INTELLAN sirop 90ml

Nerv tizimi. Psixoanaleptiklar. Boshqa psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.
INTELLAN sirop 90ml haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25 C dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Shifokor retseptisiz beriladi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:
ikki bo‘lakli Gingko – 50 mg,
Osiyo sentellasi – 500 mg,
Xerpestis monniyera – 50 mg,
Ekma Koriandr – 150 mg,
Bigizsimon Ammomum – 150 mg,
Dorivor Emblika – 200 mg;
yordamchi moddalar: qand, suvsiz limon kislotasi, glitserin, metilparaben, propilparaben, propilenglikol, shirin apelsin essensiyasi, tutti-frutti essensiyasi, tozalangan (ionsizlantirilgan) suv.
Chiqarilish shakli
Sirop 90, 120 va 150 ml sig‘imli shisha flakonda, bolalardan himoyalovchi plastik qopqoq bilan yopilgan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi va olcham stakanchasi bilan birga karton kutida.
Farmakodinamikasi
Intellan- kompleks o‘simlik preparati bo‘lib, uning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi bioaktiv alkoloidlar, flavonoidlar, saponinlar, glikozidlar, aminokislotalar, vitaminlar va zarur mikroelementlarga boy o‘simliklar bilan bog‘liq. Preparat xotira, aqliy faoliyatni yaxshilaydi, neyrotransmitter markazlarini faollashtiradi, tashvish va depressiyani bostiradi.
Ikki bulakli Gingko ekstrakti tarkibida flavonoid glakozidlar va terpenlaktonlar mavjud. Miya qon aylanishini va miyani kislorod bilan ta’minlashni yaxshilaydi( antigipoksik xususiyat). Tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga yega bo‘lib, miya to‘qimalarida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash orqali trombotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Bosh miya to‘qimalariga va periferik to‘qimalarga oqishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Neyromediatorlarni( noradrenalin, dopamin, atsetilxolin) chiqarishga va ularning membrana retseptorlari bilan bog‘lanish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Xujayra membranalari lipidlarning peroksidlanishiga to‘sqinlik qiladi va yerkin radikallarning ta’sirini( antioksidant ta’sir) zararsizlantiradi.
Osiyo sentellasi tarkibida triterpen saponinlari, bioflavonoidlar mavjud. Miya qon aylanishini yaxshilaydi, miyani kislorod bilan ta’minlaydi, bu bilan aqliy qobilyatini oshiradi, fikrlash jarayonini tezlashtiradi, xotirani yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi va nutq faoliyatini yaxshilaydi. Axloqiy va jismoniy charchoqlardan xalos bo‘lish, tashvishlarni yengishga, tanglik va uyqusizlikni yengillashitirishga yordam beradi.
Dorivor Emblika tarkibida S vitamini, V1 vitaminlari, V2, nikotin kislotasi, mikroelementlar, kalsiy, fosfor, ferrum, pektin bor. Miya tomirlarini kengaytirish orqali miya qon aylanishini rag‘batlantiradi. Pektin yordamida qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi. Biologik faol, tabiiy, oson xazm bo‘ladigan S vitamining yuqori miqdori antioksidant ta’sirini, stressga chidamliligini keltirib chiqaradi. Eritropoez, oqsillar biosintezini rag‘batlantiradi, mezenxim kelib chiqishi bo‘lgan to‘qimalarning – suyak dentini va kollagenning to‘g‘ri ko‘payishiga ko‘maklashadi. Ovqat xazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ishtaxani oshiradi.
Begizsimon Amomumda efir moylari( a-terpineol, mirsin, limonin, b-felladrin, borneol) mavjud. Xaddan tashqari kuchlanish, charchoq va asteniyada organizimning chidamligini oshirib, adaptogen xususiyatlarga yega. Organizimning umumiy tonusiin oishirishga yordam beradi. Ishtaxani oshiradi, ovqat xazm qilish jarayonini yahshilaydi.
Ekma Koriandr tarkiibida efir moyi, borneol, timol, kamfen, betpinen, sitronellol, nerol bor. Ovqat xazm qilishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tinchlantiruvchi, spazmolitik, shamol xaydovchi, o‘t xaydovchi ta’sirga yega.
Monniyer Xerpestisida alkoloidlar ( braxmin, xerpestin, glikozidlar, saponinlar, aminokislotalar ( aspargin, glyutamin, serin, terionin, alanin, glitsin, leysin) mavjud. Etibor va hotira mehanizmlariga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Intellan- o‘simlik neyrotimulyatori aqliy faoliyatni yaxshilash, xotira va diqqatni jamlashga hizmat qiladi. Preparat miya qon aylanishini yaxshilaydi va miya to‘qimlarining moddalar almashinuviin rag‘batlantiradi, miya faolligi va hotira funksiyalarini kuchaytiradi.
Preparatni qabul qilish bolalarda psixo-nutq va motor rivojlanishi ko‘rsatkichlarini yahshilaydi. Yumshoq neyrostimulyator, o‘tkir depressiv xolatlarni davolashda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatining ta’siri uning tarkibiy qisimlarining umumiy ta’siri xisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin yemas; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin yemas.
Farmakoterapevtik guruh
Nerv tizimi. Psixoanaleptiklar. Boshqa psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.
Dori shakli
sirop
Nojo'ya samaralari
- Preparat kechasi qabul qilinganda uyquning buzilishi mumkin;
- Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin;
Maxsus ko‘rsatmalari
Sirop saxaroza saqlaydi, qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek past kaloriyali parxezga amal qiluvchi odamlar bunga e’tibor berishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qollash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qollash to‘g‘risidagi klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Ta’sir qilmaydi.
Qo'llanilishi
• Xotirani pasayishi, eslab qolishni susayishi
• Nerv-ruxiy stress, zo‘riqish va charchoqlik
• Konsentratsiyani yetishmovchiligi va dezoriyentatsiya
• Bolalarni ruxiy va jismoniy rivojlanishini kechikishi
• Funksional aqliy yetishmovchiligi
• Bosh aylanishi, ongni chalkashishi
• Neyronlardagi moddalar almashinuvini va kapillyar qon aylanishini susaytirishi
• O‘rtacha og‘irlikdagi xavotirlik va depressiyada qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Allergik kasalliklarda.
Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori shaxsiy sezuvchanlik.
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ta’riflanmagan.
Ta'rifi
to‘q-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli, biroz shirin-nordon ta’mli va achchiqroq ta’mli, siropsimon suyuqlik.
Dozirovkasi
Kattalarga: 2 choy qoshiqdan (10 ml) kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
Bolalarga: 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga ikki marta ovqatdan keyin qo‘llanadi.
Yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta’riflanmagan, etimolog kam.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qollash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qollash to‘g‘risidagi klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
INTELLAN sirop 90ml xususiyatlari
Intellan boshqa chiqarish shakllari


INTELLAN sirop 90ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
INTELLAN sirop 90ml haqida savollar
INTELLAN sirop 90ml haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari













