Ташкент
logo
SavatKirish

BRONXIPRET sirop 50ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:

Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi

Ishlab chiqaruvchi:Bionorica SE
ATX kodi:R05CА10
Barcha Bronxipret dorilari
112 ta dorixonada bor
Narxi 49 100 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 112 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BRONXIPRET sirop 50ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

100 g Bronxipret siropi (bu 89,2 ml ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 15 g tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti, 1,5 g pechak barglarining suyuq ekstrakti; yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv, gidroksipropilbetadeks, kaliy sorbati, suyuq maltit. Etanol miqdori: 6-7% (hajm nisbatida).

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

100 g Bronxipret siropi (bu 89,2 ml ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 15 g tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti, 1,5 g pechak barglarining suyuq ekstrakti;

yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv, gidroksipropilbetadeks, kaliy sorbati, suyuq maltit.

Etanol miqdori: 6-7% (hajm nisbatida).

Chiqarilish shakli

Sirop 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.

Farmakodinamikasi

O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta’sir ko‘rsatadi. Balg‘amning yopishqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi.


Farmakokinetikasi

Taqdim qilinmagan.

Farmakoterapevtik guruh

Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi

Nojo'ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi Bronxipret siropi ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi. Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar olinadi: Juda tez–tez: davolangan 10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘pida Tez–tez: davolangan 100 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida Ba’zida: davolangan 1000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida Kam hollarda: davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida Juda kam hollarda: davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida Noma’lum: mavjud ma’lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas E’tibor berish kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya samaralar va agar Sizda quyidagi reaksiyalar yuz bersa ko‘rish lozim bo‘lgan choralar: Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin. Ba’zida me’da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda terining toshma bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (allergik reaksiyalar) paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek hansirash, eshakemi, yuzni, og‘iz bo‘shlig‘ini va/yoki tomoqni shishi kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi ham mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bronxipret® siropini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas. Agar preparat 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilganda yo‘tal to‘xtamasa yoki qaytalansa, shifokorga murojaat etish kerak.

Muvofiq tadqiqotlarlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

 Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Gastrit yoki me’da yarasi bo‘lgan patsiyentlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit yoki me’da yarasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Preparat 7% etanol saqlaydi (hajm nisbatida).

Preparatning tarkibida maltitol eritmasi saqlanadi. Shuning uchun ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlar siropni qabul qilishni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin boshlashlari kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar siropni bir martalik dozasi (5,4 ml) 1,9 g o‘zlashtiriladigan uglevodlarni saqlashini hisobga olishlari kerak.

Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati: hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.


Qo'llanilishi

Nafas yo‘llari va bronxlarning yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir shamollash kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Pechak, tog‘jambil, boshqa labgullilarga va selderdoshlarga yoki Bronxipret siropining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma’lum. Bronxipret® siropini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Ta'rifi

Och-jigarrang rangli, tiniq suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralishishi yoki cho‘kma tushishi mumkin. 

Dozirovkasi

Kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun buyuriladi. Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa, odatdagi dozalash quyidagicha: Yoshi Bir martalik doza Sutkalik doza Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar 5,4 ml 16,2 ml 6-11 yoshdagi bolalar 4,3 ml 12,9 ml 1-5 yoshdagi bolalar 3,2 ml 9,6 ml Bronxipret® siropini o‘lchov stakanchadan foydalanib, kuniga 3 marta yuqoridagi jadvalda ko‘rstilgan yoshga muvofiq dozada qabul qiling. Bronxipret® siropini suyultirilmagan holda qabul qiling. Bronxipret® siropini oz miqdordagi suyuqlik (suv bilan afzal) bilan qabul qilish mumkin. Har bir qo‘llashdan oldin chayqatilsin! Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar 1 haftadan ko‘p davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.

Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Etanolning mumkin bo'lgan salbiy ta'siri tufayli preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish) preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Jigar faoliyati buzilganida

Jigar kasalliklari bo'lganlar uchun preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

BRONXIPRET sirop 50ml savollari

BRONXIPRET sirop 50ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

TONZIPRET tomchilar 50ml
Retseptsiz
TONZIPRET tomchilar 50ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
70 000 so'm dan
SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
73 000 so'm dan
Narxi
49 100 so'm dan
Narxi
77 900 so'm dan
MASTODINON tabletkalari N60
Retseptsiz
MASTODINON tabletkalari N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
143 800 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil