TUTUKON NEO eritma dlya priema vnutr 250ml

TUTUKON NEO eritma dlya priema vnutr 250ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Preparat kombinatsiyalangan, shuning uchun kinetik tadqiqotlar o'tkazishning iloji yo'q.
Nojo'ya samaralari
TUTUKON® NEO klinik tadqiqotlarda bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtirilgan.
Individual o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin: allergik reaksiyalar (eshakemi, teri toshmasi).
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni o'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llamaslik kerak.
Homiladorlikda va emizishda
Homiladorlik vaqtida TUTUKON® NEO ni qo'llash faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha mumkin.
Bolalarda qo'llanilishi
TUTUKON® NEO ni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha mumkin.
Transport vositasini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
TUTUKON® NEO transport vositasini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning biron-bir tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Dozirovkasi
Preparat ichga, kuniga 3 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi.
Iste'mol qilishdan oldin suv bilan suyultirish tavsiya etiladi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi 10-30 kunni tashkil qiladi.
Dozalar va davolash kursini shifokor har bir bemor uchun individual ravishda to'g'irlashi mumkin. Preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilgan taqdirda, keyingi qabulda dozani ikki baravar oshirmaslik kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar: 1 - 1,5 ml dan kuniga 3 marta;
Maktab yoshidagi bolalar: 2,5 ml dan kuniga 3 marta;
Kattalar: 7 ml dan kuniga 3 marta;
Homilador va emizikli ayollar: 3 ml dan kuniga 3 marta.
Hajm/og'irlik
TUTUKON NEO eritma dlya priema vnutr 250ml o'xshash dorilari


TUTUKON NEO eritma dlya priema vnutr 250ml xususiyatlari
TUTUKON boshqa chiqarish shakllari




