Apteka.uz
SavatKirish

Omeprazol

Omeprazol chiqarilish shakllari

OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N100
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Kentreck Laboratories Pvt. Ltd
•110 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N30
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•110 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  0,02g N100
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 0,02g N100
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Geeta Pharma
•12 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N30
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•110 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N30
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
•110 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OMEPRAZOL SD kapsulalar  20 mg N30
Retseptli
OMEPRAZOL SD kapsulalar 20 mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sharq Darmon, OOO
•110 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N20
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•2 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N20
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
O?zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova (upak.), Ultra Laboratories Pvt. Ltd. Indiya (proizv.)
•2 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
- Omeprazol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Omeprazolning tarkibi
- Omeprazol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Omeprazol narxi Toshkent dorixonalarida

Omeprazol haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Vena ichiga yuborish uchun Omeprazol kattalarda peroral terapiyaga muqobil sifatida quyidagi kasalliklar va holatlarning oldini olish va davolash uchun ko'rsatilgan:
  • • oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi;
  • • nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) qabul qilish bilan bog'liq oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning eroziv-yarali shikastlanishlari;
  • • stressli yaralar;
  • • simptomatik gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK), reflyuks-ezofagit;
  • • Zollinger-Ellison sindromi;
  • • umumiy anesteziya vaqtida oshqozon tarkibining nafas yo'llariga aspiratsiyasi profilaktikasi (Mendelson sindromi).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • • omeprazolga, boshqa o‘rin bosuvchi benzimidazollarga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • • nelfinavir, atazanavir, erlotinib va pozakonazolni birga qo‘llash;
  • • teshik dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash;
  • • jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klaritromitsin bilan bir vaqtda qo‘llash.
  • • 18 yoshgacha bo‘lganlar.
  • Ehtiyotkorlik bilan
  • Osteoporoz; jigar yetishmovchiligi.
  • Klopidogrel, itrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, vorikonazol, rifampitsin, teshik dalachoy asosidagi preparatlar, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish.
  • Vitamin B12 tanqisligi.
  • Taxmin qilinayotgan oshqozon yarasi fonida quyidagi simptomlar mavjudligi: tana vaznining sezilarli kamayishi, takroriy qusish, qon qusish (gemagemezis), yutishning buzilishi, qatronsimon axlat (melena) - yaraning malignizatsiyasi (xavfli o‘smaga aylanishi) mumkin (omeprazolni tayinlash simptomlarni yengillashtirishi va tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin).
  • Qo‘llash

Tarkibi

  • 1 flakon tarkibi:
  • Faol modda:
  • Omeprazol 40,0 mg
  • omeprazol natriy monogidrati ko‘rinishida 44,6 mg
  • Yordamchi moddalar:
  • Di natriy edetat 1,5 mg
  • Natriy gidroksidi 5,0 mg

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi Sog‘lom odamlarda taqsimlanish hajmi taxminan 0,3 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish - 97%. Metabolizmi Omeprazol sitoxrom P450 (CYP) tizimi ishtirokida to‘liq metabolizmga uchraydi. Asosiy qismi o‘ziga xos polimorf CYP2Ci9 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi, u asosiy metabolit -gidroksiomeprazol hosil bo‘lishi uchun javobgardir. Qolgan qismining metabolizmi CYP3A4 izofermenti tomonidan omeprazol sulfoni hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi. Metabolitlar me'dada kislota sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi. Yevropaliklarning taxminan 3% va Osiyo aholisining 15-20% CYP2Ci9 fermentining funktsional faolligi pasaygan («sekin» metabolizatorlar), bunday shaxslarda omeprazol metabolizmi asosan CYP3A-1 ishtirokida sodir bo‘ladi. Omeprazol sutkasiga 20 mg dozada ko‘p marta tayinlangandan so‘ng, o‘rtacha AUC «sekin» metabolizatorlarda CYP2Ci9 faolligi normal bo‘lgan shaxslarga qaraganda 5-10 baravar yuqori bo‘lgan. Omeprazolning maksimal konsentratsiyalari ham «sekin» metabolizatorlarda 3-5 baravar yuqori bo‘lgan. Bu farqlar omeprazolni dozalash tartibini to‘g‘irlashni talab etmaydi. Chiqarilishi Vena ichiga yuborilgandan so‘ng yarim chiqarilish davri 40 daqiqani tashkil qiladi va uzoq muddatli davolashda o‘zgarmaydi. Ichga qabul qilinganda omeprazol dozasining taxminan 80% metabolitlar shaklida buyraklar orqali, qolgan qismi ichak orqali, asosan safro bilan chiqariladi. Umumiy plazma klirensi bir martalik qabuldan so‘ng 30-40 l/soatni tashkil qiladi. Omeprazol plazmadan u yuborilgandan so‘ng bir sutka ichida to‘liq chiqariladi. Omeprazolning AUC takroriy yuborilganda oshadi. Bu o‘sish dozaga bog‘liq xususiyatga ega va jigardan «birinchi o‘tish» effekti yaqqolligining pasayishi bilan bog‘liq, bu ehtimol CYP2Ci9 fermentining omeprazol va/yoki uning metabolitlari tomonidan ingibitsiya qilinishi tufayli yuzaga keladi. Maxsus populyatsiya bemorlari Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda omeprazol metabolizmi sekinlashadi, bu AUC oshishiga olib keladi. Biroq, ushbu bemorlarda sutkasiga 1 marta odatiy dozada yuborilganda omeprazol kumulyatsiya qilmaydi. Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar Buyrak funktsiyasi pasaygan bemorlarda farmakokinetika, shu jumladan tizimli biokiraolishlik va chiqarilish tezligi o‘zgarishsiz qoladi. Keksa yoshdagi bemorlar (65 yoshdan katta) Keksa bemorlarda omeprazol metabolizmi tezligi biroz pasaygan. Bolalar Bolalarda vena ichiga yuborish uchun omeprazolni qo‘llash bo‘yicha cheklangan tajriba mavjud.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Preparatni qo'llagandan keyin nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligi JSST tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va 1/1000 va 1/10000 va
  • Qon va limfa tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - leykopeniya, trombotsitopeniya; juda kamdan-kam hollarda - agranulotsitoz, pantsitopeniya.
  • Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (isitma, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok).
  • Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: kamdan-kam hollarda - giponatriemiya; tez-tezligi noma'lum - gipomagniemiya (yaqqol gipomagniemiya fonida gipokaltsiemiya va gipokaliemiya rivojlanishi mumkin).
  • Ruhiyat tomonidan: tez-tez emas - uyqusizlik; kamdan-kam hollarda - ongning chalkashishi, qo'zg'alish holati, depressiya; juda kamdan-kam hollarda - agressivlik, gallyutsinatsiyalar.
  • Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez emas - bosh aylanishi, paresteziyalar, uyqu buzilishi (uyqusizlik, uyquchanlik); kamdan-kam hollarda - ta'm bilishning buzilishi.
  • Ko'rish a'zosi tomonidan: kamdan-kam hollarda - ko'rishning noaniqligi (xiralashishi). Og'ir hamroh kasalliklari bo'lgan bemorlarda omeprazol bilan yuqori dozali vena ichiga davolash fonida ko'rishning qaytmas buzilishi yuzaga kelishi haqida yagona xabarlar mavjud, ammo sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan.
  • Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari tomonidan: tez-tez emas - vertigo.
  • Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan: kamdan-kam hollarda - bronxospazm.
  • OHT tomonidan: tez-tez - qorinda og'riq, qabziyat, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, qusish; kamdan-kam hollarda - og'iz qurishi, stomatit, gastrointestinal kandidoz; juda kamdan-kam hollarda - dispepsiya; tez-tezligi noma'lum - mikroskopik kolit.
  • Jigar va o't yo'llari tomonidan: tez-tez emas - «jigar» fermentlari faolligining o'tkinchi oshishi; kamdan-kam hollarda - gepatit (sariqlik bilan yoki usiz); juda kamdan-kam hollarda - jigar yetishmovchiligi, oldindan jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda entsefalopatiya.
  • Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas - dermatit, teri qichishishi, eshakemi, teri toshmasi; kamdan-kam hollarda - alopetsiya, fotosensibilizatsiya; juda kamdan-kam hollarda - ko'p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); tez-tezligi noma'lum - o'tkir osti qizil yuguruk (teri shakli).
  • Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan: tez-tez emas - suyaklarning sinishi (son, bilak, umurtqa tanalari); kamdan-kam hollarda - mialgiya, artralgiya; juda kamdan-kam hollarda - mushak kuchsizligi.
  • Buyrak va siydik yo'llari tomonidan: kamdan-kam hollarda - interstitsial nefrit.
  • Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - ginekomastiya.
  • Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez emas - holsizlik, periferik shishlar; kamdan-kam hollarda - ko'p terlash.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, abdominal og‘riqlar, diareya, bosh og‘rig‘i; ayrim hollarda apatiya, depressiya, ongning chalkashishi ham qayd etilgan. Davolash: maxsus antidoti mavjud emas; davolash simptomatik; gemodializ yetarli darajada samarali emas.

Dori shaklining ta'rifi

  • Oq yoki deyarli oq liofilizatsiyalangan kukun.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Omeprazol bilan davolash fonida oshqozon shirasi kislotaliligining o‘zgarishi so‘rilish to‘liqligi muhit kislotaliligiga bog‘liq bo‘lgan boshqa dori preparatlarining (V12 vitamini, pozakonazol, erlotinib, ketokonazol, itrakonazol, digoksin, temir preparatlari) so‘rilishi pasayishiga yoki oshishiga olib kelishi mumkin. Omeprazol va nelfinavir hamda atazanavir kabi OIV-proteazalar ingibitorlari birga qo‘llanilganda ularning qon plazmasidagi konsentratsiyalari pasayishi kuzatiladi. Omeprazolni nelfinavir va atazanavir bilan birga qo‘llash mumkin emas. Omeprazolni (sutkada bir marta 20 mg) sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan digoksin bilan birga qo‘llash digoksin biokiraolishligini 10% ga oshishiga olib kelgan. Digoksin toksikligi namoyon bo‘lishi haqida kamdan-kam xabar berilgan. Biroq, keksa bemorlarga omeprazolning yuqori dozalarini tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday holda, digoksin bilan terapiya olayotgan bemorlar qattiq tibbiy nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Klopidogrel va omeprazol bir vaqtda tayinlanganda klopidogrel metaboliti faolligining pasayishi qayd etilgan. Ushbu o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati noaniq qolmoqda. Shu munosabat bilan omeprazolni klopidogrel bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pozakonazol, erlotinib, ketokonazol va itrakonazolning so‘rilishi omeprazol bilan birga qo‘llanilganda sezilarli darajada pasayadi va shuning uchun ularning klinik samaradorligi pasayishi mumkin. Omeprazolni pozakonazol, erlotinib, ketokonazol va itrakonazol bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Omeprazol CYP2S19 izofermenti ingibitori hisoblanadi, shuning uchun omeprazolni metabolizmida CYP2S19 izofermenti ishtirok etadigan varfarin va boshqa K vitamini antagonistlari, silostazol, diazepam, fenitoin kabi preparatlar bilan birga qo‘llash ushbu preparatlarning qon plazmasidagi konsentratsiyalari oshishiga olib kelishi va dozani kamaytirishni talab qilishi mumkin. Omeprazol bilan davolash boshlanganidan keyingi dastlabki haftalar davomida qon plazmasida fenitoin konsentratsiyasini nazorat qilish va agar fenitoin dozasini to‘g‘irlash amalga oshirilsa, bu nazoratni omeprazol bilan davolash tugaguncha davom ettirish tavsiya etiladi. Omeprazolni sakvinavir/ritonavir bilan birga qo‘llash qon plazmasida sakvinavir konsentratsiyasini taxminan 70% ga oshishiga olib kelgan, bu OIV bilan kasallangan bemorlarda yaxshi o‘zlashtirilish bilan kechgan. Takrolimusni omeprazol bilan birga qo‘llash uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshishiga olib kelishi xabar qilingan. Takrolimusning plazmadagi konsentratsiyasini, shuningdek buyrak funksiyasini (kreatinin klirensi) kuchaytirilgan nazorat qilish va zarurat bo‘lganda takrolimus dozasini to‘g‘irlashni amalga oshirish kerak. Metotreksat proton pompasi ingibitorlari (PPI) bilan birga qo‘llanilganda ba’zi bemorlarda qon plazmasida metotreksat konsentratsiyasining biroz oshishi kuzatilgan. Metotreksat yuqori dozalari bilan davolashda omeprazol qabul qilishni vaqtincha to‘xtatib turish kerak. Omeprazol metabolizmida CYP2S19 va CYP3A4 izofermentlari ishtirok etadi. CYP2Ciy va CYP3A4 izofermentlarini ingibitsiya qiluvchi klaritromitsin va vorikonazol kabi preparatlarni birga qo‘llash metabolizm tezligi pasayishi natijasida qon plazmasida omeprazol konsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin. Vorikonazol bilan yondosh davolash o‘tkazish omeprazol ta’sirining 2 martadan ko‘proqqa oshishiga olib keladi. Omeprazolning yuqori dozalari yaxshi o‘zlashtirilishi sababli, qoida tariqasida, omeprazol dozasini to‘g‘irlash amalga oshirilmaydi. Dozani to‘g‘irlash og‘ir jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan bemorlarda va u uzoq muddat qo‘llanilganda talab qilinishi mumkin. CYP2Ci9 va CYP3A4 izofermentlarini induksiya qiluvchi rifampitsin va teshik dalachoy preparatlari kabi dori preparatlari omeprazol bilan birga qo‘llanilganda metabolizmni tezlashtirish hisobiga uning konsentratsiyasi pasayishiga olib kelishi mumkin. Omeprazol klaritromitsin yoki eritromitsin bilan birga qabul qilinganda qon plazmasida omeprazol konsentratsiyasi oshadi. Omeprazolni amoksitsillin yoki metronidazol bilan birga qabul qilish qon plazmasida omeprazol konsentratsiyasiga ta’sir qilmaydi. Omeprazolning quyidagi dori vositalariga ta’siri aniqlanmagan: antatsid vositalar, teofillin, kofein, xinidin, lidokain, propranolol, etanol.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OMEPRAZOL

OMEPRAZOLUM

Preparatning savdo nomi: Omeprazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): omeprazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: omeprazol – 20 mg.

pelletning yordamchi moddalari: kalsiy karbonati, kaliy gidrofosfati (ikki almashingan kaliy fosfati), gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza), mannitol, qand upasi [saxaroza, kraxmal patokasi] (qand pelletlari), qand qiyomi [saxaroza, suv], makrogol-6000 (polietilenglikol-6000), povidon-K30 (polivinilpirrolidon-K30), natriy gidroksidi, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi, polisorbat-80 (tvin-80).

Pellet qobig‘ining tarkibi: metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri (akril qobig‘i L30D).

Jelatin kapsulaning tarkibi: titan dioksidi, jelatin, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (sariq xinolin), sariq shafaq bo‘yovchisi (shafaq-sariq), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi.

Ta‘rifi: oq korpusli, sariq qopqoqli №2 jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq sferik shaklli pelletlar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da bezlari sekresiyasini pasaytiruvchi vositalar (proton nasosi ingibitori).

ATX kodi: A02VS01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Omeprazol – me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparat bo‘lib, N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza fermentining ingibitoridir. Me‘daning parietal xujayralarida N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza (N+/K+-adenozintrifosfat) – (ATF)-faza, ya‘ni “proton nasosi”) faolligini tormozlaydi, shu yo‘l bilan vodorod ionlarini o‘tkazilishini va me‘dada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Omeprazol olddori hisoblanadi. Parietal xujayralar kanalchalarining kislotali muhitida omeprazol sulfenamid faol metabolitiga aylanadi, u disulfid ko‘prikcha hisobiga membrananing N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-fazasi bilan birikib, uni ingibisiya qiladi. Bu bilan sulfenamid hosil bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan muhit aynan parietal xujayralarga omeprazolni tanlab ta‘sir qilishi bilan tushuntiriladi. Omeprazolni sulfenamidga biotransformasiyasi tez (2-4 minut o‘tgach) amalga oshadi. Sulfenamid kation hisoblanadi va so‘rilmaydi.

Omeprazol xlorid kislotasining bazal va har qanday ta‘sirlovchi yordamida rag‘batlantirilgan sekresiyasini yakuniy bosqichida susaytiradi. Me‘da sekresiyasining umumiy xajmini kamaytiradi va pepsinni ajralib chiqishini susaytiradi. Omeprazolda gepatoprotektor faollik aniqlangan, uning mexanizmi noma‘lum. Kaslaning ichki omilini ishlab chiqarilishi va ovqat massasini me‘dadan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish tezligiga ta‘sir qilmaydi. Omeprazol asetilxolin va gistamin reseptorlari ta‘sir qilmaydi.

Omeprazol kapsulalari qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar saqlaydi, omeprazolni asta-sekin ajralib chiqishi va ta‘sirini boshlanishi qabul qilgandan 1 soatdan keyin boshlanadi, 2 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat va undan ko‘proq saqlanadi. 20 mg preparatni bir marta qabul qilgandan keyin maksimal sekresiyani 50% ga ingibisiya qilishi 24 soat davom etadi.

Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi me‘da sekresiyasini tez va samarali susayishini ta‘minlaydi, u 4 kun davolashdan keyin maksimumga erishadi. O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish me‘da ichida rN=3,0 ni 17 soat davomida tutib turadi. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan keyin sekretor faollik 3-5 sutka o‘tgach to‘liq tiklanadi.

Omeprazolning antibakterial preparatlar bilan birga ta‘siri Helicobacter pylori ning eradikasiyasiga olib keladi, bu kasallik simptomlarni tez bartaraf etish, shikastlangan shilliq qavatni yuqori darajada bitishi, barqaror uzoq muddatli remissiyaga erishish va me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkonini beradi, shuningdek uzoq vaqt davolash zarurati bartaraf etiladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshdagi odamlarda va jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ortadi, buyrak funksiyasini yetishmovchiligi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me‘daning parietal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-95% (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein).

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Keksa yoshdagi pasientlarda chiqarilish kamayadi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalar

  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori chaqirgan (majmuaviy davolash tarkibida);
  • gastroezofagel reflyuks kasalligi, reflyuks-ezofagit, shu jumladan, eroziv (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda);
  • gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me‘da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastositoz);
  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish chaqirgan me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni eroziv-yarali shikastlanishida qo‘llanadi.

Bolalar

  • 2 yoshdan oshgan bolalarda gastroezofagel reflyuks kasalligi.
  • 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi.

Kattalar

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni og‘ir darajali kechishi bo‘lgan pasientlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi.

O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me‘da yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi.

Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi ko‘pgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani to‘liq chandiqlanishi amalga oshmagan pasientlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me‘da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati bo‘lganida dazani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga bo‘linadi).

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 1 g, klaritromisin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromisin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksisillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida: omeprazol 20-40 mg va amoksisillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromisin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksisillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) o‘tkaziladi.

Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (og‘ir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak funksiyasini buzilishida va keksa yoshdagi pasientlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

2 yoshdan oshgan bolalarda (tana vazni 20 kg dan yuqori) gastroezofageal reflyuks kasalligida 20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 1 marta 40 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi 4-8 xaftani tashkil etadi. 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida (majmuaviy davolash tarkibida):

Tana vazni 15-30 kg bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 10 mg, amoksisillin 25 mg/kg, klaritromisin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta (bunda kapsula ichidagisi 50 ml ichimlik suviga qo‘shiladi, aralashtiriladi, yarmi o‘lchanadi va bolaga beriladi);

Tana vazni 31-40 kg bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 750 mg, klaritromisin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta;

Tana vazni 40 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 1000 mg, klaritromisin 500 mg – sutkada 2 marta buyuriladi.

Butun kapsulani yutish bilan bog‘liq muammolar bo‘lganida uni ochib ichidagisini yutish yoki kapsulani shimish, shuningdek kapsula ichidagisini nordon suyuqlik (sharbat, yogurt) bilan aralashtirish va hosil bo‘lgan suspenziyani 30 minut davomida ishlatish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Noxush nojo‘ya reaksiyalarning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha tasnifi

Juda tez-tez – 1/10 buyurishlar (≥10%); tez-tez – 1/100 buyurishlar (≥1%, <10%); tez-tez emas – 1/1000 buyurishlar (≥0,1%, <1%); kam hollarda – 1/10000 buyurishlar (≥0,01%, <0,1%); juda kam hollarda (shu jumladan alohida holatlar) – 1/10000 dan kam (<0,01%).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm (ko‘pgina hollarda sanab o‘tilgan ko‘rinishlarning yaqqolligi davolash davom ettirilganda oshib boradi); tez-tez emas – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi (qaytuvchan xarakterda); kam hollarda – mikroskopik kolit, til rangini jigarrang-qora ranggacha o‘zgarishi va klaritromisin bilan bir vaqtda qo‘llaganda so‘lak bezlarining xavfsiz kistalarini paydo bo‘lishi (ko‘rinishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘q bo‘ladi); juda kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, stomatit, kandidoz, pankreatit, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan kechuvchi), jigar funksiyasini buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xolsizlik (uzoq vaqt davolaganda og‘irlashadi); tez-tez emas – bosh aylanishi, uyqusizlik, vertigo; kam hollarda – paresteziya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, ayniqsa keksa pasientlarda yoki kasallik og‘ir kechganda; juda kam hollarda – bezovtalik, qo‘zg‘alish, depressiya, ayniqsa keksa pasientlarda yoki kasallik og‘ir kechganda, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda – ensefalopatiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishlari, shu jumladan ko‘rish maydonini qisqarishi, ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish aniqligini pasayishi, eshitishni buzilishi, shu jumladan “quloqlarda shang‘illash” (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi); kam hollarda – ta‘m bilishni buzilishi (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – umurtqa pog‘onasi, bilak suyaklari, son suyagi boshchasini sinishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang); kam hollarda – mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda – mushak kuchsizligi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: bolalarda gixrom mikrositar anemiya; juda kam hollarda – qaytuvchan trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, pansitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – eshakemi, teri toshmasi va/yoki qichishishi, fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli eritema, alopesiya, ko‘p terlash; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – toshma, angionevrotik shish, tana haroratini oshishi, isitma, bronxospazm, allergik vaskulit, anafilaktik reaksiyalar/shok.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – interstisial nefrit.

Boshqalar: tez-tez emas – periferik shish (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi), kam hollarda – lohaslik, giponatriemiya; juda kam hollarda – ginekomastiya; tez-tezligi noma‘lum – gipomagniemiya (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Omeprazol yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya; atanazanavir, dalachoy, erlotinib va pozakonazol bilan bir vaqtda qabul qilish; jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda klaritromisin bilan bir vaqtda qo‘llash.

2 yoshdan kichik va/yoki tana vazni 20 kg dan kam bo‘lgan bolalar (gastroezofageal reflyuks kasalligini davolaganda).

4 yoshdan kichik bolalar (Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolaganda).

Gastroezofageal reflyuks kasallik va Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligidan tashqari barcha ko‘rsatmalar uchun 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan.

Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; osteoporoz; klaritromisin, klopidogrel, intrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, vorikonazol, rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ketokonazolning so‘rilishi pasayishi mumkin.

Me‘da shirasining kislotaligini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi omeprazol bilan davolash ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va ergotinibning so‘rilishini pasayishiga, shuningdek digoksin kabi preparatlarning so‘rilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Sutkada 1 marta 20 mg dozada omeprazol va digoksinni birga qabul qilish digoksinning biokiraolishligini 10% ga oshiradi (20% pasientlarda digoksinning biokiraolishligi 30% gacha oshgan).

Omeprazol uzoq vaqt davolaganda V12 vitaminining so‘rilishini pasaytirishi mumkin.

Yaqqol klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri tufayli, omeprazolni dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Omeprazolni klaritromisin yoki eritromisin bilan birga qabul qilinganda omeprazolning qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshadi.

Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda atanazavirning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon 75% ga kamayadi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Omeprazol sitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, varfarin, klomipramin, sitalopram, geksabarbital, disulfiram (sitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning konsentrasiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin.

Metotreksatni proton pompa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ayrim pasientlarda qon plazmasida metotreksatning konsentrasiyasini ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Metotreksatning yuqori dozalari bilan davolaganda omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Omeprazolni amoksisillin yoki metronidazol bilan bir vaqtda qabul qilish omeprazolning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Omeprazolni kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin, fenasetin, budesonid, antasidlar, estradiol bilan birga qo‘llaganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni (ayniqsa me‘da yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblab, to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Me‘da kislotaligini pasayishi, shu jumladan proton pompa blokatorlarini qo‘llaganda me‘da-ichak yo‘llarida bakteriyalarning soni oshadi, bu me‘da-ichak infeksiyalarini yuzaga kelishini oshiradi. Xlorid kislotasi sekresiyasini pasayishi oqibatida xromogranin A (CgA) konsentrasiyasini oshiradi. Qon plazmasida CgA konsentrasiyasini oshishi neyroendokrin o‘smalarni aniqlash yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu ta‘sirni oldini olish uchun CgA konsentrasiyasini aniqlash tekshiruvini o‘tkazishdan 5 kun oldin omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Jigar funksiyasini yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda omeprazol preparati bilan davolash vaqtida “jigar” fermentlari ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak.

Preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uglevod almashinuvining tug‘ma buzilishlari (fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

NYAQP ni qabul qilish bilan bog‘liq eroziv-yarali shikastlanishlarni davolaganda yaraga qarshi davolashning samaradorligini oshirish uchun NYAQP bilan davolashni cheklash yoki to‘xtatish masalasini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish kerak.

Preparat natriy saqlaydi, buni natriy nzoratlangan parhezga rioya qilayotgan pasientlarda e‘tiborga olish kerak. Omeprazol preparati bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi uzoq vaqt (1 yil ko‘p) davolashning fosla va xavfini muntazam baholash kerak. Asosan keksa pasientlarda, shuningdek moyil omillari bo‘lgan pasientlarda umurtqa, bilak suyaklari, son suyagini sinishlari yuzaga kelishi xavfini oshishi haqida ma‘lumotlar bor. Osteoporoz rivojlanishi xavfi bo‘lgan pasientlarda D vitamini va kalsiyni adekvat iste‘mol qilishini ta‘minlash kerak.

Proton nasos ingibitorlari, shu jumladan omeprazol bilan uzoq vaqt davolanayotgan pasientlarda, ayniqsa digoksin yoki qon plazmasida magniyning darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilganda magniyning darajasini muntazam nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Tadqiqot natijalari homiladorlikni kechishi, homilani va yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘iga noxush ta‘siri yo‘qligini namoyish etadi. Omeprazolni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin. Omeprazol ko‘krak suti bilan ajraladi, lekin terapevtik dozalarda qo‘llanilganda bolaga ta‘sir ko‘rsatishining ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqliligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i.

Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas.

Spesifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 20 mg.

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.

3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Omeprazol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Omeprazol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
6 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
10 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
10 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
10 000 so'm
Bron qilish

Omeprazol haqida savollar

Omeprazol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil