Apteka.uz
SavatKirish

Entoban

Entoban chiqarilish shakllari

ENTOBAN kapsulalar  N20
Retseptsiz
ENTOBAN kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•29 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
ENTOBAN sirop 90ml
Retseptsiz
ENTOBAN sirop 90ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (PVT) Ltd
•38 ta dorixonada bor
Narxi
27 990 so'm dan
- Entoban qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Entobanning tarkibi
- Entoban ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Entoban narxi Toshkent dorixonalarida

Entoban haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Allergik kasalliklar.
Preparat komponentlariga bo‘lgan shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Preparatni 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarda qollash mumkin yemas.

Farmakodinamikasi

Entoban – bu diareyaga karshi antibakterial va gijja invaziyalarini oldini olish ta'sirga yega bo‘lgan kombinatsiyalangan o‘simlik dori.
Taninlarning yuqori miqdori tufayli preparat diareyaga qarshi, biriktiruvchi va antiseptik xususiyatiga yega.  Silliq mushaklarga ta'sir qilib, ichak motorikasini pasaytiradi va kramplarni yengillashtiradi. Preparat tarkibga kiritilgan biologik faol moddalar majmuasi E.histolitica STA shtammiga (dizenterik ameba) DNK tuzilishini va sintezni buzish bilan bogliq bo‘lgan bakterittsid ta'sir ko‘rsatadi. 
Entoban yaqqol antibakterial (bakteritsid va bakteriostatik) ta'sir ko‘rsatadi. Preparatni tarkibiga kiruvchi taninlar patogen mikroorganizmlarning protoplazmasini koagulyatsiya qilib, antibakterial agent sifatida ta'sir ko‘rsatadi. 
Ovqat xazm qilish traktining shilliq qavatini ximoya qiladi. Tabiy ichak mikroflorasini buzmaydi. Ovkat xazm qilish bezlarining sekrettsiyasini oshiradi, ovkat xazm qilishni yaxshilaydi. 
Momiq xloraxena tarkibida konessin qatoriga mansub steroid tipidagi alkaloidlar mavjud. U antimikrob ta'sirga ega va gijja invaziyalarini oldini oladi.
Oddiy Mirt tarkibida mirt yog‘i, taninlar va achchiq moddalar mavjud. U bakteritsid(ayniqsa stafilokokk va streptokokklarga nisbatan) kuchli antivirus, fungitsid va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Regeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantiradi. Achchiq moddalar hazm bezlarining sekretsiyasini oshiradi va hazm qilishni yaxshilaydi.
Serqiltiq Zirk tarkibida alkaloidlar (berberin, berbamin), shakarlar, dubillovchi moddalar, pektin, S va K vitaminlari, organik kislotalar (olma, uzum, limon va boshqalar), shuningdek, mikroelementlar (R, K, V, Sa, Mg, Fe) mavjud.
U yallig‘lanishga va diareyaga qarshi, tortuvchi va antiseptik ta'sirga ega. Berberin alkaloidi kuchli antibakterial faollikka ega.  
Bengal behisi tarkibida glikozid marmelozin, azulenlar, taninlar va pektin moddalar, kumarinlar, efir yog‘i, zamburug‘lar, shilliq moddalar va V2 vitamini mavjud. U gipoglikemik ta'sir ko‘rsatadi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
Bo‘yovchi Eman tarkibida gallotanin va tanin moddalar mavjud. U tortuvchi, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob ta'sirga ega.
Ko‘rkam Buteya tarkibida glikozidlar va butin moddalari mavjud. U gijja invaziyalarini  qarshi ta'sirga ega.

Farmakokinetikasi

Entoban preparatining ta'siri uning tarkibiy qisimlarining umumiy ta'siri xisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish mumkin yemas; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin yemas.

Farmakologik ta'siri

Entoban – diareyaga (ich ketishiga) qarshi, antibakterial, sodda jonivorlarga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi jamlanma fitopreparat. Momiqli xolarxena mikroblarga va amyobaga qarshi faollikka ega Oddiy mirt bakteritsid (asosan stafilokokk va streptokokklarga nisbatan), virusga qarshi, zamburug'larga qarshi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Regeneratsiya jarayonlarini kuchaytiradi. Achchig'i -  ovqat hazm qilish bezlari sekretsiyasini oshiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Achchiq zirk yallig'lanishga qarshi, diareyaga qarshi, burishtiruvchi va antiseptik ta'sirga ega. Berberin alkaloidi kuchli antibakterial faollikka ega. Bengal behisi gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi, ovqatni hazm qilishag yordam beradi. Qizil eman burishtiruvchi, yallig'lanishga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Buteya burishtiruvchi va gijjalarga qarshi xossaga ega.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Ushbu toifadagi patsiyentlar uchun preparatning xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar baholanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya yetilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma'lum emas, ehtimoli kam.

Maxsus ko‘rsatmalari

Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabet bilan kasallangan, shuningdek past kaloriyali parxezga amal qiluvchi patsiyentlar e'tiborga olishlari kerak.

Homiladorlikda va emizishda qo‘llanilishi
Ushbu toifadagi patsiyentlar uchun preparatning xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar baholanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya yetilmaydi.

Dori  vositasi  avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir xususiyati
Ta'sir qilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalarga: birlamchi doza: 2 kapsuladan. So'ngra: 1 kapsuladan har 4 soatda.
Preparatni qabul qilish ovqatlanish vaqtiga bog'liq emas

Davolash kursi – diareya, gastroenterit, ovqatdan zaharlanishda – 2-5 kun;
amebiaz, ichburug'da - 7- 10 kun.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Entoban preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Entoban narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
27 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
27 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
27 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
27 900 so'm
Bron qilish

Entoban haqida savollar

Entoban haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil