Apteka.uz
SavatKirish

Arpeflyu

Arpeflyu chiqarilish shakllari

ARPEFLYU tabletkalari 100mg N10
Retseptsiz
ARPEFLYU tabletkalari 100mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Lekfarm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
76 000 so'm dan
- Arpeflyu qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Arpeflyuning tarkibi
- Arpeflyu ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Arpeflyu narxi Toshkent dorixonalarida

Arpeflyu haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Kattalar va bolalarda oldini olish va davolash: A va B viruslari chaqirgan gripp, o'tkir respirator virusli infektsiyalar (O'RVI) (shu jumladan bronxit, pnevmoniya bilan asoratlangan); ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlari.
  • Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani kompleks davolash.
  • Kattalarda operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarning oldini olish va immun statusni normallashtirish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar yoshi (3 yoshgacha). Galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi kasalliklarning mavjudligi.

Tarkibi

  • Plyonka qobiq bilan qoplangan bitta tabletka saqlaydi:
  • Faol modda: Metilfeniltiometil-dimetilaminometil-gidroksibromindol karbon kislotasi etil efiri gidroxloridi monogidrati (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) - 50 mg;
  • Yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza), mikrokristall tsellyuloza, oldindan jelatinlangan kraxmal (kraxmal - 1500), magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), povidon (quyi molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon 12600 ± 2700).
  • Qobiq tarkibi: opadray II oq quyidagilardan iborat: talk (14,8%), makrogol (20,2 %), titan dioksidi (25,0 %), polivinil spirti (40,0 %).

Farmakokinetikasi

Absorbtsiya - tez. Organ va to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Maksimal konsentratsiyaga (TCmax) erishish vaqti 50 mg dozada qabul qilinganda - 1,2 soat, 100 mg - 1,5 soat. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) - 17-21 soat. Taxminan 40% o‘zgarmagan holda, asosan safro bilan (38,9%) va arzimas miqdorda buyraklar orqali (0,12%) chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Viruslarga qarshi vosita, immunomodulyatsion va grippga qarshi ta'sir ko'rsatadi, A va B gripp viruslarini o'ziga xos tarzda bostiradi.

Interferon induksiyalovchi xususiyatlarga ega, immunitetning gumoral va hujayraviy reaktsiyalarini, makrofaglarning fagotsitar funktsiyasini rag'batlantiradi, organizmning virusli infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Grippdan keyingi asoratlar rivojlanishini oldini oladi, surunkali kasalliklar zo'rayishi chastotasini kamaytiradi, immunologik ko'rsatkichlarni me'yorlashtiradi. Viruslarga qarshi ta'sir virus hujayra bilan aloqa qilganda virusning lipid qobig'ining hujayra membranalari bilan qo'shilishini bostirish bilan bog'liq. Grippda terapevtik samaradorlik intoksikatsiya va kataral hodisalar yaqqolligining pasayishi, isitma davrlari va kasallikning umumiy davomiyligining qisqarishida namoyon bo'ladi. Kam toksik dori vositalariga kiradi (LD 50>4 g/kg). Tavsiya etilgan dozalarda peroral qo'llanilganda inson organizmiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar.

Dori shaklining ta'rifi

  • Dumaloq ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Siniqdagi ko'rinishi: qobiq - oq yoki deyarli oq rangli, yadro - oq yoki deyarli oq rangli.

Maxsus ko‘rsatmalari

Markaziy neyrotrop faollik namoyon qilmaydi va tibbiyot amaliyotida turli kasb egalarida, sh.j. diqqatni va harakatlar koordinatsiyasini kuchaytirishni talab qiluvchi kasb egalarida (transport haydovchilari, operatorlar va h.k.) profilaktika maqsadida qo‘llanilishi mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llamaslik kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan tayinlanganda salbiy ta’sirlar qayd etilmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga, ovqatdan oldin. Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 100 mg, 12 yoshdan katta va kattalarga - 200 mg (100 mg dan 2 tabletka yoki 50 mg dan 4 tabletka).

Nospesifik profilaktika uchun

Gripp va boshqa O'RVI bilan og'rigan bemorlar bilan bevosita aloqada bo'lganda: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 100 mg, 12 yoshdan katta va kattalarga - 200 mg dan kuniga 1 marta 10-14 kun davomida.

Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi davrida, surunkali bronxit zo'rayishini, gerpetik infeksiya qaytalanishini oldini olish uchun: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 100 mg, 12 yoshdan katta va kattalarga - 200 mg dan haftasiga 2 marta 3 hafta davomida.

Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga- 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 100 mg, 12 yoshdan katta va kattalarga - 200 mg dan operatsiyadan 2 kun oldin, keyin operatsiyadan keyin 2 va 5-kunlari.

Davolash uchun

Gripp, asoratsiz boshqa O'RVI: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 100 mg, 12 yoshdan katta va kattalarga - 200 mg dan kuniga 4 marta (har 6 soatda) 5 kun davomida.

Gripp, asoratlar rivojlanishi bilan kechuvchi boshqa O'RVI (bronxit, pnevmoniya va boshqalar): 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha - 100 mg, 12 yoshdan katta va kattalarga - 200 mg dan kuniga 4 marta (har 6 soatda) 5 kun davomida, keyin bir martalik dozada haftasiga 1 marta 4 hafta davomida.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Arpeflyu preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Arpeflyu haqida savollar

Arpeflyu haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.4, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil