Apteka.uz
SavatKirish

Maaloks

Maaloks chiqarilish shakllari

MAALOKS suspenziya 15ml N30
Retseptli
MAALOKS suspenziya 15ml N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis France, Fransiya proizvedeno: Pharmatis
•9 ta dorixonada bor
Narxi
355 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 15ml N30
MAALOKS suspenziya 15ml N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Farmatis
•9 ta dorixonada bor
Narxi
355 000 so'm dan
MAALOKS tabletkalari N20
Retseptsiz
MAALOKS tabletkalari N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis S.p.A.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
86 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 250ml
MAALOKS suspenziya 250ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis France, Fransiya proizvedeno: Sanofi Aventis S.p.A.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
214 900 so'm dan
MAALOKS chaynaladigan tabletkalar N20
MAALOKS chaynaladigan tabletkalar N20
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
86 000 so'm dan
MAALOKS suspenziya 250ml
MAALOKS suspenziya 250ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
214 900 so'm dan
- Maaloks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Maaloksning tarkibi
- Maaloks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Maaloks narxi Toshkent dorixonalarida

Maaloks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Italiya,
Germaniya,
Frantsiya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Zo'rayish bosqichidagi oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi. O'tkir gastroduodenit, zo'rayish bosqichidagi normal yoki yuqori sekretor funktsiyali surunkali gastroduodenit. Diafragma qizilo'ngach teshigi churrasi, reflyuks-ezofagit. - Parhez buzilishi, etanol, kofe, nikotin va h.k.ni ortiqcha iste'mol qilishdan keyingi epigastriyadagi noqulaylik yoki og'riqlar, zarda, kislotali kekirish kabi dispeptik holatlar, - Ba'zi dori vositalarini (nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, glyukokortikosteroidlar va b.) qo'llash natijasida yuzaga keladigan epigastriyadagi noqulaylik yoki og'riqlar, zarda, kislotali kekirish kabi dispeptik holatlar (va ularning oldini olish).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi. ? Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. ? Gipofosfatemiya. ? Fruktozani o‘zlashtira olmaslik (preparat tarkibida sorbitol mavjudligi sababli). ? Glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli). ? 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.

Tarkibi

  • 1 tab. algeldrat (gidratlangan alyuminiy oksidi shaklida) 400 mg, ?bu alyuminiy oksidi 200 mg miqdoriga mos keladi magniy gidroksidi 400 mg Yordamchi moddalar: suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), maltitol, magniy stearati, limon aromatizatori (ta'm va hid beruvchi preparatlar, tabiiy ta'm va hid beruvchi moddalar, akatsiya yelimi (E414), limon kislotasi (E330), butilgidroksianizol (E320)), natriy saxarinat, glitserol 85%, talk. algeldrat (gidratlangan alyuminiy oksidi ko‘rinishidagi alyuminiy gidroksidi) 460 mg, bu alyuminiy oksidi 230 mg miqdoriga mos keladi magniy gidroksidi 400 mg Yordamchi moddalar: saxaroza (64% eritma), suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), ksantan yelimi, guar, tabiiy limon-laym aromatizatori, natriy xlorid. algeldrat (alyuminiy gidroksidi) 3.5 g magniy gidroksidi 4 g Yordamchi moddalar: kontsentrlangan xlorid kislotasi, limon kislotasi monogidrati, yalpiz efir moyi, mannitol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy saxarin, sorbitol 70% (kristallanmaydigan), vodorod peroksidi 30%, tozalangan suv algeldrat (alyuminiy gidroksidi) 525 mg magniy gidroksidi (gel shaklida) 600 mg Yordamchi moddalar: kontsentrlangan xlorid kislotasi, limon kislotasi monogidrati, yalpiz efir moyi, mannitol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy saxarin, sorbitol 70% (kristallanmaydigan), vodorod peroksidi 30%, tozalangan suv. Magniy gidroksidi - 400 mg; Algeldrat* (gidratlangan alyuminiy oksidi ko‘rinishida) - 400 mg (200 mg alyuminiy oksidiga ekvivalent). * - alyuminiy gidroksidi Yordamchi moddalar: saxarozali kraxmal (qandolatchilik qandi), sorbitol, mannitol, magniy stearati, yalpiz aromatizatori, natriy saxarinat, saxaroza.

Farmakokinetikasi

Magniy va alyuminiy gidroksidlari mahalliy ta'sirga ega antatsidlar hisoblanadi, tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda deyarli absorbtsiya qilinmaydi va mos ravishda tizimli ta'sirlar ko‘rsatmaydi.

Farmakologik ta'siri

Maaloks® mini tizimli ta'sir ko'rsatmaydi antatsid vosita hisoblanadi. Uning antatsid qobiliyati mini-paket uchun 20 mekv. H+ ga teng [Rosset-Rays (Rosset-Rice) usuli bo'yicha in vitro aniqlash]. Preparat erkin xlorid kislotani neytrallaydi, xlorid kislotaning ikkilamchi giperseksretsiyasini keltirib chiqarmaydi. U qabul qilinganda pH oshishi munosabati bilan oshqozon shirasining peptik faolligi pasayadi. Shuningdek adsorbsiyalovchi va o'rab oluvchi ta'sirga ega, ular tufayli oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatiga shikastlovchi omillar ta'siri kamayadi. Maaloks® mini jig'ildon qaynashini bir necha soatga bartaraf etish yoki susaytirish qobiliyatiga ega. Oshqozon-ichak trakti motorikasiga ta'siri bo'yicha tarkibi muvozanatlanganligi tufayli Maaloks® mini odatda qabziyatni keltirib chiqarmaydi. Magniy gidroksidi va algeldrat rentgen nurlarini o'tkazadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilinganda nojo'ya ta'sirlar kamdan-kam uchraydi. Noxush nojo'ya ta'sirlar rivojlanish tez-tezligini ko'rsatish uchun Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining quyidagi tasnifi qo'llaniladi: - tez-tez emas >0,1 % va

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: alyuminiy gidroksidi va magniy tuzlari kombinatsiyasining o‘tkir doza oshib ketish belgilari diareya, qorinda og‘riq va qusishni o‘z ichiga oladi. Xavf guruhidagi bemorlarda preparatning yuqori dozalarini qabul qilish ichak obstruksiyasi yoki ichak tutilishini keltirib chiqarishi yoki kuchaytirishi mumkin («Ehtiyotkorlik bilan» bo‘limiga qarang). Davolash: Alyuminiy va magniy siydik bilan chiqariladi. O‘tkir doza oshib ketishini davolash yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash va majburiy diurez yordamida amalga oshiriladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish zarur.

Dori shaklining ta'rifi

  • Oqdan och-sariq ranggacha bo'lgan gomogen suspenziya. Ichish uchun suspenziya Ichish uchun suspenziya oqdan och-sariq ranggacha, gomogen Chaynash tabletkalari Chaynash tabletkalari (shakarsiz) oqdan sarg'ish ranggacha, arzimas marmarlik bilan, dumaloq, yassi-tsilindrik, faskali, bir tomonida "MAALOX" va ikkinchi tomonida "sans sucre" gravirovkasi bo'lgan, limon hidli.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

- Xinidin bilan: Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda zardobda xinidin konsentratsiyalari oshishi va xinidin dozasini oshirib yuborish rivojlanishi mumkin. - H2-gistamin reseptorlari blokatorlari, propranolol, atenolol, sefdinir, sefpodoksim, metoprolol, xloroxin, prostasiklinlar, diflunisal, digoksin, bisfosfonatlar, etambutol, izoniazid, ftorxinolonlar, natriy ftoridi, glukokortikosteroidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta’riflangan), indometatsin, ketokonazol, linkozamidlar, fenotiazin neyroleptiklari, penitsillamin, rosuvastatin, temir tuzlari, levotiroksin bilan. Maaloks® mini preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarning oshqozon-ichak traktida so‘rilishi pasayadi. Ushbu preparatlar va Maaloks® mini preparatini qabul qilish o‘rtasida 2 soatlik interval va ftorxinolonlar hamda Maaloks® mini preparatini qabul qilish o‘rtasida 4 soatlik interval bo‘lganda, ko‘p hollarda ushbu istalmagan o‘zaro ta’sirning oldini olish mumkin. - Polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan: Maaloks® mini preparatini polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan birga qo‘llashda smola bilan kaliy bog‘lanishi samaradorligi pasayishi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi uchun) metabolik alkaloz va ichak tutilishi (alyuminiy gidroksidi uchun) rivojlanishi xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. - Sitratlar bilan: Alyuminiy gidroksidini sitratlar bilan kombinatsiya qilinganda plazmada alyuminiy konsentratsiyalari oshishi mumkin, xususan, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAALOKS®

MAALOX®

Preparatning savdo nomi: Maaloks®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): algeldrat + magniy gidroksidi

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

100 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: magniy gidroksidi (gel ko‘rinishida) – 4,00 g; alyuminiy gidroksidi (gel ko‘rinishida) – 3,50 g;

yordamchi moddalar: 10% xlorid kislotasi, limon kislotasi monogidrati, qalampir yalpiz efir moyi, mannitol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy saxarinati, 70% li sorbitol, 30% li vodorod peroksidi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, yalpiz hidli sutni eslatuvchi suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun vosita (antasid).

ATX kodi: A02AX.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi me‘da shirasining erkin xlorid kislotasini, uning ikkilamchi gipersekresiyasini chaqirmay neytrallaydi. Bundan tashqari, Maaloks® preparati qabul qilinganida me‘da shirasining rN ni oshishi, me‘da shirasidagi pepsinning faolligini pasayishiga olib keladi. Preparat shuningdek adsorbsiyalovchi va o‘rab oluvchi ta‘sirga ega, ular tufayli qizilo‘ngach va me‘daning shilliq qavatiga shikastlovchi omillarning ta‘siri kamayadi.

Farmakokinetikasi

Magniy gidroksidi va alyuminiy gidroksidi mahalliy ta‘sirga ega antasidlar hisoblanadi. Kam so‘rilishi tufayli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi.
  • O‘tkir gastroduodenit, zo‘rayish bosqichidagi normal yoki yuqori sekretor faoliyatli surunkali gastroduodenit.
  • Diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi, reflyuks-ezofagit.
  • Diskomfort, gastralgiya, jig‘ildon qaynashi (alkogol, kofe, nikotinni xaddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish, dorilarni qabul qilish, parhezdagi buzilishlari keyingi) kabi dispeptik holatlar.
  • Parhezdagi buzilishlar, spirtli ichimliklar, kofe, nikotin va hokazolarni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilishdan keyingi diskomfort yoki epigastriyada og‘riq, jig‘ildon qaynashi, nordon kekirishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar: 15 ml (1 osh qoshiq) dan sutkada 3-4 marta ovqatdan keyin va kechasiga buyuriladi. Doza sutkada 6 osh qoshiqdan oshmasligi lozim.

Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqtdan so‘ng qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 oydan oshmasligi kerak. Epizodik qo‘llanganida (masalan, parhezdagi xatoliklardan keyingi diskomfortda) 15 ml dan bir marta qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilinganida nojo‘ya samaralari kam uchraydi.

Nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanishining uchrash tez-tezligini belgilash uchun quyidagi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining tasnifi qo‘llaniladi:

  • kam tarqalgan: ≥0,1% va <1%;
  • tarqalish tez-tezligi noma‘lum (keltirilgan ma‘lumotlarga ko‘ra uchrash tez-tezligini baholash imkoniyati yo‘q).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Uchrash tez-tezligi noma‘lum: qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiya kabi gipersezuvchanlik reaksiyalari.

Me‘da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qabziyat, diareya.

Moddalar almashinuvini va oziqlanishni buzilishlari

Uchrash tez-tezligi noma‘lum: gipermagniemiya, giperalyuminemiya, gipofosfatemiya (uzoq muddat qo‘llanganida yoki yuqori dozalarda qabul qilinganida, ayniqsa ovqatda fosfatlarning miqdori past bo‘lsa), bu esa o‘z o‘rnida suyak to‘qimasining rezorbsiyasiga, giperkalsiuriya va osteomalyasiyaga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
  • Preparatning faol moddalariga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik (preparatning tarkibida sorbitol borligi tufayli).
  • 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.
  • Gipofosfatemiya.

Ehtiyotkorlik bilan

  • Alyuminiy gidroksidi qabziyatni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, magniy tuzlarining dozasini oshirib yuborish ichak peristaltikasini susayishiga olib kelishi mumkin; yuqori xavfli guruh bemorlarda (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, keksa yoshli bemorlar) preparatni yuqori dozalarda qabul qilish ichaklar obstruksiyasi va ichak tutilishini keltirib chiqarishi mumkin.
  • Alyuminiy gidroksidi me‘da-ichak yo‘llarida yomon so‘riladi, shuning uchun buyrak faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda kamdan-kam hollarda tizimli ta‘sir etadi. Uzoq muddat davolash, preparatni haddan tashqari katta dozalarda qo‘llash yoki normal dozalarda ovqatda fosfatlarning miqdori past bo‘lgan holatlar bilan birga qo‘llash (fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi), bu esa suyak to‘qimasini rezorbsiyasini va osteomalyasiya xavfini rivojlantiruvchi giperkalsiyuriyani kuchaytirishi mumkin. Fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni davolashda yoki preparatni uzoq muddat davomida qo‘llashni albatta tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazish kerak.
  • Buyrak yetishmovchiligida uzoq vaqt qabul qilinganida magniy va alyuminiyning plazmadagi konsentrasiyalari oshishi mumkin. Bu pasientlarda preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida ensefalopatiya, demensiya, mikrositar anemiyasi yoki dializ orqali chaqirilgan osteomalyasiyani chuqurlashishi rivojlanishi mumkin.
  • Gemodializdagi porfiriyasi bo‘lgan pasientlarda; homiladorlik va emizish davrida («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi» ga qarang).
  • Alsgeymer kasalligida.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xinidin bilan

Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida xinidinning zardobdagi konsentrasiyalarini oshishi va xinidinning dozasi oshirib yuborilishi mumkin.

N2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, propranolol, atenolol, sefdinir, sefpodoksim, metoprolol, xloroxin, prostasiklin, diflunisal, digoksin, bisfosfonatlar, etambutol, izoniazid, ftorxinolon, natriy ftoridi, glyukokortikosteroidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta‘riflangan), indometasin, ketokonazol, linkozamidlar, fenotiazin neyroleptiklari, penisillamin, rozuvastatin, temir tuzlari, levotiroksin

Maaloks® bilan bir vaqtda qabul qilinganida yuqorida keltirilgan preparatlarning me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilishi pasayadi. Maaloks® preparati va bu preparatlarni qabul qilish orasidagi 2 soatlik interval va Maaloks® preparati bilan ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi 4 soatlik interval bo‘lganida ko‘pchilik hollarda ushbu noxush o‘zaro ta‘sirga yo‘l qo‘yilmaslik mumkin.

Polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan

Maaloks® preparatini polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan bir vaqtda qabul qilinganida kaliyni qatron bilan bog‘lanish ta‘sirini susayish ehtimoli borligi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda metabolik alkaloz rivojlanishi (alyuminiy gidroksid va magniy gidroksid uchun) hamda ichak obstruksiyasi (alyuminiy gidroksid uchun) rivojlanishini oldini olish maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim.

Sitratlar bilan

Alyuminiy gidroksidi sitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida alyuminiyning plazmadagi konsentrasiyalari, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda oshishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Maaloks® preparati va boshqa preparatlarni qo‘llash orasidagi 2 soatlik intervalga va Maaloks® preparati va ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi intervalga rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishlarida Maaloks® preparatini uzoq vaqt buyurishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Alyuminiy gidroksidi ovqatda fosfatlarning miqdori kam bo‘lganida organizmda fosfat yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun alyuminiy gidroxloridi qo‘llanganida fosfatlarni ovqat bilan yetarli miqdorda tushishini ta‘minlash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Hayvonlarda alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidida teratogen samarani borligiga oid aniq ko‘rsatmalar olinmagan. Maaloks® preparati homiladorlik vaqtida ishlatilganida hozirgi vaqtda xech qanday spesifik teratogen samaralari aniqlanmagan, biroq, klinik tajribaning yetarli emasligi tufayli, uni homiladorlik vaqtida faqat, agarda ona uchun uni qo‘llashdan olinadigan potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Yo‘riqnoma asosida qo‘llanilganda alyuminiy gidroksid va magniy tuzlarining majmuasini onada so‘rilishi chegaralangan, shunga ko‘ra Maaloks® preparatini qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish talab qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Alyuminiy gidroksidi va magniy tuzlarining majmuasining o‘tkir dozasini oshirib yuborish holatlarida diareya, qorindagi og‘riq va qusish kabi simptomlari kuzatiladi.

Yuqori xavf guruhidagi bemorlarda preparatni yuqori dozalarini qo‘llash ichak obstruksiyasini yoki ichak tutilishini rivojlantirishi yoki chuqurlashtirishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).

Davolash

Alyuminiy va magniy siydik orqali chiqariladi. O‘tkir dozani oshirib yuborish holatlari yo‘qotilgan suyuqlikni o‘rnini to‘ldirish va jadallashgan diurez yordamida davolanadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun gemodializ va peritoneal dializ o‘tkazish zaruriyati bor.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya.

250 ml dan preparat alyuminiy qopqoqchali to‘q shisha flakonda.

1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga qog‘oz qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Maaloks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Maaloks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
90 000 so'm
Buyurtma berish
Barokat Farm №2
Mirobod tumani, Chexov ko'ch., 10-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
86 000 so'm
Anis Farm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'ch., 62 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
89 998 so'm
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
90 000 so'm

Maaloks barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Maaloks haqida savollar

Maaloks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.4, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil