POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10



immunostimulyatorlar, boshqa immunostimulyatorlar.
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 o'xshash dorilari




POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 qo'llanmasi
25ºC dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: azoksimer bromidi – 12 mg;
yordamchi moddalar: mannitol – 3,6 mg, povidon – 2,4 mg, laktoza monogidrati – 185,0 mg, kartoshka kraxmali – 45,0 mg, stearin kislotasi – 2,0 mg.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar, 12 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folьgali kontur uyali oʼramlarda. Bir yoki ikki kontur uyali oʼramlar tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Аzoksimer bromidi majmuaviy taʼsirga ega: immunitetni ragʼbatlantiruvchi, detoksikatsiya qiluvchi, antioksidant, oʼrtacha yalligʼlanishga qarshi.
Аzoksimer bromidining immunitetni ragʼbatlantiruvchi taʼsirining asosiy mexanizmi fagotsitozlovchi xujayralar va tabiiy killerlarga bevosita taʼsiri, shuningdek antetala hosil qilish, interferon-alьfa va interferon-gamma sintezini ragʼbatlantirishdan iborat.
Аzoksimer bromidining detoksikatsion va antioksidant xususiyatlari asosan preparatning strukturasi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi.
Аzoksimer bromidi organizmni bakterial, zamburugʼli va virus etiologiyali mahalliy va tarqalgan infektsiyalarga nisbatan rezistentligini oshiradi. Turli infektsiyalar, jarohatlar, jarroxlik operatsiyalari, kuyishlar, autoimmun kasalliklar, xavfli oʼsmalar, ximioterapevtik vositalar, sitostatiklar, steroid gormonlarni qoʼllash chaqirgan ikkilamchi immuntanqis xolatlarda immunitetni tiklaydi.
Аzoksimer bromidi eruvchan toksik moddalar va mikrozarrachalarni bloklaydi, organizmdan toksinlar, ogʼir metall tuzlarini chiqarish qobiliyatiga ega, erkin radikallarni tutish hisobiga ham, katalitik faol Fe2+ ionlarini eliminatsiyasi yoʼli bilan ham lipidlarning perikisli oksidlanishini ingibitsiya qiladi. Аzoksimer bromidi pro- va yalligʼlanishga qarshi sitokinlarni sintezini normallashishi hisobiga yalligʼlanish reaktsiyasini pasaytiradi.
Аzoksimer bromidi yaxshi oʼzlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka ega emas, allergizatsiya qiluvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen taʼsir koʼrsatmaydi.
Аzoksimer bromidi hidga va taʼmga ega emas, burun va ogʼiz-halqum shilliq qavatlariga surtilganda mahalliy taʼsirlovchi samaraga ega emas.
Аzoksimer bromidi ichga qabul qilingandan keyin MIY dan tez soʼriladi, peroral yuborilganda preparatning biokiraolishligi 70% dan yuqori. Qondagi maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilingandan keyin 3 soat oʼtgach erishiladi. Аzoksimer bromidining farmakokinetikasi proportsional hisoblanadi (qon plazmasidagi kontsentratsiyasi qabul qilingan dozaga proportsional).
Аzoksimer bromidi gidrofil birikma boʼlib hisoblanadi. Taxminiy taqsimlanish xajmi taxminan soatiga 0,5 l ni tashkil qiladi, bu preparat asosan xujayralararo suyuqlikda taqsimlanishidan dalolat beradi. Yarim soʼrilish davri – 35 minut, yarim chiqarilish davri – 18 soat.
Аzoksimer bromidi organizmning barcha aʼzolari va toʼqimalari boʼyicha tez taqsimlanadi, gematoentsefalik va gematooftalьmik toʼsiq orqali oʼtadi. Toʼplanish samarasi yoʼq. Organizmda Аzoksimer bromidi quyimolekulyar oligomerlargacha biodestruktsiyaga uchraydi, asosan buyraklar orqali chiqariladi, axlat bilan – 3% dan kamroq chiqariladi.
immunostimulyatorlar, boshqa immunostimulyatorlar.
Quyida Polioksidoniy® preparatining klinik tadqiqotlari vaqtida va roʼyhatdan oʼtkazilgandan keyin qoʼllash vaqtida qayd etilgan noxush reaktsiyalar tez-tezligi boʼyicha keltirilgan:
Juda kam xollarda (0,001% dan koʼproq, ammo 0,01% dan kamroq patsientlarda kuzatiladi)
Tana haroratini oshishi, qaltirash.
Juda kam xollarda / yakka holatlarda va shunga oʼxshash (0,001% dan kamroq patsientlarda kuzatiladi)
Tarqalgan holsizlik, asteniya, qizib ketish hissi, oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Аgar Siz biron-bir noxush reaktsiyalar, shu jumladan yoʼriqnomada koʼrsatilgan reaktsiyalarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Noxush doriga reaktsiyalar rivojlanganda Polioksidoniy® preparatini qoʼllashni toʼxtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Polioksidoniy® preparati bilan davolashni toʼxtatish zarurati boʼlganida, dozani asta-sekin pasaytirmasdan, bekor qilishni darhol amalga oshirish mumkin.
Preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish oʼtkazib yuborilganda, uni keyinchalik qabul qilishni ushbu yoʼriqnomada koʼrsatilganidek yoki shifokor tomonidan buyurilgandek odatdagi tartibda oʼtkazish kerak. Oʼtkazib yuborilgan dozalarning oʼrnini toʼldirish uchun patsient dozani ikki marta qabul qilmasligi kerak.
Preparatni yaroqsizligining vizual belgilari (oʼram nuqsoni, suppozitoriy rangini oʼzgarishi) boʼlganida preparatni qoʼllamang.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanilishi
Homiladorlik Polioksidoniy® preparatini qoʼllash mumkin boʼlmagan holat boʼlib hisoblanadi.
Polioksidoniy® preparatini hayvonlarda eksperimental qoʼllanilganda embriotoksik va teratogen taʼsiri, homilaga rivojlanishiga taʼsiri aniqlanmagan.
Аgar Siz homilador boʼlsangiz yoki homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan boʼlsangiz, Polioksidoniy® preparatini qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Dori preparatining taʼsir etuvchi moddasi yoki yordamchi komponentlarini ayolning koʼkrak sutiga ajralishi haqida maʼlumotlar yoʼq. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida emizish davrida qoʼllash mumkin emas.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Polioksidoniy® preparatini qoʼllash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlarga xizmat koʼrsatish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa ishlarni bajarish qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Ushbu preparatni qoʼllashni boshlashdan oldin ushbu yoʼriqnomani diqqat bilan oʼqib chiqing, chunki u Siz uchun muhim maʼlumot saqlaydi.
Yoʼriqnomani saqlang, u yana kerak boʼlishi mumkin.
Аgar Sizda savollar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat eting.
Ushbu dori vositasi retseptsiz beriladi. Optimal natijalarga erishish uchun uni yoʼriqnomada taʼriflangan barcha tavsiyalarga qatʼiy rioya qilib qoʼllash kerak. Siz davolanayotgan dori vositasi shaxsan Sizga moʼljallangan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki hatto ularda Sizdagiga oʼxshash simptomlar boʼlsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda zoʼrayish va remissiya bosqichidagi oʼtkir va surunkali respirator kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qoʼllanadi.
Davolash uchun (majmuaviy davolash tarkibida):
• Ogʼiz-halqum, burun yondosh boʼshliqlari, yuqori va quyi nafas yoʼllari, ichki va oʼrta quloqning oʼtkir va surunkali qaytalanuvchi infektsion-yalligʼlanish kasalliklarini zoʼrayishi;
• Qaytalanuvchi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyalar bilan asoratlangan allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma);
• Profilaktika uchun (monoterapiya):
• Nazal va labial sohadagi qaytalanuvchi gerpetik infektsiya;
• Ogʼiz-halqum, burun yondosh boʼshliqlari, yuqori nafas yoʼllari, ichki va oʼrta quloqning surunkali infektsiya oʼchoqlarini zoʼrayishi;
• Qarilik yoki noxush omillarning taʼsirida yuzaga keluvchi ikkilamchi immuntanqis holatlarda qoʼllanadi.
taʼsir etuvchi moddaga yoki dori preparatining har qanday yordamchi moddasiga oʼtka yuqori sezuvchanlik;
• homiladorlik, emizish davri;
• 3 yoshgacha boʼlgan bolalar;
• oʼtkir buyrak yetishmovchiligi;
• laktozani oʼzlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malьabsorbtsiya sindromi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklarda qoʼllash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Аgar Sizda ushbu boʼlimda koʼrsatilgan kasalliklar boʼlsa, dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokorga murojaat eting:
• surunkali buyrak yetishmovchiligi (xaftada 2 martadan koʼproq buyurilmaydi).
Аzoksimer bromidi sitoxrom R450 CYP1A2, CYP2S9, CYP2S19, CYP2D6 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi, shuning uchun preparat koʼpgina dori vositalari, shu jumladan antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburugʼlarga qarshi va antigistamin preparatlari, glyukokortikosteroidlar va sitostatiklar bilan mutanosib.
Аgar Siz yuqorida sanab oʼtilgan yoki boshqa dori preparatlarini (shu jumladan retseptsiz beriladigan) qabul qilayotgan boʼlsangiz, Polioksidoniyni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni faqat yoʼriqnomada koʼrsatilgan koʼrsatmalar, qoʼllash usuli va dozalarga muvofiq qoʼllang.
Аgar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar chuqurlashsa yoki yangi simptomlar paydo boʼlsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Peroral va sublingvalь ovqatdan 20-30 minut oldin har kuni sutkada 2 marta: 10 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda – 1 tabletkadan, 3 yoshdan 10 yoshgacha boʼlgan bolalarda – ½ tabletkadan (6 mg).
Zarurati boʼlganida 3-4 oydan keyin takroriy davolash kurslarini oʼtkazish mumkin. Preparatning takroran buyurilganda uning samaradorligi pasaymaydi.
Tavsiya etilgan davolash sxemalari
Sublingval
Kattalarni davolash uchun:
• Gripp va oʼtkir respirator infektsiyalar – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida;
• Ogʼiz-halqumning yalligʼlanish jarayonlari – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 10 kun davomida;
• Yuqori nafas yoʼllari, burun yondosh boʼshliqlarining surunkali kasalliklari, surunkali otitlarni zoʼrayishi – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 10 kun davomida;
• Qaytalanuvchi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyalar bilan asoratlangan allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma) – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 10 kun davomida.
3 yoshdan 10 yoshgacha boʼlgan bolalarni davolash uchun:
• Gripp va oʼtkir respirator infektsiyalar – ½ tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida;
• Ogʼiz-halqumning yalligʼlanish jarayonlari – ½ tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida;
• Qaytalanuvchi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyalar bilan asoratlangan allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma) – ½ tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida.
10 yoshdan oshgan bolalarni davolash uchun:
• Gripp va oʼtkir respirator infektsiyalar – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida;
• Ogʼiz-halqumning yalligʼlanish jarayonlari – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida;
• Yuqori nafas yoʼllari, burun yondosh boʼshliqlarining surunkali kasalliklari, surunkali otitlarni zoʼrayishi – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida;
• Qaytalanuvchi bakterial, zamburugʼli va virusli infektsiyalar bilan asoratlangan allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma) – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun davomida.
Kattalarda profilaktika uchun:
• Epidemiyadan oldingi davrda gripp va oʼtkir respirator infektsiyalar – kuniga 1 tabletkadan 10 kun davomida;
• Nazal va labial sohadagi qaytalanuvchi gerpetik infektsiya – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 10 kun;
• Ogʼiz-halqum, burun yondosh boʼshliqlari, yuqori nafas yoʼllari, ichki va oʼrta quloqning surunkali infektsiya oʼchoqlarini zoʼrayishi – kuniga 1 tabletkadan 10 kun;
• Qarilik yoki noxush omillarning taʼsirida yuzaga keluvchi ikkilamchi immuntanqislik– 1 tabletkadan kuniga 1 marta 10 kun.
3 yoshdan 10 yoshgacha boʼlgan bolalarda profilaktika uchun:
• Epidemiyadan oldingi davrda gripp va oʼtkir respirator infektsiyalar – kuniga ½ tabletkadan 7 kun davomida;
• Nazal va labial sohadagi qaytalanuvchi gerpetik infektsiya – ½ tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun;
• Ogʼiz-halqum, burun yondosh boʼshliqlari, yuqori nafas yoʼllari, ichki va oʼrta quloqning surunkali infektsiya oʼchoqlarini zoʼrayishi – kuniga ½ tabletkadan 10 kun.
10 yoshdan oshgan bolalarda profilaktika uchun:
• Epidemiyadan oldingi davrda gripp va oʼtkir respirator infektsiyalar – kuniga 1 tabletkadan 7 kun davomida;
• Nazal va labial sohadagi qaytalanuvchi gerpetik infektsiya – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 7 kun;
• Ogʼiz-halqum, burun yondosh boʼshliqlari, yuqori nafas yoʼllari, ichki va oʼrta quloqning surunkali infektsiya oʼchoqlarini zoʼrayishi – 1 tabletkadan kuniga 1 marta 10 kun.
Peroral
Kattalarni davolash uchun:
• Yuqori va quyi nafas yoʼllari kasalliklari – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 10 kun.
10 yoshdan oshgan bolalarni davolash uchun:
• Yuqori va quyi nafas yoʼllari kasalliklari – 1 tabletkadan kuniga 2 marta 10 kun.
Dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.
Polioksidoniy boshqa chiqarish shakllari





