Apteka.uz
SavatKirish

ENTEROJERMINA

ENTEROJERMINA chiqarilish shakllari

ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10
Retseptsiz
ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10
Italiya
•121 ta dorixonada bor
Narxi
106 400 so'm dan
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Retseptsiz
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
ENTEROJERMINA kapsulalar  2mlrd N12
Retseptsiz
ENTEROJERMINA kapsulalar 2mlrd N12
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis S.p.A., Italiya proizvedeno: Sanofi S.p.A.
•48 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
- ENTEROJERMINA qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ENTEROJERMINAning tarkibi
- ENTEROJERMINA ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ENTEROJERMINA narxi Toshkent dorixonalarida

ENTEROJERMINA haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining klinik ko'rinishlari qayd etilmagan.

Tarkibi

faol moddalar: antibiotiklarga keng chidamlilikka ega Bacillus clausii sporalari milliard;yordamichi modda: tozalangan suv - 5 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Enterojermina – bu patogen faollikka ega bo'lmagan, ichakni normal yashovchilari hisoblangan Bacillus clausii sporalarining suspenziyasidan tarkib topgan preparatdir.
Bacillus clausii sporalari ichga qabul qilinganida ham kimyoviy, ham fizikaviy agentlarga yuqori chidamliligi tufayli, me'da shirasining kislotali to'sig'ini yengib o'tadi va ichaklarga shikastlanmasdan yetib boradilar, u yerda ular metobolik faol vegetativ hujayralarga transformatsiyalanadi.
Enterojermina kelib chiqishi turlicha bo'lgan mikroblarga qarshi agentlarning qo'llanishi tufayli ichaklarning o'zgargan mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Bacillus clausii turli vitaminlar, ayniqsa V guruhi vitaminlarini ishlab chiqarish xususiyatiga ega, bu ham antibiotiklar va ximioterapevtik agentlarni qo'llash oqibatida kelib chiqqan disvitaminozni tuzatishga o'z hissasini qo'shadi.
Bundan tashqari, Bacillus clausii ni antibiotiklarga nisbatan sun'iy chaqirilgan yuqori darajadagi geterogen chidamliligi antibiotiklar qo'llanilishi natijasida kelib chiqadigan ichak mikroflorasining buzilishini oldini olishga, ayniqsa keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar qo'llanganda, yoki ichak mikroflorasining muvozanatini tiklanishi uchun terapevtik asosni ta'minlaydi.
Yuqorida keltirilgan antibiotiklarga chidamlilik sababli, Enterojermina® ni antibiotiklarning ikkala dozasi oralig'ida qo'llash mumkin.
Preparat penitsillinlarga (agar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuada bo'lmasa), sefalosporinlar (ko'pchilik holatlarda qisman chidamlilik), tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamitsin va amikatsindan tashqari), xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, klindamitsin, izoniazid, sikloserin, novobiotsin, rifampitsin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) va metronidazolga nisbatan chidamlilikka ega.

Farmakokinetikasi

Enterojermina® preparati o'zining tarkibi bo'yicha kimyoviy modda emasligi, me'da-ichak yo'llarida qolishi kerak bo'lgan bakteriyalarning sporalari bo'lganligi tufayli, preparatning so'rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishini bo'yicha tadqiqotlar o'tkazishni zarurati yo'q (ADME tadqiqotlari).

Farmakologik ta'siri

Enterojermina – bu Bacillus clausii sporalari suspenziyasidan iborat dori preparati, u ichakning normal yashovchisi bo'lib, patogen ta'sirga ega emas. Kimyoviy va fizik omillarga yuqori chidamliligi tufayli, peroral qabul qilinganda Bacillus clausii sporalari oshqozon shirasining kislotali to'sig'idan shikastlanmagan holda o'tadi va ichak traktiga etib boradi, u erda ular metabolik faol vegetativ hujayralarga aylanadi.

Enterojermina qabul qilish Bacillus clausii faoliyati tufayli turli etiologiyali mikroflora buzilishlari jarayonida o'zgarishlarga uchragan ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, Bacillus clausii turli xil vitaminlarni, xususan B guruhi vitaminlarini ishlab chiqarishga qodir bo'lganligi sababli, Enterojermina antibiotiklar va umuman kimyoterapevtik preparatlar keltirib chiqargan organizmdagi vitaminlar balansi buzilishini normallashtirishga yordam beradi. Enterojermina Bacillus clausii ning metabolik faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan nospetsifik antijenik va antitoksik samaraga erishishga imkon beradi.

Bundan tashqari, sun'iy ravishda hosil qilingan antibiotiklarga yuqori geterogen chidamlilik antibiotiklarning, ayniqsa keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklarning selektiv ta'siridan so'ng ichak mikroflorasi o'zgarishining oldini olish yoki uning muvozanatini tiklash uchun davolash bazasini yaratishni belgilaydi.

Antibiotiklarga ushbu rezistentlik tufayli Enterojermina antibiotiklarning ikki dozasi orasida tayinlanishi mumkin. Antibiotik rezistentlik penitsillinlar, sefalosporinlar, tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar, novobiotsin, xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, izoniazid, sikloserin, rifampitsin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasiga tegishlidir.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Ushbu dori preparatini homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki qanday bo'lmasin boshqa ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik.

Maxsus ko‘rsatmalari

Antibiotiklar bilan davolash vaqtida preparatni, antibiotiklarni qabul qilishlar orasidagi tanaffus vaqtida qabul qilish kerak.
Ushbu dori vositasi FAQAT ichga qabul qilishga mo'ljallangan. Boshqa usulda qo'llanilmasin! Noto'g'ri qullanilganda jiddiy anafilaktik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin (anafilaktik shok).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish natijasida dori vositalarining o'zaro ta'siri noma'lum.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Dozalash
Kattalarga: kuniga 2-3 kapsuladan, Davolovchi shifokor patsiyentning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin.
Preparatning bir martalik dozasini (1 kapsula) qabul qilishlar orasidagi tavsiya etilgan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
6 yoshdan oshgan bolalar: kuniga 1-2 kapsula. Davolovchi shifokor patsiyentning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin.
Agarda preparatning sutkalik dozasi kuniga 1 kapsulanini tashkil qilsa, preparat kuniga bir marta qabul qilinishi kerak. Agarda sutkalik doza 1 kapsuladan ortiq bo'lsa, preparatning bir martalik dozalarini (1 kapsula) qabul qilish orasidagi tavsiya etilgan intervallar 3-4 soatni tashkil qiladi.

Qo'llash usuli
Kapsulani oz miqdordagi suv yoki boshqa ichimlik bilan ichish kerak. Bolalarga kapsulani yutishi qiyin bo'lgan hollarda, suspenziya ko'rinishidagi preparatni ishlatish kerak.
Ushbu dori vositasi FAQAT ichga qabul qilishga mo'ljallangan. Boshqa usulda qo'llanilmasin!

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ENTEROJERMINA preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ENTEROJERMINA narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
25 000 so'm
Bron qilish

ENTEROJERMINA haqida savollar

ENTEROJERMINA haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil