Apteka.uz
SavatKirish

Immunal

Immunal chiqarilish shakllari

IMMUNAL tabletkalari N20
Retseptsiz
IMMUNAL tabletkalari N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
46 000 so'm dan
- Immunal qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Immunalning tarkibi
- Immunal ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Immunal narxi Toshkent dorixonalarida

Immunal haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Agar Sizda:

 exinatseya va murakkab gullilar oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklarga (masalan moychechak, arnika, tirnoqgul, bo‘ymadaron) yoki preparatning o‘rdamchi moddalariga allergiya;

 avj olib boruvchi tizimli kasalliklar, masalan, tuberkulyoz va sarkoidoz;

 kollagenozlar va tarqoq skleroz kabi autoimmun kasalliklar;

 immuntanqislik (OIV-infeksiya, OITS);

 immun tizimini susayishini chaqiruvchi davolash (masalan, rakni davolash yoki suyak ko‘migini yoki boshqa a’zolarni ko‘chirib o‘tkazgandan keyin qo‘llanadigan dori vositalari);

 leykotsitlarni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tizimining har qanday kasalliklari (masalan, agranulotsitoz, leykoz);

 allergik reaksiyalarga nasliy moyillik (eshakemi, atopik dermatit, bronxial astma) bo‘lsa Immunal tomchilarini qabul qilmang.

Immunal tomchilarini 1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.


Tarkibi

Preparatning 1 ml gullayotgan qirmizi Exinatseyaning (Echinacea purpurea) yangi yig‘ilgan o‘tidan olingan 0,8 ml sharbatini saqlaydi. 
Yordamchi moddalar: etanol 96% (20 hajm%), sorbitol eritmasi 70% (Ye420).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya davrida Immunalning ta’siri haqida ma’lumotlar yetarli emasligi tufayli, ushbu preparatni homilador va emizayotgan ayollar qabul qilishi tavsiya etilmaydi, shifokor buyurgan holatlar bundan mustasno.

Immunalni fertillikka ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.

Preparat etanol (20 xajm%) saqlashini e’tiborga olish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi

Qirmizi exinatseyaning dozasini oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan. 

Agar doza oshirib yuborilganidan keyin nojo‘ya samaralar aniqlansa, shifokorga murojaat qiling.


Qabul qilishni o‘tkazib yuborish

Agar Siz Immunal tomchilarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, ularni birinchi imkon tug‘ilishi bilanoq qabul qiling. So‘ngra davolashni avvalgi sxema bo‘yicha davom ettiring. Unutilganini o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar Siz biron-bir boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz sotiladigan dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Immunalning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan. Shunga qaramasdan immun tizimini susaytiruvchi dori vositalarini (masalan siklosporin va metotreksat) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Davolashni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida boshlash kerak.


Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: 2,5 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1,5 ml dan eritma kuniga 3 marta buyuriladi; qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

6 yoshdan kichik bolalar: preparatni qo‘llab bo‘lmaydi.


Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Dozalovchi pipetka yordamida o‘lchab olingan kerakli dozani qabul qilishdan oldin, ko‘p bo‘lmagan hajmidagi biroz iliq suvda suyultiriladi. Preparatni shuningdek suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin. Preparat ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilinadi.


Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli profilaktika va davolash uchun preparatni 10 kun davomida uzluksiz qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash kursini 14 kunlik tanaffusdan keyin takrorlash mumkin.


Agar simptomlar zo‘raysa yoki 10 kundan ortiq saqlanib qolsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Immunal preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Immunal narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
60 000 so'm
Buyurtma berish
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
46 000 so'm
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
60 000 so'm

Immunal haqida savollar

Immunal haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil