Apteka.uz
SavatKirish

Anaferon

Anaferon chiqarilish shakllari

5
1 отзывов
ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun
ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•126 ta dorixonada bor
Narxi
41 200 so'm dan
5
1 отзывов
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Retseptsiz
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•127 ta dorixonada bor
Narxi
37 400 so'm dan
ANAFERON tabletkalari N20
Retseptsiz
ANAFERON tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•128 ta dorixonada bor
Narxi
32 600 so'm dan
- Anaferon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Anaferonning tarkibi
- Anaferon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Anaferon narxi Toshkent dorixonalarida

Anaferon haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • O'tkir respirator virusli infektsiyalarning (shu jumladan gripp) oldini olish va davolash. Gerpes-viruslar chaqirgan infektsiyalarni (infektsion mononukleoz, suvchechak, labial gerpes, genital gerpes) kompleks davolash. Surunkali gerpesvirus infektsiyasi qaytalanishining, shu jumladan labial va genital gerpesning oldini olish va kompleks davolash. Kanali entsefalit virusi, enterovirus, rotavirus, koronavirus, kalitsivirus chaqirgan boshqa o'tkir va surunkali virusli infektsiyalarni kompleks davolash va oldini olish. Bakterial infektsiyalarni kompleks davolash tarkibida qo'llash. Turli etiologiyali ikkilamchi immunitet tanqisligi holatlarini kompleks davolash, shu jumladan virusli va bakterial infektsiyalar asoratlarini oldini olish va davolash.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Bolalar va 18 yoshdan kichik shaxslarga Anaferon detskiy preparatini qo‘llash ko‘rsatilgan.

Tarkibi

1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: odam gamma interferoniga affinno tozalangan antitelalar – 0,006 g*.

*muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning uch faol suvli aralashmalari ko'rinishida chiqariladi.

yordamchi moddalar: maltitol, gliserol, Kaliya sorbati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv. 


Farmakodinamikasi

Farmakologik ta'siri – immunomodulyator, viruslarga qarshi hisoblanadi.

Gripp, paragripp viruslariga, oddiy gerpesning 1 va 2 turlariga (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes-viruslariga (suvchechak, infektsion mononukleoz), enteroviruslar, kana entsefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalisivirus, adenovirus, respirator-sintsital (RS virusi) viruslariga nisbatan preparatning samaradorligi klinika oldi va klinik tadqiqotlarda aniqlangan.

Preparat shikastlangan to'qimalarda virusning kontsentrasiyasini pasaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bilan bog'liq bo'lgan tsitokinlarga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlarni (ifn a/ß) va gamma-interferon (ifn g) hosil bo'lishini induktsiyalaydi. Gumoral va hujayraviy immun javobni rag'batlantiradi. Antitelalarni (shu jumladan sekretor IgA) hosil bo'lishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (TX) faoliyatini faollashtiradi, ularning nisbatini normallashtiradi. TX va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funktsional rezervini oshiradi. Aralash tx1 va tx2-tur immun javobning induktori ximoblanadi: tx1 (ifn γ, il-2) va tx2 (il-4, 10) tsitokinlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, tx1/tx2 faolligining muvozanatini normallashtiradi (modullaydi). Fagositlarning va tabiiy killer-hujayralarning (EK hujayralar) funktsional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.

Farmakokinetikasi

Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Anaferon detskiy preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a'zolar va to'qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o'rganib bo'lmasligini bildiradi.

Farmakologik ta'siri

Profilaktik va davolash maqsadida qo'llanilganda preparat immunomodulyatsion va virusga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Gripp viruslariga (shu jumladan parranda grippi), paragripp, 1 va 2-tur oddiy gерпес viruslariga (labial gерпес, genital gерпес), boshqa gерпес viruslariga (suvchechak, infektsion mononukleoz), enteroviruslarga, kana entsefaliti virusiga, rotavirus, koronavirus, kalitsivirus, adenovirus, respirator-sinsitial (RS virus) larga nisbatan samaradorligi eksperimental va klinik jihatdan aniqlangan. Preparat shikastlangan to'qimalarda virus kontsentratsiyasini kamaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bog'liq sitokinlar tizimiga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlar (IFN alfa/beta) va gamma-interferon (IFN gamma) hosil bo'lishini induktsiya qiladi. Gumoral va hujayraviy immun javobni rag'batlantiradi. Antitelolar ishlab chiqarilishini oshiradi (shu jumladan sekretor IgA), T-effektorlar, T-xelperlar (Tx) funktsiyalarini faollashtiradi, ularning nisbatini normallashtiradi. Tx va immun javobda ishtirok etadigan boshqa hujayralarning funktsional zaxirasini oshiradi. Aralash Txl va Tx2-turdagi immun javob induktori hisoblanadi: Txl (IFN gamma, IL-2) va Tx2 (IL-4, 10) sitokinlari ishlab chiqarilishini oshiradi, Tx1/Tx2 faolliklar balansini normallashtiradi (modulyatsiya qiladi). Fagotsitlar va tabiiy qotil hujayralar (NK hujayralar) funktsional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega

Nojo'ya ta'sirlar

  • Preparat ko'rsatmalarga muvofiq va tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan. Preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik ko'rinishlari bo'lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha doza oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Tasodifan doza oshirib yuborilganda preparat tarkibidagi to‘ldiruvchilar tufayli dispeptik holatlar bo‘lishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq suyuqlik. shimish uchun tabletkalar

Maxsus ko‘rsatmalari

Qandli diabeti bo'lgan bemorlar preparatning 10 tomchisi (0,5 ml) 0,002 non birligiga (NB) muvofiq keluvchi 0,03 g maltitol saqlashini yodda tutishlari kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlar va laktasiya davrida Anaferon detskiy preparatini qo'llashning xavfsizligi o'rganilmagan.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Anaferon detskiy preparatini transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari hozirgi kungacha aniqlanmagan. Zarurat bo‘lganda preparatni boshqa virusga qarshi, antibakterial va simptomatik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat ovqatlanishdan tashqari qabul qilinadi.

Bir qabulga 10 tomchidan (tomchilar qoshiqda o'lchanadi). Davolanishning 1-chi kuni quyidagi sxema bo'yicha 80 tomchi qabul qilinadi: birinchi 2 soatda har 30 minutda 10 tomchidan (jami 50 tomchi), so'ngra shu kun davomida teng vaqt oralig'ida yana 10 tomchidan 3 marta qabul qilinadi. Ikkinchi kundan beshinchi kungacha kuniga 3 marta 10 tomchidan qabul qilinadi.

Davolanishning birinchi kunida preparatning birinchi besh qabulini ovqatlanishlar orasida yoxud bolani ovqatlantirishdan yoki suyuqlik qabul qilishidan 15 minut oldin qabul qilish kerak.



Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Anaferon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Anaferon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
37 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
37 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
37 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
37 400 so'm
Bron qilish

Anaferon haqida savollar

Anaferon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil