Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Asab tizimi  / SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ispaniya
Kategoriya:Asab tizimi
Faol modda:Sitikolin
Ishlab chiqaruvchi:Ferrer Internacional S.A.
Teglar:Miya uchun, Hotira va e'tibor susayishidan, Hotira uchun
ATX kodi:N06BX06
Barcha Serakson dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 215 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun 4 ml da 500 mg bo'lgan eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitokolin natriy 522,5 mg (500 mg sitikolinga ekvivalent);

yordamchi moddalar: 1 M xlorid kislotasi yoki 1 M natriy gidroksidi rN 6,7-7,1 gacha, in'ektsiya uchun suv 4 ml gacha.

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun 4 ml da 1000 mg bo'lgan eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitokolin natriy 1045 mg (1000 mg sitikolinga ekvivalent);
yordamchi moddalar: 1 M xlorid kislotasi yoki 1 M natriy gidroksidi rN 6,7-7,1 gacha,
in'ektsiya uchun suv 4 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Sitikolin neyronlar membranasining struktur fosfolipidlarning biosintezini rag'batlantiradi, bu magnit-rezonans spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi. Ta'riflangan ta'sir mexanizmi tufayli, sitikolin ion almashinuvchi nasoslar va retseptorlarning ishi kabi membranadagi jarayonlarni faoliyatini yaxshilaydi, ularning modulyatsiyasi esa, nerv impulьslarini normal o'tkazilishi uchun zarur hisoblanadi. Neyronlar membranasiga barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli, bosh miyani shishini reabsorbtsiyasiga (qayta so'rilishiga) yordam beruvchi shishga qarshi xususiyatlarini namoyon etadi.

Ekspermental tadqiqotlar, sitikolin ayrim fosfolipazalar (A1, A2, C va D) faollashuvini ingibitsiya qilib, erkin radikallarni hosil bo'lishini kamaytirishini, membrana tizimlarini parchalanishini oldini olishini va glutation kabi antioksidant himoya tizimini saqlab turishini ko'rsatdi.

Sitikolin neyronlarning energiya zahirasini saqlab turadi, apoptozni ingibitsiya qiladi va atsetilxolin sintezini rag'batlantiradi.

Sitikolin shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasi modellarida profilaktik neyroprtektor ta'sir namoyon etishi eksperimental tarzda isbotlangan.

Klinik tadqiqotlar, sitikolin bosh miyada qon aylanishining o'tkir ishemik buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda funktsional sog'ayish ko'rsatkichlarini ishonchli darajada oshirishini ko'rsatgan, bu, neyro vizualizatsiya ma'lumotlariga ko'ra, bosh miyaning ishemik shikastlanishini oshishini sekinlashishi bilan mos kelgan.

Bosh-miya jarohati bo'lgan patsiyentlarda sitikolin tiklanishni tezlashtiradi va posttravmatik sindromning jadalligi va davomiyligini kamaytiradi.

Sitikolin diqqat va ong darajasini oshiradi, bosh miyaning ishemiyasi bilan bog'liq bo'lgan kognitiv va nevrologik buzilishlar yaqqolligini kamaytiradi, amneziyani namoyon bo'lishini kamayishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Sitikolin peroral qabul qilinganida yaxshi so'riladi. Qabul qilinganidan keyin qon plazmasida xolinning kontsentratsiyasini sezilarli oshishi aniqlanadi. Peroral qo'llanganidan keyin preparat deyarli to'liq so'riladi. Tadqiqotlar, peroral yuborish va vena ichiga yuborish yo'llarida biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini ko'rsatgan.

Preparat xolin va sitidinni hosil bo'lishi bilan ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi.

Yuborliganidan keyin sitikolin xolin fraktsiyalarini struktur fosfolipidlarga va sitidin fraktsiyalarini sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan bosh miya strukturalarida keng taqsimlanadi. Bosh miyada sitikolin hujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga tizilib olib, fosfolipidlarning fraktsiyasini hosil bo'lishida ishtirok etadi.

Yuborilgan dozaning juda oz qismigina (<3%) siydik va ahlatda aniqlanadi. Taxminan 12% - nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishida 2 fazani ajratish mumkin: I faza - 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va II faza, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. Aynan shunday fazalarga bo'linib chiqarilishi, nafas yo'llari orqali chiqarilganda ham qayd etiladi. Nafas bilan chiqariladigan SO2 ni chiqarilish tezligi taxminan 15 soat davomida tez pasayadi, so'ngra – ancha sekinroq pasayadi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralarning tez-tezligi

Juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan individual xabarlar):
Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar,
Nerv tizimi buzilishlari: kuchli bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Qon tomir buzilishlari: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Respirator, ko'krakdagi va mediastinal buzilishlar: hansirash.
Me'da-ichak buzilishlari: ko'ngil aynishi, qusish, ba'zida diareya.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: terini qizarishi, eshakemi, ekzantema, purpura.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: et uvishishi, shishlar.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Seraksonga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya bo'lgan hollarda qo'llash mumkin emas.
Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo'llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalari

Vena ichiga yuborish yo'lida preparatni asta-sekin vena ichiga oqim bilan (yuboriladtgan dozaga qarab, 3-5 minut davomida) yuborish kerak.

Vena ichiga tomchilab yuborilganda yuborish tezligi minutiga 40-60 tomchini tashkil etishi kerak.

In'ektsiya uchun eritma bir marta qo'llash mo'ljallangan. Ampula ochilganidan keyin eritma zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampuladagi eritmaning ishlatilmagan qismi tashlab yuborilishi lozim.

Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar bilan, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan ham mutanosibdir.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Sitikolinni homilador ayollarda qo'llash bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q.

Agar yaqqol zarurat bo'lmasa, homiladorlik davrida Seraksonni qo'llamaslik kerak. Ya'ni uni faqat kutilayotgan terapevtik foyda, har qanday bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri SERAKSON avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi

Insulьt, miyada qon aylanishining buzilishlarini o'tkir fazasi va ularning nevrologik oqibatlari. Bosh-miya jarohati va uning nevrologik oqibatlarida qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Seraksonga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya bo'lgan hollarda qo'llash mumkin emas. Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Sitikolin L-Dofaning samaralarini kuchaytiradi. Uni meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan birgalikda buyurish mumkin emas.

Dozirovkasi

Kattalar:
Tavsiya etilgan doza, simptomlarning og'irlik darajasiga qarab, sutkada 500 mg dan 2000 mg gacha dozani tashkil etadi.
Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi. Vena ichiga preparat asta-sekin vena ichiga in'ektsiya (buyurilgan dozaga qarab, 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab yuborish (minutiga 40-60 tomchi) ko'rinishida buyuriladi.
In'ektsiya uchun eritma bir marta qo'llash mo'ljallangan. Ampula ochilganidan keyin eritma zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampuladagi eritmaning ishlatilmagan qismi tashlab yuborilishi lozim.
Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar bilan, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan ham mutanosibdir. Batafsil ma'lumot olish uchun “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang.
Keksa patsiyentlar: Bu yosh guruhi patsiyentlari uchun Seraksonning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Bolalar:
Bolalarda qo'llash tajribasi cheklangan, shuning uchun preparat faqat kutilayotgan terapevtik foyda, yuz berishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsagina buyurilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari to'g'risida xabar berilmagan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 o'xshash dorilari

INTELLAN sirop 90ml
Retseptsiz
INTELLAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
26 900 so'm dan
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
263 500 so'm dan
ALCHYeBA tabletkalari 10mg N30
ALCHYeBA tabletkalari 10mg N30
Turkiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Helba Pharma Inc.Co
•119 ta dorixonada bor
Narxi
207 000 so'm dan

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 xususiyatlari

Serakson boshqa chiqarish shakllari

SERAKSON eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml
Retseptli
SERAKSON eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Ferrer Internacional S.A.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
242 000 so'm dan

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 analoglari

BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
Retseptli
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
Turkiya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Gruziya proizvedeno: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
100 800 so'm dan
KVANIL tabletkalari 500mg N10
Retseptli
KVANIL tabletkalari 500mg N10
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•18 ta dorixonada bor
Narxi
107 000 so'm dan
LIRA eritma 30ml 100mg/ml
Retseptli
LIRA eritma 30ml 100mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
116 300 so'm dan
RONOSIT inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
Retseptli
RONOSIT inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
294 400 so'm dan
RONOSIT eritma 10ml 100mg/ml N10
Retseptli
RONOSIT eritma 10ml 100mg/ml N10
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaçlari Limited Şirketi
•35 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
RONOSIT inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Retseptli
RONOSIT inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
•41 ta dorixonada bor
Narxi
289 600 so'm dan
SOMAZINA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Retseptli
SOMAZINA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Ferrer Internacional S.A.
•36 ta dorixonada bor
Narxi
84 300 so'm dan
SOMAZINA inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Retseptli
SOMAZINA inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Ferrer Internacional S.A.
•12 ta dorixonada bor
Narxi
265 300 so'm dan
SERAKSON eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml
Retseptli
SERAKSON eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Ferrer Internacional S.A.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
242 000 so'm dan
NEYROMAK eritma 1000mg/4ml N5
Retseptli
NEYROMAK eritma 1000mg/4ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
134 000 so'm dan
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
NEYROSITIN eritma 100ml
Retseptli
NEYROSITIN eritma 100ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Yuriya-Farm, OOO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
32 900 so'm dan

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 haqida savollar

SERAKSON inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil