BEBETON
BEBETON chiqarilish shakllari
BEBETON haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibidagi moddalarga bo'lgan yuqori sezuvchanlik.
Farmakodinamikasi
Arpabodiyon mevalarining efir moyi o'z tarkibida moddalar almashinuvini rag'batlantiruvchi va organizmni metabolizmning zararli moddalaridan bezarar tozalovchi (V1 – V3, V5, V6, V9, A va S) vitaminlarini, mikro- va makroelementlarni saqlaydi. Ichaklarda uchraydigan patogen mikroorganizmlar, spazmlar va yallig'lanish jarayonlar xavfini kamaytiradi. Bu xususiyatlar simetikon bilan kompleksda bo'lganida kuchayadi. Uning sirtqi faol xususiyati gaz xosil bo'lishini va uni bartaraf etilishini ta'minlaydi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Dori vositasi emas!
Qo'llashdan oldin mutaxassis bilan maslaxatlashish lozim.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Pediatr maslaxati bilan bolalarga ichga qabul qilish uchun ovqatdan keyin qo'llaniladi. Oldindan kam miqdorda qaynatilgan suv, bolalar ozuqasi yoki gazsiz suyuqlik bilan aralashtirish tavsiya etiladi. Qo'llashdan oldin flakonni vertikal xolatda emul'siya xosil bo'lguniga qadar chayqatish lozim.
Сhakaloklarga 1 oylikdan boshlab 2 yoshgacha 10-12 tomchidan sutkada 4 martagacha;
2 yoshdan 6 yoshgacha: 16-18 tomchidan sutkada 4 martagacha;
6 yoshdan katta bo'lgan bolalar va kattalarga: 18-20 tomchidan sutkada 4 martagacha.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













