Apteka.uz
SavatKirish

Vitaprost

Vitaprost chiqarilish shakllari

VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Retseptsiz
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•91 ta dorixonada bor
Narxi
212 800 so'm dan
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10
Retseptsiz
VITAPROST rektal suppozitorialar 10mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•50 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Retseptsiz
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
254 900 so'm dan
- Vitaprost qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitaprostning tarkibi
- Vitaprost ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitaprost narxi Toshkent dorixonalarida

Vitaprost haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

VITAPROST®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

 

Preparatning savdo nomi Vitaprost®

Xalqaro patentlanmagan nomi Prostata ekstrakti

Dori shakli Rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

Bir suppozitoriy saqlaydi:

ta‘sir qiluvchi modda: prostata ekstrakti – 50 mg, suvda eruvchi peptidlarga qayta hisoblaganda – 10 mg;

suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (H 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.

Ta‘rifi: oqdan to sarg‘ish yoki to‘q qo‘ng‘irroq tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi

Surunkali prostatitlarni davolash uchun vosita

ATX kodi: G04BX

Farmakologik xususiyatlari

Vitaprost® prostata beziga organotrop ta‘sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infiltrasiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Vitaprost® prostata bezi va eyakulyatning parametrlarini me‘yorlashtiradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik ko‘rinishlarni yo‘qotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.

Qo‘llanilishi

Surunkali prostatit, prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal, ichak o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Suppozitoriy kiritilganidan so‘ng pasientni 30-40 minut davomida o‘rinda yotishi maqsadga muvofiqdir. Vitaprost® preparati bilan davolash kursining davomiyligi kamida 10 kun.

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi

Vitaprost® preparatining dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish (shu jumladan transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Bolalar olaolmaydigan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — surunkali prostatit; — surunkali abakterial prostatit zo'rayishining oldini olish (tabletkalar); — prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (tabletkalar, rektal suppozitoriylar Vitaprost® Forte); — menopauza va postmenopauza davridagi ayollarda qovuq giperfaolligining asoratlanmagan shakllarida urgent (imperativ) siydik tuta olmaslikni, urgent (imperativ) siyishga qistashni va tez-tez siyishni davolash (Vitaprost® Forte); — prostata bezidagi operativ aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Laktaza tanqisligi, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi (preparat laktoza va saxaroza saqlaydi).

Tarkibi

  • Bitta suppozitoriy saqlaydi: faol modda sifatida prostata ekstrakti (Samprost substantsiyasi) - 0,10 g va suppozitoriylar uchun asos (vitepsol) - 1,25 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor. Bitta suppozitoriy saqlaydi: ta'sir etuvchi modda: prostata ekstrakti - 50 mg, suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblanganda - 10 mg; suppozitoriylar uchun asoslar: qattiq yog‘ (Vitepsol, H 15, W 35 markalari, Supposir, NA 15, NAS 50 markalari) - 1,25 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor. Prostata ekstrakti - 100 mg (suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblanganda - 20 mg), lomefloksatsin gidroxloridi - 400 mg; Yordamchi modda Suppozitoriylar uchun asos - qattiq yog‘ (vitepsol) - 2,25 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor. Prostata ekstrakti - 100 mg (suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblanganda - 20 mg); Yordamchi moddalar Saxaroza - 28,500 mg, laktoza monogidrati - 7,125 mg, kaltsiy stearati monogidrati - 2,500 mg, krospovidon - 9,275 mg, mikrokristall tsellyuloza - 102,600 mg gacha;

Farmakodinamikasi

Vitaprost® Forte prostata beziga organotrop ta'sirga ega. Prostata bezining shishi, leykotsitar infilьtratsiya darajasini kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, atsinuslar shirasidagi letsitin zarrachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.


Vitaprost® Forteni prostata bez va eyakulyatsiya parametrlarini normallashtiradi. Og‘riq va noquylaylikni kamaytiradi, dizurik odisalarni yo‘q qiladi, kopulyatsiya funktsiasini yaxshilaydi.

Preparat yallig‘lanishga qarshi va agregatsiyaga qarshi ta'sirga ega, siydik pufagining mushaklarini faollashtiradi.

Prostata ekstraktning faol moddalari peptid bioregulyatorlari – sitomedinlar guruxiga kiradi.

Ushbu dorilar molekulyar og‘irligi 1 dan 10 kDa gacha bo‘lgan peptidlardir. Para yoki avtokrin tabiyatiga ega bo‘lgan past molekulyar og‘irlikdagi peptidlar transspetsifik ichki va xujayralararo xabarchilar vasifasini bajaradi.

Prostata bezining peptidlari qon ivish vaqtini qisqartiradi va qon tomir devorning antiagregatsion faolligini oshiradi, qon mirkrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, qonning fibrinolitik faolligini oshirradi, in vivo, in vitro detrusor miyazitlarning kontraktil faolligini oshiradi. Ular immunomodulyatsion va immunostimulyatsion ta'sirga ega, antigistamin va antiserotonin antitelani sintezini kuchaytiradi.

Surunkali prostatitni davolashda peptidli bioregulyatorlardan foydalanish ushbu dorilarning mikrotsirkulyatsiyasini tiklash qobiliyatiga, antigistamin va antiserotonin antikorlari sintezini, shunindek ularning immunomodulyator va immunostimulyator ta'sirini oshirish orqali bilvosita yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatishga asoslangan.

Prostatani bezini giperplaziyani davolash sitomedinlarining yeng muxim biologik ta'siri asoslangan: organotropiya, ular ajralib chiqadigan organdagi differensatsiya va xujayralar faoliyatini tartibga solishga imkon beradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Farmakologik ta'siri

Vitaprost® Plyus majmuaviy preparati mikroblarga qarshi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Lomefloksatsin - ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega bakteritsid vosita. O'ta spirallanishni ta'minlovchi bakterial DNK-giraza fermentiga ta'sir qiladi, uning tetrameri (giraza A2B2 subbirligi) bilan kompleks hosil qiladi va DNK transkriptsiyasi va replikatsiyasini buzadi, mikrob hujayrasining o'limiga olib keladi. Grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Escherichia coli, Citrobacter diversus, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter cloacae, Proteus vulgaris, Salmonella spp., Shigella spp., Moraxella morganii, Haemophilus influenzae e parainfluenzae, Legionella pneumophila, Pseudomonas aeruginosa. Preparatga Staphylococcus aureus, Staphylococcus Epidermidis, Serratia liquifaciens, Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Mycobacterium tuberculosis, Chlamydia trachomatis, Hafnia alvei, Citrobacter freundii, Aeromonas hydrophila, Proteus mirabilis, Proteus stuartii, Providencia rettgeri, Providencia alcalifaciens, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans o'rtacha sezgir. Preparatga Streptococcus spp., Pseudomonas cepacia, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Mycoplasma hominis va anaerob bakteriyalar chidamli. Ko'pchilik mikroorganizmlarga past kontsentratsiyalarda ta'sir qiladi (90% shtammlar o'sishini bostirish uchun zarur bo'lgan kontsentratsiya odatda 1 mkg/ml dan oshmaydi). Rezistentlik kamdan-kam rivojlanadi. Prostata ekstrakti prostataga organotrop ta'sirga ega. Shish darajasini, prostata bezining leykotsitar infiltratsiyasini kamaytiradi, epitelial hujayralarning sekretor funktsiyasini normallashtiradi, atsineslar sekretida letsetin donachalari sonini oshiradi, siydik pufagi mushak tonusini rag'batlantiradi. Tromb hosil bo'lishini kamaytiradi, antiagregant faollikka ega, prostata bezida venulalar trombozi rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Prostata va eyakulyat parametrlarini normallashtiradi. Og'riq va noqulaylikni kamaytiradi, kopulyativ funktsiyani yaxshilaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Vitaprost® Plyus preparatining nojo'ya ta'sirlari, allergik reaktsiyalardan tashqari, uning tarkibida lomefloksatsin antibiotigi mavjudligi bilan bog'liq. Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, eshakemi, fotosensibilizatsiya, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi). Asab tizimi tomonidan: asteniya, bosh aylanishi, asabiylik, xavotirlik, tez charchash, holsizlik, bosh og'rig'i, hushdan ketish holatlari, uyqusizlik, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, giperkinezlar, tremor, paresteziyalar, depressiya, qo'zg'alish. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: soxtamembranoz enterokolit, disbakterioz, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, diareya yoki qabziyat, meteorizm, til rangining o'zgarishi, ishtahaning pasayishi yoki bulimiya, ta'm buzilishi, «jigar» transaminazalari faolligining oshishi. Qon yaratish organlari va gemostaz tizimi tomonidan: oshqozon-ichak trakti organlaridan qon ketish, trombotsitopeniya, fibrinolizning oshishi, limfoadenopatiya, purpura, burun qonashi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimining pasayishi, taxikardiya, bradikardiya, ekstrasistoliya, aritmiyalar, yurak yetishmovchiligi va stenokardiyaning rivojlanishi, o'pka arteriyasi tromboemboliyasi, kardiomiopatiya, flebit. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, anuriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, kristalluriya, gematuriya, siydik tutilishi, shishlar; orxit, epididimit

Dozirovkasi

  • 10 mg 20 mg 400 mg + 20 mg 50 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Rektal suppozitoriylar Oqdan oq-sarg'ish yoki kulrang-qo'ng'ir tusligacha bo'lgan rektal suppozitoriylar, torpedasimon shaklli. Sarg'ish oqdan kulrang krem tusligacha bo'lgan rektal suppozitoriylar, torpedasimon shaklli. Rektal suppozitoriylar Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Maxsus ko‘rsatmalari

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo‘llanilganda peroral antikoagulyantlar faolligi oshadi va NYQV toksikligi ortadi. Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari preparat chiqarilishini sekinlashtiradi. Penitsillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, ko-trimoksazol, metronidazol bilan kesishgan chidamlilik yo‘q

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashRektal.

Ichak o'z-o'zidan bo'shagandan yoki tozalovchi huqnadan keyin 1 suppozitoriy kuniga 1 marta. Kiritilgandan so'ng bemorning 30-40 daqiqa davomida yotoqda bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Davolash kursi davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi. Vitaprost® Forte preparati bilan davolash kursining minimal davomiyligi prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida - 15 kun, surunkali prostatitda - 10 kun, o'ta faol siydik pufagida - 20 kun.Dozani oshirib yuborishVitaprost® Forte preparatining dozasini oshirib yuborish hollari haqida xabar berilmagan.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Vitaprost preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Vitaprost narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
232 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
232 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
232 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
232 000 so'm
Bron qilish

Vitaprost haqida savollar

Vitaprost haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.0, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil