SINUPRET EKSTRAKT tabletkalari N20


Nafas a’zolari kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar
SINUPRET EKSTRAKT tabletkalari N20 qo'llanmasi
Retseptsiz
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 160,00 mg gajak o‘t ildizi (Gentianae radix) quruq ekstrakti (3-6:1), navro‘zgul gullari (Primulae flos), shovul o‘ti (Rumicis herba), marjon guli (Sambuci flos) va tizimgul o‘ti (Verbenae herba) (1:3:3:3:3). Ekstragent etanol 51% (v/v);
yordamchi moddalar: purkash yo‘li bilan quritilgan akatsiya, kalsiy karbonati (E 170), sellyuloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, maltodekstrin, karnaub mumi, gidrofob kremniy dioksidi, xlorofill kukuni 25% (Ye141), dekstrin, glyukoza siropi, gipromelloza, indigokarmin alyumin laki (Ye 132), riboflavin (Ye 101), stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (Ye 171).
faol moddalar: 160,00 mg gajak o‘t ildizi (Gentianae radix) quruq ekstrakti (3-6:1), navro‘zgul gullari (Primulae flos), shovul o‘ti (Rumicis herba), marjon guli (Sambuci flos) va tizimgul o‘ti (Verbenae herba) (1:3:3:3:3). Ekstragent etanol 51% (v/v);
yordamchi moddalar: purkash yo‘li bilan quritilgan akatsiya, kalsiy karbonati (E 170), sellyuloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, maltodekstrin, karnaub mumi, gidrofob kremniy dioksidi, xlorofill kukuni 25% (Ye141), dekstrin, glyukoza siropi, gipromelloza, indigokarmin alyumin laki (Ye 132), riboflavin (Ye 101), stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (Ye 171).
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan blisterda.
2 yoki 4 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir.
Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret® Ekstrakt sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni chiqarilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Sinupret® Ekstrakt viruslarga qarshi va antibakterial ta’sir ko‘rsatib, infeksiyaga qarshi kurashishda yordam beradi.
Farmakokinetika va biokiraolishligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Nafas a’zolari kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Preparatni qabul qilganda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin:
Tez-tez: me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, masalan ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq.Kam hollarda: mahalliy allergik reaksiyalar, masalan toshma, terini qizarishi, teri yoki ko‘zni qichishishi, tizimli allergik reaksiyalar, masalan angionevrotik shish, hansirash, yuzni shishi, shuningdek bosh aylanishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlar yoki boshqa noxush reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Agar patsiyentda burundan qon ketishi, isitma, kuchli og‘riq, burundan yiringli ajralma, ko‘rishni buzilishi, yuzning o‘rta qismi yoki ko‘z asimmetriyasi yoki yuzni uvishishi kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki bu simptomlar odatda shifokor ko‘rigi va darhol davolanishni talab etuvchi rinosinusitlarning barcha shakllari uchun jiddiy ogohlantirish sifatida ko‘riladi.
Agar simptomlar 7-14 kundan ko‘proq saqlansa, vaqti-vaqti bilan yomonlashsa yoki takrorlansa, patsiyent shifokorga murojaat etishi kerak.Gastrit yoki me’da sezgirligi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasi qabul qilinganda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret® Ekstraktni ovqatdan keyin, bir stakan suv bilan qabul qilgan afzal.
Sinupret® Ekstrakt glyukoza va saxaroza saqlaydi.
Qandlarni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.
Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 0,3 gramm o‘zlashtiriladigan uglevodlar (0,02 “non birligi”) saqlaydi.
Bolalar
Yetarli ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, Sinupret® Ekstraktni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Sinupret® Ekstraktni homiladorlik vaqtida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Sinupret® Ekstraktning ta’sir etuvchi moddasini odam ko‘krak sutiga singishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun xavfni inkor etib bo‘lmaydi. Sinupret® Ekstraktni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo, kam hollarda preparatni qabul qilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush reaksiya “bosh aylanishi” kuzatilgan patsiyentlarda Sinupret® Ekstrakt transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tumov, burun bitishi, bosh og‘rig‘i, yuzda bosim yoki og‘riq hissi kabi simptomlar bilan kechuvchi burunning yondosh bo‘shliqlarining o‘tkir asoratlanmagan yallig‘lanishlari (o‘tkir asoratlanmagan rinosinusitlar) da qo‘llanadi.
Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri haqidagi ma’lumot hozirgi vaqtgacha noma’lum.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Sinupret® Ekstrakt bilan bir vaqtda qo‘llanilganda boshqa preparatlarning ta’sirini kuchayishi yoki susayishini inkor etib bo‘lmaydi.
Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, silliq yuzali, yashil rangli tabletkalar.
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar chaynamasdan, yetarli miqdordagi, masalan bir stakan suv bilan ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.Qabul qilishning tavsiya etilgan davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi. Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Sinupret® Ekstrakt bilan intoksikatsiya holatlari haqida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.
Doza oshirib yuborilganda noxush reaksiyalar (masalan ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riq, diareya) yaqqolroq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Doza oshirib yuborilganda simptomatik davolash talab etiladi.Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Sinupret® Ekstraktni homiladorlik vaqtida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Sinupret® Ekstraktning ta’sir etuvchi moddasini odam ko‘krak sutiga singishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun xavfni inkor etib bo‘lmaydi. Sinupret® Ekstraktni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Retseptsiz.
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Sinupret boshqa chiqarish shakllari


SINUPRET EKSTRAKT tabletkalari N20 haqida savollar
SINUPRET EKSTRAKT tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari











