MAALOKS suspenziya 15ml N30

MAALOKS suspenziya 15ml N30 haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Belgilangan dozalarga rioya qilinganda preparatning nojo‘ya ta'siri ahamiyatsiz.
Ba'zida kuzatiladi: ko‘ngil aynishi, qusish, ta'm sezgilarining o‘zgarishi, qabziyat.
Yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda: gipofosfatemiya, gipokaltsiemiya, giperkaltsiuriya, osteomalyatsiya, osteoporoz, gipermagniemiya, giperalyuminiemiya, entsefalopatiya, nefrokaltsinoz, buyrak funktsiyasining buzilishi.
Hamroh buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda chanqoq, qon bosimining pasayishi, giporefleksiya kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar holatini qat'iy nazorat qilish zarur, yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlarning birinchi simptomlari paydo bo'lganda esa preparatni qo'llash darhol to'xtatilishi kerak. Ushbu toifadagi bemorlarga preparatning yuqori dozalari mumkin emas.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— surunkali buyrak yetishmovchiligi
— Altsgeymer kasalligi;
— gipofosfatemiya;
— homiladorlik;
— preparat komponentlariga gipersezuvchanlik,
Ehtiyotkorlik bilan preparatni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga, shuningdek laktatsiya (ko'krak suti bilan emizish) davridagi ayollarga buyurish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maaloks ichga bir vaqtda qabul qilinganda turli dori vositalarining absorbsiyasini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, ehtiyotkorlik chorasi sifatida, boshqa preparatlarni Maaloks qabul qilishdan 2 soat oldin yoki undan 2 soat keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Maaloksni boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishning barcha holatlarida shifokorga xabar berish zarur.
Dozirovkasi
HTML
Hajm/og'irlik
MAALOKS suspenziya 15ml N30 o'xshash dorilari



MAALOKS suspenziya 15ml N30 xususiyatlari
Maaloks boshqa chiqarish shakllari

MAALOKS suspenziya 15ml N30 analoglari







