Bobotik
Bobotik chiqarilish shakllari
Bobotik haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — MTYda kuchli gaz hosil bo'lishi va gaz to'planishi (sanchiqlar, qorin bo'shlig'ida to'lish hissi, meteorizm /sh.j. operatsiyadan keyingi davrda/, Remgeld sindromi, aerofagiya); — qorin bo'shlig'i va kichik tos a'zolarini diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya - ko'pik hosil bo'lishining oldini olish uchun).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — ichak tutilishi; — OITning obstruktiv kasalliklari; — hayotining 28 kunigacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar; — simetikon va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- 1 ml simetikon emulsiyasi 30% 222.2 mg simetikon 66.66 mg Yordamchi moddalar: natriy saxarinat, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, karmelloza natriy, limon kislotasi monogidrati, malina aromatizatori, tozalangan suv.
Farmakodinamikasi
Yel haydovchi vosita. Simetikon (faollashtirilgan dimetikon) - bu trimetilsiloksil guruhlari tomonidan kremniy dioksidi bilan barqarorlashtirilgan, metillangan to‘g‘ri chiziqli siloksan polimerlarining majmuasidir. Fazalar bo‘linishi chegarasida sirt tarangligini pasaytirib, ozuqa osilmasida va meʼda-ichak yo‘llari (MIY) ning shillig‘ida gaz pufakchalarini hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Bunda ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari tomonidan yutilishi yoki peristaltika tufayli chiqarilishi mumkin. Bu og‘riqli dam bo‘lishlarni chaqiruvchi katta gazli-shilliqli konglomeratlarning hosil bo‘lishini oldini oladi.
Sono- va rentgenografiyada tasvir nuqsonlarining paydo bo‘lishini oldini oladi; kontrast plyonkani parchalanishiga to‘sqinlik qilib, yo‘g‘on ichakning shilliq qavatini kontrast preparatlar bilan yaxshi yopilishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparat homiladorlik vaqtida faqat agar ona uchun foyda, xomila uchun xavfda yuqori bo‘lganda buyurish kerak. Emizishda preparatni ko‘llash buycha maʼlumot yo‘k.
Dozirovkasi
- 66,66 mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat kimyoviy jihatdan inert va MIY da so‘rilmaydi, hozirgi vaqtgacha Bobotikning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida maʼlumotlar yo‘q.
Dori shaklining ta'rifi
- Ichish uchun tomchilar
Maxsus ko‘rsatmalari
Bobotik qand saqlamaydi, qandli diabeti va ovqat hazm bo‘lishini buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.
Bobotikni qo‘llash davrida gazlangan ichimliklarni ichish tavsiya qilinmaydi.
Preparat metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saklaydi buning bilan boglik allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin (kechikishli reaksiyalar bo‘lishi mumkin).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Isteʼmol qilishdan oldin bir xil emulsiya olingunicha chayqatish kerak.
Preparatning dozasini aniq o‘lchash uchun, tomchilash vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak.
MIY sohasida kuchli gaz hosil bo‘lishi va gazlarni to‘planishi:
Bobotik odatda kuniga uch marta ovqatdan keyin va uyqudan oldin qo‘llanadi:
· emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 8 tomchidan (20 mg simetikon) sutkada 4 marta
· 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 14 tomchidan (35 mg simetikon) sutkada 4 marta
· 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 4 marta.
Preparatni qulayroq qo‘llash uchun, xususan kichik bolalarda, uni qaynatib sovutilgan suv, bolalar ozuqasi, yoki gazlanmagan suyuqlikning oz miqdori bilan oldindan aralashtirish mumkin.
Davolash lohaslik yo‘qolgunicha davom ettiriladi.
Agar kerak bo‘lsa, Bobotikni uzoqroq vaqt davomida ishlatish mumkin.
Diagnostik muolajalarga tayyorlash:
MIY ning rentgenografik tadqiqoti:
Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozani qabul qilish kerak.:
· emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10 tomchidan (25 mg simetikon) sutkada 2 marta
· 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 2 marta
· 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 20 tomchidan (50 mg simetikon) sutkada 2 marta.
MIY ni sonografik tadqiqoti:
Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun (yoshga qarab) rentgenografik tadqiqotga tayyorlashdagi kabi preparatning xuddi shunday miqdorini qabul qilish kerak.
Tadqiqot boshlanishidan uch soat oldin dozani takrorlash kerak.
При необходимости Боботик можно применять более длительное время.
Подготовка к диагностическим процедурам:
Рентгенографическое исследование ЖКТ;
За один день до исследования следует принять утром и вечером дозу:
· грудные дети и дети до 3 лет по 10 капель (25 мг симетикона) 2 раза в сутки
· дети от 3 до 6 лет по 16 капель (40 мг симетикона) 2 раза в сутки
· дети старше 6 лет и взрослые по 20 капель (50 мг симетикона) 2 раза в сутки
Сонографическое исследование ЖКТ:
За один день до исследования следует принять утром и вечером (в зависимости от возраста) такое же количество препарата, как при подготовке к рентгенографическому исследованию.
За три часа до начала исследования дозу повторить.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)



















