli infektsiyalar bilan bog'liq bo'lgan asoratlarni rivojlanishi, shuningdek surunkali bakterial kasalliklarni zo'rayish tez-tezligini pasaytiradi. Virusli infektsiyalardagi terapevtik samaradorligi umumiy intoksikasiyaning va klinik ko'rinishlarining yaqqolligini pasayishi, kasallik davomiyligini qisqarishi bilan namoyon bo'ladi. Kam zaharli preparatlarga (LD50>4 g/kg) kiradi. Tavsiya qilingan dozalarda peroral qo'llanganida odam organizmiga biron-bir salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Kamdan-kam hollarda: allergik reaktsiyalar, teri qichishishi, eshakemi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishi, tug'ruq faoliyati va postnatal rivojlanishga preparatning zararli ta'sirlari aniqlanmagan. Arbidol® preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida Arbidol® faqat ona uchun uni qo'llanishidan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina buyurilishi mumkin. Foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan aniqlanadi.
Arbidol® preparatining faol moddasi yoki uning metabolitlari laktasiya davrida ko'krak sutiga kirishi noma'lum. Arbidol® ni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.
Dozirovkasi
- 100 mg 200 mg 25 mg/5 ml 50 mg 50, 100mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- oq rangli donador kukun o'ziga xos meva hidli Kapsulalar Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Yo'riqnomada ko'rsatilgan preparatni qabul qilish sxemasi va davomiyligiga amal qilish kerak. Preparatning bitta dozasi o'tkazib yuborilgan hollarda – o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish va preparatni qabul qilishni boshlangan sxema bo'yicha davom ettirish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga, ovqatdan oldin buyuriladi.
Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 4 kapsula).
Kattalarda va bolalarda gripp va boshqa O'RVI ni nospesifik profilaktikasi va davolash uchun:
Gripp va boshqa O'RVI ni nospesifik profilaktikasi
Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi davrida nospesifik profilaktika uchun:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 3 xafta davomida.
Gripp va boshqa O'RVI bo'lgan bemor bilan bevosita kontaktda:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 10-14 kun davomida.
Gripp va boshqa O'RVI ni davolash:
Asoratlanmagan kechishida:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
Asoratlar (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) rivojlanganda:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida, so'ngra bir martalik doza xaftada 1 marta 4 xafta davomida buyuriladi.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
Og'ir o'tkir respirator sindromni (OO'RS) nospesifik profilaktikasi va davolash uchun:
OO'RS ni nospesifik profilaktikasi uchun (bemor bilan kontaktda):
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg kuniga bir marta (ovqatdan oldin) 12-14 kun davomida.
OO'RS ni davolash uchun:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg kuniga 2 marta 8-10 sutka davomida.
Bronxit, pnevmoniya, qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5-7 sutka davomida, so'ngra bir martalik doza xaftada 2 marta 4 xafta davomida buyuriladi.
Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish:
Operasiyadan 2 sutka oldin, so'ngra operasiyadan keyin 2 va 5 sutkada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg buyuriladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














