Apteka.uz
SavatKirish

INTELLAN kapsulalar N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Kategoriya:Asab tizimi
Farmakoterapevtik guruh:

Nerv tizimi. Psixoanaleptiklar. Boshqa psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Teglar:Miya uchun, Hotira uchun, Hotira va e'tibor susayishidan
ATX kodi:N06BX
Barcha Intellan dorilari
48 ta dorixonada bor
Narxi 36 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 48 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

INTELLAN kapsulalar N20 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25 ℃ dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Shifokorning retseptisiz beriladi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

Aktiv moddalar:
Ikki bulakli Gingko 50.00 mg
Osiyo sentellasi 500.00 mg
Xerpestis monniyera 125.00 mg
Ekma Koriandr 200.00 mg
Begizsimon Amomuma 200.00 mg
Dorivor Emblika 400.00 mg
Yordamchi moddalar:
Ikki asosli kalsiy fosfat 40.00 mg, jelatinlashtirilgan makkajo‘xori kraxmali 40.00 mg, mikrokristalli sellyuloza 20.00 mg

Chiqarilish shakli
20 va 60 kapsuladan plastmassa flakonda, plastmassa qopqoqli, bolalar ochishidan ximoyalangan xolda; 1 flakon yoriqnoma bilan karton o‘ramda.

Farmakodinamikasi

Intellan- kompleks o‘simlik preparati bo‘lib, uning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi bioaktiv alkoloidlar, flavonoidlar, saponinlar, glikozidlar, aminokislotalar, vitaminlar va zarur mikroelementlarga boy o‘simliklar bilan bog‘liq. Preparat xotira, aqliy faoliyatni yaxshilaydi, neyrotransmitter markazlarini faollashtiradi, tashvish va depressiyani bostiradi.
Ikki bulakli Gingko ekstrakti tarkibida flavonoid glakozidlar va terpenlaktonlar mavjud. Miya qon aylanishini va miyani kislorod bilan ta’minlashni yaxshilaydi( antigipoksik xususiyat). Tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga yega bo‘lib, miya to‘qimalarida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash orqali trombotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Bosh miya to‘qimalariga va periferik to‘qimalarga oqishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Neyromediatorlarni( noradrenalin, dopamin, atsetilxolin) chiqarishga va ularning membrana retseptorlari bilan bog‘lanish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Xujayra membranalari lipidlarning peroksidlanishiga to‘sqinlik qiladi va yerkin radikallarning ta’sirini( antioksidant ta’sir) zararsizlantiradi.
Osiyo sentellasi tarkibida triterpen saponinlari, bioflavonoidlar mavjud. Miya qon aylanishini yaxshilaydi, miyani kislorod bilan ta’minlaydi, bu bilan aqliy qobilyatini oshiradi, fikrlash jarayonini tezlashtiradi, xotirani yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi va nutq faoliyatini yaxshilaydi. Axloqiy va jismoniy charchoqlardan xalos bo‘lish, tashvishlarni yengishga, tanglik va uyqusizlikni yengillashitirishga yordam beradi.
Dorivor Emblika tarkibida S vitamini, V1 vitaminlari, V2, nikotin kislotasi, mikroelementlar, kalsiy, fosfor, ferrum, pektin bor. Miya tomirlarini kengaytirish orqali miya qon aylanishini rag‘batlantiradi. Pektin yordamida qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi. Biologik faol, tabiiy, oson xazm bo‘ladigan S vitamining yuqori miqdori antioksidant ta’sirini, stressga chidamliligini keltirib chiqaradi. Eritropoez, oqsillar biosintezini rag‘batlantiradi, mezenxim kelib chiqishi bo‘lgan to‘qimalarning – suyak dentini va kollagenning to‘g‘ri ko‘payishiga ko‘maklashadi. Ovqat xazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ishtaxani oshiradi.
Begizsimon Amomumda efir moylari( a-terpineol, mirsin, limonin, b-felladrin, borneol) mavjud. Xaddan tashqari kuchlanish, charchoq va asteniyada organizimning chidamligini oshirib, adaptogen xususiyatlarga yega. Organizimning umumiy tonusiin oishirishga yordam beradi. Ishtaxani oshiradi, ovqat xazm qilish jarayonini yahshilaydi.
Ekma Koriandr tarkiibida efir moyi, borneol, timol, kamfen, betpinen, sitronellol, nerol bor. Ovqat xazm qilishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tinchlantiruvchi, spazmolitik, shamol xaydovchi, o‘t xaydovchi ta’sirga yega.
Monniyer Xerpestisida alkoloidlar ( braxmin, xerpestin, glikozidlar, saponinlar, aminokislotalar ( aspargin, glyutamin, serin, terionin, alanin, glitsin, leysin) mavjud. Etibor va hotira mehanizmlariga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Intellan- o‘simlik neyrotimulyatori aqliy faoliyatni yaxshilash, xotira va diqqatni jamlashga hizmat qiladi. Preparat miya qon aylanishini yaxshilaydi va miya to‘qimlarining moddalar almashinuviin rag‘batlantiradi, miya faolligi va hotira funksiyalarini kuchaytiradi.
Preparatni qabul qilish bolalarda psixo-nutq va motor rivojlanishi ko‘rsatkichlarini yahshilaydi. Yumshoq neyrostimulyator, o‘tkir depressiv xolatlarni davolashda yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparatining ta’siri uning tarkibiy qisimlarining umumiy ta’siri xisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin yemas; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin yemas.

Farmakoterapevtik guruh

Nerv tizimi. Psixoanaleptiklar. Boshqa psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.

Dori shakli

kapsulalar

 

Nojo'ya samaralari

- Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin;
- Preparat kechasi qabul qilinganda uyquning buzilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qollash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qollash to‘g‘risidagi klinik ma’lumotlar mavjud emas.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Preparatning ushbu dori shakli bolalarda qo‘llanilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Ta’sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

- Xotirani pasayishi va eslab qolishni susayishi
- Surunkali stress holatlari, zo‘riqish va charchoqlik
- Konsentratsiyani yetishmovchiligi va dezoriyentatsiya
- Bolalarni ruxiy va jismoniy rivojlanishini kechikishi
- Funksional aqliy yetishmovchiligi
- Bosh aylanishi, ongni chalkashishi
- Pasaygan neyrometobolizm va bosh miya mikrotsirkulyatsiyasini buzilishi
- O‘rtacha og‘irlikdagi xavotirlik va depressiya qo‘llanadi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori shaxsiy sezuvchanlik;
- Homiladorlik va laktatsiya davri;
- Bolalar va o‘smirlar 18 yoshgacha (18 yoshgacha sirop tarzidagi preparatni qo‘llash tavsiya etiladi).

Ta'rifi

 gigroskopik jigarrang kukun yoki oq dog‘lari bo‘lgan gigroskopik jigarrang kukun saqlovchi kulrang № kapsulalar, korpusi va qopqoqchasiga «INTELLAN» yozuvi tushirilgan.

Dozirovkasi

Kattalarga: Bir kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
Yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llaniladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Ta’riflanmagan, ehtimoli kam.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Preparatning ushbu dori shakli bolalarda qo‘llanilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qollash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qollash to‘g‘risidagi klinik ma’lumotlar mavjud emas.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. INTELLAN kapsulalar N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

INTELLAN kapsulalar N20 xususiyatlari

Intellan boshqa chiqarish shakllari

INTELLAN sirop 90ml
Retseptsiz
INTELLAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
28 000 so'm dan

INTELLAN kapsulalar N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
38 900 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
39 400 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №1
Shayxontoxur tumani, Uyg'ur ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
42 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
42 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
42 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
42 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
42 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
42 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
42 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
42 000 so'm
Bron qilish

INTELLAN kapsulalar N20 haqida savollar

INTELLAN kapsulalar N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

LINKAS BALZAM maz 25g
Retseptsiz
LINKAS BALZAM maz 25g
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
18 900 so'm dan
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
28 100 so'm dan
Narxi
27 500 so'm dan
EVIKA kapsulalar  N60
Retseptsiz
EVIKA kapsulalar N60
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
70 400 so'm dan
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Retseptsiz
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
22 794 so'm dan
INTELLAN sirop 90ml
Retseptsiz
INTELLAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Narxi
28 000 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil