ALMAGEL suspenziya 170ml

ALMAGEL suspenziya 170ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Algeldrat
Preparatning oz miqdori so'riladi, bu qondagi alyuminiy tuzlari kontsentratsiyasini deyarli o'zgartirmaydi. Ichak orqali chiqariladi.
Magniy gidroksidi
Magniy ionlari oz miqdorda (qabul qilingan dozaning taxminan 10%) so'riladi va qondagi magniy kontsentratsiyasini o'zgartirmaydi. Odatda mahalliy taqsimlanadi. Magniy gidroksidi ichak orqali chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Algeldrat (alyuminiy gidroksidi) va magniy gidroksidining muvozanatlashgan majmuasini namoyon qiluvchi antatsid preparat. Me’dadagi erkin xlorid kislotani neytrallaydi, pepsin faolligini pasaytiradi, bu me’da shirasining hazm qilish faolligi kamayishiga olib keladi.
O‘rab oluvchi, adsorbsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Prostaglandinlar sintezini rag‘batlantirish hisobiga me’da shilliq qavatini himoya qiladi (sitoprotektor ta’sir). Shilliq qavatni etanol, NYAQP (masalan, indometatsin, diklofenak, atsetilsalitsil kislotasi), kortikosteroidlar kabi ta’sirlovchi va ulserogen agentlar qo‘llanilishi natijasidagi yallig‘lanishli va eroziv-gemorragik shikastlanishlardan himoya qiladi.
Preparat qabul qilingandan so‘ng terapevtik samara 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi. Ta’sir davomiyligi me’daning bo‘shalish tezligiga bog‘liq. Och qoringa qabul qilinganda ta’sir 60 daqiqagacha davom etadi. Ovqatdan bir soat keyin qabul qilinganda antatsid ta’sir 3 soatgacha davom etishi mumkin. Me’da shirasining ikkilamchi gipersekretsiyasini chaqirmaydi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ehtimol - qabziyat, doza kamaytirilgandan keyin o'tib ketadi; kamdan-kam hollarda - ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon spazmi, ta'm sezishning o'zgarishi.
Asab tizimi tomonidan: buyrak yetishmovchiligi bo'lgan va dializdagi bemorlar preparatni uzoq muddat qabul qilganda, kayfiyat va aqliy faoliyatning o'zgarishi kuzatilishi mumkin.
Boshqalar: kamdan-kam hollarda - allergik reaksiyalar va gipermagniyemiya; yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda (ovqatda fosfor tanqisligi bilan birgalikda) osteomalyatsiya rivojlanishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Og'ir qabziyat bo'lgan bemorlarda, kelib chiqishi noaniq oshqozon og'rig'ida va o'tkir appenditsitga gumon qilinganda, yarali kolit, divertikulyoz, kolostomiya yoki ileostomiya, surunkali diareya, o'tkir gemorroy, organizmda kislota-ishqor muvozanati o'zgarishida, shuningdek metabolik alkaloz, jigar sirrozi, og'ir yurak yetishmovchiligi, homiladorlik toksikozi, buyrak funksiyasi buzilishlarida (KK <30 ml/min) gipermagniemiya va alyuminiy intoksikatsiyasi rivojlanishi xavfi tufayli preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda preparat uzoq muddat qo'llanilganda (20 kundan ortiq) qon zardobida magniy konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish zarur.
Preparat qand saqlamaydi, bu uni qandli diabeti bo'lgan bemorlar qabul qilishiga imkon beradi.
Preparat sorbitol saqlaydi, shuning uchun tug'ma fruktozani ko'tara olmaslikda qarshi ko'rsatilgan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Almagel® avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Tavsiya etilgan sutkalik dozada qabul qilinganda preparat tarkibidagi etanol avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (gipermagniemiya va alyuminiy intoksikatsiyasi rivojlanish xavfi tufayli);
- Altsgeymer kasalligi;
- gipofosfatemiya;
- homiladorlik;
- 10 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- tug'ma fruktoza o'zlashtira olmaslik (preparat sorbitol saqlaydi);
- faol moddalar va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ba’zi dori vositalarini adsorbsiyalashi mumkin, shu bilan ularning so‘rilishini kamaytiradi. Shuning uchun boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llaganda Almagel® va boshqa vositalarni qabul qilish o‘rtasida 1-2 soatlik oraliqqa rioya qilish zarur.
Almagel® oshqozon shirasi rN darajasini ishqoriy tomonga o‘zgartiradi, bu bir vaqtda qo‘llanilganda ko‘plab dori vositalarining ta’siriga ta’sir qilishi mumkin.
Almagel® gistamin H-blokatorlari (simetidin, ranitidin, famotidin), yurak glikozidlari, temir tuzlari, litiy preparatlari, xinidin, meksiletin, fenotiazin preparatlari, tetratsiklin qatori antibiotiklari, tsiprofloksatsin, izoniazid va ketokonazol ta’sirini kamaytiradi.
Ichakda eriydigan dori preparatlari bir vaqtda buyurilganda shuni yodda tutish kerakki, Almagel® preparatini qabul qilish natijasida oshqozon shirasi rN darajasining ko‘tarilishi ichakda eriydigan qobiqning tez parchalanishiga olib kelishi va shu bilan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining ta’sirlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Almagel® ba’zi laboratoriya va funksional tadqiqotlar va testlar natijalariga ta’sir qilishi mumkin: oshqozon shirasi kislotaliligini aniqlashda oshqozon sekretsiyasi darajasini pasaytiradi; texnetsiy (Tc) ishlatilgan testlar natijalarini, masalan, suyak ssintigrafiyasi va qizilo‘ngachni tekshirish uchun ba’zi testlarni o‘zgartiradi; qon zardobida fosfor konsentratsiyasini oshiradi, qon zardobi va siydikning rN qiymatlarini o‘zgartiradi.
Dozirovkasi
Preparat ichga qabul qilinadi. Har bir qabul qilishdan oldin flakonni chayqatib, suspenziyani yaxshilab gogenizatsiya qilish kerak.
Davolash
Preparat ovqat qabul qilgandan 45-60 daqiqa o'tgach va kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 5-10 ml (1-2 o'lchov qoshiq) dan sutkasiga 3-4 marta buyuriladi. Zarurat bo'lganda bir martalik dozani 15 ml (3 o'lchov qoshiq) gacha oshirish mumkin. 10 dan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga kattalar uchun dozaning yarmiga teng dozada buyuriladi.
Terapevtik samaraga erishilgandan so'ng sutkalik dozani 15-20 kun davomida 5 ml (1 o'lchov qoshiq) gacha sutkasiga 3-4 marta kamaytiriladi.
Almagel® preparatini qabul qilgandan keyin 15 daqiqa davomida suyuqliklar qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Profilaktika
Ta'sirlovchi ta'sirga ega dori vositalarini qabul qilishdan 15 daqiqa oldin 5-15 ml dan.
Hajm/og'irlik
ALMAGEL suspenziya 170ml o'xshash dorilari



ALMAGEL suspenziya 170ml xususiyatlari
Almagel boshqa chiqarish shakllari
ALMAGEL suspenziya 170ml analoglari




















