Meteospazmil
Meteospazmil chiqarilish shakllari

Meteospazmil haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddasiga yoki biron bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik («Tarkibi» bo'limiga qarang).
Ichak o'tkazmasligi yoki boshqa me'da-ichakni obstruktiv buzilishlari.
Bolalik yoshida qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Alьverin sitrat miotrop spazmolitikdir.
Simetikon fiziologik inert modda xisoblnadi va shuning uchun farmakologik faollikka ega emas. Simetikon gaz pufakchalarini yuzasini taranglashishini o'zgarish yo'li bilan samara ko'rsatadi va ularni birlashishini chaqiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgandan oshuvchi dozalar qabul qilinganda bosh aylanishi xolatlari xaqida xabarlar bo'lgan. Alьverin bilan doza oshirib yuborilganda gipotenziyaga va atropinga o'xshash toksik samaralarga olib kelishi mumkin. Juda yuqori dozalar bilan doza oshirib yuborilgandan keyin fatal xolatlar kuzatilgan.
Davolash: atropin bilan zaxarlanish kabi gipotenziyada tutib turuvchi davolash
Simetikon bilan dozani oshirib yuborilishining extimoli kam.
Davolash: simptomatik.
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigar funktsiyasi
ALT (alanin-aminotransferaza) va AST (aspartat-aminotransferaza) alьverin/simetikon preparatini oluvchi patsiyentlarda normani yuqori chegarasi bilan solishtirganda 2 martaga oshishi xolatlari xaqida xabarlar bo'lgan.
Jigar aminotransferazalarini yuqori norma chegarasi bilan solishtirish bo'yicha
3 martadan ko'pga oshish xolatlari, shuningdek sariqlik xolatida, alьverin/simetikonni qabul qilishni bekor qilish kerak.
Fertillik, homiladorlik va latatsiya
Homiladorlik
Simetikon: simetikonni tizimli ta'siri axamiyatsiz bo'lgani sababli, homiladorlikda dori preparatini qabul qilganda salbiy ta'siri kutilmaydi.
Alьverin: xayvonlardagi teratogen samarasi xaqida ishonchli ma'lumotlari yo'q. Klinika oldi tadqiqotlarida xavfsizligini isbotlari cheklangan.
Shuning uchun Meteospazmilni homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Laktatsiya
Simetikon: simetikonni tizimli ta'siri axamiyatsiz bo'lgani sababli, laktatsiya davrida dori preparatini qabul qilganda salbiy ta'siri kutilmaydi.
Alьverin: alьverinni ko'krak suti bilan ajralishi xaqida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun emizish davrida uni qo'llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Meteospazmil bosh aylanishi chaqirishi mumkin. Ushbu noxush reaktsiyalar avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday xolatlarda transport vositalarini boshqarish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilish uchun.
Faqat kattalar uchun.
Kattalar, shu jumladan keksa patsiyentlar: 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta ovqatdan oldin yoki og'riq bo'lganda.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)


















