Ташкент
logo
SavatKirish

POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Farmakoterapevtik guruh:

Immunomodulyator vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Petrovaks Farm NPO, OOO
Teglar:Gerpesdan
Vakil:Petrovaks
ATX kodi:L03AX
Barcha Polioksidoniy dorilari
136 ta dorixonada bor
Narxi 178 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 136 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

15ºC dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azoksimer bromidi – 6 mg yoki 12 mg;

yordamchi moddalar:

mannitol – 1,8 mg, povidon – 1,2 mg, kakao urugʼi moyi (kakao moyi) – 1291,0 mg (6 mg doza uchun); 

mannitol – 3,6 mg, povidon – 2,4 mg, kakao urugʼi moyi (kakao moyi) – 1282,0 mg (12 mg doza uchun).

Chiqarilish shakli

Vaginal va rektal suppozitoriylar, 6 mg, 12 mg.

5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali oʼramda. Ikkita kontur uyali oʼramlar tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Farmakodinamikasi

Аzoksimer bromidi majmuaviy taʼsirga ega: immunitetni ragʼbatlantiruvchi, detoksikatsiya qiluvchi, antioksidant, oʼrtacha yalligʼlanishga qarshi.

Аzoksimer bromidining immunitetni ragʼbatlantiruvchi taʼsirining asosiy mexanizmi fagotsitozlovchi xujayralar va tabiiy killerlarga bevosita taʼsiri, shuningdek antetala hosil qilish, interferon-alьfa va interferon-gamma sintezini ragʼbatlantirishdan iborat.

Аzoksimer bromidining detoksikatsion va antioksidant xususiyatlari asosan preparatning strukturasi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi.

Аzoksimer bromidi organizmni bakterial, zamburugʼli va virus etiologiyali mahalliy va tarqalgan infektsiyalarga nisbatan rezistentligini oshiradi. Turli infektsiyalar, jarohatlar, jarroxlik operatsiyalari, kuyishlar, autoimmun kasalliklar, xavfli oʼsmalar, ximioterapevtik vositalar, sitostatiklar, steroid gormonlarni qoʼllash chaqirgan ikkilamchi immuntanqis xolatlarda immunitetni tiklaydi.

Аzoksimer bromidi eruvchan toksik moddalar va mikrozarrachalarni bloklaydi, organizmdan toksinlar, ogʼir metall tuzlarini chiqarish qobiliyatiga ega, erkin radikallarni tutish hisobiga ham, katalitik faol Fe2+ ionlarini eliminatsiyasi yoʼli bilan ham lipidlarning perikisli oksidlanishini ingibitsiya qiladi. Аzoksimer bromidi pro- va yalligʼlanishga qarshi sitokinlarni sintezini normallashishi hisobiga yalligʼlanish reaktsiyasini pasaytiradi.

Аzoksimer bromidi yaxshi oʼzlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka ega emas, allergizatsiya qiluvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen taʼsir koʼrsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Аzoksimer bromidi suppozitoriylari rektal yuborilganda yuborilandan keyin 1 soat oʼtgach qonda maksimal kontsentratsiyasiga erishib, yuqori biokiraolishlikka (kamida 70%) ega. Yarim taqsimlanish davri – taxminan 0,5 soat, yarim chiqarilish davri- 36,2 soat. Organizmla oligomerlargacha gidrolizga uchraydi, ular asosan buyraklar orqali chiqariladi. Toʼplanish samarasi yoʼq.

Farmakoterapevtik guruh

Immunomodulyator vosita.

Dori shakli

vaginal va rektal suppozitoriylar

Nojo'ya samaralari

Quyida Polioksidoniy® preparatining klinik tadqiqotlari vaqtida va roʼyhatdan oʼtkazilgandan keyin qoʼllash vaqtida qayd etilgan noxush reaktsiyalar tez-tezligi boʼyicha keltirilgan:

Juda kam xollarda (0,001% dan koʼproq, ammo 0,01% dan kamroq patsientlarda kuzatiladi)
Tana haroratini oshishi, yuborish joyida reaktsiyalar - giperemiya, shish, qichishish.

Juda kam xollarda / yakka holatlarda va shunga oʼxshash (0,001% dan kamroq patsientlarda kuzatiladi)

Tarqalgan holsizlik, asteniya, qizib ketish hissi, oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Аgar Siz biron-bir noxush reaktsiyalar, shu jumladan yoʼriqnomada koʼrsatilgan reaktsiyalarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Noxush doriga reaktsiyalar rivojlanganda Polioksidoniy® preparatini qoʼllashni toʼxtatish va shifokorga murojaat etish kerak.

Preparat bilan davolashni toʼxtatish zarurati boʼlganida, bekor qilishni darhol amalga oshirish mumkin. Preparatning bir martalik dozasini oʼtkazib yuborilganda uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, ammo agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan boʼlsa, qabul qilishdagi doza oshirilmasin.

Preparatni yaroqsizligining vizual belgilari (oʼram nuqsoni, suppozitoriy rangini oʼzgarishi) boʼlganida preparatni qoʼllamang.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi

Homiladorlik Polioksidoniy® preparatini qoʼllash mumkin boʼlmagan holat boʼlib hisoblanadi.

Polioksidoniy® preparatini hayvonlarda eksperimental qoʼllanilganda embriotoksik va teratogen taʼsiri, homilaga rivojlanishiga taʼsiri aniqlanmagan.

Аgar Siz homilador boʼlsangiz yoki homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan boʼlsangiz, Polioksidoniy® preparatini qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Dori preparatining taʼsir etuvchi moddasi yoki yordamchi komponentlarini ayolning koʼkrak sutiga ajralishi haqida maʼlumotlar yoʼq. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida emizish davrida qoʼllash mumkin emas.

Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Polioksidoniy® preparatini qoʼllash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlarga xizmat koʼrsatish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa ishlarni bajarish qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.

Qo'llanilishi

Infektsion-yalligʼlanish kasalliklarini davolash va oldini olish (virusli, bakterial va zamburugʼ etiologiyasi), kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalarda kuchayish va remissiya bosqichida.
Kattalarni davolash uchun (kompleks terapiyasida):

- turli lokalizatsiya, bakterial, virusli va zamburugʼ etiologiyasining surunkali takrorlanuvchi infektsion-yalligʼlanish kasalliklarining oʼtkir va kuchayishida;

- urogenital yoʼllarining yalligʼlanish kasalliklari (uretrit, sistit, pielonefrit, prostatit, salьpingooforit, endomiometrit, kolьpit, servitsit, servikoz, bakterial vaginoz);

- oʼpkaning tuberkulyoz kasalligining turli shakllarida;

- allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatit) asoratlangan takrorlanuvi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyasida;

- immunosupressantlardan uzoq muddatli qoʼllash fonida takrorlanuvchi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiya bilan asoratlangan rematoid artrit;

- regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar);

- kimyoviy va nurlanish terapiyasi vaqtida onkologik kasalliklarni kompleks davolashda, dori preparatlarini nefro- va gepatotoksik taʼsirini kamaytirish.

Kattalarda profilaktika uchun (monoterapiyada):

- urogenital yoʼllarining takrorlanuvchi va gerpetik infektsiyasida;

- infektsiyalarning surunkali oʼchoqlarining kuchayishida;

- immunitet tanqisligi boʼlgan odamlarda epidemiyadan oldingi va epidemiya davrida gripp va boshqa oʼtkir respiratorli infektsiyalarda; 

- qarish yoki nojoʼya omillar taʼsiridan kelib chiqadigan ikkilamchi immunitet tanqisligida.
6 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun (kompleks terapiyasida):

- turli lokalizatsiya, bakterial, virusli va zamburugʼli etiologiyasining surunkali takrorlanuvchi infektsion-yalligʼlanish kasalliklarining oʼtkir va kuchayishi;

- urogenital yoʼllarining yalligʼlanish kasalliklari (uretrit, sistit, pielonefrit);

- oʼpkaning tuberkulyoz kasalligining turli shakllarida;

- allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatit) asoratlangan takrorlanuvi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyasida;

- regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar);

- kimyoviy va nurlanish terapiyasi vaqtida onkologik kasalliklarni kompleks davolashda, dori preparatlarini nefro- va gepatotoksik taʼsirini kamaytirish.

6 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun (monoterapiyada):

- urogenital yoʼllarining takrorlanuvchi va gerpetik infektsiyasida;

- infektsiyalarning surunkali oʼchoqlarining kuchayishida;

- immunitet tanqisligi boʼlgan odamlarda epidemiyadan oldingi va epidemiya davrida gripp va boshqa oʼtkir respiratorli infektsiyalarda; 

1 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun (kompleks terapiyasida):

- turli lokalizatsiya, bakterial, virusli va zamburugʼ etiologiyasining surunkali takrorlanuvchi infektsion-yalligʼlanish kasalliklarining oʼtkir va kuchayishida;

- urogenital yoʼllarining yalligʼlanish kasalliklari (uretrit, sistit, pielonefrit);

- oʼpkaning tuberkulyoz kasalligining turli shakllarida;

- allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatit) asoratlangan takrorlanuvi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyasida;

- regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar);
1 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun (monoterapiyada):

- urogenital yoʼllarining takrorlanuvchi va gerpetik infektsiyasida;

- infektsiyalarning surunkali oʼchoqlarining kuchayishida;

- immunitet tanqisligi boʼlgan odamlarda epidemiyadan oldingi va epidemiya davrida gripp va boshqa oʼtkir respiratorli infektsiyalarda qoʼllaniladi; 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- azoksimer bromidga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;

- homiladorlik, emizish davri;

- 1 yoshgacha boʼlgan bolalar;

- oʼtkir buyrak yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan

Аgar sizda ushbu boʼlimda keltirilgan kasalliklar mavjud boʼlsa, dori preparatlarini qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing:

- surunkali buyrak yetishmovchiligi (haftasiga 2 martadan koʼp boʼlmagan holda buyuriladi).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Аzoksimer bromidi sitoxroma R-450 izoferment CYP1A2, CYP2S9, CYP2S19, CYP2D6 ingibirlanmaydi, shuning uchun dori vositasini koʼplab preparatlari, jumladan antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburugʼlarga qarshi va antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlar va sitostatiklar bilan mos keladi. 

Аgar siz yuqoridagi yoki boshqa dori preparatlari (shu jumladan retseptsiz) qabul qilsangiz, Polioksidoniy® qoʼllash oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.  

Ta'rifi

och-sariq rangli kuchsiz oʼziga xos kakao hidli, boʼyalishida marmarlikka ruxsat etiladigan torpedasimon shaklidagi suppozitoriyalari. Kesimida havo sterjeni yoki voronkasimon chuqurchaga ruxsat beriladi.

Dozirovkasi

Preparatni faqat koʼrsatmalarga, qoʼllash usuliga va yoʼriqnomada koʼrsatilgan dozalarda qoʼllang.
Аgar davolanishdan keyin yaxshilanish boʼlmasa yoki simptomlar yomonlashsa yoki yangi simptomlar paydo boʼlsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Аgar kerak boʼlsa, 3-4 oy ichida takroriy terapiya kurslarini oʼtkazish mumkin. Preparatni takroriy qoʼllash bilan uning samaradorligi pasaymaydi.

Preparatni qoʼllash uchun tavsiya etilgan sxemasi

Kattalarda qoʼllanilishi

- ichakni tozalashdan keyin sutkada 1 marta rektal 1 suppozitorini; 

- vaginal, ginekologik kasalliklarda, sutkada 1 marta 1 suppozitorini (kechasi) yotgan holatda qinga yuboriladi.

Kattalarni davolash uchun:

 - oʼtkir bosqichda surunkali infektsion-yalligʼlanish kasalliklari uchun -sutkada xar kuni 1 marta 12 mg dan 3 kun davomida, soʼngra kunora. Davolash kursi - 10 suppozitorilar;

 - oʼtkir infektsion jarayonlarda va regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar) – har kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- ginekologik kasalliklarda – har kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitoriya. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- urogenital kasalliklarini kuchayishida (uretrit, pielonefrit, sistit, prostatit) - xar kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- oʼpkaning tuberkulyoz kasalligining turli shakllarida - har kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 20 ta suppozitorilar. Bundan tashqari, samarasini bir maromda tutib turish terapiyasi uchun 2-3 oygacha boʼlgan kurs bilan haftasiga 2 marta 6 mg dan suppozitoriyni qoʼllash mumkin. 

- kimyoviy va nurlanish terapiyasi vaqtida onkologik kasalliklarni kompleks davolashda - xar kuni terapiyasi kursi boshlanishidan 2-3 kun oldin 12 mg dan suppozitorilar. Soʼngra haftasiga 2 marta 12 mg dan suppozitorilar. 

- allergik kasalliklarda, asortalangan infektsion sindromida - xar kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- revmatoid artritda – kunora 12 dan suppozitoriya. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

Profilaktika uchun (monoterapiya):

- surunkali infektsiyalar oʼchoqlarining kuchayishi, urogenital yoʼllarining takrorlanuvchi gerpetik infektsiyasi - kunora 12 dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- gripp va OʼRVI - sutkada 12 dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitoriya;

- qarish natijasida kelib chiqadigan ikkilamchi immunitet tanqisligida - haftasiga 2 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi yiliga 2-3 marta - 10 ta suppozitorilar;

Bolalarda qoʼllanilishi

1 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlar uchun ichakni tozalashdan keyin - sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitorilar faqat rektal yuboriladi. 

6 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlarni davolash uchun:

- oʼtkir bosqichda surunkali infektsion-yalligʼlanish kasalliklarida – xar kuni 3 kun davomida sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitorilardan. Davolash kursi - 10 ta suppozitoriya;

- oʼtkir infektsion jarayonlarda va regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar) – har kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- urogenital kasalliklarini kuchayishida (uretrit, pielonefrit, sistit, prostatit) - har kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitoriya;

- oʼpkaning tuberkulyoz kasalligining turli shakllarida - xar kuni sutkada 1 marta 12 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 20 ta suppozitorilar. Bundan tashqari, samarasini bir maromda tutib turish terapiyasi uchun 2-3 oygacha boʼlgan kurs bilan haftasiga 2 marta 6 mg dan suppozitorilarni qoʼllash mumkin. 

- kimyoviy va nurlanish terapiyasi vaqtida onkologik kasalliklarni kompleks davolashda - har kuni terapiyasi kursi boshlanishidan 2-3 kun oldin 12 mg dan suppozitorilar. Soʼngra haftasiga 2 marta 6 mg dan 20 ta suppozitorilardan. 

- allergik kasalliklarda, asortalangan infektsion sindromida - xar kuni sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

6 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlarning oldini olish uchun (monoterapiya):
- surunkali infektsiyalar oʼchoqlarining kuchayishi, urogenital yoʼllarining takrorlanuvchi gerpetik infektsiyasi – kunora 6 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;

- gripp va OʼRVI - sutkada bir marta 6 dan suppozitoriya. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar;
1 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalarni davolash uchun:

- oʼtkir bosqichda surunkali infektsion-yalligʼlanish kasalliklarida – sutkada 1 marta 6 mg suppozitorilar, kunora birinchi uchta qoʼllashdan keyin, soʼngra dozalar orasidagi intervalni 3 kungacha oshirish kerak. Davolash kursi - 5 ta suppozitorilar;

- oʼtkir infektsion jarayonlarda va regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar) – kunora sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 5 ta suppozitorilar;
- urologik kasalliklarning kuchayishi bilan (uretrit, pielonefrit, sistit) – kunora sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitorilar. Davolash kursi - 5 ta suppozitoriya;

- oʼpkaning tuberkulyoz kasalligining turli shakllarida – kunora sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitoriya, soʼngra qoʼllashlarning orasidagi intervalini 3 kungacha oshirish mumkin. Davolash kursi - 10 ta suppozitorilar.

- allergik kasalliklarda, asortalangan infektsion sindromida – kunora sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitoriya. Davolash kursi - 5 ta suppozitorilar;

1 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalarni davolash uchun (monoterapiya):

- surunkali infektsiyalar oʼchoqlarining kuchayishi, urogenital yoʼllarining takrorlanuvchi gepretik infektsiyasi - sutkada 1 marta 6 mg dan suppozitorilar, soʼngra qoʼllashlarning orasidagi interval 3 kun.

Davolash kursi - 5 ta suppozitorilar.

- gripp va OʼRVI – kunora sutkada 1 marta 6 dan suppozitorilar. Davolash kursi - 5 ta suppozitoriya;
Uzoq vaqt davomida immunosupressiv terapiya olgan, onkologik, nurlanishga duchor boʼlgan, immunitet tizimining orttirilgan nuqsoni boʼlgan patsientlar uchun - OITV, Polioksidoniy® bilan uzoq muddatli samarasini bir maromda tutib turuvchi terapiyasi 2-3 oydan 1 yilgacha (haftasiga 1-2 marta kattalarga 12 mg, 6 yoshdan katta bolalar –6 mg).

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.

Xususiyatlar POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10

POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10 boshqa chiqarish shakllari

POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO
•119 ta dorixonada bor
Narxi
192 000 so'm dan
POLIOKSIDONIY suppozitorii 6 mg N10
POLIOKSIDONIY suppozitorii 6 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO, OOO
•130 ta dorixonada bor
Narxi
202 000 so'm dan
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm, NPO, OOO
•138 ta dorixonada bor
Narxi
144 400 so'm dan

POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10 savollari

POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil