Intellan
Intellan chiqarilish shakllari



Intellan haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — xotira pasayishi va unutuvchanlik;
- — somatik kasalliklar fonida asteno-nevrotik simptomatika;
- — aqliy faoliyatning yomonlashishi;
- — bosh miya faolligining funktsional yetishmovchiligi;
- — o'tkir osti depressiv holatlar va yuqori xavotirlilik
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Zo‘rayish bosqichidagi ruhiy va somatik kasalliklar, yurak-qon tomir tizimining og‘ir patologiyalari, preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi, homiladorlik, ko‘krak suti bilan boqish davri, 18 yoshgacha bo‘lganlar.
- Homiladorlik paytida va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llash mumkin emas
Tarkibi
- 1 kaps.
- ginkgo biloba ekstrakti 50 mg
- osiyo sentellasi ekstrakti 500 mg
- xerpestis monniera ekstrakti 125 mg
- ekilgan kashnich ekstrakti 200 mg
- amomum shilovdniy ekstrakti 200 mg
- dorivor emblika ekstrakti 400 mg
Farmakodinamikasi
Intellan- kompleks o‘simlik preparati bo‘lib, uning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi bioaktiv alkoloidlar, flavonoidlar, saponinlar, glikozidlar, aminokislotalar, vitaminlar va zarur mikroelementlarga boy o‘simliklar bilan bog‘liq. Preparat xotira, aqliy faoliyatni yaxshilaydi, neyrotransmitter markazlarini faollashtiradi, tashvish va depressiyani bostiradi.
Ikki bulakli Gingko ekstrakti tarkibida flavonoid glakozidlar va terpenlaktonlar mavjud. Miya qon aylanishini va miyani kislorod bilan ta’minlashni yaxshilaydi( antigipoksik xususiyat). Tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga yega bo‘lib, miya to‘qimalarida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash orqali trombotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Bosh miya to‘qimalariga va periferik to‘qimalarga oqishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Neyromediatorlarni( noradrenalin, dopamin, atsetilxolin) chiqarishga va ularning membrana retseptorlari bilan bog‘lanish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Xujayra membranalari lipidlarning peroksidlanishiga to‘sqinlik qiladi va yerkin radikallarning ta’sirini( antioksidant ta’sir) zararsizlantiradi.
Osiyo sentellasi tarkibida triterpen saponinlari, bioflavonoidlar mavjud. Miya qon aylanishini yaxshilaydi, miyani kislorod bilan ta’minlaydi, bu bilan aqliy qobilyatini oshiradi, fikrlash jarayonini tezlashtiradi, xotirani yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi va nutq faoliyatini yaxshilaydi. Axloqiy va jismoniy charchoqlardan xalos bo‘lish, tashvishlarni yengishga, tanglik va uyqusizlikni yengillashitirishga yordam beradi.
Dorivor Emblika tarkibida S vitamini, V1 vitaminlari, V2, nikotin kislotasi, mikroelementlar, kalsiy, fosfor, ferrum, pektin bor. Miya tomirlarini kengaytirish orqali miya qon aylanishini rag‘batlantiradi. Pektin yordamida qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi. Biologik faol, tabiiy, oson xazm bo‘ladigan S vitamining yuqori miqdori antioksidant ta’sirini, stressga chidamliligini keltirib chiqaradi. Eritropoez, oqsillar biosintezini rag‘batlantiradi, mezenxim kelib chiqishi bo‘lgan to‘qimalarning – suyak dentini va kollagenning to‘g‘ri ko‘payishiga ko‘maklashadi. Ovqat xazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ishtaxani oshiradi.
Begizsimon Amomumda efir moylari( a-terpineol, mirsin, limonin, b-felladrin, borneol) mavjud. Xaddan tashqari kuchlanish, charchoq va asteniyada organizimning chidamligini oshirib, adaptogen xususiyatlarga yega. Organizimning umumiy tonusiin oishirishga yordam beradi. Ishtaxani oshiradi, ovqat xazm qilish jarayonini yahshilaydi.
Ekma Koriandr tarkiibida efir moyi, borneol, timol, kamfen, betpinen, sitronellol, nerol bor. Ovqat xazm qilishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tinchlantiruvchi, spazmolitik, shamol xaydovchi, o‘t xaydovchi ta’sirga yega.
Monniyer Xerpestisida alkoloidlar ( braxmin, xerpestin, glikozidlar, saponinlar, aminokislotalar ( aspargin, glyutamin, serin, terionin, alanin, glitsin, leysin) mavjud. Etibor va hotira mehanizmlariga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Intellan- o‘simlik neyrotimulyatori aqliy faoliyatni yaxshilash, xotira va diqqatni jamlashga hizmat qiladi. Preparat miya qon aylanishini yaxshilaydi va miya to‘qimlarining moddalar almashinuviin rag‘batlantiradi, miya faolligi va hotira funksiyalarini kuchaytiradi.
Preparatni qabul qilish bolalarda psixo-nutq va motor rivojlanishi ko‘rsatkichlarini yahshilaydi. Yumshoq neyrostimulyator, o‘tkir depressiv xolatlarni davolashda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Nojo'ya ta'sirlar
- Yuqori individual sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Preparatning ushbu dori shakli bolalarda qo‘llanilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qollash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qollash to‘g‘risidagi klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta’riflanmagan, ehtimoli kam.
Dori shaklining ta'rifi
- "intellan" yozuvi bo'lgan kulrang rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qollash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qollash to‘g‘risidagi klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Preparatning ushbu dori shakli bolalarda qo‘llanilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Ta’sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ta’riflanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalarga: Bir kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
Yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












