EVIKA
EVIKA chiqarilish shakllari

EVIKA haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning tarkibidagi moddalarga individual yuqori sezuvchanlik;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- homiladorlik va laktatsiya davri
Farmakodinamikasi
EVIKA — gormonal bo‘lmagan tuzilmaga ega, ginekologik kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan kompleks fitopreparat bo‘lib, uning ta'siri faol komponentlarining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Hind sarakasi (Saraca indica) tarkibida taninlar, katexollar, sterollar, kalьtsiyning organik birikmalari mavjud; u qon to‘xtatuvchi (gemostatik), rag‘batlantiruvchi va tomirlarni mustahkamlovchi ta'sirga ega. Qon to‘xtatuvchi ta'sir miometriyga tonus beruvchi ta'siri bilan bog‘liq.
Supurgisimon simplokos (Symplocos racemosa) tarkibida loturin, kolloturin va loturidin alkaloidlari mavjud; u yaqqol qon to‘xtatuvchi ta'sir ko‘rsatadi, yallig‘lanish infilьtrati va ekssudatning so‘rilishini tezlashtiradi.
Hind valerianasi (Valeriana vallichi) tarkibida efir moyi, valerian kislotasi, katinin mavjud. Tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, o‘rtacha ifodalangan sedativ ta'sir ko‘rsatadi. Asab buzilishlari, bosh og‘rig‘i, nerv kardiopatiyasi, klimaks, bachadon spazmlari, kolikalar, qo‘rquv va qo‘zg‘aluvchanlik holatlarida qo‘llaniladi.
Dorivor moychechak (Matricaria Chamomilla) tarkibida efir moyi, xamazulen, apigenin, glikozidlar, kumarinlar, fitosterollar, S vitamini, nikotin kislotasi mavjud. Keng ta'sir doirasiga ega: spazmolitik, tinchlantiruvchi, antiseptik, o‘rtacha og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, to‘qimalar regeneratsiyasiga yordam beradi.
Avraam daraxti (Vitex agnus-castus) tarkibida glikozidlar — agnozid, aukubin; flavonoidlar (kastitsin), efir moylari (tsineol) mavjud. Gormonal disbalans regulyatsiyasiga ta'sir qiladi, giperprolaktinemiyani bostiradi, laktotrop gormonning hayz (menstrual) sikli fazalariga tormozlovchi ta'sirini kamaytiradi.
Katexu p(Areca catechu) tarkibida alkaloidlar, katexinlar, piridin va taninlar mavjud bo‘lib, suvsimon vaginal ajralmalarda samarali. Rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi; ter ajralishini kamaytiradi.
Evika yallig‘lanishga qarshi, rezorbtiv (so‘rilishni tezlashtiruvchi), og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Prolaktin kontsentratsiyasini kamaytirish orqali hayz (menstrual) sikli fazalariga regulyatsion ta'sir qiladi. Gormonal disbalansni me'yorlashtirishga, PMS (hayzoldi sindromi) simptomlarini kamaytirishga yordam beradi. Disfunktsional bachadon qon ketishlarida qon to‘xtatuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Tavsiya etilgan davolash kursidan so‘ng bachadon qo‘shimchalari (adneksa) sohasida yallig‘lanishli og‘riq simptomatikasi yo‘qligi, ovarial‑menstrual sikl funktsiyasi buzilishlarining bartaraf etilishi kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilish me'da‑ichak traktdan amalga oshadi. Evika preparatining ta'siri uning komponentlarining yig‘indi (kompleks) ta'siri bo‘lgani sababli, kinetik kuzatuvlar o‘tkazish imkoniyati mavjud emas; barcha komponentlarni markerlar yoki bio‑tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparat metabolitlarini ham aniqlash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalar (18 yosh va undan katta):
Metroragiya va menorragiya holatlarida hayz (menstrual) siklining 3-kunidan boshlab 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Qolgan barcha holatlarda, uzluksiz yoki uzoq davom etuvchi qon ketish mavjud bo‘lganda — qabul qilish darhol 2 kapsuladan kuniga 3 martadan boshlanadi.
Davolash kursi — 3 oy, hayz(menstruatsiya) davrida tanaffussiz.
Leykoreya holatida davolash kursi — 14 kun.
Maksimal bir martalik doza — 2 kapsula.
Maksimal sutkalik doza — 6 kapsula.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













