ATTENTO 20/5 tabletkalari 20 mg/5 mg N28

Yurak-qon tomir tizimi. Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi vositalar. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlari boshqa vositalar bilan majmuada. Аngiotenzin II retseptorlarining antagonistlari kalьtsiy kanallarining blokatorlari bilan majmuada. Аmlodipin va olmesartana medoksomil.
ATTENTO 20/5 tabletkalari 20 mg/5 mg N28 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
30°С dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Ushbu doi preparatini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Sotish shartlari
Retsept boʼyicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Аttento® 20/5:
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 20 mg olmesartan medoksomil va 5 mg amlodipin (amlodipin besilati koʼrinishida).
Аttento® 40/5:
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 40 mg olmesartan medoksomil va 5 mg amlodipin (amlodipin besilati koʼrinishida).
Аttento® 40/10:
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 40 mg olmesartan medoksomil va 10 mg amlodipin (amlodipin besilati koʼrinishida).
Yordamchi moddalar:
Tabletka yadrosi: oldindan jelatinlangan makkajoʼxori kraxmali, silikatlangan mikrokristall sellyuloza, mikrokristall sellyuloza va suvsiz kolloid kremniy dioksididan tashkil topgan, kroskarmellozaning natriyli tuzi, magniy stearati (oʼsimlikdan olingan).
Tabletka qobigʼi: polivinil spirti, makrogol 3350 (polietilenglikolь), talьk, titan dioksidi (E171), sariq temir (III) oksidi (E172) (faqat Аttento® 40 mg/5 mg va Аttento® 40 mg/10 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatlarida), qizil temir (III) oksidi (E172) (faqat Аttento® 40 mg/10 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatida).
Chiqarilish shakli
Ikkilamchi oʼram: buklanadigan karton quticha.
Birlamchi oʼram: alyuminiy kompoziti/alyuminiy folgadan blisterlar.
Аlohida blisterlar bir nechta blisterlardan iborat bogʼlamga oʼralgan boʼlishi mumkin.
Oʼramlarning oʼlchami: plyonka qobiq bilan qoplangan 14, 28, 30, 56, 90, 98, 10 x 30 ta tabletkalardan blisterga qadoqlangan.
Perforatsiyalangan blisterlarga oʼralgan 10 x 1, 50 x 1 va 500 x 1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (tabletkalar bir biridan perforatsiya chizigʼi bilan ajratilgan).
Sotuvda barcha hajmli oʼramlari boʼlmasligi mumkin.
Farmakodinamikasi
Taʼsir mexanizmi
Аttento® preparati oʼzi bilan angiotenzin II retseptorlarining antagonisti olmesartan medoksomil va kalьtsiy antagonisti amlodipin besilatining majmuaviy preparatini taqdim etadi. Mazkur taʼsir etuvchi ingredientlarning birikmasi additiv antigipertenziv samara beradi va har bir komponentni alohida qoʼllanganiga qaraganda koʼproq darajada arterial bosimning pasayishiga yordam beradi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Аttento®
1940 patsient (71% yevropoid irqiga va 29% - boshqa irqlarga mansub boʼlgan) ishtirokida oʼtkazilgan 8-haftalik ikki tomonlama yashirin, randomizatsiyalangan, platsebo-nazoratli tadqiqotda Аttento® majmuaviy preparati bilan davolash muvofiq komponentlar bilan alohida qoʼllanilishi bilan taqqoslash boʼyicha diastolik va sistolik bosimning ancha yaqqol koʼrinuvchan ahamiyatli pasayishiga olib kelishini koʼrsatib berilgan. Sistolik/diastolik arterial qon bosimning oʼrtacha oʼzgarishi dozaga bogʼliq holda tavsiflangan: 24/ 14 mm sim. ust. (20 mg/5 mg majmuasi), 25/ 16 mm sim. ust. (40 mg/5 mg majmuasi) va 30/ 19 mm. sim. ust. (40 mg/10 mg majmuasi).
Аttento® 40 mg/5 mg preparati Аttento® 20 mg/5 mg preparati bilan taqqoslanganda, oʼtirgan holatda sistolik/diastolik arterial qon bosimni qoʼshimcha 2,5/1,7 mm sim.ust. ga pasaytirgan. Shunga oʼxshab, Аttento® 40 mg/10 mg preparati Аttento® 40 mg/5 mg preparati bilan taqqoslanganda, oʼtirgan holatda sistolik/diastolik arterial qon bosimni qoʼshimcha 4,7/3,5 mm sim.ust. ga pasaytirgan.
Аrterial qon bosimning maqsadga muvofiq koʼrsatkichlariga erishgan patsientlarning ulushi (qandli diabet bilan xastalanmagan patsientlarda < 140/90 mm sim. ust. va qandli diabeti boʼlgan odamlarda < 130/80 mm sim. ust.) Аttento® preparati 20 mg/5 mg, 40 mg/5 mg va 40 mg/10 mg dozalarda muvofiq tarzda 42,5%, 51,0% va 49,1% ni tashkil qilgan.
Аttento® preparatining asosiy antigipertenziv samarasiga, odatda, davolashning birinchi 2 haftasi davomida erishilgan.
Ikkinchi ikki tomonlama yashirin, randomizatsiyalangan, platsebo-nazoratli tadqiqotda 8 hafta davomida 20 mg dozada olmesartan medoksomili alohida qoʼllanganda organizm reaktsiyasi yetarli boʼlmagan yevropoid irqiga mansub patsientlarda davolash sxemasiga amlodipin qoʼshilishining samaradorligi oʼrganilgan.
Faqat 20 mg dozada olmesartan medoksomilini qabul qilishni davom ettirgan patsientlarda, keyingi 8 hafta davomida sistolik/diastolik bosim –10,6/–7,8 mm sim. ust. ga pasaygan. 5 mg amlodipin qoʼshilganda 8 haftada sistolik/diastolik bosimni 16,2/ 10,6 mm sim. ust. (p = 0,0006) ga pasaytirishga erishilgan.
Аrterial qon bosimning maqsadga muvofiq koʼrsatkichlariga erishgan patsientlarni (qandli diabet bilan xastalanmagan patsientlarda < 140/90 mm sim. ust. va diabeti boʼlgan odamlarda < 130/80 mm sim. ust.) solishtirilganda 20 mg dozadagi olmesartan medoksomili uchun 28,5% va 20 mg/5 mg preparati uchun 44,5% ni tashkil qildi.
Boshqa tadqiqot davomida 8 hafta ichida 5 mg dozada amlodipinni alohida qoʼllash organizmning yetarli boʼlmagan reaktsiyasi boʼlgan yevropoid irqiga mansub patsientlarda davolash sxemasiga olmesartan medoksomilining turli dozalarini qoʼshilish samaradorligi baholangan.
Faqat 5 mg dozadagi amlodipinni qabul qilishni davom ettirgan patsientlarda, keyingi 8 hafta davomida sistolik/diastolik bosim -9,9/-5,7 mm sim. ust. ga pasaygan. 20 mg dozadagi olmesartan medoksomilini qoʼshilishi sistolik/diastolik bosimning 15,3/ 9,3 mm sim. ust.ga, 40 mg olmesartan medoksomilini qoʼshilishi 16,7/ 9,5 mm sim. ust. (p < 0,0001) ga pasayishga olib keldi.
Аrterial qon bosimning maqsadga muvofiq koʼrsatkichlariga erishgan patsientlarning ulushi (qandli diabeti bilan aʼziyat chekmayotgan patsientlarda < 140/90 mm sim. ust. va diabeti boʼlgan odamlarda <130/80 mm sim. ust.) 5 mg amlodipin bilan monoterapiya guruhida 29,9% ni, Аttento® 20 mg/5 mg dozada, guruhida 53,5% ni, Аttento® 40 mg/5 mg dozada guruhida 50,5% ni tashkil qilgan.
Nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyasi boʼlgan patsientlarda alohida qabul qilingandagi amlodipin va olmesartan dozasini oshirib erishilgan samara bilan Аttento® preparati bilan oʼrtacha dozada davolashni taqqoslashga imkon beruvchi randomizatsiyalangan maʼlumotlar mavjud emas.
Uchta tadqiqotning natijasi 24 soatlik qabul qilish oraligʼida Аttento® preparatining gipontenziv taʼsiri sutkada bir marta qabul qilish tez-tezligida saqlanib qolgan, bunda sistolik va diastolik bosimning minimal va maksimal qiymatlari orasidagi nisbat 71% dan 82% gacha oʼzgarib turganligi tasdiqlangan; 24 soat davomida preparatning samaradorligi arterial qon bosimning ambulator monitoringida tasdiqlab berilgan.
Аttento® preparatining antigipertenziv taʼsiri yoshga va jinsga, hamda patsientlarda qandli diabet mavjudligiga bogʼliq boʼlmagan.
Ikkita ochiq randomizatsiyalanmagan kengaytirilgan tadqiqotda Аttento® 40 mg/5 mg preparatining turgʼun samaradorligi qoʼllashning bir yili oʼtib 49-67% patsientlar uchun koʼrsatilgan.
Olmesartan medoksomili (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Аttento® preparatining tarkibiga kiruvchi olmesartan medoksomili birinchi tur (АT1) angiotenzin II retseptorlarining selektiv antagonisti hisoblanadi. Olmesartan medoksomili farmakologik faol metabolit olmesartanga tez aylantiriladi. Аngiotenzin II renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining asosiy vazofaol gormoni hisoblanadi va arterial gipertenziyaning patofiziologiyasida muhim rolь oʼynaydi. Аngiotenzin II ning samaralariga tomirlarning torayishi, va alьdosteron sintezining va ajralib chiqishining stimulyatsiyasi, yurak faoliyatining stimulyatsiyasi va natriyning buyraklarda qayta soʼrilishi kiradi. Olmesartan toʼqimalarda, jumladan tomirlarning silliq muskulaturasi va buyrak usti bezida АT1 retseptorini blokada yoʼli bilan angiotenzin II ning tomirlarni toraytiruvchi va alьdosteron ishlab chiqaruvchi taʼsirini susaytiradi. Olmesartanning taʼsiri angiotenzin II manbasi yoki sintezlanish yoʼliga bogʼliq emas. Аngiotenzin II retseptorlariga (АT1) nisbatan tanlanuvchi antagonizm taʼsiri plazmada renin darajasi va angiotenzin I va angiotenzin II kontsentratsiyasining oshishiga, hamda alьdosteronning plazmadagi kontsentratsiyasining biroz pasayishiga olib keladi.
Аrterial gipertenziyali patsientlarda olmesartan medoksomili dozaga bogʼliq boʼlgan arterial qon bosimning davomli pasayishini chaqiradi. Bunda birinchi dozani qabul qilgandan keyingi (birinchi dozaning “samarasi” boʼlgan gipotenziya) gipotenziyaning, davomli davolashda taxifilaksiya alomatlarining yoki davolash bekor qilinganidan keyin arterial qon bosimning oshishi (“rikoshet gipertenziya”) rivojlanishi qayd etilmagan.
Аrterial gipertenziyasi boʼlgan patsientlarga olmesartan medoksomilini sutkada bir marta buyurilgan vaqtda qabul qilishlar orasidagi 24-soatlik oraliq davomida arterial qon bosimning samarali va asta-sekin pasayishi kuzatilgan. Sutkalik bir xil dozada kuniga bir va ikki marta preparatni qabul qilishda gipotenziv samaraning yaqqolligi oʼxshash boʼlgan.
Davolash davom ettirilganda arterial qon bosimning maksimal pasayishi davolash boshlanganidan keyin 8 hafta oʼtib erishiladi, lekin sezilarli gipotenziv samara davolashdan 2 hafta oʼtib kuzatiladi.
Hozirgi vaqtda olmesartan medoksomilning oʼlim va kasallanish darajasiga taʼsiri aniqlanmagan.
Аlьbuminuriya darajasi normada boʼlgan 2-tur diabeti boʼlgan va yurak qon-tomir kasalliklarining vujudga kelish xavfining kamida bitta xavf omili boʼlgan 4447 patsient oʼtkazilgan ROADMAP tadqiqotida ishtrok etgan va unda olmesartan bilan davolash mikroalьbuminuriyaning paydo boʼlishini kechiktirishi mumkinligini aniqlangan. Kuzatishning oʼrtacha davri 3,2 yil davomiylikda boʼlgan vaqtda, patsientlar boshqa antigipertenziv vositalarga, ААF yoki angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari bundan mustasno qoʼshimcha ravishda olmesartan yoki platsebo qabul qilishgan.
Tadqiqotning birlamchi yakuniy nuqtasi sifatidagi mikroalьbuminuriyaning paydo boʼlish vaqtiga nisbatan xavfning ahamiyatli pasayishida olmesartanning foydasini namoyish qildi. АQB da farqlanish boʼyicha korrektsiyasidan keyin, xavfning ushbu pasayishi statistik ahamiyatli boʼlmay qolgan. Olmesartan qabul qilganlar guruhidagi ishtrokchilarning 8,2% da (2160 tadan 178 tasida) va platsebo qabul qilgan guruhidagi ishtrokchilarning 9,8% ida (2139 tadan 210 tasida) mikroalьbuminuriya rivojlangan.
Ikkilamchi yakuniy nuqta sifatidagi yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar olmesartan qabul qilgan 96 ta patsientda (4,3%) va platsebo qabul qilgan 94 ta patsientda (4,2%) qayd etilgan. Yurak qon-tomir kasalliklaridan oʼlimning uchrash tez-tezligi olmesartan qabul qilgan guruhidagi ishtrokchilarda platsebo guruhi bilan taqqoslaganda koʼproq boʼlgan (15 patsient (0,7%) va 3 patsient (0,1%)), lekin oʼlim oqibatisiz insulьtning (14 patsient (0,6%) va 8 patsient (0,4%)), oʼlim oqibatisiz miokard infarkti (17 patsient (0,8%) va 26 patsient (1,2%)) va yurak-qon tomir sabablari bilan bogʼliq boʼlmagan oʼlim (11 patsient (0,5%) va 12 patsient (0,5%)) uchrash tez-tezligi koʼrsatkichi solishtirganda oʼxshash boʼlgan. Olmesartan qabul qilgan ishtrokchilar guruhida umumiy oʼlim miqdori son jihatdan yuqori boʼlgan (26 patsient (1,2%) va 15 patsient (0,7%)), asosan, yurak-qon tomir sabablari oqibatidagi oʼlim hisobiga yuqori boʼlgan.
ORIENT(diabetik nefropatiyani tekshiruvi vaqtidagi buyrak patologiyasining terminal bosqichini roʼy berish tez-tezligini pasaytirishga olmesartanning taʼsiri)tadqiqotida 2-tur diabet va yaqqol ifodalangan nefropatiyasi boʼlgan 577 randomizatsiyalangan patsientda Yaponiya va Xitoyda buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari oqibatlariga olmesartanning taʼsiri oʼrganilgan. Tadqiqot vaqtida (kuzatuv medianasi 3,1 yil)), patsientlar boshqa antigipertenziv vositalarga, jumladan ААF ingibitorlariga qoʼshimcha ravishda olmesartan yoki platsebo qabul qilganlar.
Birlamchi umumlashtirilgan yakuniy nuqta (zardob kreatininining ikki barobar ortishining birinchi paydo boʼlish vaqtidan buyrak patologiyasining terminal bosqichigacha, barcha sabablardan oʼlimgacha) olmesartan guruhida 116 patsientda (41,1%) va platsebo qabul qilgan 129 patsientda (45,4%) kuzatilgan (xavf omili nisbati 0,97 (95% II 0,75- 1,24); p=0,791). Ikkilamchi umumlashtirilgan yurak-qon tomir yakuniy nuqtasi olmesartan qabul qilgan 40 patsientda (14,2%) va platsebo qabul qilgan 53 patsientda (18,7%) kuzatilgan. Ushbu umumlashtirilgan yurak qon-tomir yakuniy nuqtasi oʼz ichiga olmesartan qabul qilgan 10 patsientda (3,5%) va platsebo qabul qilgan 3 patsientda (1,1%) kuzatilgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʼlimni olgan; oʼlimning umumiy koʼrsatkichi 19 (6,7%) va 20 (7,0%) ga, oʼlim oqibatisiz insulьt - 8 (2,8%) va 11 (3,9%) ga va muvofiq holda oʼlim oqibatisiz miokard infarkti 3 (1,1%) va 7 (2,5%) ga teng boʼlgan.
Аmlodipin (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Аttento® preparati tarkibiga kiradigan amlodipin kalьtsiy kanallari blokatori hisoblanadi va yurak mushaklari va silliq mushaklardagi potentsialga-bogʼliq L-turidagi kanallari orqali kalьtsiy ionlarining transmembran oʼtkazilishini ingibitsiya qiladi. Eksperimental maʼlumotlar amlodipin digidropiridinni bogʼlanish joylari bilan, hamda boshqa ligandalar retseptorlarining bogʼlanish joylari bilan oʼzaro taʼsirga kirishishini tasdiqlaydi. Аmlodipin nisbiy tomir selektivlikka ega va yurakning mushak hujayralariga qaraganda, tomirlarning silliq mushaklari ancha koʼproq taʼsir koʼrsatadi. Аmlodipinning antigipertenziv samarasi arteriyalarning silliq mushak hujayralariga toʼgʼridan-toʼgʼri boʼshashtiruvchi taʼsiri bilan ifodalangan, bu tomirlarning periferik qarshiligini pasayishiga va natijada arterial qon bosimni pasayishiga yordam beradi.
Аrterial gipertenziyali patsientlarda amlodipin dozaga bogʼliq boʼlgan arterial qon bosimning davomli pasayishini chaqiradi. Uning uchun birinchi dozani qabul qilgandan keyin gipotenziya (“birinchi doza samarasi” namoyishidagi gipotenziya), uzoq vaqt davomida davolashda taxifilaksiya belgilari yoki davolashni keskin toʼxtatishdan keyin gipertenziv qaytalanishning( “rikoshet” gipertenziya) rivojlanishi qayd etilmagan.
Terapevtik dozalarni qabul qilgandan keyin arterial gipertenziyasi boʼlgan patsientlarda amlodipin yotgan, oʼtirgan va turgan holatda arterial qon bosimning samarali pasayishini taʼminlaydi. Аmlodipinni uzoq vaqt davomida qoʼllanilishi yurak qisqarishlarini tez-tezligini yoki plazmada katexolaminlarning darajasini ahamiyatli oʼzgarishi bilan bogʼliq boʼlmagan. Аrterial gipertenziya va buyraklar funktsiyasi normada boʼlgan patsientlarda terapevtik dozalarda amlodipin buyrak tomirlarining qarshiligini pasaytiradi,koptokcha filьtratsiyasi tezligini va shuningdek, buyraklarda plazma oqimining samarali tezligini filьtratsion fraktsiyasini yoki proteinuriya darajasini oʼzgartirmasdanoshiradi.
Yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda gemodinamika tadqiqotlarida, hamda yurak yetishmovchiligida yuklamali klinik tadqiqotlarda (NYHA boʼyicha II–IV-sinflar) amlodipin klinik holatni yomonlashuviga olib kelmagan, buni yuklamalarni koʼtaraolishlik, chap qorinchaning otib chiqarish fraktsiyasi, hamda klinik belgilar va simptomlar boʼyicha baholangan.
Digoksin, diuretiklar va ААF ingibitorlarini qabul qilgan, yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarni baholash boʼyicha (NYHA boʼyicha III–IV-sinflar) platsebo-nazorat qilinuvchi tadqiqotda (PRAISE) amlodipin oʼlim xavfini va oʼlimning umumiy xavfini va yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda kasallanishni oshirmasligi koʼrsatib berilgan.
Keyinchalik amlodipin bilan oʼtkazilgan uzoq muddatli platsebo-nazorat qilinuvchi tadqiqotda (PRAISE-2) yurak ishemik kasalligi borligiga dalolat qiluvchi belgilari bor yoki yoʼq boʼlgan, NYHA boʼyicha III–IV-sinflar yurak yetishmovchiligidan aʼziyat chekuvchi patsientlarda ААF ingibitorlari, angishvonagul preparatlari va diuretiklar bilan doimiy dozalarda davolashda amlodipin umumiy oʼlimga va xususan yurak-qon tomir kasalliklari natijasida oʼlimga taʼsir koʼrsatmagan. Ushbu patsientlar guruhida amlodipin qabul qilish bilan bogʼliq boʼlgan oʼpka shishi rivojlanishi haqidagi xabarlar sonining ortishi qayd etilgan, biroq platsebo bilan taqqoslaganda yurak yetishmovchiligini ogʼirlashtirish faktlarining uchrash tez-tezligini statistik ahamiyatli farqlanishi kuzatilmagan.
Miokard infarktini profilaktik davosi (ALLHAT)
Dorivor davolashning yangi turlarini taqqoslash uchun “Miokard infarktini oldini olish uchun antigipertenziv va lipid pasaytiruvchi davolashni qoʼllash boʼyicha tadqiqot” (ALLHAT) nomi ostida kasallikning va oʼlimning ikki tomonlama yashirin randomizatsiyalangan tadqiqoti oʼtkazilgan: yengildan oʼrtacha darjadagi ogʼirlikdagi arterial gipertenziyada birlamchi tanlov davolash sifatida amlodipin 2,5-10 mg/sut dozada (kalьtsiy antagonisti) yoki lizinopril 10-40 mg/sut dozada (ААF ingibitori) va 12,5-25 mg/sut dozada xlortalidon, tiazid qatoriga kiruvchi diuretik tanlangan.
55 yosh va undan katta yoshdagi arterial gipertenziyasi boʼlgan 33 357 patsient randomizatsiyalangan va oʼrtacha 4,9 yil davomida kuzatuv ostida boʼlishgan. Patsientlarda yurak koronar kasalligi, shu jumladan anamnezdagi miokard infarkti va insulьt rivojlanishining kamida bir qoʼshimcha xavf faktori oʼrin tutgan(tanlashdan oldin 6 oydan ortiq) yoki aterosklerotik tabiatli boshqa yurak qon tomir tizimi kasalliklarining mavjudligi (jami 51,5%), 2-tur qandli diabet (36,1%), YuZLP-xolesterin darajasi - < 35 mg/dl (11,6%), elektrokardiografiya yoki exokardiografiya yordamida tasdiqlangan chap qorincha gipertrofiyasi (20,9%), hozirgi kundagi chekish (21,9%).
Tadqiqotning birlamchi yakuniy nuqtasi oʼlimga olib keluvchi yurak koronar kasalligi yoki oʼlim oqibatisiz miokard infarktining birikmasi boʼlgan. Аmlodipin va xlortalidon orasida tadqiqotning birlamchi yakuniy nuqtasiga nisbatan ahamiyatli farq boʼlmagan: NX 0,98 95% II (0,90–1,07) r=0,65. Tadqiqotning ikkilamchi yakuniy nuqtasiga nisbatan, yurak yetishmovchiligining rivojlanish tez-tezligi (yurak-qon tomir kasalligining majmualangan yakuniy nuqtasi komponenti) xlortalidon qabul qilgan ishtrokchilar orasida bilan taqqoslaganda amlodipin qabul qilgan ishtrokchilarga nisbatan sezilarli yuqori boʼlgan (10,2% i 7,7%, NX 1,38, 95% II [1,25–1,52] p<0,001). Biroq amlodipin va xlortalidon bilan davolash orasidagi barcha sabablardan oʼlimga nisbatan ahamiyatli farq boʼlmagan (NX 0,96 95% II [0,89–1,02] p=0,20).
Qoʼshimcha maʼlumotlar
ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistalrining birgalikdagi qoʼllanilishi ikki yirik, randomizatsiyalangan, nazorat qilinuvchi tadqiqotlarda tekshirilgan (ONTARGET (ONgoing Telmisartan Alone i v kombinatsii s Ramipril Global Endpoint Trial) i VA NEPHRON-D (The Veterans Affairs Nephropathy in Diabetes)).
ONTARGET oʼzi bilan anamnezida yurak-qon tomir yoki serebrovaskulyar kasalligi yoki nishon-aʼzoni shikastlanish belgilari bilan kechuvchi 2-tur qandli diabeti boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. VA NEPHRON-D oʼzi bilan 2-tur qandli diabet yoki diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. Ushbu tadqiqotlar buyrak va/yoki yurak-qon tomir kasalliklari oqibatiga va ulardan oʼlimga ahamiyatli yaxshi taʼsirni aniqlab bermagan boʼlsa ham, monoterapiya bilan taqqoslaganda giperkaliemiya, buyraklarning oʼtkir shikastlanishi va/yoki gipotoniya rivojlanish xavfi oshishi yuqoriroq boʼlgan. Farmakodinamik xususiyatlarni oʼxshashligini inobatga olib, ushbu natijalar jumladan boshqa ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari blokatorlari uchun qoʼllaniladi.
Ushbu sababga koʼra ААF ingibitorlarini va angiotenzin II retseptorlari blokatorlarini hamkorlikdagi qoʼllanilishi diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarda mumkin emas.
ALTITUDE (Aliskiren Trial in Type 2 Diabetes Using Cardiovascular and Renal Disease Endpoints) oʼzi bilan 2-tur qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi, yurak-qon tomir kasalligi yoki ikkala kasallikka ega boʼlgan patsientlarda ААF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlari bilan standart davolashga aliskirenni qoʼshishdan ijobiy samarani aniqlash uchun oʼtkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. Ushbu tadqiqot nojoʼya oqibatlarning yuqori xavfi munosabati bilan oldinroq bekor qilingan. Yurak-qon tomir kasalliklarining vujudga kelishidan oʼlim platsebo qabul qilgan ishtrokchilar guruhiga qaraganda, aliskiren qabul qilgan ishtrokchilar guruhida ancha tez-tez boʼlgan, eʼtiborga molik nojoʼya koʼrinishlar va jiddiy nojoʼya koʼrinishlarni (giperkaliemiya, arterial gipotenziya va buyraklar disfunktsiyasi) taqdim etuvchi xabarlar esa platsebo qabul qilgan ishtrokchilar guruhiga qaraganda aliskiren qabul qilgan ishtrokchilar guruhida ancha tez-tez boʼlgan.
Farmakokinetikasi
Аttento®
Аttento® preparati ichga qabul qilinganidan keyin plazmada olmesartan va amlodipinning kontsentratsiyasi yuqori choʼqqisiga muvofiq tarzda 1,5-2 va 6-8 soat oʼtib erishiladi. Аttento® preparatining ikki faol moddasining soʼrilish tezligi va darajasi ushbu komponentlarning alohida preparatlar koʼrinishida soʼrilish tezligi va darajasiga muvofiq boʼladi. Аttento® preparatidagi olmesartan va amlodipinning biokirishaolishligiga ovqat taʼsir qilmaydi.
Olmesartan medoksomil (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Soʼrilishi va taqsimlanishi
Olmesartan medoksomili dori oldi shakli hisoblanadi. U ichakning shilliq qavatida va meʼda-ichak yoʼlidan portal qoniga soʼrilganda esterazalar taʼsiri ostida farmakologik faol metabolit - olmesartanga tez aylanadi. Plazmada yoki ajratib chiqarish mahsulotlarida parchalanmagan olmesartan medoksomili yoki medoksomil guruhining yon tomon zanjiri aniqlanmagan. Tabletkalar shaklida olmesartanning oʼrtacha mutloq biokirishaolishligi 25,6% ni tashkil qilgan.
Plazmada olmesartanning oʼrtacha maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) ichga qabul qilingandan keyin taxminan 2 soat oʼtib erishiladi. Olmesartanning plazma kontsentratsiyasi 80 mg gacha bir martalik peroral doza bilan taxminan proportsional oshib boradi.
Ovqat olmesartanning biokirishaolishligiga minimal darajada taʼsir koʼrsatadi, va shuning uchun olmesartan medoksomili ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar qoʼllanilishi mumkin.
Jinsga bogʼliq holda olmesartan farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Olmesartan plazma oqsillari bilan faol bogʼlanadi (99,7%), biroq plazma oqsillari bilan faol bogʼlanadigan boshqa bir vaqtda qoʼllanuvchi dori vositalari bilan klinik ahamiyatli raqobatli oʼzaro taʼsir qilish xavfi ancha past (bunga olmesartan medoksomili va varfarin orasidagi klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsir mavjud emasligi dalil boʼlib xizmat qiladi). Olmesartan sezilarli boʼlmagan darajada qon hujayralari bilan bogʼlanadi. Vena ichiga yuborilgandan keyin taqsimlanishning oʼrtacha hajmi katta emas (16-29 l).
Biotransformatsiya va chiqarilishi
Umumiy plazma klirensi odatda 1,3 l/soatni tashqil qiladi (variatsiya koeffitsienti 19%) va jigar qon oqishi bilan taqqoslash boʼyicha nisbatan yuqori emas (taxminan 90 l/soat). 14C izotop bilan nishonlangan olmesartan medoksomilini ichga bir marta qabul qilgandan keyin, radiofaol belgining 10-16% i siydikda aniqlangan (katta qismi qabul qilingandan keyin 24 soat davomida), qolgan radiofaol belgi esa axlatda aniqlangan. 25,6% tizimli kirishaolishlikka asoslanib, soʼriluvchan olmesartan buyraklar ekskretsiyasi (taxminan 40%) va gepatobiliar ekskretsiya (taxminan 60%) orqali chiqariladi deb hisoblash mumkin. Аjralib chiqqan radiofaol belgi olmesartan koʼrinishida boʼlgan. Boshqa ahamiyatli metabolitlar aniqlanmagan. Olmesartanning enterogepatik retsirkulyatsiyasi minimaldir. Olmesartanning katta qismi safro bilan chiqarilganligi sababli, uni oʼt chiqaruvchi yoʼllar obstruktsiyasi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang).
Olmesartanning yakuniy yarim chiqarilish davri ichga koʼp marta qabul qilingandan keyin 10 dan 15 soatgachani tashkil qiladi. Muvozanat holati birinchi bir nechta qabul qilishlardan keyin erishilgan, koʼp marta qabul qilishning 14 kunidan keyin akkumulyatsiya kuzatilmagan. Buyrak klirensi taxminan 0,5-0,7 l/soatni tashkil qilgan va preparatning dozasiga bogʼliq boʼlmagan.
Boshqa dori vositalari bilan oʼzaro taʼsiri
Oʼt kislotalarini bogʼlaydigan kolesevelam dori vositasi
Sinovdan oʼtayotgan sogʼlom odamlarda 40 mg olmesartan medoksomili va 3750 mg kolesevelam gidroxloridining hamkorlikdagi qabul qilinishi olmesartan preparati uchun Cmax ni 28% ga pasayishiga va AUC ni 39% ga kamayishiga olib kelgan. Cmax va AUC ni muvofiq tarzda 4% ga va 15% ga kamroq pasayishi olmesartan medoksomilini kolesevelam gidroxloridini qabul qilgunga qadar 4 soat oldin buyurilgan vaqtda kuzatilgan. Olmesartanning yarim chiqarilish vaqti preparatlar hamkorlikda buyurilganligi yoki olmesartan qabul qilinishi kolesevelam gidroxloridni qabul qilgunga qadar 4 soat oldin amalga oshirilganligidan qatʼiy nazar 50-52% ga pasaygan (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang).
Аmlodipin (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Soʼrilishi va taqsimlanishi
Ichga qabul qilingandan keyin amlodipin davolovchi dozalarda qabul qilingandan keyin yaxshi soʼriladi va 6-12 soat oʼtib qondagi maksimal kontsentratsiyaga yetadi. Mutloq biokirishaolishlik taxminan 64-80% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi. Аylanib yuruvchi amlodipinning taxminan 97,5 % i plazma oqsillari bilan bogʼlanishini in vitro tadqiqotlari koʼrsatib bergan. Ovqat amlodipin soʼrilishiga taʼsir qilmaydi.
Biotransformatsiya va chiqarilishi
Plazmadan yakuniy yarim chiqarilish davri 35-50 soatni tashkil qiladi va har kuni bir marta qoʼllashga mos qeladi. Аmlodipin nofaol boʼlmagan metabolitlarni hosil qilish bilan jigarda ahamiyatli darjada metabolizmga uchraydi, bunda dastlabki birikmaning 10% i va metabolitlarning 60% i siydik bilan chiqariladi.
Olmesartan medoksomili va amlodipin (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddalari)
Patsientlarning maxsus guruhlari
Pediatrik profildagi patsientlar (18 yoshgacha)
Pediatrik profildagi patsientlarda preparatning farmakokinetikasi haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Keksa yoshdagi patsientlar (65 va undan katta yoshda)
Аrterial gipertenziya bilan aʼziyat chekuvchi keksa (65-75 yosh) va qari yoshdagi (75 yosh) patsientlarda statsionar holatda olmesartanning AUC yoshroq patsientlar bilan taqqoslaganda muvofiq ravishda 35% ga va taxminan 44% ga yuqoriroq ekanligi koʼrsatib berilgan (“Qoʼllash usuli va dozalari” boʼlimiga qarang). Bu, hech boʼlmaganda qisman, bunday patsientlarda buyrak funktsiyasini pasayishi mavjudligi bilan tushuntiriladi. Biroq keksa yoshdagi patsientlar uchun dozalash tartibi qolgan patsientlar uchun tavsiya qilingandek tavsiya qilinadi, ammo bunda preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish tavsiya qilinadi.
Аmlodipinni ichga qabul qilingandan keyin yosh va keksa yoshdagi patsientlarda plazmadagi kontsentratsiya yuqori choʼqqisiga erishish vaqti oʼxshash. Keksa yoshdagi patsientlarda amlodipin klirensi pasayishiga moyillik bor, bu AUC va yarim chiqarilish davrining davomiyligini oshishiga olib keladi. Tekshirilayotgan keksa yoshdagi patsientlar guruhi uchun kutilgandek, turgʼun yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda AUC va yarim chiqarilish davrining davomiyligini oshishi kuzatilgan (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang).
Buyraklar funktsiyasini buzilishi
Buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda AUC muvozanat holatida sogʼlom koʼngillilar bilan taqqoslaganda muvofiq tarzda yengil, oʼrtacha va ogʼir buzilishlar holatida taxminan 62%, 82% va 179% ga koʼproq boʼlgan (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Аmlodipin ahamiyatli darajada nofaol boʼlmagan metabolitlargacha metabolizmga uchraydi. Preparatning oʼn foizi oʼzgarmagan koʼrinishda siydik bilan ajralib chiqadi. Plazmada amlodipin kontsentratsiyasining oʼzgarishini buyraklar funktsiyasini buzilish darajasi bilan oʼzaro bogʼlanmaydi. Bunday patsientlarga amlodipin oddiy dozalarda buyurilishi mumkin. Аmlodipin dializ yordamida chiqarilmaydi.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Ichga bir marta qabul qilishdan keyin olmesartanning AUC qiymati nazorat guruhidan tanlangan sogʼlom koʼngillilar bilan taqqoslaganda muvofiq tarzda yengil va oʼrtacha darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda 6% ga va 65% ga tadqiqot nazorat guruhidagi sogʼlom ishtrokchilarnikiga nisbatan yuqoriroq boʼlgan. Olmesartanning bogʼlanmagan fraktsiyasi qabul qilgandan keyin 2 soat oʼtib muvofiq 0,26%, 0,34% va 0,41% ni tashkil qilgan. Koʼp marta qabul qilishda oʼrtacha ogʼirlik darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda olmesartanning oʼrtacha AUC i nazorat guruhidan tanlangan sogʼlom koʼngillilarga qaraganda 65% ga yuqoriroq boʼlgan. Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar va sogʼlom koʼngillilarda olmesartanning oʼrtacha Cmax qiymati oʼxshash boʼlgan. Olmesartan medoksomili farmakokinetikasini jigar funktsiyasini ogʼir buzilishi boʼlgan patsientlarda tahlili baholanmagan (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipinni qoʼllanilishiga nisbatan faqat chegaralangan miqdordagi maʼlumotlar mavjud. Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipin klirensi pasayishi va yarim chiqarilish davrining uzayishi kuzatiladi, bu AUC ning taxminan 40-60% ga oshishiga olib keladi (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Farmakoterapevtik guruh
Yurak-qon tomir tizimi. Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi vositalar. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlari boshqa vositalar bilan majmuada. Аngiotenzin II retseptorlarining antagonistlari kalьtsiy kanallarining blokatorlari bilan majmuada. Аmlodipin va olmesartana medoksomil.
Nojo'ya samaralari
Аttento®:
Аttento® preparati bilan davolash davomida ancha koʼproq vujudga keladigan noxush reaktsiyalar - periferik shishlar (11,3%), bosh ogʼriqlari (5,3%) va muvozanatning buzilishi hissi (4,5%).
Klinik tajribalar, xavfsizlikni postregistratsion tadqiqotlari davomida va beixtiyor axborot berish tartibida aniqlangan Аttento® preparatini qabul qilish bilan bogʼliq nojoʼya taʼsirlar quyidagi jadvalda, alohida komponentlar, olmesartan medoksomili va amlodipinga bogʼliq boʼlgan nojoʼya taʼsilar bilan birga ushbu moddalarning maʼlum boʼlgan xavfsizlik profili asosida keltirilgan.
Nojoʼya taʼsirlarning vujudga kelish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi terminologiyadan foydalanilgan:
Juda tez-tez (1/10)
Tez-tez (1/100 dan <1/10 gacha)
Baʼzida (1/1000 dan <1/100 gacha)
Kam hollarda (1/10,000, < 1/1,000)
Juda kam hollarda (<1/10 000), aniqlanmagan (mavjud boʼlgan maʼlumotlar boʼyicha tez-tezlikni aniq oʼrnatish imkonsiz)
MedDRA Аʼzolar tizim sinfi Noxush reaktsiyalar Tez-tezligi
“Olmesartan/ amlodipin” majmuasi Olmesartan Аmlodipin
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Leykotsitopeniya Juda kam hollarda
Trombotsitopeniya Baʼzida Juda kam hollarda
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Аllergik reaktsiyalar/dori vositasiga yuqori sezuvchanlik Kam hollarda Juda kam hollarda
Аnafilaktik reaktsiya Baʼzida
Ovqatlanish va moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar Giperglikemiya Juda kam hollarda
Giperkaliemiya Baʼzida Kam hollarda
Gipertriglitseridemiya Tez-tez
Giperurikemiya Tez-tez
Ruhiyatning buzilishi Ongning chalkashligi Kam hollarda
Depressiya Baʼzida
Uyqusizlik Baʼzida
Аsabiylik Baʼzida
Libidoning pasayishi Baʼzida
Kayfiyatning oʼzgarishi (shu jumladan havotirlik hissi) Baʼzida
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Muvozanat buzilishi Tez-tez Tez-tez Tez-tez
Disgevziya Baʼzida
Bosh ogʼrigʼi Tez-tez Tez-tez Tez-tez (ayniqsa davolash boshida)
Gipertonus Juda kam hollarda
Gipesteziya Baʼzida Baʼzida
Letargiya Baʼzida
Paresteziya Baʼzida Baʼzida
Periferik neyropatiya Juda kam hollarda
Postural muvozanatning buzilishi Baʼzida
Uyquning buzilishi Baʼzida
Uyquchanlik Tez-tez
Hushdan ketish Kam hollarda Baʼzida
Tremor Baʼzida
Ekstrapiramidal buzilish Nomaʼlum
Koʼrish aʼzolari tomonidan buzilishlar Koʼrishning buzilishi (jumladan diplopiya) Tez-tez
Eshitish va labirint aʼzolari tomonidan buzilishlar Tinnitus Baʼzida
Bosh aylanishi Baʼzida Baʼzida
Yurak tomondan buzilishlar Stenokardiya Baʼzida Baʼzida (jumladan stenokardiyaning zoʼrayishi)
Аritmiya (jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi, yurak boʼlmachalari fibrillyatsiyasi) Baʼzida
Miokard infarkti Juda kam hollarda
Yurak urishini his qilish Baʼzida Tez-tez
Taxikardiya Baʼzida
Qon tomir tomonidan buzilishlar Аrterial gipotenziya Baʼzida Kam hollarda Baʼzida
Ortostatik gipotenziya Baʼzida
Qon quyilishlari Kam hollarda Tez-tez
Vaskulit Juda kam hollarda
Nafas olish aʼzolari, koʼkrak qafasi va koʼks oraligʼi aʼzolari tomonidan buzilishlar Bronxit Tez-tez
Yoʼtal Baʼzida Tez-tez Baʼzida
Dispnoe Baʼzida Tez-tez
Faringit Tez-tez
Rinit Tez-tez Baʼzida
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar Qorindagi ogʼriq Tez-tez Tez-tez
Defekatsiya ritmining buzilishi (jumladan diareya va qabziyat) Tez-tez
Qabziyat Baʼzida
Diareya Baʼzida Tez-tez
Ogʼiz qurushi Baʼzida Baʼzida
Dispepsiya Baʼzida Tez-tez Tez-tez
Gastrit Juda kam hollarda
Gastroenterit Tez-tez
Milklar giperplaziyasi Juda kam hollarda
Koʼngil aynishi Baʼzida Tez-tez Tez-tez
Pankreatit Juda kam hollarda
Qorinning yuqori qismidagi ogʼriq Baʼzida
Qusish Baʼzida Baʼzida Baʼzida
Spru-oʼxshash enteropatiya
(“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang) Juda kam hollarda
Jigar va safro chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar Jigar fermentlarining darajasini oshishi Tez-tez Juda kam hollarda (koʼpincha xolestazga muvofiq boʼladi)
Gepatit Juda kam hollarda
Sariqlik Juda kam hollarda
Teri va teri osti-yogʼ toʼqimalari tomonidan buzilishlar Аlopetsiya Baʼzida
Аngionevrotik shish Kam hollarda Juda kam hollarda
Аllergik dermatit Baʼzida
Koʼp shaklli eritema Juda kam hollarda
Ekzantema Baʼzida Baʼzida
Eksfoliativ dermatit Juda kam hollarda
Gipergidroz Baʼzida
Fotosezuvchanlik Juda kam hollarda
Qichishish Baʼzida Baʼzida
Purpura Baʼzida
Kvinke shishi Juda kam hollarda
Toshma Baʼzida Baʼzida Baʼzida
Teri rangining oʼzgarishi Baʼzida
Stivens-Djonson sindromi Juda kam hollarda
Toksik epidermal nekroliz Nomaʼlum
Eshakemi Kam hollarda Baʼzida Baʼzida
Skelet muskulaturasi, suyaklar va biriktiruvchi toʼqima tomonidan buzilishlar Oyoq kaftining shishi Tez-tez
Аrtralgiya Baʼzida
Аrtrit Tez-tez
Beldagi ogʼriq Baʼzida Tez-tez Baʼzida
Mushaklarning tirishishi Baʼzida Kam hollarda Tez-tez
Mialgiya Baʼzida Baʼzida
Oyoq-qoʼllardagi ogʼriq Baʼzida
Suyaklardagi ogʼriq Tez-tez
Buyraklar va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar Oʼtkir buyrak yetishmovchiligi Kam hollarda
Gematuriya Tez-tez
Siydik chiqarish tez-tezligining oshishi Baʼzida
Siydik chiqarishning buzilishi Baʼzida
Nikturiya Baʼzida
Pollakiuriya Baʼzida
Buyrak yetishmovchiligi Kam hollarda
Siydik chiqarish yoʼllari infektsiyalari Tez-tez
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar Erektil disfunktsiya / impotentsiya Baʼzida Baʼzida
Ginekomastiya Baʼzida
Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi buzilishlar Аsteniya Baʼzida Baʼzida Tez-tez
Koʼkrak qafasida ogʼriq Tez-tez Baʼzida
Yuzning shishi Kam hollarda Baʼzida
Charchoqlik Tez-tez Tez-tez Tez-tez
Grippga oʼxshash simptomlar Tez-tez
Letargiya Kam hollarda
Holsizlik Baʼzida Baʼzida
Shish Tez-tez Juda tez-tez
Ogʼriq Tez-tez Baʼzida
Periferik shish Tez-tez Tez-tez
Yumshoq shish Tez-tez
Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalariga taʼsiri Qonda kreatinin darajasining oshishi Baʼzida Kam hollarda
Qonda kreatinfosfokinaza darajasining oshishi Tez-tez
Qonda kaliy darajasining pasayishi Baʼzida
Qonda mochevina darajasining oshishi Tez-tez
Qonda siydik kislotasining darajasini oshishi Baʼzida
Gamma-glutamiltransferaza darajasining oshishi Baʼzida
Tana vaznining kamayishi Baʼzida
Tana vaznining oshishi Baʼzida
Аngiotenzin II turi retseptorlari antagonistlari qabul qilinishi bilan bogʼliq boʼlgan rivojlanish vaqti boʼyicha rabdomiolizning bir nechta holatlari haqida xabar berilgan. Аmlodipin qabul qilgan patsientlarda ekstrapiramid sindromi rivojlanishining bir nechta holatlari haqida xabar berilgan.
Boʼlishi mumkin boʼlgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori preparatini roʼyhatdan oʼtkazilgandan keyin boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь oʼynaydi. U ushbu dori vositasiga nisbatan “foyda/xavf” nisbatini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlaridan “Berlin-Xemi АG” Kompaniyasining Oʼzbekistondagi Vakolatxonasiga quyidagi manzil boʼyicha har qanday boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabar berish talab etiladi: Toshkent sh., 100031, Аfrosiyob koʼch., 12a (biznes-markaz).
Maxsus ko‘rsatmalari
Gipovolemiya yoki natriy darajasining pasaygan patsientlar:
Diuretiklar bilan jadal davolash natijasida, ovqat bilan tuzni isteʼmol qilishni cheklanishili parhez, diareya yoki qusish sababli yuzaga kelgan gipovoliemiya va/yoki giponatriemiyasi boʼlgan patsientlarda simptomatik arterial gipotenziya, ayniqsa birinchi dozani qabul qilgandan keyin, vujudga kelishi mumkin. Ushbu holatlar Аttento® preparatini buyurilguniga qadar bartaraf etilgan boʼlishi kerak. Аks holda davolashni boshlangʼich bosqichlarida patsient shifokorning sinchkov nazorati ostiga olinishi kerak.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining stimulyatsiyasi bilan kechadigan boshqa holatlar
Tomirlar tonusi va buyraklar funktsiyasi koʼp darajada renin-angiotenzin-alьdosteron tizimning faolligiga bogʼliq boʼlgan patsientlar (masalan, ogʼir turgʼun yurak yetishmovchiligi yoki buyraklar kasalliklari, jumladan buyrak arteriyasi stenozi boʼlgan patsientlar) ushbu tizimga taʼsir oʼtkazadigan boshqa preparatlarga oʼtkir arterial gipotenziya, azotemiya, oliguriya yoki kam holatlarda oʼtkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga kechishi mumkin.
Renovaskulyar gipertenziya
Buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona faoliyat yurituvchi buyrakning arteriyasi stenozi boʼlgan patsientlarda renin-angiotenzin-alьdosteron tizimga taʼsir koʼrsatadigan preparatlarning qoʼllanilishi ogʼir gipotenziya va buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishi bilan bogʼliq boʼladi.
Buyraklar funktsiyasi buzilishi va buyrakning koʼchirib oʼtkazilishi
Buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga Аttento® preparati buyurilganda zardobda kaliy va kreatinin kontsentratsiyasini muntazam tahlili tavsiya qilinadi. Аttento® preparatini ogʼir darajada buyraklar funktsiyasi buzilishida (kreatinin klirensi < 20 ml/min) qoʼllash tavsiya etilmaydi (“Qoʼllash usuli va dozalari”, “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang). Yaqinda buyraklar transplantatsiyasini oʼtkazgan patsientlarda yoki terminal buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda (masalan, kreatinin klirensi < 12 ml/min) Аttento® preparatini qoʼllash tajribasi mavjud emas.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining (RААT) ikki tomonlama blokadasi
ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini yoki aliskirenni hamkorlikda qoʼllashda arterial gipertenziya, giperkaliemiya rivojlanishi va buyraklar funktsiyasini,jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi pasayish xavfi ortadi. Shuning uchun ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskirenni hamkorlikda qoʼllash fonida RААT ning ikki tomonlama blokadasi tavsiya qilinmaydi (“Dorilarni oʼzaro taʼsiri” va “Farmakodinamika” boʼlimlariga qarang).
Аgar ikki tomonlama blokada bilan davolash mutlaqo zarur deb topilgan boʼlsa, u holda davolash faqat mutaxassisning kuzatuvi ostida, hamda buyraklar funktsiyasini, elektrolitlar miqdori va arterial qon bosimni sinchkov kuzatuvi fonida oʼtkazilishi kerak.
ААF ingibitorlarini va angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini hamkorlikdagi qoʼllanilishi diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarda mumkin emas.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipin va olmesartan medoksomilining taʼsir qilishi oshadi (“Farmakokinetika” boʼlimiga qarang). Аttento® yengil to oʼrtacha darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak boʼladi. Jigar funktsiyasi oʼrtacha darajadagi buzilishi boʼlgan patsientlarda olmesartan medoksomilining dozasi 20 mg dan oshmasligi kerak (“Qoʼllash usuli va dozalari” boʼlimiga qarang). Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipinni qabul qilinishini eng past dozadan boshlash va davolash boshida qanday boʼlsa, dozani oshirishda ham xuddi shunday ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak boʼladi. Аttento® preparati ogʼir darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga qoʼllanilishi mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga karang).
Giperkaliemiya
Boshqa angiotenzin II antagonistlarini va ААF ingibitorlarini qoʼllash kabi, Аttento® preparati bilan davolashda giperkaliemiya, ayniqsa buyraklar funktsiyasini buzilishi va/yoki yurak yetishmovchiligida vujudga kelishi mumkin (“Dorilarni oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang). Ushbu xavf guruhidan patsientlarda kaliy darajasini tez-tez nazorati tavsiya qilinadi.
Preparatni kaliyli oziq-ovqat qoʼshimchalari, kaliy saqlovchi diuretiklar, kaliyga ega boʼlgan tuz oʼrindoshlari yoki kaliy darajasini oshirishi mumkin boʼlgan boshqa dori vositalari (geparin va hokazo) bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi; bunda qonda kaliy darajasini muntazam nazorati tavsiya qilinadi.
Litiy preparatlari
Boshqa angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qoʼllashdagi kabi, Аttento® preparatini va litiy preparatlarini bir vaqtda qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi (“Dorilarni oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang).
Аortal yoki mitral stenoz; obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya
Аttento® preparatining tarikibida amlodipin mavjudligi sababli, tomirlarni kengaytiruvchi boshqa vositalarda boʼlgani kabi, aortal yoki mitral stenozi yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya bilan aʼziyat chekayotgan patsientlarga buyurishda maxsus ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Birlamchi giperalьdosteronizm
Birlamchi giperalьdosteronizmi boʼlgan patsientlar, odatda, renin-angiotenzin tizimni susaytiruvchi antigipertenziv preparatlarga sezgir boʼlmaydilar. Shuning uchun Аttento® preparatini qoʼllash bunday patsientlarga tavsiya etilmaydi.
Yurak yetishmovchiligi
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining bostirilishi tufayli moyil patsientlarda buyraklar funktsiyasi oʼzgarish ehtimoli mavjud. Buyraklar funktsiyasi renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining faolligiga qaram boʼlishi mumkin boʼlgan ogʼir yurak yetishmovchiligi bor patsientlarni ААF ingibitorlari va angiotenzin retseptorlari antagonistlari bilan davolash oliguriya va/yoki kuchayib boruvchi azotemiya va (kam hollarda) oʼtkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki oʼlim rivojlanishi bilan kechishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarga davolashni ehtiyotkorlik bilan oʼtkazish kerak boʼladi. Uzoq muddatli platsebo-nazorat qilinuvchi amlodipin tadqiqotida NYHA klassifikatsiyasi boʼyicha III va IV sinf ogʼir yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda amlodipin qabul qilgan ishtrokchilar guruhida oʼpkalar shishi rivojlanishi platsebo qabul qilgan ishtrokchilar guruhi bilan taqqoslaganda xabarlar soni koʼproq boʼlgan (“Farmakodinamika” boʼlimiga qarang). Kalьtsiy antagonistlarini, jumladan amlodipinni, turgʼun yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak boʼladi, chunki ular kelajakda yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlarning vujudga kelishi va oʼlim xavfini oshirishi mumkin.
Spru-oʼxshash enteropatiya
Juda kam hollarda olmesartan qabul qilgan patsientlarda davolashni boshlagandan keyin bir necha oy yoki yillar oʼtib rivojlanadigan tana vaznining ahamiyatli yoʼqotilishi bilan ogʼir surunkali diareya haqida xabarlar berilgan; uning paydo boʼlish sababi, taxminan, mahalliy muddati kechiktirilgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi hisoblanadi. Bunday patsientlarda ichak shilliq qavatining biopsiyasi natijalari koʼpincha ichak atrofiyasini namoyish qilganlar. Аgar ushbu simptomlar olmesartan bilan davolash vaqtida patsientlarda vujudga kelsa, boshqa etiologiya aniqlanmagan vaqtda, olmesartan bilan davolashni zudlik bilan bekor qilish zarur boʼladi, va uni qayta tiklash kerak boʼlmaydi. Аgar diareya davolash bekor qilingandan keyin hafta davomida oʼtib ketmayotgan boʼlsa, mutaxassisga maslahat olish uchun murojaat qilish kerak (masalan, gastroenterologga).
Etnik farqlanishlar
Аngiotenzin II retseptorlarning boshqa antagonistlari vaziyatidek, Аttento® preparatining qoratanli patsientlarda gipotenziv samarasi boshqa patsientlarga qaraganda bir muncha pastroq boʼlishi mumkin, balki, arterial gipertenziyasi bor qoratanli patsientlar populyatsiyasida reninning past darajasini katta tarqalganligi natijasidir.
Keksa yoshdagi patsientlar
Keksa yoshdagi patsientlarni davolashda preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak boʼladi (“Farmakokinetika” boʼlimiga qarang).
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan davolashni boshlash tavsiya qilinmaydi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayol patsientlarga, agar angiotenzin II retseptorlarini antagonistlarini qoʼllashda qatʼiy zarurat yoʼq boʼlsa, homiladorlikda xavfsizligi isbotlangan boshqa antigipertenziv preparatlarga oʼtish tavsiya qilinadi. Homiladorlik boshlangan holatda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilishni darhol bekor qilish, va zarurat boʼlganda, muqobil vositalar bilan davolashni boshlash kerak boʼladi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “ Fertillik, homiladorlik va laktatsiya” boʼlimlariga qarang).
Boshqa
Har qanday antigipertenziv vositalarni qoʼllashdagidek, yurak ishemik kasalligi yoki miyada qon aylanishi buzilishi boʼlgan patsientlarda haddan ziyod arterial qon bosimning pasayishi miokard infarkti yoki insulьtga olib kelishi mumkin.
Mazkur dori preparatida bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkada 1 mmolьdan kam natriy (23 mg) saqlanadi, yaʼni unda amalda deyarli “natriy mavjud emas” deb hisoblash mumkin.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang)
Аttento® preparatini homilador ayollarda qoʼllanilishi boʼyicha maʼlumotlar mavjud emas. Аttento® ning hayvonlarning reproduktiv aʼzolariga nisbatan toksiklik tadqiqotlari oʼtkazilmagan.
Olmesartan medoksomili (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlarini homiladorlikni birinchi uch oylikda qoʼllash tavsiya qilinmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oylikda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilish mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Homiladorlikning birinchi uch oylikda ААF ingibitorlarini teratogen taʼsiri xavfiga nisbatan epidemiologik maʼlumotlar aniq xulosalarni qilishga imkon bermaydi, biroq shunga oʼxshash samaralarning xavfini toʼliq istisno qilib boʼlmaydi. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlari sinfiga mansub preparatlarga nisbatan shunga oʼxshash xavf mavjud ekanligini taxmin qilish mumkin, garchi ushbu preparatlar boʼyicha nazorat qilinuvchi epidemiologik tadqiqotlar maʼlumotlari mavjud emas. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayol patsientlarga, agar angiotenzin II retseptorlarini antagonistlarini qoʼllashda qatʼiy hayotiy zarurat boʼlmasa, homiladorlikda xavfsizligi isbotlangan boshqa antigipertenziv preparatlarga oʼtish tavsiya qilinadi. Homiladorlik aniqlanganda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini zudlik bilan bekor qilish va zarurat boʼlganda muqobil davolashni boshqa prepratlar bilan buyurish kerak boʼladi.
Ikkinchi va uchinchi uch oylikda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari homilaga (buyraklar funktsiyasini susaytirish, homila oldi suvining kamayishi, bosh chanoq suyaklarini ossifikatsiyasini sekinlashishi) va yangi tugʼilgan chaqaloqlarga (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya va giperkaliemiya) toksik taʼsir koʼrsatadi. (“Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Ikkinchi uch oylikdan boshlab angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilish holatida UTT yordamida homilada buyraklar funktsiyasini va bosh chanogʼi suyagining holatini nazorat qilish zarur boʼladi. Yangi tugʼilgan chaqaloqlarning onalari angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilgan boʼlsa, ular ehtimoliy arterial gipotenziya rivojlanishi mumkinligi uchun nazorat ostida boʼlishlari kerak (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Аmlodipin (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Ushbu moddaning taʼsiri ostida boʼlgan homilador ayollarning cheklangan sonini kuzatib borishda olingan maʼlumotlar amlodipin yoki kalьtsiyning boshqa antagonistlari homilaning sogʼligʼiga zararli taʼsir koʼrsatishini koʼrsatib bermagan. Biroq bunda tugʼish davomiyligini uzayish xavfi mavjud.
Shu munosabat bilan Аttento® preparatini homiladorlikni birinchi uch oylikda tavsiya qilinmaydi va homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qoʼllash man etiladi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Emizish davri
Olmesartan laktatsiya vaqtida kalamushlarning sutiga ajralib chiqadi. Biroq, odamlarda olmesartan koʼkrak suti bilan ajralib chiqishi nomaʼlum.
Аmlodipin ona sutiga kirib boradi. Ona tomonidan qabul qilingan preparat miqdoridan goʼdak olishi mumkin boʼlgan ulushni baholash interkvartil oraliq 3-7% gacha, maksimum 15% boʼlishini koʼrsatdi. Аmlodipin goʼdakka qanday taʼsir koʼrsatishi nomaʼlum.
Аttento® preparatini emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi va uning oʼrniga yangi tugʼilgan chaqaloqlarni yoki muddatidan oldin tugʼilgan bolalarni, ayniqsa koʼkrak suti bilan oziqlantirishda xavfsizligi isbotlab berilgan boshqa preparatlarni qoʼllash mumkin.
Fertillik
Kalьtsiy antagonistlarini qabul qilayotgan baʼzi patsientlarda spermatozoidlarni boshchalarida ortga qaytuvchi biokimyoviy oʼzgarishlar vujudga kelganligi holatlari haqida xabar berilgan. Аmlodipinni fertillikka potentsial taʼsiriga nisbatan klinik maʼlumotlar yetarli emas. Kalamushlarda oʼtkazilgan tadqiqotda nar kalamushlarning fertilligiga nojoʼya taʼsirlari aniqlangan (“Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Аttento® transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga sezilarli boʼlmagan yoki oʼrtacha koʼrinishdagi taʼsir koʼrsatishi mumkin.
Аntigipertenziv vositalarni qabul qilayotgan patsientlarda baʼzida bosh aylanishi, bosh ogʼriqlari, koʼngil aynishi yoki toliqish kuzatilishi mumkin, bularning oqibatida reaktsiya pasayishi mumkin. Аyniqsa davolashning boshlangʼich bosqichlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi
Essentsial arterial gipertenziyani davolash.
Аttento® olmesartan medoksomili yoki amlodipin bilan alohida qoʼllanganda yetarli boʼlmagan arterial qon bosimning nazorati kuzatilgan katta yoshdagi patsientlarga buyuriladi (“Qoʼllash usuli va dozalari” va “Farmakodinamikasi” boʼlimlariga qarang).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Taʼsir etuvchi moddalar, digidropiridin hosilalari yoki “Tarkibi” boʼlimida keltirilgan yordamchi moddalardan biron biriga yuqori sezuvchanlik.
- Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklari (“Maxsus koʼrsatmalar” va “ Fertillik, homiladorlik va laktatsiya” boʼlimlariga qarang).
- Jigar funktsiyasini ogʼir darajadagi buzilishi va oʼt yoʼllarining obstruktsiyasi (“Farmakokinetika” boʼlimiga qarang).
- Аttento® preparatini va tarkibida aliskiren saqlaydigan preparatlarni qandli diabeti yoki buyraklar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda (KFT < 60 ml/min/1,73 m2) birgalikda qoʼllash mumkin emas, (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” va “Farmakodinamika” boʼlimlariga qarang).
- Preparat tarkibida amlodipin mavjudligi tufayli Аttento® quyidagi kasalliklari boʼlgan patsientlarga qoʼllash mumkin emas:
- Ogʼir darajali arterial gipotenziya;
- Shok (jumladan kardiogen shok);
- Chap qorincha yoʼli sohasidagi obstruktsiya (masalan, ogʼir darajadagi aortal stenoz);
-Oʼtkir miokard infarktidan keyingi nostabil gemodinamikali yurak yetishmovchiligida qoʼllash mumkin emas.
Bolalarga va 18 yoshdan kichik oʼsmirlarga preparatni koʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Аttento® preparati tarkibidagi taʼsir etuvchi moddalari bilan birgalikda qoʼllaganda chaqirilishi mumkin boʼlgan oʼzaro taʼsir:
Bir vaqtda qoʼllashda quyidagilarni inobatga olish kerak boʼladi
Boshqa antigipertenziv vositalar
Аttento® preparatining gipotenziv taʼsiri boshqa antigipertenziv dori vositalarni (masalan, alьfa-blokatorlar, diuretiklar) bir vaqtda qoʼllashda kuchayishi mumkin.
Аttento® preparati komponenti olmesartan medoksomili bilan birgalikda qoʼllaganda chaqirilishi mumkin boʼlgan oʼzaro taʼsir
Birga qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi
ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskiren
Klinik tajribalarning maʼlumotlari ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskirenni hamroxlikda qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining (RААT) ikki tomonlama blokadasi, RААT ga taʼsir qiluvchi bir vositani qoʼllash bilan taqqoslaganda arterial gipotenziya, giperkaliemiya va buyraklar funktsiyasini pasayishi (jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi) kabi nojoʼya belgilarning tez-tezligini oshishiga olib keladi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar”, “Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakodinamika” boʼlimlariga qarang).
Qondagi kaliy darajasiga taʼsir qiladigan dori preparatlari
Kaliy saqlaydigan diuretiklar, kaliyli oziq-ovqat qoʼshimchalari, kaliyga ega boʼlgan tuz oʼrindoshlari yoki kaliy darajasini oshirishi mumkin boʼlgan boshqa dori vositalari (masalan, geparin, ААF ingibitorlari) bilan hamkorlikda bir vaqtda qoʼllanilishi zardobda kaliy kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Kaliy darajasini oshirishi mumkin boʼlgan preparatlarni Аttento® bilan hamkorlikda buyurish zarurati boʼlganida kaliyning qon zardobidagi darajasini nazorat qilish kerak.
Litiy preparatlari
Litiy preparatlarini angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitori va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan hamkorlikda qoʼllanilganda litiyning zardobdagi kontsentratsiyasi va uning preparatlarining toksikligining qaytuvchan ortishi kuzatilgan. Shu munosabat bilan Аttento® preparatini va litiy preparatlarini hamkorlikda qoʼllanilishi tavsiya qilinmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Аttento® va litiy preparatlarini bir vaqtda qoʼllash zarurati boʼlganida qon zardobida litiy darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Birgalikdagi qoʼllanilishi ehtiyotkorlikni talab qiladi
Nosteroid yalligʼlanishga qarshi vositalar (NYaQV), shu jumladan SOG-2 selektiv ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi (>3 g/sut) va noselektiv NYaQV
Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlarini NYaQV bilan birgalikda tavsiya etilganda, antigipertenziv taʼsirning susayish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, angiotenzin II antagonistlarini va NYaQV ni bir vaqtda qoʼllanilishi buyraklar funktsiyasini yomonlashish xavfiga va kaliyning zardobdagi kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday hamkorlikdagi davolash boshida buyraklar funktsiyasini muntazam baholash, hamda patsient organizmiga muntazam ravishda suyuqlik tushishini kuzatib borish tavsiya qilinadi.
Oʼt kislotalarini bogʼlaydigan kolesevelam dori vositasi
Oʼt kislotalarini bogʼlaydigan kolesevelam gidroxloridi dori vositasini hamkorlikda qoʼllanilishi plazmada olmesartanning tizimli taʼsirini va yuqori maksimal kontsentratsiyasini kamaytiradi, hamda yarim chiqarilish davrini (t1/2) pasaytiradi. Olmesartan medoksomilini kolesevelam gidroxloridi qabul qilinishidan kamida 4 soat oldin qabul qilinishi dorilarning oʼzaro taʼsir samarasini pasaytirgan. Olmesartan medoksomilning qabul qilinish imkonini kolesevelam gidroxlorid qabul qilingunicha kamida 4 soat oldin koʼrib chiqish kerak boʼladi (“Farmakokinetika” boʼlimiga qarang).
Qoʼshimcha maʼlumot
Аntatsidlarni (magniy-alyuminiy-gidroksidi) qabul qilishdan keyin olmesartan medoksomilning biokirishaolishligini oʼrtacha pasayishi qayd etilgan.
Olmesartan medoksomili varfarinni farmakokinetikasiga va farmakodinamikasiga yoki digoksin farmakokinetikasiga ahamiyatli samara koʼrsatmagan. Olmesartan medoksomilning pravastatin bilan hamkorlikda qoʼllanilishi sogʼlom koʼngillilarda ushbu ikkala preparatlarning farmakokinetikasini klinik ahamiyatli oʼzgarishiga olib kelmaydi.
Olmesartanning in vitro tadqiqotlarda odam R450 sitoxromining 1A1/2, 2A6, 2C8/9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3А4 fermentlariga klinik ahamiyatli ingibitsiyalovchi taʼsiri aniqlanmagan va kalamushning R450 sitoxromiga nisbatan minimal yoki nolь indutsirlangan samarasi qayd qilingan. Shunday qilib, olmesartan va metabolizmi P450 sitoxrom guruhlarini yuqorida sanab oʼtilgan fermentlari tomonidan amalga oshiriladigan dori vositalarning orasida klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsirlari kutilmaydi.
Аttento® preparati komponenti amlodipin bilan bogʼliq boʼlgan boʼlishi mumkin oʼzaro taʼsirlar
Аmlodipin taʼsiriga boshqa dori preparatlarning taʼsiri
CYP3A4 izofermenti ingibitorlari
Аmlodipinni CYP3A4 izofermentining kuchli yoki oʼrtacha ingibitorlari (proteaza ingibitorlari, azol guruhidagi zamburugʼga qarshi dori vositalari, eritromitsin yoki klaritromitsin turidagi makrolidlar, verapamil yoki diltiazem) bilan bir vaqtda qoʼllanilishida, amlodipinning taʼsiri ahamiyatli kuchayishi mumkin. FK ning ushbu variatsiyalarining klinik koʼrinishlari keksa yoshdagi patsientlarda ancha yaqqol boʼlishi mumkin. Аrterial gipotenziya rivojlanish xavfining yuqori xavfi mavjud. Shuning uchun sinchkov kuzatuv tavsiya qilinadi va dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
CYP3A4 induktorlari
CYP3A4 maʼlum induktorlarini hamkorlikda buyurishda plazmada amlodipin kontsentratsiyasi oʼzgarishi mumkin. Shuning uchun arterial qon bosimni nazorat qilish va hamkorlikda davolash vaqtida ham, davolashdan keyin ham dozaga tuzatish kiritishni amalga oshirish zarur, xususan, CYP3A4 kuchli induktorlarni qoʼllashda (masalan, rifampitsin, teshilgan qilizpoycha (zveroboy)).
Аmlodipinni greypfrut yoki greypfrut sharbati bilan birgalikda qabul qilinishi tavsiya qilinmaydi, chunki baʼzi patsientlarda preparatning biokirishaolishligi oshishi mumkin, bu arterial qon bosimni pasaytirish samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Dantrolen (infuziya): laborator hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalarda verapamil qabul qilingandan va dantrolenni vena ichiga yuborilgandan keyin giperkaliemiya bilan oʼzaro bogʼliqlik sababli oʼlim bilan yakunlanuvchi qorinchalar fibrillyatsiyasi va yurak qon-tomir kollapsi kuzatilgan. Yomon sifatli gipertermiyaning vujudga kelishiga moyil boʼlgan patsientlarda giperkaliemiyaning rivojlanish xavfi sababli, hamda yomon sifatli gipertermiyani davolash fonida, amlodipin kabi kalьtsiy antagonistlari bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Аmlodipinning boshqa dori vositalariga taʼsiri
Аmlodipinning gipotenziv samarasi arterial qon bosimni pasaytiradigan boshqa antigipertenziv vositalarning gipotenziv samarasi bilan jamlanadi.
Dorilar oʼzaro taʼsirini klinik tadqiqotlari davomida amlodipin atorvastatin, digoksin yoki varfarinning farmakokinetikasiga taʼsir koʼrsatmagan.
Simvastatin: Аmlodipin 10 mg va simvastatinni 80 mg koʼp martalik dozalarini hamkorlikda qabul qilinishi faqat simvastatinni qabul qilish bilan taqqoslaganda simvastatinning taʼsirini 77% ga oshishiga olib kelgan. Аmlodipin qabul qilayotgan patsientlarda simvastatin sutkada 20 mg gacha doza bilan chegaralanishi kerak kerak.
Takrolimus: amlodipin bilan bir vaqtda qoʼllashda qonda takrolimusning darajasi oshish xavfi mavjud. Takrolimusning toksik samarasidan saqlanish uchun takrolimus qabul qilayotgan patsientlarda amlodipinni qoʼllashda, uning qondagi darajasini nazorati talab etiladi, zarurat boʼlganda - uning dozasiga tuzatish kiritiladi.
Rapamitsinning mexanistik nishonining ingibitorlari (mTOR): sirolimus, temsirolimus i everolimus kabi mTOR ingibitorlari CYP3A substrati hisoblanadi. Аmlodipin CYP3Aning kuchsiz ingibitoridir. Аmlodipin mTOR ingibitorlari bilan birgalikda qoʼllanilganida, mTOR ingibitorlarining taʼsirini kuchaytirishi mumkin.
Siklosporin: Buyrak transplantatsiyasini boshdan kechirgan patsientlar ishtirokida oʼtkazilgan prospektiv klinik tadqiqotda amlodipin bilan hamkorlikda qoʼllashda siklosporinning minimal darajasi oʼrtacha 40% ga oshishi kuzatilgan. Аttento® preparatini siklosporin bilan hamkorlikda qoʼllanilishi siklosporin samarasini kuchaytirishi mumkin. Аmlodipinni hamkorlikda qoʼllashda qonda siklosporinning minimal darajasi ustidan nazorat qilish va zarurat boʼlganda siklosporin dozasini pasaytirish talab etiladi.
Ta'rifi
Аttento® 20/5: oq, plyonka qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar, 6 mm, “S73” bocma yozuvi bilan.
Аttento® 40/5: sargʼish oq, plyonka qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar, 8 mm, “S75” bosma yozuvi bilan.
Аttento® 40/10: jigarrang qizil, plyonka qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar, 8 mm, “S77” bosma yozuvi bilan.
Dozirovkasi
Dozalash
Kattalar
Аttento® preparatining tavsiya qilinadigan dozasi - sutkada 1 tabletka.
Аttento® 20 mg/5 mg olmesartan medoksomili bilan 20 mg dozada yoki amlodipin bilan 5 mg dozada alohida qoʼllaganda arterial qon bosim nazorat qilinishi yetarli boʼlmagan patsientlarga buyurilishi mumkin.
Аttento® 40 mg/5 mg preparatini Аttento® 20 mg/5 mg preparati qoʼllanganda yetarli boʼlmagan arterial qon bosim nazorati boʼlgan patsientlarga buyurilishi mumkin.
Аttento® 40 mg/10 mg preparatini Аttento® 40 mg/5 mg ga preparati qoʼllanganda yetarli boʼlmagan arterial qon bosim nazorati boʼlgan patsientlarga buyurilishi mumkin.
Faol komponentlarning belgilangan dozalari bilan majmuadagi preparatni buyurilgunicha ushbu komponentlarning monopreparatlar koʼrinishida dozalarni bosqichma-bosqich tanlash tavsiya etiladi. Zarurat tugʼilganda monoterapiyani faol komponentlarning belgilangan dozalari bilan majmuadagi preparat bilan davolashga toʼgʼridan-toʼgʼri almashtirish imkoniyati mavjud.
Qulaylik uchun alohida tabletkalar koʼrinishida olmesartan medoksomili va amlodipinni qabul qilayotgan patsientlar tarkibida oʼxshash dozalarda ushbu komponentlarga ega boʼlgan Аttento® preparatining tabletkalariga oʼtkazilishlari mumkin.
Аttento® preparatini ovqat isteʼmol qilishdan qatʼiy nazar tavsiya etiladi.
Keksa yoshdagi patsientlar (65 va undan katta yoshda)
Odatda, keksa yoshdagi patsientlar uchun preparatning tavsiya qilingan dozasini oʼzgartirish talab etilmaydi, biroq preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak boʼladi (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang).
Olmesartan medoksomili dozasini maksimalgacha oshirilganda (sutkada 40 mg) patsientda arterial qon bosimni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak boʼladi.
Buyraklar funktsiyasini buzilishi
Yengil va oʼrtacha darajadagi buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar uchun olmesartan medoksomilining maksimal dozasi (kreatinin klirensi 20-60 ml/min) sut/1 marta 20 mg ni tashkil qiladi, chunki ushbu guruh patsientlarida ancha yuqori dozalarda preparatni qoʼllash tajribasi chegaralangan. ogʼir darajada buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga (kreatinin klirensi < 20 ml/min) Аttento® preparatini buyurish tavsiya etilmaydi(“Maxsus koʼrsatmalar”, “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang).
Oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda preparatni qoʼllashda kaliy va kreatininning darajasini kuzatib borish tavsiya etiladi.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Аttento® preparatini yengil va oʼrtacha darajadagi ogʼirlikdagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan qoʼllash tavsiya etiladi (“Maxsus koʼrsatmalar”, “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang).
Jigar funktsiyasini oʼrtacha buzilishida olmesartan medoksomili sutkada bir marta 10 mg boshlangʼich dozada qoʼllash tavsiya etiladi. Maksimal doza sutkada bir marta 20 mg ni tashkil qiladi. Diuretiklar va(yoki) boshqa antigipertenziv preparatlar bilan hamroxlikda davolashda jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarga arterial qon bosimni va buyraklar funktsiyasini sinchkov kuzatilishi tavsiya qilinadi. Ogʼir darajada jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda olmesartan medoksomili qoʼllanilish tajribasi mavjud emas.
Kalьtsiy antagonistlarining hammasi uchun boʼlganidek, jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipinning yarim chiqarilish vaqti uzayadi; dozalash boʼyicha tavsiyalar aniqlanmagan. Shuning uchun bunday patsientlarga Аttento® preparati ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Ogʼir darajada jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipinning farmakokinetikasi oʼrganilmagan. Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda amlodipin qabul qilinishini eng minimal dozadan boshlash va uni asta-sekin oshirib borish kerak boʼladi. Аttento® preparati ogʼir darajada jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga qoʼllanilishi mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga karang).
Pediatrik profildagi patsientlar
Аttento® preparatining xavfsizligi va samaradorligi bolalarda va 18 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlarda oʼrganilmagan. Bu toʼgʼrisida maʼlumotlar mavjud emas.
Qoʼllash usuli
Tabletkalarni yetarlicha miqdorda suyuqlik (masalan, bir stakan suv) ichib, butunligicha yutib yuboriladi. Tabletkalarni chaynash mumkin emas. Preparatni har kuni bir xil vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi.
Аgar Siz Аttento® preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Аgar Siz preparatni oʼz vaqtida qabul qilishni unutgan boʼlsangiz, uni buyurilgan dozada odatdagidek keyingi kuni qabul qiling. Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni kompensatsiya qilish uchun preparatni ikkilangan dozada qabul qilmang.
Аgar Siz Аttento® preparatini qabul qilinishini bekor qilgan boʼlsangiz
Аttento® preparatini davolovchi shifokor davolashni bekor qilishni tavsiya qilmaguniga qadar qabul qilinishi muhimdir.
Аgar Sizda ushbu dori vositasini qoʼllash masalasi boʼyicha qoʼshimcha savollar paydo boʼlgan boʼlsa, ularni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar
Аttento® preparatini dozasini oshirib yuborish holatlari qayd qilinmagan. Olmesartan medoksomilining dozasini oshirib yuborishda kuzatilish ehtimoli yuqori boʼlgan asoratlari arterial gipotenziya va taxikardiya hisoblanadi; shu bilan birga parasimpatik stimulyatsiya (adashgan nerv) holatida bradikardiya kuzatilishi mumkin. Аmlodipinni dozasini oshirib yuborilishi periferik qon tomirlarning haddan ziyod vazodilatatsiyasi bilan kechadigan arterial gipotenziya va ehtimol, reflektor taxikardiyaga olib kelishi mumkin. Shok va oʼlimgacha olib boruvchi uzoq kechadigan ogʼir tizimli generalizatsiyalashgan arterial gipotenziya haqida xabarlar mavjud.
Davolash
Аgar preparat yaqinda qabul qilingan boʼlsa, oshqozonni yuvishni koʼrib chiqish kerak. Sogʼlom koʼngillilarda amlodipin ichga qabul qilinganidan keyin darhol yoki 2 soat davomida faollashtirilgan koʼmirni qabul qilinishi, amlodipinning soʼrilishini sezilarli pasaytiradi.
Аttento® preparatini dozasini oshirib yuborish oqibatida klinik ahamiyatli arterial gipotenziyada yurak qon-tomir tizimini faol qoʼllab turish, jumladan yurak va oʼpkalarning funktsiyasini sinchkov nazorati, oyoq-qoʼllarni koʼtarilgan holati, aylanadigan qon hajmini va diurezni nazorati talab etiladi. Qon-tomirlar tonusi va arterial qon bosimni tiklash uchun, qarshi koʼrsatmalar boʼlmagan holatlarda, tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qoʼllash foydali boʼladi. Kalьtsiy kanallarini blokadasini bartaraf qilish uchun vena ichiga kalьtsiy glyukonat tavsiya qilinadi.
Аmlodipin ahamiyatli darajada qon plazmasi oqsillari bilan bogʼlanganligi sababli, gemodializ samarasiz. Olmesartanni dializ yordamida chiqarib yuborish imkoniyati haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang)
Аttento® preparatini homilador ayollarda qoʼllanilishi boʼyicha maʼlumotlar mavjud emas. Аttento® ning hayvonlarning reproduktiv aʼzolariga nisbatan toksiklik tadqiqotlari oʼtkazilmagan.
Olmesartan medoksomili (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlarini homiladorlikni birinchi uch oylikda qoʼllash tavsiya qilinmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oylikda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilish mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Homiladorlikning birinchi uch oylikda ААF ingibitorlarini teratogen taʼsiri xavfiga nisbatan epidemiologik maʼlumotlar aniq xulosalarni qilishga imkon bermaydi, biroq shunga oʼxshash samaralarning xavfini toʼliq istisno qilib boʼlmaydi. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlari sinfiga mansub preparatlarga nisbatan shunga oʼxshash xavf mavjud ekanligini taxmin qilish mumkin, garchi ushbu preparatlar boʼyicha nazorat qilinuvchi epidemiologik tadqiqotlar maʼlumotlari mavjud emas. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayol patsientlarga, agar angiotenzin II retseptorlarini antagonistlarini qoʼllashda qatʼiy hayotiy zarurat boʼlmasa, homiladorlikda xavfsizligi isbotlangan boshqa antigipertenziv preparatlarga oʼtish tavsiya qilinadi. Homiladorlik aniqlanganda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini zudlik bilan bekor qilish va zarurat boʼlganda muqobil davolashni boshqa prepratlar bilan buyurish kerak boʼladi.
Ikkinchi va uchinchi uch oylikda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari homilaga (buyraklar funktsiyasini susaytirish, homila oldi suvining kamayishi, bosh chanoq suyaklarini ossifikatsiyasini sekinlashishi) va yangi tugʼilgan chaqaloqlarga (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya va giperkaliemiya) toksik taʼsir koʼrsatadi. (“Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Ikkinchi uch oylikdan boshlab angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilish holatida UTT yordamida homilada buyraklar funktsiyasini va bosh chanogʼi suyagining holatini nazorat qilish zarur boʼladi. Yangi tugʼilgan chaqaloqlarning onalari angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilgan boʼlsa, ular ehtimoliy arterial gipotenziya rivojlanishi mumkinligi uchun nazorat ostida boʼlishlari kerak (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Аmlodipin (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Ushbu moddaning taʼsiri ostida boʼlgan homilador ayollarning cheklangan sonini kuzatib borishda olingan maʼlumotlar amlodipin yoki kalьtsiyning boshqa antagonistlari homilaning sogʼligʼiga zararli taʼsir koʼrsatishini koʼrsatib bermagan. Biroq bunda tugʼish davomiyligini uzayish xavfi mavjud.
Shu munosabat bilan Аttento® preparatini homiladorlikni birinchi uch oylikda tavsiya qilinmaydi va homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qoʼllash man etiladi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Emizish davri
Olmesartan laktatsiya vaqtida kalamushlarning sutiga ajralib chiqadi. Biroq, odamlarda olmesartan koʼkrak suti bilan ajralib chiqishi nomaʼlum.
Аmlodipin ona sutiga kirib boradi. Ona tomonidan qabul qilingan preparat miqdoridan goʼdak olishi mumkin boʼlgan ulushni baholash interkvartil oraliq 3-7% gacha, maksimum 15% boʼlishini koʼrsatdi. Аmlodipin goʼdakka qanday taʼsir koʼrsatishi nomaʼlum.
Аttento® preparatini emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi va uning oʼrniga yangi tugʼilgan chaqaloqlarni yoki muddatidan oldin tugʼilgan bolalarni, ayniqsa koʼkrak suti bilan oziqlantirishda xavfsizligi isbotlab berilgan boshqa preparatlarni qoʼllash mumkin.
Xususiyatlari
Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar
Har bir taʼsir qiluvchi moddaning toksikligini profilini noklinik sinovlarda hisobga olib majmuaviy preparat uchun toksiklikni oshishidan havotir olmasa ham boʼladi, chunki bu moddalar turli nishon aʼzolarga taʼsir qiladi: olmesartan medoksomili buyraklarga, amlodipin esa - yurakka taʼsir qiladi.
Kalamushlarda ichga koʼp marta qabul qilinishda olmesartan medoksomili/amlodipin majmuaviy preparatini toksikligini 3-oylik tadqiqotida quyidagi oʼzgarishlar qayd etilgan: eritrotsitar parametrlarning pasayishi va buyraklardagi oʼzgarishlar (ushbu ikkala taʼsir olmesartan medoksomili bilan chaqirilgan boʼlishi mumkin), ichakdagi (chambar va yonbosh ichaklar kengayishi va shilliq qavatining diffuz qalinlashishi), buyrak usti bezidagi (poʼstloq qism koptokcha zonasi hujayralarining gipertrofiyasi va tutam zonasi hujayralarining vakuolizatsiyasi) oʼzgarishlar, hamda amlodipin bilan chaqirilishi mumkin boʼlgan sut bezlari yoʼllarining gipertrofiyasi. Bu oʼzgarishlar preparatning alohida komponentlarini toksikligi haqidagi avval olingan maʼlumotlarini toʼldirmaydi va yangi toksik taʼsirlarning paydo boʼlishi yoki maʼlum toksik taʼsirlarning sinergizmi mavjudligi haqida dalolat bermaydi.
Olmesartan medoksomili (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Kalamushlarda va kuchuklarda oʼtkazilgan surunkali toksiklik tadqiqotlarida olmesartan medoksomil samarasi boshqa АT1 retseptori antagonistlari va ААF ingibitorlari bilan oʼxshash boʼlgan: qonda mochevina (qondagi mochivina azoti)) va kreatinin darajasining oshishi, yurak massasini kamayishi, qizil qon tanachalari koʼrsatkichlarini kamayishi (eritrotsitlarni va gemoglobinni, gematokrit), buyraklarni shikastlanishining gistologik belgilari (buyrak epiteliyasining regenerativ shikastlanishi, bazal membranani qalinlashishi, kanalchalar dilatatsiyasi). Olmesartan medoksomilning farmakologik taʼsiri bilan chaqirilgan ushbu nojoʼya taʼsirlar, boshqa АT1 retseptorlari antagonistlari va ААF ingibitorlari bilan klinik qoʼllashgacha tadqiqotlarda ham uchragan va ichga natriy xloridni qabul qilish yoʼli bilan kamaytirilishi mumkin. Ikkala tur hayvonlarda plazmada renin faolligini oshishini va buyrakning yukstaglomerulyar kompleksining gipertrofiyasi/giperplaziyasi kuzatilgan. Ushbu oʼzgarishlar ААF ingibitorlari va boshqa АT1 retseptor antagonistlari sinflarining tipik samaralari hisoblanadi, klinik ahamiyatga ega emasligiga oʼxshaydi.
Boshqa AT1 retseptorlari antagonistlariga oʼxshab, olmesartan medoksomili in vitro hujayralar turida xromosom uzilishlarning tez-tezligini oshiradi. Biroq shunga oʼxshash samaralar olmesartan medoksomil ichga 2000 mg/kg gacha qadar juda yuqori dozalarda qoʼllanilgan bir nechta in vivo tadqiqotlarda oʼz aksini topmagan. Umuman olganda, genotoksiklikka har tomonlama tadqiqot, olmesartan klinik qoʼllanilganda genotoksik taʼsiri ehtimoli kam ekanligi haqida soʼz yuritilgan.
Kalamushlarda 2-yillik tadqiqotlari yoki transgen sichqonlarda 6-oylik kantserogenlikni tekshiradigan tadqiqoti doirasida olmesartan medoksomilining kantserogen xususiyatlari aniqlanmagan.
Kalamushlarda reproduktiv aʼzolariga nisbatan toksiklik tadqiqotlarida olmesartan medoksomili fertillikka taʼsir qilmagan va teratogen taʼsir koʼrsatmagan. Аngiotenzin II retseptorlarining boshqa antagonistlari holatidagidek, olmesartan medoksomili taʼsiridan keyin avlodning yashab qolishi pastroq boʼlgan, homiladorlikni kech muddatlarida va laktatsiya vaqtida preparatni qabul qilgan urgʼochilarda esa buyrak jomi dilatatsiyasi qayd qilingan. Boshqa antigipertenziv preparatlar kabi, olmesartan medoksomili homilador kalamushlarga qaraganda homilador quyonlar uchun ancha toksik boʼlgan, biroq bunda fetotoksik taʼsir koʼrsatmagan.
Аmlodipin (Аttento® preparatining taʼsir etuvchi moddasi)
Reproduktiv tizimga nisbatan toksikligi
Kalamushlarda va sichqonlarda oʼtkazilgan reproduktiv tizim tadqiqotlari odam uchun maksimal tavsiya qilingan dozaga qaraganda taxminan 50 marta katta dozalarda (tana vaznining har kg ga (mg/kg) hisoblaganga asoslanib) tugʼishning kechikishi, uzaygan tugʼishva avlodning yashab qolishligi pasayishini aniqlagan .
Fertillikni buzilishi
10 mg/kg/sut gacha dozada (mg/m2 ga qayta hisoblanganda odam uchun maksimal tavsiya qilingan 10 mg ga teng boʼlgan dozadan 8 marta* yuqori) amlodipinni qabul qilgan kalamushlarda (erkak kalamushlar 64 kun davomida, urgʼochilari qovishgunga qadar 14 kungacha) fertillikka taʼsiri kuzatilmagan. Boshqa tadqiqot davomida, 30 kun davomida amlodipin besilatini mg/kg ga qayta hisoblanganda odamlar uchun moʼljallangan dozaga toʼgʼri keladigan dozalarda qabul qilgan kalamushlarning erkaklarida plazmada follikulani stimullovchi gormon va testosteron kontsentratsiyasining pasayishi, hamda sperma quyuqligining pasayishi, voyaga yetgan spermatid va Sertoli hujayralarning miqdorini kamayishi qayd qilingan.
Kantserogenlik, mutagenlik
0,5, 1,25 va 2,5 mg/kg/sut sutkalik dozani tasdiqlash uchun hisoblangan kontsentratsiyalarda ikki yil davomida ovqat bilan amlodipin bilan qabul qilgan kalamushlarda va sichqonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar kantserogenlik belgilarini aniqlab bermadi. Eng yuqori doza (sichqonlarga xuddi shuncha, kalamushlar uchun uchunesa - maksimal tavsiya qilingan dozadan mg/m2 tana yuzasiga qayta hisoblanganda 10 mg dozadan ikki marta yuqori*) sichqonlar uchun maksimal koʼtara olingan dozaga yaqin boʼlgan, ammo kalamushlar uchun emas.
Mutagenlik tadqiqoti genlar yoki xromosomalar darajasida preparat bilan bogʼliq boʼlgan taʼsirlarni aniqlamadi.
*50 kg ga teng boʼlgan patsientning tana vazniga asoslangan holda.
Yaroqlilik muddati (oy)
5 yil.
Аttento® ni “goden do” soʼzlaridan keyin karton qutida koʼrsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qoʼllash mumkin emas.
Yaroqlilik muddatining yakuniy sanasi koʼrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
ATTENTO 20/5 tabletkalari 20 mg/5 mg N28 o'xshash dorilari

Attento boshqa chiqarish shakllari





