Apteka.uz
SavatKirish

Prostatilen

Prostatilen chiqarilish shakllari

PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N5
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov, CHAO
•63 ta dorixonada bor
Narxi
79 500 so'm dan
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N10
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov, CHAO
•49 ta dorixonada bor
Narxi
151 000 so'm dan
PROSTATILEN- SINK suppozitorii N10
PROSTATILEN- SINK suppozitorii N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov, CHAO
•8 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan
- Prostatilen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Prostatilenning tarkibi
- Prostatilen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Prostatilen narxi Toshkent dorixonalarida

Prostatilen qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • - surunkali abakterial prostatit, shu jumladan spermatogenez va erektil funktsiya buzilishi bilan; - prostata bezidagi operatsiyalardan oldingi va keyingi holatlar; - prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ayollarga preparat tayinlanmaydi.

Tarkibi

  • 1 amp. prostata ekstrakti (suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblanganda) 5 mg Yordamchi moddalar: glitsin - 25 mg. Jinsiy yetuklikka erishgan qoramol prostata bezidan ekstraksiya qilingan suvda eruvchan peptidlar kompleksi* 5 mg * glitsin qo‘shilgan holda. Jinsiy yetuklikka erishgan qoramol prostata bezidan ekstraksiya qilingan suvda eruvchan peptidlar kompleksi 30 mg Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500 - 2.8 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor. Jinsiy yetuklikka erishgan qoramol prostata bezidan ekstraksiya qilingan suvda eruvchan peptidlar kompleksi 30 mg Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500 - 2.8 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor. Jinsiy yetuklikka erishgan qoramol prostata bezidan ekstraksiya qilingan suvda eruvchan peptidlar kompleksi 50 mg Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500 - 2.8 g massali suppozitoriy olish uchun yetarli miqdor. prostata ekstrakti (prostatilen) 0,05, yordamchi: dimetilsulfoksid, makrogol,

Farmakokinetikasi

Prostata ekstrakti peptidlari to‘qimalarda hujayra proteazalari tomonidan aminokislotalargacha parchalanadi, ular to‘qimaga xos oqsillar va boshqa biologik faol birikmalar sintezi jarayonida ishtirok etadi. Rux arginil-glitsinat digidroxloridning xelat kompleksi rux, arginin va glitsingacha parchalanadi va keyinchalik ularning metabolizmi sodir bo‘ladi. Preparat kumulyativ ta'sirga ega emas.

Farmakologik ta'siri

Prostata beziga organotrop ta'sirga ega. Shish darajasini, prostata bezining leykotsitar infiltratsiyasini kamaytiradi, epitelial hujayralarning sekretor funktsiyasini normallashtiradi, atsineslar sekretida letsetin donachalari sonini oshiradi, siydik pufagi mushak tonusini rag'batlantiradi. Tromb hosil bo'lishini kamaytiradi, antiagregativ faollikka ega, prostata bezida venulalar trombozi rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Yallig'lanishga qarshi, antioksidant ta'sir ko'rsatadi, og'riq sindromini kamaytiradi. Erkin testosteron darajasining oshishiga, spermatozoidlarning progressiv-harakatchan shakllari va ularning morfologik normal shakllari sonining ortishiga yordam beradi. Antispermal antitelolar darajasining pasayishini keltirib chiqaradi. Erkaklar kopulyativ funktsiyasini normallashtiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: to'g'ri ichakda mustaqil ravishda o'tib ketadigan va qo'shimcha terapiya tayinlashni talab qilmaydigan qisqa muddatli qichishish va achishish; allergik reaktsiyalar; ich kelishining yumshashi. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Dozirovkasi

  • 30 mg 30 mg + 180 mg 5 mg 50 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat Oq yoki sarg'ish tusli oq rangli kukun yoki g'ovak massa ko'rinishidagi mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat. Rektal suppozitoriylar Oqdan sariq ranggacha bo'lgan torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Kesimda havo o'zagi yoki voronkasimon chuqurcha bo'lishiga yo'l qo'yiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Prostatilen® preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirining klinik ahamiyatli oqibatlari aniqlanmagan.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROSTATILEN

PROSTATILEN

 

Preparatning savdo nomi: Prostatilen

Ta‘sir etuvchi moda (XPN): prostatilen

Dori shakli: rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 30 mg (0,03 g) prostatilen;

yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500

Ta‘rifi: och-sariq yoki kulrang tusli och-sariq rangli, o‘ziga xos hidli o‘qsimon shaklli suppozitoriylar. Marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: prostata bezining xavfsiz gipertrofiyasida qo‘llaniladigan vositalar.

ATX kodi: G04C X

 

Farmakologik xususiyatlari

Prostatilen prostata beziga organotrop ta‘sir (prostatoprotektor samara) ko‘rsatadi. Preparat prostata bezining shishi va leykositar infiltrasiyasini kamaytiradi, mikrosirkulyasiya jarayonlarini va trombositar – qon tomir gemostazini yaxshilaydi. Spermatozoidlarning funksional faolligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Prostatilen immunitetning gumoral tizimi faolligini va organizmning rezistentligining ayrim omillarini rag‘batlantiradi. Preparat antitelalar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiradi va neytrofillarning antimikrob faolligini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega.

Prostatilen shuningdek qovuq mushaklari tonusiga, shu jumladan detruzor tonusga ta‘sir qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Curunkali prostatitni oldini olish va davolash, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, tromboflebit, prostata bezida o‘tkazilgan jarrohlik operasiyalardan keyingi asoratlarda, uning faoliyatini yoshga bog‘liq bo‘lgan buzilishlarida qo‘llanadi. Preparat jinsiy buzilishlarda, erkaklar bepushtligida, siyishni buzilishlarida, bavosilda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Suppozitoriyni qo‘llashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak:

  • birlamchi o‘ramdagi blister o‘ramning perforasiya chizig‘idan bitta suppozitoriyni yirtib oling;
  • keyin plyonkaning chetlaridan tortib, uni har tomonga yirtish va suppozitoriyni birlamchi o‘ramdan olish kerak.

Suppozitoriy to‘g‘ri ichakka chuqur qilib kiritiladi. 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta  5-10 kun davomida (ertalab va kechqurun) qo‘llanadi.

Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irligi, erishilgan davolash samarasi, davolashning xarakteriga (monoterapiya yoki majmuaviy davolash) qarab belgilanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlariga va yirik qoramol oqsillariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qandaydir o‘zaro ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari

Prostata bezining faolligini ko‘rsatkichlarining tahlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Suppozitoriylar qo‘llanganidan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

Preparat faqat erkaklar uchun mo‘ljallangan.

 

Maxsus ogohlantirishlar.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparat ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

Preparat bolalarga buyurilmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha prostatilen preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli

5 suppozitoriylardan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Prostatilen preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Prostatilen narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
260 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
260 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
260 000 so'm
Bron qilish
Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
245 000 so'm

Prostatilen barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Prostatilen haqida savollar

Prostatilen haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil