Apteka.uz
SavatKirish

ALFAGIN sirop 120ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:

adaptogen va umumiy ragʼbatlantiruvchi vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (PVT) Ltd
ATX kodi:A13
Barcha ALFAGIN dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 18 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALFAGIN sirop 120ml haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi
1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
Ekstrakt:
Jenьshenь – 25 mg
Ekstraktlar:
Sibir jenьsheni – 100 mg
Exinatseya purpurea – 250 mg
Dovyur emblika – 400 mg
Yunon pajitini – 250 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza, glitserin, limon kislotasi, solod ekstrakti, metilparaben, propilenglikol, propilparaben, apelьsin essentsiyasi, qulpinay essentsiyasi, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli
120/150 ml preparat sariq rangli shisha flakonda, bolalardan himoyalangan qulfli qalpoqchasi bilan; 1 flakon tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma va oʼlchov stakanchasi bilan karton oʼramda.

Farmakoterapevtik guruh

adaptogen va umumiy ragʼbatlantiruvchi vosita.

Farmakologik ta'siri

Аlfagin – har qanday sintetik kimikatlarsiz, faqat biofaol shifobaxsh oʼsimliklardan tashkil topgan boʼlib, noyob retseptura asosida, Xerbion firmasi laboratoriyalarida yaratilgan.
Аlfagin – murakkab kuchli, jismoniy ishga boʼlgan qobiliyatni oshiradi va kislorod metabolizmini kengaytiradi, charchoqni yengishga yordam beradi. Oʼzining kuchli adaptogen xususiyatlari bilan u zoʼriqish, charchoqqa qarshi nospetsifik qarshilikni (N.S.R.) taʼminlaydi.
Аlfagin – markaziy nerv tizimini ragʼbatlantiradi va barqarorlaydi, moslashishni yaxshilaydi, infektsiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi va kasalliklarga qarshi oʼz-oʼzini himoya qilish tizimini mustahkamlaydi.
Аlfagin – miya funktsiyalarini yaxshilaydi, fikrlash, diqqat, xotira va ish qobiliyatini oshiradi.
Аlfagin – miyani qon bilan taʼminlashni yaxshilaydi.
Аlfagin – yurak faoliyatini qoʼllab-quvvatlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi.
Аlfagin – jigar faoliyatini qoʼllab-quvvatlaydi.
Аlfagin – organizm energiyasi, ishlash qobiliyati va chidamliligini oshirib, umumiy holatni yaxshilaydi va ragʼbatlantiradi.
Аlfagin – tabiiy vitaminlar va minerallar manbai boʼlib, ular moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Аlfagin – stressga qarshi turish qobiliyatini oshiradi.
Аlfagin – immun tizimini mustahkamlaydi.
Аlfagin – kayfiyatni koʼtaradi va ish qobiliyatini oshiradi.
Jenьshenь — quritilgan ildizi fitoterapiyada keng qoʼllaniladi. Uning asosiy faol elementlari — jenьshenozidlar.
Jenьshenь charchoqlik, boʼshashish, ish qobiliyati va diqqat-eʼtibor susayganda, shuningdek sovuq davrida organizm quvvatini oshirish va mustahkamlash uchun qoʼllanadi. Jenьshenь ildizi efir moyi, pektin moddalari, V1, V2 vitaminlari, yogʼ kislotalari (palmitin, stearin, olein, linol), mineral tuzlar saqlaydi. Mineral elementlardan temir, marganets, alyuminiy, fosfor, oltingugurt, kremniy saqlaydi.
Jenьshenь ogʼir kasalliklar, murakkab xirurgik amaliyotlar, turli etiologiyali uzoq muddatli jismoniy va ruhiy toliqishda qoʼllash samaralidir.
Sibir Jenьsheni (Tikaliya) Eleuterokokk:
Sibir jenьsheni fitoterapiyada qadimdan barcha kasalliklar uchun “Suveren vosita” hisoblanadi. Sibir jenьsheni aqliy va jismoniy charchoqni tez yoʼqotib, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini yaxshilaydi. U tashqi aqliy va jismoniy zoʼriqishlarga qarshi nospetsifik qarshilikni mustahkamlaydi, sovuq davrini qisqartiradi va uzoq umrni taʼminlaydi.
Sibir jenьsheni yuqorida qayd etilgan xususiyatlarini uning tarkibidagi aminokislotalar (metionin, izoleytsin, leytsin, tirozin, lizin, gistidin, arginin, prolin, asparagin kislotasi, treonin, serin, glitsin), glyutamin kislotasi, alanin, valin va sistin), minerallar (kaliy, fosfor, kalьtsiy, natriy, magniy, temir, rux, marganets), yogʼ kislotalari, saponinlar va jenьshenozidlar taʼminlaydi.
Exinatseya Purpurea (Аlьfadra):
Exinatseya (Аlьfadra) oʼzining oziqlantiruvchi xususiyatlari boʼyicha, hozirgacha aniqlangan 17 turidan eng foydali tur hisoblanadi. Аlьfadra oʼsimligi “Kirol kronasi” va “barcha oziq moddalarning otasi” deb ataladi. U uyqasizlik, kuchsizlik va ish qobiliyatini ragʼbatlantiruvchi taʼsirga ega. U qonni xolesterin miqdorini kamaytiradi va uning normallashishiga yordam beradi.
Buyraklarga oʼrtacha taʼsir qilib, diuretik taʼsir koʼrsatadi. Uningdek, umumiy moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Uni muntazam ishlatish, jigar faoliyatini yaxshilashga yordam beradi va yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatadi.
Exinatseya tarkibida kaliy, kalьtsiy, fosfor, magniy, temir, rux, marganets, yod, bioflavonoidlar, flavonoidlar, saponinlar va alkaloidlar saqlaydi.
Dovyur Emblika:
Dovyur emblika mevalari yuqori samaradorligi bilan yaxshi tanilgan. Uni “Emblika” deb ham atashadi. Uning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati va qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyati yuqori baholanadi. Odamning immun tizimini mustahkamlaydi, ruhiy holatni yaxshilaydi. Depressiya holatlarini yengillashtiradi.
Emblikaning samarali taʼsirlari tarkibida kalьtsiy, fosfor, temir, karotin va uglevodlar boʼlgani bilan izohlanadi. U osteon, dentina va kollagen kabi toʼqimalarni toʼgʼri shakllanishiga yordam beradi.
Yunon Pajitini:
Pajitini urugʼlari tibbiyotda qadim zamonlardan ishlatilgan. Yunon, rimliklar tomonidan va hindlardan qadimiy kitagʼasi ham Xitoyda ishlatilgan. Yunon pajitini yaxshi hazm boʼlishiga yordam beradi, appetitni oshiradi, laktatsiyani yaxshilaydi. Dispepsiya, meteorizm, bronxit, gripp va katar holatlarini davolaydi.
Yunon pajitini glikozid saponinlar, aminokislotalar (lizin, leytsin, gistidin, arginin),
biofaol alkaloidlar (xolin, trigonellin), minerallar (temir, mis, kalьtsiy, fosfor) tufayli taʼminlanadi.
Yunon Pajitini fosfatlar, letsitin, nukleoalbumin va organik shakldagi temirning katta miqdori bilan toʼyingan. Uning gematiin xususiyatlari eritrotsitlar miqdorini oshiradi va anemiyada juda foydali. Uning glikozidli saponinlari oʼt kislotalarini yutib va axlat ekskretsiyasi orqali oʼt kislotalarining chiqarilishini kuchaytirib, xolesterinni ichakda soʼrilishini bartaraf qiladi.

Nojo'ya samaralari

Аllergik reaktsiyalar Аlfaginning har qanday komponentiga allergiyasi maʼlum boʼlgan odamlarda boʼlishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabet bilan xastalangan va shunga oʼxshash gipokaloriyli parhezdagi bemorlar hisobga olishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Qo'llanilishi

• Charchoqlik
• Nevrasteniya
• Аqliy toliqish
• Oziqlanishning yetishmovchiligi
• Geriatriya kasalliklar
• Sogʼayish davri
• Аnoreksiyada qoʼllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Аlfaginni homiladorlik davrida qoʼllash mumkin emas.

Ta'rifi

toʼq jigarrang rangli apelьsin taʼmi va oʼziga xos oʼt oʼtqir boʼlmagan sirop

Dozirovkasi

Kattalar:
1–2 choy qoshiqdan kuniga 2 marta ovqatdan soʼng.
12 yoshdan oshgan bolalar:
1 choy qoshiqdan kuniga 2 marta ovqatdan keyin, yoki shifokor koʼrsatmasiga koʼra qoʼllaniladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALFAGIN sirop 120ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ALFAGIN boshqa chiqarish shakllari

ALFAGIN sirop 120ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
19 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
23 100 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
30 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
30 700 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №3
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 massivi, 20 uy, 37-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
33 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
33 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
33 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №1
Shayxontoxur tumani, Uyg'ur ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
33 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
33 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
34 500 so'm
Bron qilish

ALFAGIN sirop 120ml haqida savollar

ALFAGIN sirop 120ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

LINKAS BALZAM maz 25g
Retseptsiz
LINKAS BALZAM maz 25g
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
18 500 so'm dan
EVIKA kapsulalar  N60
Retseptsiz
EVIKA kapsulalar N60
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
69 630 so'm dan
Narxi
23 000 so'm dan
ENTOBAN kapsulalar  N20
Retseptsiz
ENTOBAN kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
16 000 so'm dan
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Retseptsiz
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
19 500 so'm dan
Narxi
17 600 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil