BEBETON tomchilar 20ml N1

Meteorizmni kamaytiradigan dori.
BEBETON tomchilar 20ml N1 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Arpabodien mevalarining efir moyi-1,0 mg
Simetikon (30% li emul'siya shaklida)-40 mg
Yordamchi moddalar:
Natriy saxarinat, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, karmelloza natriy, limon kislotasi monogidrati, malina aromatizatori, tozalangan suv 20 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Arpabodiyon mevalarining efir moyi o'z tarkibida moddalar almashinuvini rag'batlantiruvchi va organizmni metabolizmning zararli moddalaridan bezarar tozalovchi (V1 – V3, V5, V6, V9, A va S) vitaminlarini, mikro- va makroelementlarni saqlaydi. Ichaklarda uchraydigan patogen mikroorganizmlar, spazmlar va yallig'lanish jarayonlar xavfini kamaytiradi. Bu xususiyatlar simetikon bilan kompleksda bo'lganida kuchayadi. Uning sirtqi faol xususiyati gaz xosil bo'lishini va uni bartaraf etilishini ta'minlaydi.
Farmakoterapevtik guruh
Meteorizmni kamaytiradigan dori.
Farmakoterapevtik ta'siri
Preparat meteorizmni davolash uchun ishlatiladi
Maxsus saqlash sharoitlari
Dori vositasi emas!
Qo'llashdan oldin mutaxassis bilan maslaxatlashish lozim.
Qo'llanilishi
Bolaning ichaklarini ishini normallashtirish, ozuqani yaxshi xazm qilish, immun tizimini kuchaytirish uchun tavsiya etiladi. Ichak sanchig'i va meteorizmni kamayishi o'z navbatida bolaning injiqligi, asabiyligi va uyqusizligini kamaytiradi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibidagi moddalarga bo'lgan yuqori sezuvchanlik.
Ta'rifi
Arpabodiyon mevalarining efir moylari ko'plab biologik faol moddalarga boy, masalan: yog 'kislotalari, vitaminlar, minerallar, terpenlar va boshqalar. Arpabodiyon mevasining efir moylarini qo'shilishi preparatning samaradorligini oshirishi mumkin, xususan: simetikonning arpabodiyon mevasining efir moylari bilan kombinatsiyasi oshqozon-ichak traktida gaz hosil bo'lishini taniqli brendlarga nisbatan 10-15% ga kamaytirishga yordam beradi. Gaz hosil bo'lishining pasayishi bilan birga, bu kombinatsiya tinchlantiruvchi (sedativ) va antibakterial ta'sir ko'rsatadi, bu esa bolalar va kattalarning holatini yaxshilaydi.
Dozirovkasi
Pediatr maslaxati bilan bolalarga ichga qabul qilish uchun ovqatdan keyin qo'llaniladi. Oldindan kam miqdorda qaynatilgan suv, bolalar ozuqasi yoki gazsiz suyuqlik bilan aralashtirish tavsiya etiladi. Qo'llashdan oldin flakonni vertikal xolatda emul'siya xosil bo'lguniga qadar chayqatish lozim.
Сhakaloklarga 1 oylikdan boshlab 2 yoshgacha 10-12 tomchidan sutkada 4 martagacha;
2 yoshdan 6 yoshgacha: 16-18 tomchidan sutkada 4 martagacha;
6 yoshdan katta bo'lgan bolalar va kattalarga: 18-20 tomchidan sutkada 4 martagacha.
Xususiyatlari
Preparat meteorizmni davolash uchun ishlatiladi



