Apteka.uz
SavatKirish

EVIKA kapsulalar N60

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:

Siydik-tanosil tizimi va jinsiy gormonlar. Ginekologiyada qollaniladigan boshqa preparatlar. Ginekologiyada qollaniladigan boshqa preparatlar.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (PVT) Ltd
ATX kodi:G02C
Barcha EVIKA dorilari
95 ta dorixonada bor
Narxi 69 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 95 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

EVIKA kapsulalar N60 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25 ℃ dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
Har bir kapsula quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

faol moddalar: 
Hind sarakasi                      – 150 mg; 
Supurgisimon simplokos  – 50 mg; 
Hind valerianasi               – 50 mg; 
Dorivor moychechak              – 50 mg; 
Avraam daraxti                   – 50 mg; 
Katexu palmasi                 – 50 mg;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kalьtsiy digidrofosfati, mikrokristall sellyuloza.

Chiqarilish shakli
20/60 kapsuladan plastik flakonda.
Tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

Farmakodinamikasi

EVIKA — gormonal bo‘lmagan tuzilmaga ega, ginekologik kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan kompleks fitopreparat bo‘lib, uning ta'siri faol komponentlarining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Hind sarakasi (Saraca  indica) tarkibida taninlar, katexollar, sterollar, kalьtsiyning organik birikmalari mavjud; u qon to‘xtatuvchi (gemostatik), rag‘batlantiruvchi va tomirlarni mustahkamlovchi ta'sirga ega. Qon to‘xtatuvchi ta'sir miometriyga tonus beruvchi ta'siri bilan bog‘liq.
Supurgisimon simplokos (Symplocos racemosa) tarkibida loturin, kolloturin va loturidin alkaloidlari mavjud; u yaqqol qon to‘xtatuvchi ta'sir ko‘rsatadi, yallig‘lanish infilьtrati va ekssudatning so‘rilishini tezlashtiradi.
Hind valerianasi (Valeriana vallichi) tarkibida efir moyi, valerian kislotasi, katinin mavjud. Tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, o‘rtacha ifodalangan sedativ ta'sir ko‘rsatadi. Asab buzilishlari, bosh og‘rig‘i, nerv kardiopatiyasi, klimaks, bachadon spazmlari, kolikalar, qo‘rquv va qo‘zg‘aluvchanlik holatlarida qo‘llaniladi.
Dorivor moychechak (Matricaria Chamomilla) tarkibida efir moyi, xamazulen, apigenin, glikozidlar, kumarinlar, fitosterollar, S vitamini, nikotin kislotasi mavjud. Keng ta'sir doirasiga ega: spazmolitik, tinchlantiruvchi, antiseptik, o‘rtacha og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, to‘qimalar regeneratsiyasiga yordam beradi.
Avraam daraxti (Vitex agnus-castus) tarkibida glikozidlar — agnozid, aukubin; flavonoidlar (kastitsin), efir moylari (tsineol) mavjud. Gormonal disbalans regulyatsiyasiga ta'sir qiladi, giperprolaktinemiyani bostiradi, laktotrop gormonning hayz (menstrual) sikli fazalariga tormozlovchi ta'sirini kamaytiradi.
Katexu p(Areca catechu) tarkibida alkaloidlar, katexinlar, piridin va taninlar mavjud bo‘lib, suvsimon vaginal ajralmalarda samarali. Rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi; ter ajralishini kamaytiradi.
Evika yallig‘lanishga qarshi, rezorbtiv (so‘rilishni tezlashtiruvchi), og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Prolaktin kontsentratsiyasini kamaytirish orqali hayz (menstrual) sikli fazalariga regulyatsion ta'sir qiladi. Gormonal disbalansni me'yorlashtirishga, PMS (hayzoldi sindromi) simptomlarini kamaytirishga yordam beradi. Disfunktsional bachadon qon ketishlarida qon to‘xtatuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Tavsiya etilgan davolash kursidan so‘ng bachadon qo‘shimchalari (adneksa) sohasida yallig‘lanishli og‘riq simptomatikasi yo‘qligi, ovarial‑menstrual sikl funktsiyasi buzilishlarining bartaraf etilishi kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilish me'da‑ichak traktdan amalga oshadi. Evika preparatining ta'siri uning komponentlarining yig‘indi (kompleks) ta'siri bo‘lgani sababli, kinetik kuzatuvlar o‘tkazish imkoniyati mavjud emas; barcha komponentlarni markerlar yoki bio‑tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparat metabolitlarini ham aniqlash mumkin emas.

Farmakoterapevtik guruh

Siydik-tanosil tizimi va jinsiy gormonlar. Ginekologiyada qollaniladigan boshqa preparatlar. Ginekologiyada qollaniladigan boshqa preparatlar.

Dori shakli

kapsulalar

Nojo'ya samaralari

-    allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. 

Maxsus ko‘rsatmalari

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.

Qo'llanilishi

•    Anomal vaginal ajralmalar
•    Leykoreya
•    Menorragiya
•    Metrorragiya 
•    Muntazam bo‘lmagan xayz ko‘rish sikli
•    Xayz ko‘rish oldi sindromi
•    Postklimakterik qon ketishlarida qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-    preparatning tarkibidagi moddalarga individual yuqori sezuvchanlik;
-    18  yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-    homiladorlik va laktatsiya davri

Ta'rifi

ko‘k rangli “0” o‘lchamli kapsulalar. Jigarrang rangli amorf kukun bilan to‘ldirilgan. Kapsulaning korpusi va qopqog‘iga EVICA chop qilingan.

Dozirovkasi

Kattalar (18 yosh va undan katta):
Metroragiya va menorragiya holatlarida hayz (menstrual) siklining 3-kunidan boshlab 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Qolgan barcha holatlarda, uzluksiz yoki uzoq davom etuvchi qon ketish mavjud bo‘lganda — qabul qilish darhol 2 kapsuladan kuniga 3 martadan boshlanadi.
Davolash kursi — 3 oy, hayz(menstruatsiya) davrida tanaffussiz.
Leykoreya holatida davolash kursi — 14 kun.
Maksimal bir martalik doza — 2 kapsula.
Maksimal sutkalik doza — 6 kapsula.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish holatlari aniqlanmagan.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil. 
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. EVIKA kapsulalar N60 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

EVIKA boshqa chiqarish shakllari

Narxi
27 500 so'm dan

EVIKA kapsulalar N60 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
75 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
80 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
80 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
80 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
81 400 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
82 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
82 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
82 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
90 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
90 000 so'm
Bron qilish

EVIKA kapsulalar N60 haqida savollar

EVIKA kapsulalar N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

Narxi
15 400 so'm dan
Narxi
24 000 so'm dan
Narxi
18 000 so'm dan
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
28 100 so'm dan
ENTOBAN sirop 90ml
Retseptsiz
ENTOBAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
27 990 so'm dan
5
1 отзывов
INFIDOL granuli 3,5g N5
Retseptsiz
INFIDOL granuli 3,5g N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
8 000 so'm dan
INTELLAN sirop 90ml
Retseptsiz
INTELLAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
27 000 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil