Apteka.uz
SavatKirish

Omitoks

Omitoks chiqarilish shakllari

OMITOKS kapsulalar  20mg N30
Retseptli
OMITOKS kapsulalar 20mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
- Omitoks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Omitoksning tarkibi
- Omitoks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Omitoks narxi Toshkent dorixonalarida

Omitoks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga boʼlgan yuqori sezuvchanlik, bolalik yoshi, homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Ferment N+K+ АTF-azani ("proton nasosi") meʼdani parietal hujayralarida ingibitsiya qiladi va shu bilan xlorid kislotasi sintezini yakuniy bosqichini bloklaydi. Bu qoʼzgʼatuvchini tabiatidan qaʼtiy nazar, bazal va ragʼbatlantirilgan sekretsiya darajasini pasayishiga olib keladi. Preparat ichga bir marta qabul qilinganidan keyin, omeprazolni taʼsiri birinchi soat davomida boshlanadi va 24 soat davom etadi, samarasining maksimumiga 2 soatdan keyin erishiladi. Oʼn ikki barmoq ichak yarasi boʼlgan bemorlarda 20 mg omeprazol qabul qilish, meʼda ichidagi rN ni - 3 da 17 soat davomida tutib turadi. Preparat qabul qilish toʼxtatilganidan keyin, sekretor faollik 3-5 sutka oʼtgach toʼliq tiklanadi.

Farmakokinetikasi

Omeprazol meʼda-ichak yoʼllaridan tez soʼriladi, plazmada kontsentratsiyasini choʼqisiga 0,5-1 soatdan soʼng erishiladi. Biokiraolishligi 30-40% tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bogʼlanishi 90% ga yetadi. Omeprazol amalda toʼliq jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 0,5-1 soat. Аsosan buyraklar orqali metabolitlari koʼrinishida chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi. Keksa patsientlarda chiqarilishi kamayadi, biokiraolishligi oshadi. Jigar yetishmovchiligida biokiriolishligi – 100% tashkil qiladi, yarim chiqarilish davri – 3 soat.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qabul qilishdan saqlanish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish belgilari: koʼrishni buzilishi, uyquchanlik, asabiylashish, ongni chalkashishi, bosh ogʼrigʼi, koʼp terlash, ogʼizni qurishi, koʼngil aynish, aritmiya. Spetsifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik. Gemodializ – yetarlicha samarali emas.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolashni boshlashdan oldin xavfli jarayon borligini mustasno qilish kerak (ayniqsa meʼda yarasida), chunki davolash belgilarini niqoblab, toʼgʼri tashxis qoʼyishni orqaga surishi mumkin.
Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish uni samaradorligiga taʼsir qilmaydi.
Butun kapsulani yutishda qiyinchiliklar tugʼiladigan boʼlsa, uni ichidagisini ochgandan keyin yoki kapsula soʼrilganidan keyin yutish mumkin, shuningdek kapsula ichidagisini biroz nordonlangan suyuqlik (sharbat, yogurt bilan) aralashtirish va olingan suspenziyani 30 minut davomida ishlatish mumkin.
Ogʼir jigar yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarda sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak.
Xomiladorlik va laktatsiya davri
Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qabul qilishdan saqlanish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Omeprazolni 20 mg dozada sutkada 1 marta uzoq muddat kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propronalol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va ekstradiol bilan kombinatsiyada qoʼllash plazmada ularni kontsentratsiyasini oʼzgarishiga olib kelmaydi.
Bir vaqtda qabul qilingan antatsidlar bilan oʼzaro taʼsiri aniqlangan.
Soʼrilishi rN qiymatiga bogʼliq boʼlgan har qanday preparatni biokiraolishligini oʼzgartiradi (masalan, temir tuzlarini).

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga koʼp boʼlmagan miqdordagi suv bilan ichiladi (kapsula ichidagisini chaynash mumkin emas).
Zoʼrayish bosqichidagi oʼnikki barmoq ichakni yara kasalligi - sutkada 20 mg dan 2-4 xafta davomida (rezistent xollarda sutkada 40 mg gacha). 
Zoʼrayish bosqichidagi meʼda yara kasalligi va eroziv-yarali ezofagit - sutkada 20-40 mg 4-8 xafta davomida.
NYaQP qabul qilish chaqirgan meʼda va oʼnikki barmoq ichakni eroziv - yarali shikastlanishlari-sutkada 20 mg dan 4-8 xafta davomida.
Helicobacter pylori eradikatsiyasi - sutkada 2 marta 20 mg dan 7 kun davomida antibakterial vositalari bilan birgalikda.
Meʼda va oʼnikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishiga qarshi davolash - sutkada 10-20 mg dan.
Reflyuks - ezofagitni qaytalanishiga qarshi davolash - sutkada 20 mg dan uzoq vaqt davomida (6 oygacha).
Zollinger-Ellison sindromi - meʼda sekretsiyasini dastlabki darajasiga qarab doza shaxsiy tanlanadi, odatda sutkada 60 mg dan boshlab. Zarurati boʼlganida doza sutkada 
80-120 mg gacha koʼpaytiriladi, bu xolda uni 2 qabulga boʼlinadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Omitoks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Omitoks haqida savollar

Omitoks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil