Ташкент
logo
SavatKirish

Bobotik tomchilar 30ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Faol modda:Simetikon
Ishlab chiqaruvchi:AO «Ximfarm»
Teglar:Oshqozon uchun
ATX kodi:А03AХ13
132 ta dorixonada bor
Narxi 42 525 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 132 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Bobotik tomchilar 30ml o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan

Bobotik tomchilar 30ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 ml saqlaydi:

faol modda: simetikon (kremniy ikki oksidi bilan faollashtirilgan dimetikon)
66,66 mg/ml;

yordamchi moddalar: natriy saxarinati, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, natriy karmelloza, limon kislotasi monogidrati, malina xushbo‘yi, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

30 ml dan polietilen tiqin-tomchilagich va buraluvchi polietilen qopqoqli to‘q shisha flakonlarda. Yorlig‘i va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan jihozlangan flakon individual karton qutilarga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Yel haydovchi vosita. Simetikon (faollashtirilgan dimetikon) - bu trimetilsiloksil guruhlari tomonidan kremniy dioksidi bilan barqarorlashtirilgan, metillangan to‘g‘ri chiziqli siloksan polimerlarining majmuasidir. Fazalar bo‘linishi chegarasida sirt tarangligini pasaytirib, ozuqa osilmasida va meʼda-ichak yo‘llari (MIY) ning shillig‘ida gaz pufakchalarini hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Bunda ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari tomonidan yutilishi yoki peristaltika tufayli chiqarilishi mumkin. Bu og‘riqli dam bo‘lishlarni chaqiruvchi katta gazli-shilliqli konglomeratlarning hosil bo‘lishini oldini oladi.

Sono- va rentgenografiyada tasvir nuqsonlarining paydo bo‘lishini oldini oladi; kontrast plyonkani parchalanishiga to‘sqinlik qilib, yo‘g‘on ichakning shilliq qavatini kontrast preparatlar bilan yaxshi yopilishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Simetikon peroral yuborilganidan keyin MIY dan so‘rilmaydi va ahlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Kimyoviy inertligi tufayli MIY dagi mikroorganizmlar va fermentlarga taʼsir ko‘rsatmaydi. Ovqatning so‘rilishini kamaytirmaydi, meʼda shirasining reaksiyasi va hajmini o‘zgartirmaydi


Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya samaralari to‘g‘risida xabarlar yo‘q.

Barcha paydo bo‘lgan nojo‘ya samaralari, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralari to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bobotik qand saqlamaydi, qandli diabeti va ovqat hazm bo‘lishini buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.

Bobotikni qo‘llash davrida gazlangan ichimliklarni ichish tavsiya qilinmaydi.

Preparat metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saklaydi buning bilan boglik allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin (kechikishli reaksiyalar bo‘lishi mumkin).

Qo'llanilishi

MIY da kuchli gaz hosil bo‘lishi va gazlarni to‘planishi (og‘riqli sanchiqlar, qorin bo‘shlig‘ida to‘lib ketish hissi, aerofagiya, dispepsiya, meteorizm, shu jumladan operatsiyadan keyingi davrdagi, Remgeld sindromi).

·       Qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq aʼzolarining diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya - ko‘pik hosil bo‘lishini oldini olish).

·       Ikkiyoqlama kontrast tasvirni olish uchun kontrast vositalarning suspenziyasiga qo‘shimcha sifatida.

·       Yuvuvchi vositalar bilan o‘tkir zaharlanishlarda ko‘pikni so‘ndiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

simetikonga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik

·       ichakning o‘tkazmasligi

MIYning obstruktiv kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ayrim xabarlardan maʼlum bo‘lishicha, simetikon peroral antikoagulyantlarning so‘rilishini buzilishini chaqirishi mumkin.

Preparatni qabul qilish ayrim diagnostik testlar, masalan gvayak qatronini ishlatilishi bilan o‘tkaziluvchi testning natijalarini o‘zgartirishi mumkin, ammo, tezkor ureaz mesh natijalariga taʼsir kilmaydi (Helicobacter pylori diagnostikasi).

Simetikon levotiroksinni bog‘lashi mo‘mkin. Bemorlarda bir vaqtning o‘zida tiroid kasalliklarini davolash uchun Bobotik va levotiroksinni qabul qilishda levotiroksinning yemishi buziladi.

Ta'rifi

oqish yoki och kremsimon rangli, nordon-shirin taʼmli, meva hidli quyuq, tiniq bo‘lmagan suyuqlik.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Isteʼmol qilishdan oldin bir xil emulsiya olingunicha chayqatish kerak.

Preparatning dozasini aniq o‘lchash uchun, tomchilash vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak.

MIY sohasida kuchli gaz hosil bo‘lishi va gazlarni to‘planishi:

Bobotik odatda kuniga uch marta ovqatdan keyin va uyqudan oldin qo‘llanadi:

·       emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 8 tomchidan (20 mg simetikon) sutkada 4 marta

·       3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 14 tomchidan (35 mg simetikon) sutkada 4 marta

·       6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 4 marta.

Preparatni qulayroq qo‘llash uchun, xususan kichik bolalarda, uni qaynatib sovutilgan suv, bolalar ozuqasi, yoki gazlanmagan suyuqlikning oz miqdori bilan oldindan aralashtirish mumkin.

Davolash lohaslik yo‘qolgunicha davom ettiriladi.

Agar kerak bo‘lsa, Bobotikni uzoqroq vaqt davomida ishlatish mumkin.

Diagnostik muolajalarga tayyorlash:

MIY ning rentgenografik tadqiqoti:

Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozani qabul qilish kerak.:

·       emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10 tomchidan (25 mg simetikon) sutkada 2 marta

·       3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 2 marta

·       6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 20 tomchidan (50 mg simetikon) sutkada 2 marta.

MIY ni sonografik tadqiqoti:

Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun (yoshga qarab) rentgenografik tadqiqotga tayyorlashdagi kabi preparatning xuddi shunday miqdorini qabul qilish kerak.

Tadqiqot boshlanishidan uch soat oldin dozani takrorlash kerak.

При необходимости Боботик можно применять более длительное время.

Подготовка к диагностическим процедурам:

Рентгенографическое исследование ЖКТ;

За один день до исследования следует принять утром и вечером дозу:

·       грудные дети и дети до 3 лет по 10 капель (25 мг симетикона) 2 раза в сутки

·       дети от 3 до 6 лет по 16 капель (40 мг симетикона) 2 раза в сутки

·       дети старше 6 лет и взрослые по 20 капель (50 мг симетикона) 2 раза в сутки

Сонографическое исследование ЖКТ:

За один день до исследования следует принять утром и вечером (в зависимости от возраста) такое же количество препарата, как при подготовке к рентгенографическому исследованию.

За три часа до начала исследования дозу повторить.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat kimyoviy jihatdan inert va MIY da so‘rilmaydi, hozirgi vaqtgacha Bobotikning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida maʼlumotlar yo‘q.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparat homiladorlik vaqtida faqat agar ona uchun foyda, xomila uchun xavfda yuqori bo‘lganda buyurish kerak. Emizishda preparatni ko‘llash buycha maʼlumot yo‘k.

Xususiyatlar Bobotik tomchilar 30ml

Bobotik tomchilar 30ml analoglari

ESPUMIZAN 0,04 kapsulalar  N50
ESPUMIZAN 0,04 kapsulalar N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Katalent Germaniya Eberbax GmbX/ Berlin -Xemi AG
ESPUMIZAN 0,04 kapsulalar  N25
ESPUMIZAN 0,04 kapsulalar N25
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Katalent Germaniya Eberbax GmbX/ Berlin -Xemi AG
ESPUMIZAN L emulsiya 30ml
Retseptsiz
ESPUMIZAN L emulsiya 30ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Xemi AG
ANTIFLAT tabletkalari N50
ANTIFLAT tabletkalari N50
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
G. L. Pharma GmbH
•4 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
BOBOTIK tomchilar dlya priema vnutr 30ml 66,66mg/ml
Retseptsiz
BOBOTIK tomchilar dlya priema vnutr 30ml 66,66mg/ml
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Medana Pharma S.A.
•132 ta dorixonada bor
Narxi
42 525 so'm dan
KOLIN suspenziya 30ml 40mg/ml
KOLIN suspenziya 30ml 40mg/ml
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
Aversi Rational OOO
•69 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
KOLIN kapsulalar  40mg N30
KOLIN kapsulalar 40mg N30
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
Aversi Rational OOO
ESPUMIZAN kapsulalar  40mg N25
Retseptsiz
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Germaniya proizvedeno: Menarini-Von Heyden GmbH
•133 ta dorixonada bor
Narxi
29 100 so'm dan

Bobotik tomchilar 30ml savollari

Bobotik tomchilar 30ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil