ENTEROJERMINA kapsulalar 2mlrd N12

ENTEROJERMINA kapsulalar 2mlrd N12 qo'llanmasi
Bir kapsula saqlaydi:
faol modda: antibiotiklarga polirezistent bo'lgan Bacillus clausii sporalari – 2 milliard;
yordamchi moddalar: kaolin, mikrokristallik sellyuloza (E460), magniy stearati (E470), kapsula tarkibi: jelatin, titan dioksidi (E171), tozalangan suv.
Enterojermina – bu Bacillus clausii sporalari suspenziyasidan iborat dori preparati, u ichakning normal yashovchisi bo'lib, patogen ta'sirga ega emas. Kimyoviy va fizik omillarga yuqori chidamliligi tufayli, peroral qabul qilinganda Bacillus clausii sporalari oshqozon shirasining kislotali to'sig'idan shikastlanmagan holda o'tadi va ichak traktiga etib boradi, u erda ular metabolik faol vegetativ hujayralarga aylanadi.
Enterojermina qabul qilish Bacillus clausii faoliyati tufayli turli etiologiyali mikroflora buzilishlari jarayonida o'zgarishlarga uchragan ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, Bacillus clausii turli xil vitaminlarni, xususan B guruhi vitaminlarini ishlab chiqarishga qodir bo'lganligi sababli, Enterojermina antibiotiklar va umuman kimyoterapevtik preparatlar keltirib chiqargan organizmdagi vitaminlar balansi buzilishini normallashtirishga yordam beradi. Enterojermina Bacillus clausii ning metabolik faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan nospetsifik antijenik va antitoksik samaraga erishishga imkon beradi.
Bundan tashqari, sun'iy ravishda hosil qilingan antibiotiklarga yuqori geterogen chidamlilik antibiotiklarning, ayniqsa keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklarning selektiv ta'siridan so'ng ichak mikroflorasi o'zgarishining oldini olish yoki uning muvozanatini tiklash uchun davolash bazasini yaratishni belgilaydi.
Antibiotiklarga ushbu rezistentlik tufayli Enterojermina antibiotiklarning ikki dozasi orasida tayinlanishi mumkin. Antibiotik rezistentlik penitsillinlar, sefalosporinlar, tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar, novobiotsin, xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, izoniazid, sikloserin, rifampitsin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasiga tegishlidir.
Teri va teri osti to'qimalarning reaktsiyalari:
Rivojlanish tezligi ma'lum bulmagan nojuya ta'sirlar:
Registratsiyaldan keyingi qullanilish tajribasiga ko'ra allergik reaktsiyalar: toshma, eshak yemi, angionevrotik shish.
Infektsiyallar va invaziyalar:
Rivojlanish tezligi ma'lum bulmagan nojuya ta'sirlar: bakteriyemiya (immun tizimi sust bulgan bemorlarda).
Yuqorida keltirilgan yoki yo'riqnamada keltirilmagan nojuya ta'sirlar kelib chiqqanda shifokoringizga murojat qiling!
Antibiotiklar bilan davolash vaqtida preparatni, antibiotiklarni qabul qilishlar orasidagi tanaffus vaqtida qabul qilish kerak.
Ushbu dori vositasi FAQAT ichga qabul qilishga mo'ljallangan. Boshqa usulda qo'llanilmasin! Noto'g'ri qullanilganda jiddiy anafilaktik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin (anafilaktik shok).
Ichak disbakteriozi va undan keyingi endogen disvitaminozni oldini olish va davolash.
Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalari bilan davolashdagi ichak mikroflorasini tiklash bo'yicha davolash.
Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalardagi intoksikatsiya yoki ichak disbakteriozi va disvitaminozi uchun xarakterli bo'lgan o'tkir va surunkali me'da-ichak buzilishlari.
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining klinik ko'rinishlari qayd etilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish natijasida dori vositalarining o'zaro ta'siri noma'lum.
oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Dozalash
Kattalarga: kuniga 2-3 kapsuladan, Davolovchi shifokor patsiyentning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin.
Preparatning bir martalik dozasini (1 kapsula) qabul qilishlar orasidagi tavsiya etilgan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
6 yoshdan oshgan bolalar: kuniga 1-2 kapsula. Davolovchi shifokor patsiyentning ahvoliga qarab boshqacha sutkalik dozani tavsiya etishi mumkin.
Agarda preparatning sutkalik dozasi kuniga 1 kapsulanini tashkil qilsa, preparat kuniga bir marta qabul qilinishi kerak. Agarda sutkalik doza 1 kapsuladan ortiq bo'lsa, preparatning bir martalik dozalarini (1 kapsula) qabul qilish orasidagi tavsiya etilgan intervallar 3-4 soatni tashkil qiladi.
Qo'llash usuli
Kapsulani oz miqdordagi suv yoki boshqa ichimlik bilan ichish kerak. Bolalarga kapsulani yutishi qiyin bo'lgan hollarda, suspenziya ko'rinishidagi preparatni ishlatish kerak.
Ushbu dori vositasi FAQAT ichga qabul qilishga mo'ljallangan. Boshqa usulda qo'llanilmasin!
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki qanday bo'lmasin boshqa ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik.
Ushbu dori preparatini homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.
Xususiyatlar ENTEROJERMINA kapsulalar 2mlrd N12
ENTEROJERMINA boshqa chiqarish shakllari






