Ташкент
logo
SavatKirish

Espumizan

Espumizan chiqarish shakllari

ESPUMIZAN kapsulalar  40mg N25
Retseptsiz
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
•133 ta dorixonada bor
Narxi
29 100 so'm dan
ESPUMIZAN kapsulalar  40mg N25
Retseptsiz
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Germaniya proizvedeno: Menarini-Von Heyden GmbH
•133 ta dorixonada bor
Narxi
29 100 so'm dan
- Espumizan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Espumizanning tarkibi
- Espumizan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Espumizan narxi Toshkent dorixonalarida

Espumizan qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya,
Avstriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • chaqaloqlarda ichak sanchig'i simptomlari; MTYda gazlarning ortiqcha hosil bo'lishi va to'planishi simptomlari (sh.j. meteorizm, operatsiyadan keyingi davrda gaz hosil bo'lishining kuchayishi); funktsional dispepsiya chaqirgan ortiqcha gaz hosil bo'lishi simptomlari; qorin bo'shlig'i va kichik tos a'zolarini diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (UTT, rentgenografiya, ezofagogastroduodenoskopiya va b.), sh.j., ikki tomonlama kontrastlash usuli bilan tasvir olish uchun kontrast vositalar suspenziyalariga qo'shimcha sifatida. ko'pik hosil qiluvchi moddalar (tenzidlar) saqlovchi yuvish vositalari bilan o'tkir zaharlanishlar, ko'pik so'ndiruvchi sifatida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, irsiy fruktozani o‘zlashtira olmaslik.
Tarkibi
  • 1 ml (25 tomchi) preparat tarkibida: Ta'sir etuvchi modda: simetikon* - 40,00 mg Yordamchi moddalar: makrogol stearati - 6,560 mg, glitseril monostearat 40-55 - 4,020 mg, carbomer -6,350 mg, banan aromatizatori -4,233 mg, kaliy atsesulfam - 0,318 mg, suyuq sorbitol (kristallanmaydigan) - 211,655 mg, natriy xlorid -0,708 mg, natriy sitrat - 4,445 mg, natriy gidroksidi - 0,708 mg, sorbin kislotasi -1,060 mg, tozalangan suv - 778,245 mg. * Simetikon dimetikon (polidimetilsiloksan (PDMS)) va kremniy dioksididan 96:4 nisbatda iborat 1 ml (25 tomchi) preparat tarkibida: Ta'sir etuvchi modda: simetikon - 100,00 mg. Yordamchi moddalar: makrogol stearati 40 - 6,17 mg, glitseril monostearat 40-55 - 3,78 mg, karbomer - 5,98 mg, banan aromatizatori - 3,98 mg, kaliy atsesulfam - 0,30 mg, suyuq sorbitol (kristallanmaydigan) - 199,17 mg, natriy xlorid - 0,67 mg, natriy sitrat - 4,19 mg, natriy gidroksidi - 0,67 mg, sorbin kislotasi -1.06 mg, tozalangan suv - 732,25 mg. simetikon – 0,800 g (100 ml da) Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat - 0,150 g , karmelloza natriy -2,100 g , polisorbat - 80 - 0,100 g, natriy siklamat - 0,040 g, kolloid kremniy dioksidi - 0,024 g, natriy saxarinat - 0,006 g, banan aromatizatori - 0,200 g, xlorid kislotasi 1M – 0 - 0,239 g, tozalangan suv - 97,361 g. simetikon 40,0 mg Yordamchi moddalar: jelatin, glitserol 85 %, metilparagidroksibenzoat, bo‘yoqchi xinolin sariq (E 104), bo‘yoqchi quyosh botishi sariq (E 110).
Farmakokinetikasi
Simetikon kimyoviy jihatdan inert, ichga qabul qilingandan so‘ng MIYdan absorbtsiya qilinmaydi va faqat uning bo‘shlig‘ida ta'sir qiladi. Mikroorganizmlar va fermentlar bilan o‘zaro ta'sirga kirishmaydi va ovqat hazm qilish jarayonlariga ta'sir qilmaydi. Ichak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Espumizan® ekstra preparati oshqozon-ichak traktidagi (OIT) gazlar miqdorini kamaytiradi. Ta'sir etuvchi modda - simetikon, sirt faol xususiyatlarga ega va suyuqlik/gaz chegarasidagi sirt tarangligini pasaytirish qobiliyatiga ega, bu gaz pufakchalarining birlashishiga va ichakdagi ko'pikning parchalanishiga yordam beradi, natijada ajralib chiqqan gaz so'riladi yoki ichak peristaltikasi ta'sirida tabiiy yo'l bilan chiqariladi. Qorin bo'shlig'i a'zolarini diagnostik tekshiruvlarga tayyorlashda simetikonni qo'llash gaz pufakchalari keltirib chiqaradigan tasvir nuqsonlarining oldini oladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Espumizan® L preparatini qo'llashda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan. Preparatning yordamchi moddalariga allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin
Dozirovkasi
  • 100 mg/ml 40 mg 40 mg/5 ml 40 mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari noma’lum.
Dori shaklining ta'rifi
  • Oq yoki deyarli oq, noto'g'ri shaklli, limon hidli granulalar. Suyuqlik sut-oq rangli, biroz yopishqoq, banan hidli. Kapsulalar Kapsulalar Ichish uchun emulsiya Emulsiya: deyarli rangsiz loyqa suyuqlik.
Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat komponentlariga (metilparagidroksibenzoat va sariq xinolin bo'yovchisi) yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda tezkor turdagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shuningdek sekin turdagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lishi mumkin. Har qanday allergik reaksiyalar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Espumizan® preparati psixomotor reaksiyalar tezligiga va vaziyatni idrok etish yoki baholash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Espumizan® L preparatining boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.
Umumiy ma'lumot

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

ESPUMIZAN® KAPSULALAR

yumshoq kapsulalar, 40 mg

Simetikon

 

Preparatni qabul qilishdan oldin ilova-varaqaning xammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi.

 

Ushbu preparatni berilgan ilova-varaqada bayon etilgan ko‘rsatmalarga qat‘iy rioya qilgan holda, yoki davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lib qolishi mumkin.
  • Agarda Sizda savol tug‘ilsa yoki Sizga qo‘shimcha ma‘lumot kerak bo‘lsa, dorixona xodimiga murojaat qiling.
  • Har-qanday nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganda shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlari – shu jumladan, ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmaganlariga ham tegishlidir. 4-bo‘limga qarang.
  • Agar yaxshilanish bo‘lmasa yoki ahvolingiz yomonlashsa shifokorga murojaat qiling

 

Ushbu ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Espumizan® kapsulalari preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Espumizan® kapsulalari preparatini qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak
  3. Espumizan® kapsulalari preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Espumizan® kapsulalarini qanday saqlash kerak
  6. O‘ram tarkibi va boshqa ma‘lumotlar

 

  1. ESPUMIZAN® KAPSULALARI O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI

 

Espumizan® kapsulalari preparatida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni bartaraf qiluvchi va diagnostik tekshiruvlar uchun yordamchi vosita bo‘lgan ta‘sir qiluvchi modda simetikon saqlanadi. Ta‘sir qiluvchi modda – simetikon – ovqat bo‘tqasida va ovqat xazm qilish yo‘llari shilliqda bo‘lgan gaz pufaklarini parchalanishiga olib keladi. Bunda ajralib chiqqan gazlar keyin ichak devoridan so‘rilishi va ichak peristaltikasi ta‘siri ostida chiqarilishi mumkin.

 

Qo‘llash sohasi

  • Ko‘p gaz hosil bo‘lishi, masalan qorinni dam bo‘lishi (meteorizm), yoki gazlarni ko‘p to‘planishi, to‘lib ketish hissi bilan chaqirilgan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar bo‘lganida simptomatik davolash uchun
  • Qorin bo‘shlig‘i sohasida masalan, rentgenografiya tekshirish va sonografiya (UTT) kabi diagnostik tekshirishlarga tayyorlash uchun.

 

Espumizan® kapsulalari preparati 6 yoshdan katta bolalar, o‘smirlar va kattalarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Ko‘p gaz hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq shikoyatlar, me‘da-ichak tomonidan funksional buzilishlarning belgisi bo‘lishi mumkin va bosim va to‘lish hissi, barvaqt to‘yish hissi, kekirish, qorinda quldirash, qorinni dam bo‘lishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Agar Siz o‘zingizni yaxshiroq his qilmasangiz yoki yomonlashishni his qilsangiz, davolovchi shifokorga murojaat qiling.

 

  1. Espumizan® kapsulalari preparatini qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak

 

Espumizan® kapsulalarini quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas:

Agarda Sizda simetikonga, sariq “quyosh botishi” FCF (Ye 110), metilparagidroksibenzoat (Ye218) yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga (6 bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa:

 

Ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari

 

Espumizan® kapsulalari preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Korin bo‘shlig‘idan shikoyatlar paydo bo‘lganida yoki davomli xarakterga ega bo‘lganida, Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. U shikoyatlarning sababini va davolashni talab etuvchi kasallik borligini aniqlashi mumkin.

 

Espumizan® kapsulalari preparati va boshqa dori preparatlarini qabul qilish

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas.

 

Homiladorlik va emizish davri

 

Simetikonning ta‘sir mexanizmi va me‘da-ichak yo‘llaridan organizmga kam so‘rilishi tufayli homiladorlik davridagi va emizish davrida preparatni qo‘llash chaqirgan salbiy ta‘sirlardan xavotirlanmaslik mumkin.

Espumizan® kapsulalarini homiladorlar qo‘llash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar mavjud emas.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri.

Espumizan® kapsulalari transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi.

 

  1. Espumizan® kapsulalarini qanday qabul qilish kerak

Ushbu preparatni qat‘iy ushbu ilova-varaqada bayon qilingan yo‘riqnoma bo‘yicha yoki shifokor yoki dorixona xodimi ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Agar ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

 

Dozalash:

Tavsiya etiladigan doza:

 

Ko‘p gaz hosil bo‘lishi, masalan qorinni dam bo‘lishi (meteorizm) yoki gazlarni ko‘p to‘planishi, to‘lish hissi chaqirgan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar bo‘lganida davolash uchun:

 

Yoshi Dozasi Qabullar soni
6 yoshdan oshgan bolalar, o‘smirlar va kattalar 2 kapsula

(80 mg simetikonga mos keladi)

Sutkada 3 martadan 4 martagacha

 

Qorin bo‘shlig‘i sohasida masalan, rentgenografiya tekshirish va sonografiya (UTT) kabi diagnostik tekshirishlarga tayyorlash uchun.

 

Tekshirish o‘tkazilishidan 1 sutka oldin Tekshirish o‘tkaziladigan kun ertalab
2 kapsuladan sutkada 3 marta

(umumiy doza 240 mg simetikonga mos keladi)

2 kapsula

(80 mg simetikonga mos keladi)

 

Bolalarda qo‘llanilishi

 

Chaqaloqlar va 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Sotuvda boshqa dori shakllari  mavjud.

 

Qo‘llash usullari

 

Espumizan® kapsulalarini ovqat vaqtida va ovqatdan keyin qabul qiling, shuningdek agarda zarurati bo‘lsa uyqudan oldin qabul qiling.

 

Izoh: Espumizan® kapsulalarini jarrohlik muolajalaridan keyin ham qabul qilish mumkin.

 

Espumizan® kapsulalarini shikoyatlar bartaraf qilingunicha qabul qiling. Zarurati bo‘lganida Espumizan® kapsulalarini uzoqroq vaqt davomida qo‘llash mumkin. Shuningdek 2-bo‘lim“Ogohlantirish va alohida ehtiyotkorlik choralari” ni o‘qing.

 

Agarda Sizga Espumizan® kapsulalari bilan davolash samarasi juda kuchli yoki juda kuchsiz bo‘lib tuyulsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

 

Agarda Siz Espumizan® kapsulalari preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

 

Espumizan® kapsulalari preparatining dozasi oshirib yuborilganda amalda zaharlanish mumkin emas. Xatto Espumizan® kapsulalarining katta miqdori ham muammolar paydo bo‘lishsiz o‘zlashtiriladi.

Espumizan® kapsulalari preparatining ta‘sir qiluvchi moddasi simetikon me‘da-ichak yo‘llaridagi ko‘piklarni faqat fizik yo‘l bilan buzadi. Ichak orqali o‘tganda simetikon organizmdan so‘rilmaydi va kimyoviy yoki biologik o‘zgarishlarga uchramaydi.

 

Agarda Siz Espumizan® kapsulalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

 

O‘tkazib yuborilgan dozani har qanday vaqtda qabul qilish mumkin

 

Agar Sizda mahsulotni ishlatish bo‘yicha navbatdagi savol paydo bo‘lsa, ularni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.

 

  1. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

 

Hozirgi vaqtgacha Espumizan® kapsulalarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmagan.

 

Sariq “quyosh botishi” (E110) allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

 

Metilparagidroksibenzoati (Ye218) yuqori sezuvchanlik, shu jumladan sekin ta‘sirli reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari xaqida xabarlar

 

Qanday bo‘lmasin nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganda shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlariga – shu jumladan, ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralariga ham tegishlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlari xaqida bevosita O‘zbekistondagi “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining vakolatxonasiga, Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12 (biznes-markaz) manziliga xabar berishingiz mumkin. Siz nojo‘ya ta‘sirlari xaqida xabar berib, ushbu dori preparatining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot yig‘ishga yordam berishingiz mumkin.

 

  1. Espumizan® kapsulalarini qanday saqlash kerak

 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy.

Ushbu preparatni blisterda yoki yig‘ma karton qutida “Goden do:” so‘zidan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin!

 

Preparatni utilizasiya qilishda uni oqava suvlarga va maishiy ahlatga tushishidan saqlanish kerak. Sizga boshqa kerak bo‘lmagan preparatni utilizasiya qilish bo‘yicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

 

Espumizan® kapsulalari preparatida nima saqlanadi:

 

Ta‘sir qiluvchi modda simetikon hisoblanadi.

Espumizan® preparatining har bir yumshoq kapsulasida 40 mg simetikon saqlanadi.

 

Boshqa komponentlari: metilparagidroksibenzoat (MGB), jelatin, gliserin (85%), sariq “quyosh botishi” FCF (E 110), xinolin sarig‘i (Ye 104).

 

Espumizan® kapsulalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi:

 

Espumizan® kapsulalari preparati deyarli dumaloq, yumshoq, 5 mm nominal dimetrli, chok va silliq yuzaga ega sariq jelatin kapsulalardir.

Kapsulaning ichidagisi quyuq, rangsiz suyuqlik bo‘lib, biroz loyqa bo‘lishi mumkin.

 

Espumizan® kapsulalari preparati quyidagi o‘ramlarda chiqariladi:

25 yumshoq kapsulalar

50 yumshoq kapsulalar

100 yumshoq kapsulalar

 

Sotuvda o‘ramlarining hamma o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.

 

Berish tartibi

Ushbu dori vositasi reseptsiz beriladi.

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Espumizan® preparatini qabul qilishda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan.

Preparatning yordamchi komponentlariga allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Espumizan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Espumizan barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Espumizan haqida savollar

Espumizan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil