logo
SavatKirish

Almagel

Almagel chiqarilish shakllari

ALMAGEL A suspenziya 170ml N1
Retseptsiz
ALMAGEL A suspenziya 170ml N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
•108 ta dorixonada bor
Narxi
27 100 so'm dan
ALMAGEL suspenziya 170ml
Retseptsiz
ALMAGEL suspenziya 170ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Troyan AD
•108 ta dorixonada bor
Narxi
31 000 so'm dan
ALMAGEL A suspenziya 170ml
Retseptsiz
ALMAGEL A suspenziya 170ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanfarma - Troyan AD
•108 ta dorixonada bor
Narxi
27 100 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•20 ta dorixonada bor
Narxi
20 500 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
- Almagel qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Almagelning tarkibi
- Almagel ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Almagel narxi Toshkent dorixonalarida

Almagel qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Bolgariya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — zo'rayish bosqichidagi oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi; — o'tkir gastrit; — surunkali gastrit; — zo'rayish bosqichidagi normal yoki yuqori sekretor funktsiyali gastroduodenit; — diafragma qizilo'ngach teshigi churrasi; — reflyuks-ezofagit; — NYaQV va GKS qo'llash natijasida yuzaga keladigan dispeptik holatlarning oldini olish va davolash; — parhez buzilishi, alkogol, kofe, nikotinni ortiqcha iste'mol qilishdan keyin yuzaga keladigan epigastriyadagi noqulaylik yoki og'riqlar, dispeptik holatlar (zarda, kislotali kekirish).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — buyrak funksiyasining yaqqol buzilishi; — Alsgeymer kasalligi; — erta bolalik yoshi (1 oygacha).
Farmakokinetikasi
Algeldrat So‘rilishi - preparatning oz miqdori rezorbsiya qilinadi, bu qonda alyuminiy tuzlari konsentratsiyasini deyarli o‘zgartirmaydi. Taqsimlanishi - yo‘q. Metabolizmi - yo‘q. Chiqarilishi - ichak orqali chiqariladi. Magniy gidroksidi So‘rilishi - magniy ionlari qabul qilingan dozaning taxminan 10% miqdorida rezorbsiya qilinadi va qonda magniy ionlari konsentratsiyasini o‘zgartirmaydi. Taqsimlanishi - odatda mahalliy. Metabolizmi - yo‘q. Chiqarilishi - ichak orqali chiqariladi
Farmakologik ta'siri
Almagel - algeldrat (alyuminiy gidroksidi) va magniy gidroksidining muvozanatli kombinatsiyasidan iborat dori vositasi. U oshqozonda erkin xlorid kislotani neytrallaydi, pepsin faolligini pasaytiradi, bu esa oshqozon shirasining hazm qilish faolligining pasayishiga olib keladi. O'rab oluvchi, adsorbsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Prostaglandinlar sintezini rag'batlantirish hisobiga oshqozon shilliq qavatini himoya qiladi (sitoprotektiv ta'sir). Bu shilliq qavatni etil spirti va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (masalan, indometatsin, diklofenak, aspirin, atsetilsalitsil kislotasi, kortikosteroid preparatlar) kabi ta'sirlovchi va ultserojen agentlarni qo'llash natijasida kelib chiqadigan yallig'lanish va eroziv-gemorragik shikastlanishlardan himoya qiladi. Preparat qabul qilingandan keyin terapevtik ta'sir 3-5 daqiqada boshlanadi. Ta'sir davomiyligi oshqozonning bo'shalish tezligiga bog'liq. Och qoringa qabul qilinganda ta'sir 60 daqiqagacha davom etadi. Ovqatdan bir soat o'tgach qabul qilinganda antatsid ta'sir 3 soatgacha davom etishi mumkin. Oshqozon shirasining ikkilamchi giperseksretsiyasini keltirib chiqarmaydi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ayrim hollarda preparatni qabul qilishda ta'm bilishning o'zgarishi, ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon spazmi, epigastral sohada og'riq va qabziyat paydo bo'lishi mumkin, ular dozani kamaytirgandan keyin o'tib ketadi. Yuqori dozalarda qo'llanilganda uyquchanlikni keltirib chiqarishi mumkin. Preparatning yuqori dozalari va fosforga kambag'al ovqat bilan uzoq muddat davolash moyilligi bo'lgan bemorlarda organizmda fosfor tanqisligi rivojlanishiga, kaltsiyning siydik bilan rezorbtsiyasi va ekskretsiyasi oshishiga va osteomalyatsiya paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun preparatni uzoq muddat qabul qilganda ovqat bilan fosforning yetarli tushishini ta'minlash kerak. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda osteomalyatsiyadan tashqari oyoq-qo'llarning shishi, dementsiya va gipermagniemiya kuzatilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: fosfor, kalsiy va magniy almashinuvining buzilishi belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terining qizarishi, noadekvat xatti-harakatlar).
Dori shaklining ta'rifi
  • Ichish uchun suspenziya oq yoki deyarli oq rangli, o'ziga xos shirin ta'mli va apelsin hidli; saqlanganda (ayniqsa past haroratlarda) sirtida tiniq suyuqlik qatlami ajralib chiqadi, flakon qattiq chayqatilganda suspenziyaning bir xilligi tiklanadi. Ichish uchun suspenziya Ichish uchun suspenziya oq yoki deyarli oq rangli, apelsin hidli. Ichish uchun suspenziya oq yoki deyarli oq rangli, o'ziga xos limon hidli; saqlanganda sirtida tiniq suyuqlik qatlami hosil bo'lishi mumkin, flakon qattiq chayqatilganda suspenziyaning bir xilligi tiklanadi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ba’zi dori vositalarini absorbsiya qilishi, shu tariqa ularning so‘rilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun boshqa dori vositalari bir vaqtda qabul qilinganda, ularni Almagel qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak. Almagel oshqozon shirasi kislotaliligini kamaytiradi va bu bir vaqtda qabul qilinganda ko‘plab dori vositalarining ta’siriga ta’sir qilishi mumkin. Almagel gistamin H2-reseptorlari blokatorlari (simetidin, ranitidin, famotidin), yurak glikozidlari, temir tuzlari, litiy preparatlari, xinidin, meksiletin, fenotiazin preparatlari, tetrasiklin qatori antibiotiklari, siprofloksatsin, izoniazid va ketokonazol samarasini pasaytiradi. Ichakda eruvchan preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda oshqozon shirasining oshgan rH darajasi ularning qobig‘i tez buzilishiga olib kelishi va oshqozon hamda o‘n ikki barmoqli ichak ta’sirlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ALMAGEL ALMAGEL

 

Preparatning savdo nomi: Almagel

Ta‘sir qiluvchi moddalar: Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi.

Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun suspenziya.

100 g suspenziyaning tarkibi:

Faol moddalar: alyuminiy gidroksid geli 40,0 g (alyuminiy gidroksidiga qayta hisoblaganda 4,0 g), magniy gidroksidi pasta.

Yordamchi moddalar: sorbitol, gidroksietilsellyuloza, nipagin, nipazol, saxarin natriy, limon moyi, etanol 96%, tozalangan suv.

 

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antasid).

 

Farmakologik xususiyatlari

Almagel – yumshoq va davomli antasid ta‘sirga ega bo‘lgan dori vositasidir. Preparatning ta‘siri faol moddalarining antasid, adsorbsiyalovchi, qoplovchi hususiyatlari bilan bog‘liq.

Almagel me‘dada xlorid kislotasi va pepsinning yuqori sekresiyasini tez neytrallaydi, me‘da va o‘nikki barmoq ichak shilliq qavatining himoya mexanizmlariga ijobiy ta‘siri tufayli, sog‘ayish jarayoniga yordam beradi.

Almagel preparatida saqlanuvchi alyuminiy ionlari quyi ezofageal sfinkterining tonusini oshiradi, pepsin, o‘t kislotalari va lizolesitinni adsorbsiyalaydi. Shu bilan uning reflyuks patologiyasini oldini olish va davolashdagi samaradorligi tushuntiriladi.

Almagelning ta‘sir etuvchi moddalari mayda disperlangan bo‘lib, bu ularning faol yuzasini oshiradi va me‘da va o‘nikki barmoq ichak shilliq qavati bilan bevosita to‘qnashuvi ehtimolini beradi, me‘da ichidagisining evakuasiyasini sekinlashtiradi va uning neytrallashtiruvchi samarasini uzaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Me‘da shirasining oshgan yoki me‘yoriy kislotaligi va ichakda ko‘p gaz hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi ovqat-hazm qilish yo‘llarining kasalliklari.

Preparatni quyidagilarda mustaqil yoki majmuada qo‘llash mumkin:

  • gastrit va duodenit;
  • me‘da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalari;
  • me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasi;
  • medikamentoz gastrit va duodenit;
  • gastroezofageal reflyuks;
  • duodenogastral reflyuks;
  • yarali bo‘lmagan dispepsiya va meteorizm;
  • ko‘p gaz hosil bo‘lishi natijasidagi diskomfortda qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dori vositasi ichga qabul qilinadi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga:

Reflyuks-ezofagit bo‘lganida – 2-4 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilgandan 1 soat keyin va kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi.

Kutilgan samaraga erishilganidan keyin 2 choy qoshiqdan sutkada 4 marta qabul qilishga o‘tiladi.

Gastrit va duodenitni, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalarini, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini, medikamentoz gastritni va gastroezofageal va duodenogastral reflyuksni, yarali bo‘lmagan dispepsiya va gazli diskomfortni davolash uchun – 2 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilinganidan 1 soatdan keyin va kechqurun uyqu oldidan buyuriladi.

Maksimal sutkalik doza 12 o‘lchov qoshiqdan oshmasligi kerak.

Maksimal sutkalik dozani 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida qabul qilish kerak.

Almagelni suyultirilmagan ko‘rinishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. U qabul qilinganidan keyin yarim soat davomida suyuqliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Qo‘llashdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda alyuminiy va/yoki magniy intoksikasiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Magniy va alyuminiyga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (buyraklardan chiqarilishini kamayishi oqibatidagi qon zardobida magniy va alyuminiyning konsentrasiyasini oshish xavfi).

Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta‘siri

Almagel kaptoprilning plazmadagi yuqori konsentrasiyasini va uning nisbiy kirishaolishligini kamaytiradi. Kaptoprilni preparatni qabul qilishdan kamida ikki soat oldin qo‘llash kerak.

Preparat tetrasiklin antibiotiklarini, N2-blokatorlar va temirni so‘rilishini kamaytiradi. Ularni 1-2 soatlik interval bilan qo‘llash tavsiya qilinadi.

Almagel, shuningdek ketokonazolning plazmadagi konsentrasiyasini ham kamaytiradi.

Almagelni xinolonlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni digoksin va proponolni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki keyin qo‘llash kerak, Almagel ularning biokirishaolishligini kamaytiradi. Dori vositasi ayniqsa buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda xinidinning chiqarilishini, xinidinning zaxarliligini belgilari bilan buzishi mumkin. Antasid va salisitlatlarni bir vaqtda qabul qilish salisilatlarning zardobdagi darajasini ahamiyatli kamayishga olib keladi.

Levotiroksin va Almagelni majmuaviy qabul qilishda gormonal ta‘sirning kamayishi mumkin.

Pirenzepin preparatning ta‘sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Almagelni qo‘llashni boshlashdan oldin xavfli jarayonni bo‘lishini istisno qilish lozim.

Preparatni buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Alsgeymer kasalligida preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki alyuminiyni miya to‘qimasining nerv tolalarida to‘planishi va asoratlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida fikrlar mavjud.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash vaqtida klinik belgilarini yaraning o‘lchamlarini, diareyani paydo bo‘lishini, alyuminiy va magniyning zardobdagi darajasini dinamikada nazorat qilish kerak.

Preparatni uzoq muddat qabul qilishda organizmga fosforni yetarli miqdorda tushishni ta‘minlash kerak, chunki alyuminiy gidrooksidi fosfatlar bilan bog‘lanadi va ularning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, kalsiyning siydik bilan chiqarilishi oshadi, bu kalsiy-fosfat muvozanatini buzilishi va osteomalyasiya rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi mumkin (belgilari – holsizlik va suyaklardagi og‘riqlarga shikoyatlar).

Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilishi: Almagel homilador ayollarga preparatda etil spirti saqlanishi (bir dozada 0,113 g) tufayli, zarar keltirishi mumkin.

Almagelni homilador va emizikli ayollarda nazoratli klinik tekshirishlarini yo‘qligi tufayli, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.

Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta‘siri: Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga salbiy ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Almagelning qisman so‘rilishga qaramay, yuqori dozalarini davomli qo‘llash gipermagnemiyaning rivojlanishga olib kelishi mumkin (magniyning qondagi darajasini oshishi), bu tez toliqish, yuzni qizarishi, ozib ketish, mushakni zaifligi va hulqni noadekvatligi bilan xarakterlanadi.

Shuningdek metabolik alkalozning belgilari: kayfiyatni yoki aqliy faollikni o‘zgarishi, mushaklarning uvishishi yoki og‘riq, asabiylik va tez toliqish, nafasni sekinlashishi, noxush ta‘mni his qilish kuzatilishi mumkin. Dorini tez chiqarish bo‘yicha choralarni darhol ko‘rish kerak – me‘dani yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 50 ml, 100 ml, 170 ml, 200 ml dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Almagel narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Almagel barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Almagel haqida savollar

Almagel haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil