Vobenzim
Vobenzim chiqarilish shakllari

Vobenzim haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Majmuaviy terapiya tarkibida: — tromboflebitlar (sh.j. yuzaki venalarning o'tkir tromboflebiti), postflebitik sindrom, obliteratsiya qiluvchi endarteriit va oyoq arteriyalari aterosklerozi, limfatik shish, qaytalanuvchi flebitlarning oldini olish; — tsistit, tsistopielit, prostatit; — jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar; — genitaliyalar surunkali infektsiyalari, gestozlar, mastopatiyalar, adneksit, ginekologiyada o'rinbosar gormonal terapiyaning nojo'ya ta'sirlari tez-tezligi va yaqqolligini kamaytirish uchun; — zo'riqish stenokardiyasi, miokard infarktining o'tkir osti bosqichi (qon reologik xususiyatlarini yaxshilash uchun); — sinusit, bronxit, pnevmoniya; — pankreatit, gepatit; — pielonefrit, glomerulonefrit; — diabetik angiopatiya, diabetik retinopatiya; — autoimmun tireoidit; — revmatoid artrit, reaktiv artrit, Bexterev kasalligi; — atopik dermatit, husnbuzar toshmasi; — tarqoq skleroz; — uveit, iridotsiklit, gemoftalm, oftalmojarrohlikda qo'llash;
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — qon ketish ehtimoli yuqori bo‘lgan kasalliklar (shu jumladan gemofiliya, trombotsitopeniya); — gemodializ o‘tkazish; — 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — preparatni individual o‘zlashtira olmaslik
Tarkibi
- pankreatin 345 prot. birl. Ph.Eur. papain 90 FIP rutozid 50 mg bromelain 225 FIP tripsin 360 FIP lipaza 34 FIP amilaza 50 FIP ximotripsin 300 FIP Yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, stearin kislotasi, tozalangan suv, kolloid kremniy dioksidi, talk, saxaroza. Tabletka qobig‘i tarkibi: saxaroza, talk, metakril kislotasi va metilmetakrilat kopolimeri, shellak, titan dioksidi, oq loy, bo‘yoqchi sariq-apelsin (E110), bo‘yoqchi qirmizi 4R (E124), povidon, makrogol 6000, trietiltsitrat, vanilin, oqartirilgan mum, karnuaba mumi.
Farmakokinetikasi
Vobenzim ichga qabul qilingandan so‘ng preparat tarkibiga kiruvchi fermentlar ingichka ichakdan intakt molekulalar rezorbsiyasi yo‘li bilan so‘riladi va qonning transport oqsillari bilan bog‘lanib, qon oqimiga tushadi. So‘ngra fermentlar tomir o‘zani bo‘ylab harakatlanib, patologik jarayon zonasida to‘planadi
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparat. O'simlik va hayvonlardan olingan yuqori faol fermentlarning kombinatsiyasini o'zida namoyon etadi. Immunomodulyatsion, yallig'lanishga qarshi, fibrinolitik, shishga qarshi, antiagregant va ikkilamchi og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Vobenzim yallig'lanish jarayonining kechishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, autoimmun va immunokompleks jarayonlarning patologik ko'rinishlarini cheklaydi, organizmning immunologik reaktivligi ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir qiladi. Monotsit-makrofaglar, tabiiy qotillar funktsional faolligini rag'batlantiradi va tartibga soladi, o'smaga qarshi immunitetni, sitotoksik T-limfotsitlarni, hujayralarning fagotsitar faolligini rag'batlantiradi. Vobenzim ta'sirida aylanib yuruvchi immun komplekslar soni kamayadi va immun komplekslarning membranadagi depozitlari to'qimalardan chiqariladi. Vobenzim interstitsiyning plazmatik hujayralar bilan infiltratsiyasini kamaytiradi. Yallig'lanish sohasida oqsil detriti va fibrin depozitlari eliminatsiyasini oshiradi, moddalar almashinuvining toksik mahsulotlari va o'lik to'qimalar lizisini tezlashtiradi, gematoma va shishlarning so'rilishini yaxshilaydi, tomir devorlari o'tkazuvchanligini normallashtiradi. Vobenzim tromboksan kontsentratsiyasini va trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi. Qon hujayralari adgeziyasini tartibga soladi, eritrotsitlarning o'z shaklini o'zgartirish qobiliyatini oshiradi, ularning plastikligini tartibga soladi, normal diskotsitlar (trombotsitlar) sonini normallashtiradi va trombotsitlarning faollashgan shakllarining umumiy sonini kamaytiradi, qon qovushqoqligini normallashtiradi, mikroagregatlarning umumiy sonini kamaytiradi, shu tariqa mikrosirkulyatsiya va qonning reologik xususiyatlarini, shuningdek to'qimalarning kislorod va ozuqa moddalari bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Vobenzim lipidlar almashinuvini normallashtiradi, endogen xolesterin sintezini pasaytiradi, YuZLP miqdorini oshiradi, aterogen lipidlar darajasini pasaytiradi, ko'p to'yinmagan yog' kislotalarining so'rilishini yaxshilaydi. Vobenzim antibiotikoterapiya samaradorligini oshiradi, antibiotiklarning qon plazmasi va yallig'lanish o'chog'idagi kontsentratsiyasini oshiradi, shuningdek antibiotiklarning nojo'ya ta'sirini (disbakterioz) kamaytiradi. Vobenzim gormonal preparatlarni qabul qilish bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlarning (shu jumladan giperkoagulyatsiya) namoyon bo'lishini kamaytiradi. Vobenzim nospetsifik himoya mexanizmlarini (interferonlar ishlab chiqarish) tartibga soladi, shu bilan virusga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Vobenzim, odatda, bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Ko'pchilik hollarda nojo'ya ta'sirlar, bekor qilish sindromi, o'rganib qolish hatto uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llanilganda ham kuzatilmagan. Ayrim hollarda: axlat konsistentsiyasi va hidining arzimas o'zgarishi, eshakemi (doza kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda o'tib ketadi). Bemor boshqa nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish tavsiya etilishi haqida ogohlantirilgan bo'lishi kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Vobenzim preparatining dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Dori shaklining ta'rifi
- Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Infeksion jarayonlarda VOBENZIM antibiotiklar o'rnini bosmaydi, balki plazmadagi va yallig'lanish o'chog'idagi konsentratsiyasini oshirib, ularning samaradorligini oshiradi.
Shuni yodda tutish kerakki, preparatni qabul qilishning eng boshida kasallik simptomlari zo'rayishi mumkin, bunday hollarda davolashni to'xtatish kerak emas, balki preparat dozasini vaqtincha kamaytirish tavsiya etiladi.
Preparat doping hisoblanmaydi va avtomobilni boshqarish hamda yuqori tezlikdagi ruhiy va jismoniy reaksiyalarni talab qiluvchi ishlarni bajarishga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Vobenzim boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganda nomutanosiblik hollari noma’lum.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












