Apteka.uz
SavatKirish

KANEFRON N draje N60

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Urologik dorilar
Ishlab chiqaruvchi:Bionorica SE
Teglar:Prostata adenomasidan, Prostatitdan, Prostata uchun
ATX kodi:G04BX
Barcha Kanefron dorilari
120 ta dorixonada bor
Narxi 94 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 120 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KANEFRON N draje N60 qo'llanmasi

Tarkibi

1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagi o‘simliklarning maydalangan dori xomashyosini (kukunini) saqlaydi:

Tillabosh o‘ti (Centaurii herba) 18 mg

Dorivor lyubistok ildizi (Levistici radix) 18 mg

Rozmarin barglari (Rosmarini folia) 18 mg

yordamchi moddalar:

yadrosi: laktoza monogidrati, magniy stearati, mais kraxmali, povidon K25, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

tabletka qobig‘i: kalsiy karbonat, kastor yog‘i, glyukoza siropi, temir III oksidi, mais kraxmali, dekstrin, montan glikol mumi, povidon K30, riboflavin Ye101, shellak, saxaroza, talk, titan dioksidi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagi o‘simliklarning maydalangan dori xomashyosini (kukunini) saqlaydi:

Tillabosh o‘ti (Centaurii herba) 18 mg

Dorivor lyubistok ildizi (Levistici radix) 18 mg

Rozmarin barglari (Rosmarini folia) 18 mg

yordamchi moddalar:

yadrosi: laktoza monogidrati, magniy stearati, mais kraxmali, povidon K25, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

tabletka qobig‘i: kalsiy karbonat, kastor yog‘i, glyukoza siropi, temir III oksidi, mais kraxmali, dekstrin, montan glikol mumi, povidon K30, riboflavin Ye101, shellak, saxaroza, talk, titan dioksidi.

Chiqarilish shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletka: har bir blisterda 20 ta tabletkadan.

O‘ram o‘lchami: 60 va 120 tabletka.


Farmakodinamikasi

Preparat klinikagacha bo‘lgan tadqiqodlarda yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi ta’sirlarini ko‘rsatdi. Dori vositasining o‘simliklardan bo‘lgan komponentlari antibakterial va siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Keltirilmagan.

Farmakologik guruhlari

Urologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar.

Dori shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletka

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar (toshma, terini qichishishi kabi), me’da­ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, yengil diareya kabi) bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilanoq preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Agar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori harorat, spazmlar, siydikda qonning mavjudligi, bovul qilishda buzilishlar yoki o‘tkir siydik tutilishi kabi shikoyatlar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Ushbu dori vositasi glyukoza, saxaroza va laktoza saqlaydi. Xar qanday kandni o‘zlashtira olmaslikda Kanefron® N tabletka dori vositasini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash mumkin.

Dori vositasi transportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Kanefron® N ni homiladorlik va emizish davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq va havf­foyda nisbatini baholagandan so‘ng, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llash mumkin.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga izoh:

Bir tabletkada saqlanuvchi o‘zlashtiriladigan karbonsuvlar taxminan 0,02 «non birligi» ni tashkil qiladi.

Qo'llanilishi

Dori vositasi qovuqning o‘tkir va surunkali infeksiyalarini (sistitni) standart va kompleks davolashda qo‘llanadi.

Preparat piyelonefrit, glomerulonefrit, interstitsial nefritni kompleks davolashda; siydik toshlarining hosil bo‘lishini oldini oluvchi vosita sifatida (shuningdek siydik toshlari olib tashlanganidan keyin ham) qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning komponentlariga, soyabongullilar oilasiga oid boshqa o‘simliklarga (masalan, anis, ukropga), anetolga (ya’ni, efir moylarining komponentlariga) yuqori sezuvchanlik;

- me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasining o‘tkir davri;

- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

- Kanefron quyidagi holatlarda qabul qilinmasligi kerak: yurak yoki buyrak yetishmovchiligi tufayli kelib chiqqan shishlar va/yoki shifokor tomonidan suyuqlik qabul qilinishi cheklangan bo‘lsa.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antibakterial vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiqdir.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi vaqtda ma’lum emas.

Ta'rifi

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, silliq yuzali, zarg‘aldoq rangli tabletkalar.

Dozirovkasi

Dozalash:
 
Patsiyentlar

 Bir martalik doza Kunlik doza
 
Kattalar va o‘smirlar 12 yoshdan boshlab

     2 tabletka  6 tabletka
 
6 yoshdan 11 yoshgacha bolalar

     1 tabletka   3 tabletka

Qo‘llash usuli:

Bir martalik doza ertalab, peshinda va kechqurun qabul qilinsin.

Tabletkani chaynamasdan, suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Preparat yaxshi o‘zlashtirilgani tufayli, uni uzoq vaqt davomida davolash uchun qo‘llash mumkin.

Irrigatsion terapiya: ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi paytga kelib, dozani oshirilib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Davolash simptomatik.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KANEFRON N draje N60 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KANEFRON N draje N60 xususiyatlari

Kanefron boshqa chiqarish shakllari

KANEFRON N draje N60 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
101 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
101 200 so'm
Bron qilish

KANEFRON N draje N60 haqida savollar

KANEFRON N draje N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

KLIMADINON tomchilar 50ml
Retseptsiz
KLIMADINON tomchilar 50ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
111 100 so'm dan
MASTODINON tabletkalari N60
Retseptsiz
MASTODINON tabletkalari N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
143 800 so'm dan
Narxi
135 700 so'm dan
SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
72 500 so'm dan
Narxi
72 400 so'm dan
TONZIPRET tomchilar 50ml
Retseptsiz
TONZIPRET tomchilar 50ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
78 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil