logo
SavatKirish

Sikloferon

Sikloferon chiqarilish shakllari

SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
•92 ta dorixonada bor
Narxi
98 000 so'm dan
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
•117 ta dorixonada bor
Narxi
51 900 so'm dan
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N50
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
POLISAN NTFF, OOO
•35 ta dorixonada bor
Narxi
229 000 so'm dan
SIKLOFERON liniment 5ml 5%
SIKLOFERON liniment 5ml 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmproekt, AO/ POLISAN NTFF,OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
- Sikloferon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sikloferonning tarkibi
- Sikloferon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sikloferon narxi Toshkent dorixonalarida

Sikloferon qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Kattalarda majmuaviy terapiya tarkibida: — OIV-infektsiyasi (2A-2V bosqichlari); — neyroinfektsiyalar: seroz meningitlar va entsefalitlar, kana borreliozi (Laym kasalligi); — A, B, C, D virusli gepatitlar; — gerpetik infektsiya; — tsitomegalovirus infektsiyasi; — o'tkir va surunkali bakterial va zamburug'li infektsiyalar bilan bog'liq ikkilamchi immunitet tanqisliklari; — xlamidiyali infektsiyalar; — biriktiruvchi to'qimaning revmatik va tizimli kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yuguruk); —bo'g'imlarning degenerativ-distrofik kasalliklari (deformatsiyalovchi osteoartroz bilan birga). Bolalarda majmuaviy terapiya tarkibida: — A, B, C, D virusli gepatitlar; — gerpetik infektsiya; — OIV-infektsiyasi (2A-2V bosqichlari).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (bolalarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan); — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • 1 g akridonsirka kislotasi (N-metilglyukamin tuzi shaklida) 50 mg Yordamchi moddalar: benzalkoniy xlorid, 1,2-propilenglikol. 1 g akridonsirka kislotasi (N-metilglyukamin tuzi shaklida) 50 mg Yordamchi moddalar: benzalkoniy xlorid, 1,2-propilenglikol. bitta tabletka saqlaydi: faol modda – meglumin akridonatsetat akridonsirka kislotasiga qayta hisoblanganda – 150,00 mg; yordamchi moddalar: povidon – 7,93 mg, kaltsiy stearati – 3,07 mg, gipromelloza – 2,73 mg, polisorbat 80 – 0,27 mg, metakril kislotasi va etilakrilat kopolimeri – 23,21 mg, propilenglikol – 1,79 mg.
Farmakokinetikasi
Sutkalik doza qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya 2–3 soatdan keyin erishiladi, 8-soatga kelib asta-sekin pasayadi, 24 soatdan keyin esa Sikloferon iz miqdorlarda aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4–5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya etilgan dozalarda ishlatish organizmda kumulyatsiya uchun sharoit yaratmaydi.
Farmakologik ta'siri
Immunomodulyator. Meglumin akridonatsetat interferonning past molekulyar induktori hisoblanadi, bu uning biologik faolligining keng spektrini (virusga qarshi, immunomodulyatsion, yallig'lanishga qarshi) belgilaydi. Peroral yuborilganda preparatning interferonogen faolligi 3 soat davomida saqlanib qoladi. Preparat yuborilgandan so'ng interferonning asosiy ishlab chiqaruvchi hujayralari makrofaglar, T- va B-limfotsitlardir. Preparat limfoid elementlarni saqlovchi a'zo va to'qimalarda (taloq, jigar, o'pka) interferonning yuqori titrlarini induktsiya qiladi, suyak ko'migining o'zak hujayralarini faollashtiradi, granulotsitlar hosil bo'lishini rag'batlantiradi. Tsikloferon® T-limfotsitlar va tabiiy qotil hujayralarni faollashtiradi, T-xelperlar va T-supressorlar subpopulyatsiyalari o'rtasidagi balansni normallashtiradi. ?-interferonlar faolligini kuchaytiradi. Bevosita virusga qarshi ta'sirga ega bo'lib, infektsion jarayonning erta muddatlarida (1-5 sutka) virus reproduktsiyasini bostiradi, virus avlodining infektsionligini pasaytiradi, nuqsonli virusli zarrachalar hosil bo'lishiga olib keladi. Organizmning virusli va bakterial infektsiyalarga nospetsifik rezistentligini oshiradi. Tsikloferon® kana entsefaliti, gripp, gepatit, gерпес, tsitomegalovirus, odam immunitet tanqisligi virusi, papilloma virusi va boshqa viruslarga nisbatan samarali. O'tkir virusli gepatitlarda Tsikloferon® kasalliklarning surunkali shaklga o'tishiga to'sqinlik qiladi. OIV-infektsiyasining birlamchi namoyon bo'lish bosqichida immunitet ko'rsatkichlarining barqarorlashuviga yordam beradi. O'tkir va surunkali bakterial infektsiyalarni (neyroinfektsiyalar, xlamidiozlar, bronxitlar, pnevmoniyalar, operatsiyadan keyingi asoratlar, urogenital infektsiyalar, yara kasalligi) kompleks davolashda immunoterapiya komponenti sifatida preparatning yuqori samaradorligi aniqlangan. Meglumin akridonatsetat revmatik va biriktiruvchi to'qimaning tizimli kasalliklarida yuqori samaradorlik namoyon qiladi, autoimmun reaktsiyalarni bostiradi va yallig'lanishga qarshi hamda og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Mahalliy reaktsiyalar: bo'lishi mumkin - qisqa muddatli achishish, biroz mahalliy giperemiya. Boshqalar: allergik reaktsiyalar. Nojo'ya ta'sirlar odatda kuchsiz ifodalangan va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Dozirovkasi
  • 125mg/ml 150 mg 5 %
Dozani oshirib yuborilishi
Sikloferon® preparatining dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Dori shaklining ta'rifi
  • Liniment 5% sariq rangli, kuchsiz o'ziga xos hidli tiniq suyuqlik ko'rinishida. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, sariq rangli. sariq rangli, ikki tomonlama qavariq, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Sikloferon® ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan barcha dori preparatlari bilan (shu jumladan interferonlar va kimyoterapiya preparatlari bilan) mutanosib. Sikloferon® interferonlar va nukleozid analoglari ta’sirini kuchaytiradi. Birga qo‘llanilganda Sikloferon® kimyoterapiya va interferonoterapiyaning nojo‘ya samaralarini kamaytiradi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIKLOFERON®

CYCLOFERON®

Preparatning savdo nomi: Sikloferon®

Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: meglyumin akridonasetati akridonsirka kislotasiga hisoblaganda – 150 mg;

Yordamchi moddalar: povidon – 7,93 mg, kalsiy stearati – 3,07 mg, gipromelloza – 2,73 mg, polisorbat 80 – 0,27 mg, metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri – 23,21 mg, propilenglikol – 1,79 mg.

Ta‘rifi: ikki tomoni qavariq, sariq rangli, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: L03AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Sikloferon interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodullovchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalarni) belgilaydi.

Sikloferon gripp, gerpes viruslari va o‘tkir respirator kasalliklarning boshqa qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan samaralidir. Infeksion jarayonning ilk muddatlarida (1-5-chi sutkalarida) viruslarning reproduksiyasini susaytirib, virus avlodlarining infeksionligini pasaytirib, nuqsonli virus zarrachalarini hosil bo‘lishiga olib kelib, bevosita viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Virus va bakterial infeksiyalarga nisbatan organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Sutkalik doza qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2-3 soatdan keyin erishiladi, 8 soatda konsentrasiyasi asta-sekin kamayadi, 24 soatdan keyin esa Sikloferon juda oz miqdorda aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya qilingan dozalarda ishlatish, organizmda uning kumulyasiyasi uchun sharoit yaratmaydi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda:

  • gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni;
  • gerpetik infeksiyalarni.

Bolalarda 4 yoshdan boshlab quyidagilarni majmuaviy davolashda:

  • gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni;
  • gerpetik infeksiyalarni.

Bolalarda 4 yoshdan boshlab, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun  qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga sutkada bir marta ovqatdan 30 minut oldin, chaynamasdan, ½ stakan suv bilan, yoshi jihatidan quyidagi dozalarda qabul qilinadi:

4-6 yoshdagi bolalarga: 150 mg (bir tabletka) dan bir marta;

7-11 yoshdagi bolalarga: 300-450 mg (2-3 tabletka) dan bir marta,

kattalar va12 yoshdan oshgan bolalarga: 450-600 mg (3-4 tabletka) bir marta.

Takroriy kursni birinchi kurs tamom bo‘lganidan keyin 2-3 hafta o‘tganidan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Kattalarda:

  1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda preparat 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi – 20 tabletka). Davolashni kasallikning birinchi simptomlarida boshlash kerak. Grippni og‘ir kechishida birinchi kuni olti tabletka qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida qo‘shimcha simptomatik davolash o‘tkaziladi (haroratni tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar buyuriladi).
  2. Gerpetik infeksiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20 va 23-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi – 40 tabletka). Davolash kasallikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida juda samaralidir.

Bolalarda 4 yoshdan boshlab:

  1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarda preparat yoshga bog‘liq dozalarda 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda buyuriladi. Davolash kursi holatning og‘irlik darajasi va klinik simptomlarining yaqqolligiga qarab, 5 dan to 15 qabul qilishgacha bo‘lishi mumkin.
  2. Gerpetik infeksiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14-chi sutkalarda qabul qilinadi. Davolash kursi holatning og‘irligi va klinik belgilarining yaqqolligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
  3. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni shoshilinch nospesifik profilaktikasi uchun (gripp yoki boshqa etiologiyali O‘RK bilan xastalangan bemor bilan bevosita kontaktda, gripp epidemiyasi davrida): 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda buyuriladi. So‘ngra 72 soat (uch sutka) tanaffus qilinadi va kursni 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda davom ettiriladi. Umumiy kurs 5 dan 10 martagacha qabulni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik, emizish davri, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yutish faoliyati yetarlicha shakllanmaganligi tufayli), preparatning komponentlarini yaxshi o‘zlashtirolmaslik, dekompensasiyalangan jigar sirrozi.

Ehtiyotkorlik bilan

Ovqat hazm qilish a‘zolarining zo‘rayish bosqichidagi kasalliklarida (me‘da va/yoki o‘n ikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari, gastritlar va duodenitlar) va anamnezda allergik reaksiyalarda preparatni qabul qilishdan oldin o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan albatta maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sikloferon ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari (interferonlar, ximioterapevtik dori vositalari va boshqalar) bilan mutanosibdir.

Interferonlar va nukleozidlarning analoglarining ta‘sirini kuchaytiradi. Kimyoterapiya, interferonoterapiyaning nojo‘ya samaralarini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sikloferon transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Qalqonsimon bezining kasalliklarida shifokor-endokrinologning maslahati kerak.

Agar preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda birinchi imkoniyat tug‘ilgandayoq vaqt intervalini hisobga olmay va dozani ikki barobar oshirmasdan, davolash kursini boshlangan sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.

Davolash samarasi bo‘lmagan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Sikloferon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Sikloferon barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Sikloferon haqida savollar

Sikloferon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil