ANAFERON tabletkalari N20

ANAFERON tabletkalari N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, a'zolar va to'qimalarda Anaferon preparatining faol komponentlari miqdorini baholashga imkon bermaydi, bu esa farmakokinetikani o'rganishni texnik jihatdan imkonsiz qiladi.
Farmakologik ta'siri
Profilaktik va davolash maqsadida qo'llanilganda preparat immunomodulyatsion va viruslarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Eksperimental va klinik jihatdan gripp, paragripp viruslari, 1 va 2-tur oddiy gerpes viruslari (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes-viruslar (suvchechak, infektsion mononukleoz), enteroviruslar, kana ensefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalitsivirus, adenovirus, respirator-sinsitial (RS virus) viruslarga nisbatan samaradorligi aniqlangan. Preparat shikastlangan to'qimalarda virus kontsentratsiyasini pasaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bog'liq sitokinlar tizimiga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlar (IFN α/β) va gamma-interferon (IFN γ) hosil bo'lishini induktsiya qiladi.
Gumoral va hujayraviy immun javobni rag'batlantiradi. Antitanalar (shu jumladan sekretor IgA) ishlab chiqarilishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (Tx) funktsiyalarini faollashtiradi, ularning nisbatini me'yorlashtiradi. Tx va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funktsional zaxirasini oshiradi. Immun javobning aralash Tx1- va Tx2-turining induktori hisoblanadi: Tx1 (IFN γ, IL-2) va Tx2 (IL-4, 10) sitokinlari ishlab chiqarilishini oshiradi, Tx1/Tx2 faolliklar balansini me'yorlashtiradi (modulyatsiya qiladi). Fagotsitlar va tabiiy qotil hujayralarning (EK hujayralari) funktsional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar va preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik namoyon bo'lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shu munosabat bilan uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza malabsorbsiyasi sindromi yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tayinlash tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarga Anaferon bolalar preparatini qo‘llash ko‘rsatilgan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.
Zarurat bo'lganda preparatni boshqa virusga qarshi, antibakterial va simptomatik vositalar bilan birga qo'llash mumkin.
Dozirovkasi
Preparat ichga, ovqat qabul qilish vaqtida emas qabul qilinadi. Tabletkani to'liq eriguncha og'izda ushlab turish kerak.
O'RVI, gripp, ichak infeksiyalari, gerpesvirusli infeksiyalar, neyroinfeksiyalar
1-kuni 8 tab. quyidagi sxema bo'yicha qabul qilinadi: 1 tab. dan har 30 daqiqada dastlabki 2 soatda (jami 2 soatda 5 tab.), keyin shu kun davomida yana 1 tab. dan 3 marta teng vaqt oralig'ida qabul qilinadi. 2-kun va keyinchalik to'liq tuzalguncha 1 tab. dan 3 marta/sut qabul qilinadi.
O'tkir respirator virusli infeksiyalar va grippni preparat bilan davolashning 3-kunida yaxshilanish bo'lmasa - shifokorga murojaat qilish kerak.
Epidemik mavsumda profilaktika maqsadida preparat har kuni 1 marta/sut 1-3 oy davomida qabul qilinadi.
Genital gerpes
Genital gerpesning o'tkir ko'rinishlarida preparat teng vaqt oraliqlarida quyidagi sxema bo'yicha qabul qilinadi: 1-3 kun - 1 tab. dan 8 marta/sut, keyin - 1 tab. dan 4 marta/sut kamida 3 hafta.
Surunkali gerpesvirusli infeksiya qaytalanishini oldini olish uchun - 1 tab./sut. Tavsiya etilgan profilaktik kurs davomiyligi individual belgilanadi va 6 oygacha yetishi mumkin.
Preparat immun tanqisligi holatlarini davolash va oldini olish, bakterial infeksiyalarni kompleks davolashda qo'llanilganda - 1 tab./sut qabul qilinadi.
Zarurat bo'lganda preparatni boshqa virusga qarshi va simptomatik vositalar bilan birga qo'llash mumkin.
ANAFERON tabletkalari N20 o'xshash dorilari




Anaferon boshqa chiqarish shakllari


ANAFERON tabletkalari N20 analoglari




