ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20

ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20 qo'llanmasi
faol moddalar: affin tozalangan odam gamma interferoni antitelalari – 0,003 g*.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati.
* tas'ir etuvchi moddaning faol shaklini 10-16 ng/g gacha mikdorda suv-spirtli aralashma kurinishida laktoza monogidratiga kushiladiShimish uchun gomeopatik tabletkalar. Polivinil plyonkadan va alyumin folgadan kontur uyali o'ramda 20 tabletkadan. 1 kontur uyali o'ram davlat va rus tillarida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton kutiga joylanadi.
Profilaktik va davolash maqsadida qo'llanilganda preparat immunomodulyasiya qiluvchi va viruslarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Eksperimental va klinik tadqiqotlarda gripp virusi, gerpes-viruslar (suvchechak, infektsion mononukleoz), rotavirus nisbatan samaradorligi aniqlangan. Preparat shikastlangan to'qimalarda virusning kontsentrasiyasini kamaytiradi, tsitokinlar bilan bog'liq va endogen tizimiga ta'sir qiladi, endogen "erta" inteferonlar (Ifn a/β) va gamma-interferon (Ifn γ) hosil qilishini induktsiya qiladi.
Gumoral va hujayra immun javobini rag'batlantiradi. Antitelalar (shu jumladan sekretor IgA) ishlab chiqarilishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (TX) funktsiyalarni faollashtiradi, ularni nisbatini normallashtiradi. Immun javobida qatnashuvchi TX va boshqa hujayralar funktsional zahirasini oshiradi. Aralash immun javobini Txl i tx2-turli induktori hisoblanadi, tsitokinlarni Txl (ifn γ, Il-2) va tx2 (il-4, 10) ishlab chiqishini oshiradi, tx1/tx2 faolliklarning muvozanatini normallashtiradi (modulyasiya qiladi). fagositlar va tabiiy killer-hujayralar (EK hujayralar) ning funktsional faolligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Tahlillarning zamonaviy fizik-kimyoviy usullarni sezuvchanligi (gaz-suyuqlik xromatografiya, yuqori samarali suyuq xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) biologik suyuqliklarda, a'zolarda va to'qimalarda Anaferon detskiy preparatning faol moddalar miqdorini baholash yo'l qo'ymaydi, bu farmokinetikasining o'rganishini texnik jihatdan qilish mumkin bo'lmaydi.
Allergik reaktsiyalar va preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik ko'rinishlari kuzatilishi mumkin.
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun tug'ma galaktozemiyasi, glyukozaning malabsorbtsiya sindromi va tug'ma laktaza tanqisligi bo'lgan pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Homilador ayollarda va laktasiya davrida Anaferon detskiy preparatni xavfsizligi o'rganilmagan. Preparani qabul qilish zarur bo'lganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish lozim..
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
1 oydan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda gripp va o'tkir respirator virusli infektsiyalarni (O'RVI) oldini olish va davolash.
1 yoshgacha 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda kompleks davolash tarkibida gerpes-viruslar (suvchechak, infektsion mononukleoz) chaqirgan infektsiyalar davolash.
6 oydan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda kompleks davolash tarkibiga rotavirus chaqirgan o'tkir ichak infektsiyani davolashda qo'llaniladi.
Prepartning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
1 oygacha bo'lgan bolalar – bolalarda grippa va O'RVI oldini olish va davolash uchun.
1 yoshgacha bo'lgan bolalar – bolalarda gerpes-viruslar chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun.
6 oygacha bo'lgan bolalar – bolalarda rotavirus chaqirgan o'tkir ichak infektsiyani davolash uchun.
Laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtira olmasligi, glyukozo-galaktoza malabsorbtsiyada qo'llash mumkin emas.
Bugungi kungcha boshqa dori vositalar bilan nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.
Riska tabletkani qismlarga bo'lish uchun mo'ljallanmagan.
Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida emas. Tabletkani to'liq eriguncha og'izda ushlash lozim.
Kichik yoshli bolalarga (1 oydan 3 yoshgacha) preparat buyurilganda tabletkani hona haroratidagi qaynatilgan suvda ko'p bo'lmagan miqdorida (1 osh qoshiq) eritish tavsiya qilinadi.
O'RVI, gripp.
1 oydan va undan katta bolalarga.
Davolashni birinchi kunida quyidagi sxema bo'yicha 8 tabletka qabul qilinadi: birinchi 2 soat davomida 1 tabletkAdan har 30 minut (hammasi bo'lib 5 tabletka 2 soat davomida), keyinchalik shu kun davomida vaqtni teng oraliqda 1 tabletkadan 3 marta qabul qilish lozim. Ikkinchi kunida va keyinchalik to'liq sog'aib ketguncha kuniga 1 tabletkadan 3 marta qabul qilinadi.
Preparat bilan o'tkir respirator virusli infektsiyalar va grippning davolashni uchinchi kunida yahshilanish bo'lmasa shifokorga murojaat qilish lozim.
Epidemik mavsumda profilaktik maqsadida preparatni har kuni 1 tabletkAdan kuniga 1 marta 1-3 oy davomida qabul qilinadi.
Kompleks davolash tarkibida rotavirus chaqirgan o'tkir ichak infektsiyalar
6 oydan va undan katta bolalarga.
Davolashni birinchi kunida quyidagi sxema bo'yicha 8 tabletka qabul qilinadi: birinchi 2 soat davomida 1 tabletkAdan har 30 minut (hammasi bo'lib 5 tabletka 2 soat davomida), keyinchalik shu kun davomida vaqtni teng oraliqda 1 tabletkadan 3 marta qabul qilish lozim. Ikkinchi kunida va keyinchalik to'liq sog'aib ketguncha kuniga 1 tabletkadan 3 marta qabul qilinadi.
Kompleks davolash tarkibida gerpes-virus chaqirgan infektsiyalar (infektsion mononukleoz, suvchechak) davolash.
1 yoshdan va undan katta bolalarga
Davolashni birinchi kunida quyidagi sxema bo'yicha 8 tabletka qabul qilinadi: birinchi 2 soat davomida 1 tabletkAdan har 30 minut (hammasi bo'lib 5 tabletka 2 soat davomida), keyinchalik shu kun davomida vaqtni teng oraliqda 1 tabletkadan 3 marta qabul qilish lozim. Ikkinchi kunida va keyinchalik kuniga 1 tabletkadan 3 marta qabul qilinadi. Suvchechak davolash davomiyligi 7 kunni tashkil qiladi. Infektsion mononukleozni davolash davomiyligi 14 kunni tashkil qiladi.
Zarur bo'lganida preparatni boshqa viruslarga qarshi, antibakterial va simptomatik vositalar bilan birga qo'llash mumkin.
Xususiyatlar ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20 boshqa chiqarish shakllari


ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20 savollari
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar


