Ташкент
logo
SavatKirish

ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Faol modda:Bacillus clausii
Vakil:Sanofi
ATX kodi:A07FA
Barcha ENTEROJERMINA dorilari
129 ta dorixonada bor
Narxi 106 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 129 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

faol moddalar: antibiotiklarga keng chidamlilikka ega Bacillus clausii sporalari milliard;yordamichi modda: tozalangan suv - 5 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Polietilen flakon 5 ml dan. 10 flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma

bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Enterojermina - bu patogen faollikka ega bo'lmagan, ichakni normal yashovchilari hisoblangan Vacillus clausii sporalarining suspenziyasidan tarkib topgan preparatdir. Bacillus clausii sporalari ichga qabul qilinganida ham kimyoviy, ham fizikaviy agentlarga yuqori chidamliligi tufayli, me'da shirasining kislotali to'sig'ini engib o'tadi va ichaklarga shikastlanmasdan etib boradilar, u erda ular metobolik faol vegetativ hujayralarga transformasiyalanadi.Enterojermina kelib chiqishi turlicha bo'lgan mikroblarga qarshi agentlarning qo'llanishi tufayli ichaklarning o'zgargan mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Vacillus clausii turli vitaminlar, ayniqsa V guruhi vitaminlarini ishlab chiqarish xususiyatiga ega, bu ham antibiotiklar va ximioterapevtik agentlarni qo'llash oqibatida kelib chiqqan disvitaminozni tuzatishga o'z hissasini qo'shadi. Bundan tashqari, Bacillus clausii ni antibiotiklarga nisbatan sun'iy chaqirilgan yuqori darajadagi geterogen chidamliligi antibiotiklar qo'llanilishi natijasida kelib chiqadigan ichak mikroflorasining buzilishini oldini olishga, ayniqsa keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar qo'llanganda, yoki ichak mikroflorasining muvozanatini tiklanishi uchun terapevtik asosni ta'minlaydi. Yuqorida keltirilgan antibiotiklarga chidamlilik sababli, Enterojermina ni antibiotiklarning ikkala dozasi oralig'ida qo'llash mumkin. Preparat penisillin larga (agar beta-laktamaz ingibitor lari bilan majmuada bo'lmasa), tsefalosporinlar (ko'pchilik holatlarda qisman chidamlilik), tetrasiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamisin va amikasindan tashqari), Xloramfenikol, tiamfenikol, linkomisin, klindamisin, izoniazid, Tsikloserin, novobiosin, rifampisin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) vametronidazola nisbatan chidamlilikka ega.

Farmakokinetikasi

Enterojermina 6 preparati o'zining tarkibi bo'yicha kimyoviy moda emasligi, meda-chak yo'llarida qolishi kerak bo'lgan bakteriyalarning sporalari bo'lganligi tufayli, preparatning so'rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishini bo'yicha tadqiqotlar o'tkazishni zarurati yo'q (ADME tadqiqotlari). 

Nojo'ya samaralari

Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng shubhali nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish, dori preparatining foyda-xavf nisbatining doimiy monitoringini ta'minlash uchun muhimdir. Bemor, agar unda biron bir salbiy reaktsiya paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashishi tavsiya etiladi. Ushbu tavsiya, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qandaynojo'ya reaktsiyalarga, shu jumladan preparatni qo'llash bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilmaganlarga nisbatan ham tegishlidir. Shuningdek, nojo'ya reaktsiyalar (ta'sirlar) to'g'risidagi ma'lumotlarni, jumladan, dori vositalarining samarasizligi to'g'risidagi hisobotlarni ham salbiy reaktsiyalar haqida ma'lumotlar bazasiga xabar berishingiz mumkin. Nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish orqali siz ushbu dori vositasining xavfsizligi to'g'risida ko'proq ma'lumot olishga yordam berasiz.

Maxsus saqlash sharoitlari

- Antibiotik terapiyasi paytida Enterojermina Forte dan foydalanish buyurilganda, preparatni antibiotikning ketma-ket ikki dozasi oralig'ida ichish tavsiya etiladi(masalan, antibakterial preparatni qabul qilganidan keyin 2-3 soat o'tgach).- Enterogermina Forte flakonlarida ko'zga ko'rinadigan qo'shimchalarning bo'lishi Bacillus clausii sporalarining agregat holatiga bog'lik, shuning uchun bu preparat o'zgargan degan xulosaga kelish uchun asos hisoblanmaydi. - Ishlatishdan oldin flakonni yaxshilab silkiting.

Qo'llanilishi

Ichak disbakteriozi va undan keyingi endogen disvitaminozni davolash va oldini olish. Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalar bilan davolashdan so'ngra o'zgargan ichak mikrobial florasini tiklash uchun davolashda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Faol moddaga yoki preparatning har qanday tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.Dorilarning o'zaro ta'siri Boshqa dorilar bilan bir vaqtda qo'llash natijasida kelib chiqadigan o'zarota'sirlashuvi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Faqat ichish uchun qo'llaniladi! in'ektsionKiritilmaydi! USHBU DORI VOSITASI ICHILADI!usuldaBoshqa hech qanday usul bilan qo'llanmasin!Agar preparat noto'g'ri qo'llansa, anafilaktik shok kabi og'ir allergik reaktsiyalarrivojlanishi mumkin.Flakonni ochgandan keyin suspenziyaning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik uchun preparatnisaqlamang.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dorilar bilan bir vaqtda qo'llash natijasida kelib chiqadigan o'zaro ta'sirlashuvi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Dozirovkasi

FAQAT ICHISH UCHUN QO'LLANILADI!

IN'EKTSION USULDA KIRITILMAYDI!

DORI VOSITASI ICHILADI!

Boshqa hech qanday usul bilan kiritilmaydi!

Kattalarga: kuniga 1 flakon.

Kattalar uchun sutkalik doza: sutkasiga 4-6 mlrd Bacillus clausii sporalari.

Enterojermina"Forte 4 mlrd/5 ml flakoni dozalarga bo'linmaydigan dori shaklidir!

Davolovchi shifokor, bemorning ahvoliga qarab, kuniga 4 milliarddan boshqa dozani

tavsiya qilishi mumkin, bu esa Enterojermina preparatining boshqa kontsentrasiyasini

talab qiladi. Bolalarga, shu jumladan ko'krak yoshidagi go'daklarga kuniga 4 milliarddan kamroq Bacillus clausii sporalari dozasini buyurishda Enterogermina Forte 4 mlrd / 5 ml ni flakondagi preparatini ishlatish etarli dozalash uchun imkon bermaydi, shuning uchun tarkibida pastroq kontsentrasiyada Bacillus clausii sporalarini o'z ichiga olgan Enterojermina preparati talab qilinadi Qo'llash usuli Flakon lenta sedan bita flakone ajratib oling. Shishani silkiting. Shishaning yuqori qismini soat strelkasi yo'nalishida aylantiring va uni yirtib tashlang. Shishaning ichidagi suyuqlikni shirin suvga, sutga, choyga yoki apelsin sharbatiga qo'shing iki preparat ni suyultirmasdan iching.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi Enterojermina"Forte preparatini homilador ayollarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun homiladorlik paytida uni qo'llashning xavfsizligi to'g'risida xulosa qilish mumkin emas. Enterojermina"Forte homiladorlik paytida faqat ona uchun potentsial foydasi ona vahomila uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan taqdirdagina qo'llanilishi kerak.Ko'krak bilan emizish davrida qo'llanilishi Ko'krak bilan emizish davrida Enterojermina Forte dan foydalanish, uning bolaga ta'siri yoki ona suti tarkibiga o'tishiga oid ma'lumotlar mavjud emas. Shuning uchun undan emizish davrida foydalanishning xavfsizligi to'g'risida qanaqadir xulosa chiqarish mumkin emas. Enterojermina"Forte preparatini emizish davrida faqat ona uchun potentsial foydasi ona va bola uchun mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lsagina qo'llanilishi kerak.


ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10 boshqa chiqarish shakllari

ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10 savollari

ENTEROJERMINA FORTE suspenziya 4mlrd/5ml 5ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil