Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Immunomodulyatorlar  / ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun

ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
Teglar:Bolalar uchun vitaminlar, Bolalar uchun, Immunitet uchun, Immunodefitsitdan
ATX kodi:L03
Barcha Anaferon dorilari
133 ta dorixonada bor
Narxi 36 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 133 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: odam gamma interferoniga affinno tozalangan antitelalar – 0,006 g*.

*muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning uch faol suvli aralashmalari ko'rinishida chiqariladi.

yordamchi moddalar: maltitol, gliserol, Kaliya sorbati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv. 


Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

25 ml dan birinchi ochilishi nazoratli tomchilagichli qopqoqcha bilan berkitilgan, rangli shisha flakonlarda. Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Farmakologik ta'siri – immunomodulyator, viruslarga qarshi hisoblanadi.

Gripp, paragripp viruslariga, oddiy gerpesning 1 va 2 turlariga (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes-viruslariga (suvchechak, infektsion mononukleoz), enteroviruslar, kana entsefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalisivirus, adenovirus, respirator-sintsital (RS virusi) viruslariga nisbatan preparatning samaradorligi klinika oldi va klinik tadqiqotlarda aniqlangan.

Preparat shikastlangan to'qimalarda virusning kontsentrasiyasini pasaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bilan bog'liq bo'lgan tsitokinlarga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlarni (ifn a/ß) va gamma-interferon (ifn g) hosil bo'lishini induktsiyalaydi. Gumoral va hujayraviy immun javobni rag'batlantiradi. Antitelalarni (shu jumladan sekretor IgA) hosil bo'lishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (TX) faoliyatini faollashtiradi, ularning nisbatini normallashtiradi. TX va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funktsional rezervini oshiradi. Aralash tx1 va tx2-tur immun javobning induktori ximoblanadi: tx1 (ifn γ, il-2) va tx2 (il-4, 10) tsitokinlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, tx1/tx2 faolligining muvozanatini normallashtiradi (modullaydi). Fagositlarning va tabiiy killer-hujayralarning (EK hujayralar) funktsional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.

Farmakokinetikasi

Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Anaferon detskiy preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a'zolar va to'qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o'rganib bo'lmasligini bildiradi.

Nojo'ya samaralari

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik ko'rinishlari kuzatilishi mumkin.



Maxsus saqlash sharoitlari

Qandli diabeti bo'lgan bemorlar preparatning 10 tomchisi (0,5 ml) 0,002 non birligiga (NB) muvofiq keluvchi 0,03 g maltitol saqlashini yodda tutishlari kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlar va laktasiya davrida Anaferon detskiy preparatini qo'llashning xavfsizligi o'rganilmagan.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Anaferon detskiy preparatini transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.


Qo'llanilishi

1 oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda yuqori nafas yo'llarining o'tkir respirator infektsiyalarini davolashda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 1 oylikkacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.



Ta'rifi

rangsiz yoki deyarli
rangsiz tiniq suyuqlik.

Dozirovkasi

Preparat ovqatlanishdan tashqari qabul qilinadi.

Bir qabulga 10 tomchidan (tomchilar qoshiqda o'lchanadi). Davolanishning 1-chi kuni quyidagi sxema bo'yicha 80 tomchi qabul qilinadi: birinchi 2 soatda har 30 minutda 10 tomchidan (jami 50 tomchi), so'ngra shu kun davomida teng vaqt oralig'ida yana 10 tomchidan 3 marta qabul qilinadi. Ikkinchi kundan beshinchi kungacha kuniga 3 marta 10 tomchidan qabul qilinadi.

Davolanishning birinchi kunida preparatning birinchi besh qabulini ovqatlanishlar orasida yoxud bolani ovqatlantirishdan yoki suyuqlik qabul qilishidan 15 minut oldin qabul qilish kerak.



Xususiyatlar ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun

ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun boshqa chiqarish shakllari

ANAFERON tabletkalari N20
Retseptsiz
ANAFERON tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
Narxi
32 600 so'm dan
5
1 отзывов
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Retseptsiz
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
Narxi
36 000 so'm dan

ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun savollari

ANAFERON DETSKIY 25ML tomchilar, ichga qabul qilish uchun fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

Narxi
37 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil