POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5



Immunomodulyator vosita
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5 qo'llanmasi
8°C yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: azoksimer bromidi – 3 mg yoki 6 mg;
yordamchi moddadar: mannitol – 0,9 mg, povidon – 0,6 mg (3 mg doza uchun);
mannitol – 1,8 mg, povidon – 1,2 mg (6 mg doza uchun).
Chiqarilish shakli
Inʼektsiya uchun va mahalliy qoʼllash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 3 mg, 6 mg.
4,5 mg dan preparat (3 mg doza uchun) yoki 9 mg dan preparat (6 mg doza uchun) rezina tiqish va alyumin qalpoqcha bilan germetik berkitilgan, 1 gidrolitik sinf toʼq rangli shisha flakonlarda.
Preparat saqlovchi 5 flakondan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali oʼramda. Bir kontur uyali oʼramdan qoʼllashga doir yoʼriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi yoki 5 flakondan qoʼllashga doir yoʼriqnomasi bilan karton kiritmali karton qutiga joylanadi.
Аzoksimer bromidi majmuaviy taʼsirga ega: immunitetni ragʼbatlantiruvchi, detoksikatsiya qiluvchi, antioksidant, oʼrtacha yalligʼlanishga qarshi.
Аzoksimer bromidining immunitetni ragʼbatlantiruvchi taʼsirining asosiy mexanizmi fagotsitozlovchi xujayralar va tabiiy killerlarga bevosita taʼsiri, shuningdek antetala hosil qilish, interferon-alьfa va interferon-gamma sintezini ragʼbatlantirishdan iborat.
Аzoksimer bromidining detoksikatsion va antioksidant xususiyatlari asosan preparatning strukturasi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi. Аzoksimer bromidi organizmni bakterial, zamburugʼli va virus etiologiyali mahalliy va tarqalgan infektsiyalarga nisbatan rezistentligini oshiradi. Turli infektsiyalar, jarohatlar, jarroxlik operatsiyalari, kuyishlar, autoimmun kasalliklar, xavfli oʼsmalar, ximioterapevtik vositalar, sitostatiklar, steroid gormonlarni qoʼllash chaqirgan ikkilamchi immuntanqis xolatlarda immunitetni tiklaydi.
Аzoksimer bromidini mahalliy (intranazal, sublingval) qoʼllanilganda oʼziga xos xususiyati boʼlib organizmni infektsiyadan erta himoya qilish omillarini faollashtirish qobiliyati hisoblanadi: preparat neytrofillar, makrofaglarning bakteritsid xususiyatlarini ragʼbatlantiradi, ularning bakteriyalarni yutish qobiliyatini kuchaytiradi, soʼlak va yuqori nafas yoʼllarining shilliq sekretining bakteritsid xususiyatlarini oshiradi.
Аzoksimer bromid eruvchan toksik moddalar va mikrozarrachalarni bloklaydi, organizmdan toksinlar, ogʼir metall tuzlarini chiqarish qobiliyatiga ega, erkin radikallarni tutish hisobiga ham, katalitik faol Fe2+ ionlarini eliminatsiyasi yoʼli bilan ham lipidlarning perikisli oksidlanishini ingibitsiya qiladi. Аzoksimer bromidi pro- va yalligʼlanishga qarshi sitokinlarni sintezini normallashishi hisobiga yalligʼlanish reaktsiyasini pasaytiradi.
Аzoksimer bromidi yaxshi oʼzlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka ega emas, allergizatsiya qiluvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen taʼsir koʼrsatmaydi. Аzoksimer bromidi hid va taʼmga ega emas, burun va ogʼiz-halqum shilliq qavatlariga surtilganda mahalliy taʼsirlovchi samaraga ega emas.
Аzoksimer bromidi tez soʼrilish va organizmda yuqori tezlikda taqsimlanish bilan xarakterlanadi. Mushak ichiga yuborilganda preparatning qondagi maksimal kontsentratsiyasiga 40 minutdan keyin erishiladi. Turli yoshdagilar uchun yarim chiqarilish davri 36 dan 65 soatgacha. Preparatning biokiraolishligi yuqori: parenteral yuborilganda 90% dan yuqori.
Аzoksimer bromidi organizmning barcha aʼzolari va toʼqimalari boʼyicha tez taqsimlanadi, gematoentsefalik va gematooftalьmik toʼsiqlardan oʼtadi. Toʼplanish samarasi yoʼq. Organizmda Аzoksimer bromidi quyimolekulyar oligomerlargacha biodestruktsiyaga uchraydi, asosan buyraklar orqali chiqariladi, axlat bilan – 3% gacha chiqariladi.
Immunomodulyator vosita
inʼektsiya va mahalliy qoʼllash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat
Polioksidoniy® preparatini qoʼllaganda quyidagi umumiy va mahalliy reatskiyalar kuzatilgan:
Parenteral yuborilganda: Tez-tez emas (1/1 000 dan <1/100 gacha): yuborish joyida – terida ogʼriq, qizarish va zichlashish, tremor.
Tez-tezligi nomaʼlum: tarqalgan xolsizlik, asteniya, qizib ketish hissi.
Parenteral yuborilganda va mahalliy qoʼllanilganda. Juda kam xollarda (1/10000): tana haroratini oshishi, yengil bezovtalik, qaltirash, oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganda darhol shifokorga murojaat etish va Poliokcidoniy® preparatini qoʼllashni toʼxtatish kerak.
Poliokcidoniy® preparatni qoʼllashni toʼxtatish zarurati boʼlganida dozani asta-sekin kamaytirishsiz, toʼsatdan bekor qilish mumkin.
Preparatning navbatdagi dozasini yuborish oʼtkazib yuborilganda, uni keyingi qoʼllashni ushbu yoʼriqnomada yoki shifokor tavsiyasiga koʼra odatdagi tartibda amalga oshirish kerak. Patsient oʼtkazib yuborilgan dozalarni oʼrnini toʼldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmasligi kerak.
Preparatning yaroqsizligini vizual belgilari (oʼram nuqsoni, kukun rangini oʼzgarishi) boʼlganida uni ishlatmang.
Inʼektsiya joyida ogʼriq boʼlganida, bemorda prokain (novokain)ga yuqori individual sezuvchanligi boʼlmagan xolatda preparat 1 ml 0,5% li prokain (novokain) eritmasida eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborilganda oqsil saqlovchi infuzion eritmalarda eritish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi
Homiladorlarda va emizish davridagi ayollarda Polioksidoniy® preparatini qoʼllash mumkin emas (qoʼllashning klinik tajribasi yoʼq).
Polioksidoniy® preparatini hayvonlarda oʼtkazilgan eksperimental tadqiqotlarida erkak va urgochilarning generativ funktsiyasiga (fertillikka) taʼsiri, embriotoksik va teratogen taʼsiri, homilani rivojlanishiga taʼsiri preparatni butun homiladorlik davrida ham, laktatsiya davrida ham yuborganda aniqlanmagan.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Polioksidoniy® preparatini qoʼllash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish (shu jumladan transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.
Kattalar va 6 oylikdan oshgan bolalarda zoʼrayish va remissiya bosqichidagi infektsion-yalligʼlanish kasalliklarini (virusli, bakterial va zamburugʼ etiologiyali) davolash va oldini olish uchun qoʼllanadi;
Kattalarni davolash uchun (majmuaviy davolash tarkibida):
- zoʼrayish bosqichidagi turli lokalizatsiyali, bakterial, virusli va zamburugʼ etiologiyali surunkali qaytalanuvchi infektsion-yalligʼlanish kasalliklari;
- LOR-aʼzolari, yuqori va quyi nafas yoʼllarining oʼtkir virusli, bakterial infektsiyalari, ginekologik va urologik kasalliklar;
- bakterial, virusli va zamburugʼli infektsiyalar bilan asoratlangan oʼtkir va surunkali allergik kasalliklar (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatit);
- dori preparatlarining immunnosupressiv, nefro- va gepatotoksik taʼsirini pasaytirish uchun ximio- va nur bilan davolash jarayonida va undan keyin xavfli oʼsmalarda;
- jarroxlik infektsiyalarining tarqalgan shakllari; regenerator jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar);
- immunodepressantni uzoq vaqt qabul qilish fonida bakterial, virusli va zamburugʼli infektsiya bilan asoratlangan revmatoid artrit;
- oʼpka tuberkulyozi.
- 6 oylikdan oshgan bolalarni davolash uchun (majmuaviy davolash tarkibida):
- bakterial, virusli, zamburugʼli infektsiyalar qoʼzgʼatuvchilari chaqirgan har qanday lokalizatsiyali oʼtkir va surunkali yalligʼlanish kasalliklarining zoʼrayishi (shu jumladan LOR-aʼzolari – sinusit, rinit, adenoidit, bodomsimon bezlari gipertrofiyasi, OʼRVI);
- bakterial, virusli va zamburugʼli infektsiyalar bilan asoratlangan oʼtkir allergik va toksiko-allergik xolatlar;
- nafas yoʼllarining surunkali infektsiyalari bilan asoratlangan bronxial astma;
- yiringli infektsiya bilan asoratlangan atopik dermatit;
- ichak disbakteriozi (spetsifik davolash bilan birga).
- 6 oylikdan oshgan bolalar va kattalarda profilaktika (monoterapiya) uchun:
-gripp va OʼRVI;
- operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarda qoʼllanadi.
- preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik, emizish davri;
- 6 oylikka boʼlgan bolalar;
- oʼtkir buyrak yetishmovchiligida qoʼllash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrakning surunkali kasalligi (xaftada 2 martadan koʼproq qoʼllanilmaydi).
Аzoksimer bromidi sitoxrom R-450 CYP1A2, CYP2S9, CYP2S19, CYP2D6 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi, shuning uchun preparat koʼpgina dori vositalari, shu jumladan antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburugʼlarga qarshi va antigistamin preparatlari, glyukokortikosteroidlar va sitostatiklar bilan mutanosib.
oq yoki sargʼish tusli oq rangli gʼovaksimon massa.
Polioksidoniy® preparatini qoʼllash usullari: parenteral, intranazal, sublingval.
Qoʼllash usuli, dozalash tartibi, keyingi davolash kurslarining oʼtkazish zarurati va soni kasallikning ogʼirlik darajasi va bemorning yoshiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.
Parenteral (mushak ichiga va vena ichiga) yuborish uchun eritmalarni tayyorlash:
Polioksidoniy® preparatini mushak ichiga yuborish uchun 3 mg 1 ml (6 mg doza 2 ml) inʼektsiya uchun suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi. Erituvchi yuborilgandan keyin preparat shishishi uchun 2-3 minut qoldiriladi, soʼngra chayqatmasdan aylanma harakatlar bilan aralashtiriladi.
Polioksidoniy® preparatini vena ichiga yuborish uchun 2 ml steril 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi. Erituvchi yuborilgandan keyin preparat shishishi uchun 2-3 minut qoldiriladi, soʼngra chayqatmasdan aylanma harakatlar bilan aralashtiriladi. Patsient uchun hisoblangan doza steril sharoitda 0,9% li natriy xloridi eritmasini saqlovchi flakon/paketga oʼtkaziladi.
Parenteral yuborish uchun tayyorlangan eritmani saqlash mumkin emas.
Intranazal va sublingval qoʼllash uchun eritmani tayyorlash:
bolalar uchun 3 mg doza 1,0 ml (20 tomchi) da, 6 mg doza – 2,0 ml (40 tomchi) da eritiladi (bir tomchi (0,05 ml) tayyorlangan eritma 0,15 mg preparat saqlaydi);
kattalar uchun 6 mg 1,0 ml (20 tomchi) distillangan suv, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki hona xaroratidagi qaynagan suvda eritiladi.
Kattalarda qoʼllash usuli va dozalari
Parenteral (mushak ichiga yoki vena ichiga): preparat kattalarga 6-12 mg sutkada 1 marta diagnoz va kasallikning ogʼirlik darajasiga qarab har kuni, kunora yoki xaftada 1-2 marta buyuriladi.
- LOR-aʼzolar, yuqori va quyi nafas yoʼllarining oʼtkir virusli va bakterial infektsiyalari, ginekologik va urologik kasallliklarda: 6 mg dan har kuni 3 kun davomida, keyinchalik kunora, kurs 10 inʼektsiya.
- Zoʼrayish bosqichidagi turli lokalizatsiyali, bakterial, virusli va zamburugʼli etiologiyali surunkali qaytalanuvi infektsion-yalligʼlanish kasalliklarda: 6 mg dan kunora 5 inʼektsiya, keyinchalik xaftada 2 marta, kurs 10 inʼektsiya.
- Bakterial, virusli va zamburugʼli infektsiyalar bilan asoratlangan oʼtkir va surunkali allergik kasalliklarda (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatitda):
6-12 mg dan, kurs 5 inʼektsiya.
- Immunodepressantlarni uzoq vaqt qabul qilish fonida bakterial, virusli va zamburugʼli infektsiya bilan asoratlangan revmatoid artritda: 6 mg dan kunora 5 inʼektsiya, keyinchalik xaftada 2 marta, kurs 10 inʼektsiya.
- Jarroxlik infektsiyalarning tarqalgan shakllarida: 6 mg dan har kuni 3 kun davomida, keyinchalik kunora, kurs 10 inʼektsiya.
- Regenerator jarayonlarni faollashtirish uchun (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar):
6 mg dan 3 kun davomida, keyinchalik kunora, kurs 10 inʼektsiya.
- Operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish uchun: 6 mg dan kunora
5 inʼektsiya.
- Oʼpka tuberkulyozida: 6 mg dan xaftada 2 marta, kurs 20 inʼektsiya.
- Onkologik bemorlarda:
Parenteral (mushak ichiga yoki vena ichiga): preparat kattalarga 6-12 mg dozada sutkada
1 marta diagnoz va kasallikning ogʼirlik darajasiga qarab har kuni, kunora yoki xaftada 1-2 marta buyuriladi.
- ximioterapevtik vositalarning immunodepressiv, gepato- va nefrotoksik taʼsirini pasaytirish uchun ximioterapiyadan oldin va oʼtkazish vaqtida 6 mg dan kunora, kurs 10 inʼektsiya; keyinchalik yuborish tez-tezligi ximio- va nur bilan davolashni oʼzlashtiraolinishi va davomiyligiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi;
- oʼsmaning immunodepressiv taʼsirini oldini olish, ximio- va nur bilan davolagandan keyin immun tanqislikning muvofiqlashtirish, oʼsmani jarroxlik usulida davolagandan keyin Polioksidoniy® preparatini 6 mg dan xaftada 1-2 marta uzoq vaqt (2-3 oydan 1 yilgacha) qoʼllash koʼrsatilgan. Uzoq vaqt davolash kursi buyurilganda toʼplanish samarasi, toksiklik va oʼrganib qolish koʼrinishlari kuzatilmaydi.
Quyidagi xolatlarda intranazal sutkada 6 mg dan (har bir burun yoʼliga 3 tomchidan sutkada 3 marta- 10 sutka davomida) buyuriladi:
- LOR-aʼzolarining oʼtkir va surunkali infektsiyalarini zoʼrayishini davolash uchun;
- shilliq qavatlarning regenerator jarayonlarini kuchaytirish uchun;
- surunkali kasalliklarni asoratlari va qaytalanishlarini oldini olish uchun;
- gripp va OʼRVI ni oldini olish uchun qoʼllanadi.
Bolalarda qoʼllash usuli va dozalari
Polioksidoniy® preparatini qoʼllash usullari: parenteral, intranazal va sublingval. Qoʼllash usuli kasallikning ogʼirlik darajasi va bemorning yoshiga qarab tanlanadi.
Parenteral (mushak ichiga yoki vena ichiga): 6 oylikdan oshgan bolalarga 0,1- 0,15 mg/kg dozada har kuni, kunora yoki xaftada 2 marta buyuriladi, kurs 5-10 inʼektsiya.
Intranazal va sublingval: har kuni 0,15 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi, kurs 10 kungacha.
Preparat 1-3 tomchidan burun yoʼli yoki til ostiga kamida 1-2 soat interval bilan, kuniga 2-3 marta yuboriladi.
Tayyorlangan eritmaning bir tomchisi (0,05 ml) 0,15 mg preparat saqlaydi.
Intranazal va sublingval qoʼllash uchun sutkalik dozani hisoblash 1 jadvalda keltirilgan.
1 jadval. Bolalarda intranazal yoki sublingval qoʼllash uchun Polioksidoniy® preparatining sutkalik dozasini hisoblash.
Bolaning vazni Sutkada tomchilar miqdori
5 kg 5 tomchi
10 kg 10 tomchi
15 kg 15 tomchi
20 kg 20 tomchi
Bola vazni 20 kg dan yuqori boʼlganda sutkalik dozani hisoblash 1 kg tana vazniga 1 tomchi hisobidan amalga oshiriladi, ammo 40 tomchidan (6 mg taʼsir etuvchi modda) oshib ketmasligi kerak.
Intranazal va sublingval yuborish uchun tayyorlangan eritma xona haroratida ishlab chiqaruvchining oʼramida 48 soatgacha saqlanishi mumkin.
Bolalarda tavsiya etilgan davolash sxemalari:
Parenteral:
Har qanday lokalizatsiyali, bakterial, virus, zamburugʼli infektsiyalar qoʼzgʼatuvchilari chaqirgan oʼtkir va surunkali yalligʼlanish kasalliklarini zoʼrayishlarida (shu jumladan LOR-aʼzolari – sinusit, rinit, adenoidit, bodosimon bezlari gipertrofiyasi, OʼRVI): 0,1 mg/kg dan 3 kun ketma-ket, keyinchalik kunora, kurs 10 inʼektsiya.
Bakterial, virus va zamburugʼli infektsiya bilan asoratlangan oʼtkir allergik va toksik-allergik xolatlar (shu jumladan bronxial astma, atopik dermatit): vena ichiga 0,1 mg/kg dozada tomchilab 3 kun har kuni, soʼngra kunora, asosiy davolash bilan birga kurs 10 inʼektsiya.
Intranazal: har kuni 1-2 tomchidan har bir burun yoʼliga kuniga 3 marta, kurs
10 sutkagacha (intranazal va sublingval yuborish uchun preparatning sutkalik dozasini hisoblash uchun 1 jadvalga qarang):
- Oʼtkir va surunkali rinitlar, rinosinusitlar, adenoidit (zoʼrayishlarni davolash va oldini olish);
LOR-patologiyada jarroxlik aralashuvlariga bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash uchun, shuningdek asoratlarni yoki kasallikni qaytalanishini oldini olish maqsadida operatsiyadan keyingi davrda;
- Gripp va boshqa OʼRVI ni davolash va oldini olish (kutilayotgan epidemiyadan 1 oy oldin, kasallik boshlangandan keyin istalgan vaqtda va rekonvalestsentsiya davrida);
Sublingval, kichik yoshdagi, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga: har kuni
0,15 mg/kg sutkalik dozada 2 marta 10 sutka davomida qabul qilishga:
- Аdenoiditlarda, bodomsimon bezlari gipertrofiyasida: (konservativ davolash komponenti sifatida);
- Operatsiyadan oldingi tayyorlash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya uchun;
Burun-halqum, yuqori nafas yoʼllari, ichki va oʼrta qoʼloq infektsiyalarining surunkali oʼchoqlarini zoʼrayishini mavsumiy oldini olish uchun;
- Ichak disbakteriozini davolash uchun (asosiy davolash bilan birga) 10 sutkada davomida.
Dozani oshirib yuborilishi xolatlari qayd etilmagan. Tavsiya etilgandan koʼra yuqoriroq dozani toʼsatdan yuborilganda shifokorga murojaat etish kerak.
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5 boshqa chiqarish shakllari



POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5 savollari
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5 dori vositasi Petrovaks Farm NPO tomonidan Rossiya Federatsiyasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5 fikr-mulohazalari



