INSTI DLYA DETEY granuli 5,6g N5

shamollash va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan vositalar.
INSTI DLYA DETEY granuli 5,6g N5 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
har bir paket-sashe quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:
faol moddalar:
oq tol - 468,00 mg
tomirli adxatoda - 188,00 mg
qizilmiya - 344,00 mg
xitoy choyi - 78,00 mg
xushbo‘y binafsha - 62,00 mg
dorivor valeriana - 63,00 mg
oddiy ukrop - 47,00 mg
sharsimon evkalipt - 22,00 mg.
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mentol, saxaroza, “tutti-frutti” aromatizatori.
Chiqarilish shakli
3,5 g dan uch qavat folgali sashelarda
5/10 sashe tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmakodinamikasi
Shamollashga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, bronxolitik, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi, spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat.
Insti dlya detey preparati yuqori va quyi nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan kechuvchi intoksikatsiya simptomlari (gipertermiya, ko‘p terlash, holsizlik) ni yengillashtiradi, antiseptik ta’sirga ega, yo‘tal jadalligini kamaytiradi va balg‘am ajralishini oshiradi. O‘tkir davrining regressiyasi 3-4 kungacha qisqaradi.
Insti dlya detey bemorning holatini yaxshilaydi, oshgan tana haroratini va yo‘talning jadalligini pasaytiradi.
Preparat qo‘llangandan keyin 24 soat davomida rinit, faringit, traxeit simptomlarini tezda bartaraf etishga yodlam beradi. Uyquchanlikni va o‘rganib qolishni chaqirmaydi. Qaynoq suvda tez eriydi.
Oq tol salatsin glikozidi, tremulatsin saqlaydi.
Tana haroratini tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi ta’sirlarga ega.
Qizilmiya glitsirrizin glikozidi, flavonoid, asparagin saqlaydi. Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi, immunitetni rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalariga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Xushbo‘y binafsha violin, fridelin, efir moylarini saqlaydi. Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, tana haroratini tushiruvchi, terlatuvchi xususiyatlarga ega.
Oddiy ukrop efir moylari, dipentin saqlaydi. Bronxlarning sekretor funksiyasini kuchaytiradi, mukolitik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga egadir.
Tomirli adxatoda vazitsin, vazitsinon alkoloidlarini, saqlaydi. Bronxlarni kengaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega, bronxlarning kipriksimon epiteliysini harakatini oshiradi va balg‘am ajralishini tezlashtiradi, gistamin ta’sirida chaqirilgan bronxospazmdan himoya qilib, astmaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy choyi tanin, kofein, teofillin saqlaydi. Burishtiruvchi, tonusni oshiruvchi, siydik haydovchi ta’sirlarga ega.
Dorivor valeriana efir moylari, valeriana kislotasi, katinin saqlaydi; markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, bosh og‘rig‘ining yaqqolligini kamaytiradi.
Sharsimon evkalipt efir moylari (sineol, pinen, mirtenol) oshlovchi moddalar saqlaydi. Yaqqol antiseptik ta’sirga ega, ayniqsa, streptokkok, stafilokkoklarga nisbatan, kuchli yallig‘linishga qarshi samaraga ega.
Farmakoterapevtik guruh
shamollash va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan vositalar.
Dori shakli
granulalar
Nojo'ya samaralari
Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Sirop saxaroza saqlaydi, buni gipokaloriyali parhezdagi bemorlar hisobga olishlari lozim.
Qo'llanilishi
- Tomoqni ta’sirlanishi;
- Yo‘tal;
- Gripp;
- Burun bitishi;
- Isitma;
- Shamollash;
- Bosh va jismoniy og‘riqda qo‘llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Yo‘tal markazlarini tormozlovchi, hamda, balg‘am ajralishini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ta'rifi
jigarrang rangli, ishqalaganda tutti-frutti hidga ega granulalar.
Dozirovkasi
Bitta paketni issiq suvda eritiladi va oz-ozdan ichiladi.
10 yoshdan kichik bolalarga: 1 sashedan kuniga 2 marta
10 yoshdan oshgan bolalarga: 1 sashe paketdan 3 marta
Yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Dozani oshirib yuborilishi
Noma’lum, ehtimoli kam.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Insti boshqa chiqarish shakllari


INSTI DLYA DETEY granuli 5,6g N5 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
INSTI DLYA DETEY granuli 5,6g N5 haqida savollar
INSTI DLYA DETEY granuli 5,6g N5 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari












