Tonzipret
Tonzipret chiqarilish shakllari

Tonzipret haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TONZIPRET®
TONZIPRET
Preparatning savdo nomi: Tonzipret®
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar
Tarkibi:
10 g (=10,9 ml) Tonzipret tomchisi quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
achchiq qalampir (Capsicum Dil.D4) – 4,0 g
gvayak daraxti (Guaiacum Dil.D4) – 4,0 g
amerika lakonosi (Phytolacca Dil.D1) – 2,0 g
Ushbu dori vositasi 55% alkogol (nisbiy hajmda) saqlaydi.
Ta‘rifi: tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
ATX kodi: R02A.
Farmakologik xususiyatlari
Keltirilmagan, chunki gomeopatik preparatlarining farmakologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma‘lumot gomeopatik davolash konsepsiyasiga muvofiq emas, shuning uchun German Commission D monografiyasining bir qismi hisoblanmaydi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Og‘iz halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositadir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi o‘z ichiga: tomoq yoki bodomsimon bezlarining o‘tkir yallig‘lanishi (tonzilit) ni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa odatdagi dozalari quyidagicha:
| Yoshi | O‘tkir kasalliklar | Surunkali kasalliklar |
| Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar | 5–10 tomchidan har 30 yoki 60 minutda, ammo kuniga 12 martadan ko‘p emas | 5–10 tomchidan kuniga
1–3 marta |
| 6-11 yosh bo‘lgan bolalar | 5–10 tomchidan kuniga 8 martadan ko‘p emas | 5–10 tomchidan kuniga
2 martadan ko‘p emas |
| 1-5 yosh bo‘lgan bolalar | 5–10 tomchidan kuniga 6 martadan ko‘p emas | 5–10 tomchidan kuniga
1–2 martadan ko‘p emas |
Tomchilarni, yoki suyultirilmagan holda bir muncha vaqt og‘izda tutib turib, yoki oz miqdordagi suv bilan suyultirib qabul qilish kerak.
Bolalarga preparatni suvda suyultirilgan holda qabul qilish tavsiya qilinadi.
Dozalashda flakonni vertikal holda ushlang!
Qo‘llashning davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar preparat 1-2 hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha dori vositalari kabi preparat ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi. Nojo‘ya samaralarni baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma‘lumotlar olinadi:
Juda tez–tez: Davolashni o‘tkazgan 10 pasientdan 1 dan ko‘pida
Tez–tez: Davolashni o‘tkazgan 100 pasientdan 1 dan 10 gachasida
Ba‘zida: Davolashni o‘tkazgan 1000 pasientdan 1 dan 10 gachasida
Kam: Davolashni o‘tkazgan 10000 pasientdan 1 dan 10 gachasida
Juda kam: Davolashni o‘tkazgan 10000 pasientdan 1 dan kamida
Noma‘lum: Mavjud ma‘lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas.
Izoh: Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Kam hollarda ko‘ngil aynishi yoki me‘dada buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam paydo bo‘ladi.
Gomeopatik preparat qabul qilinganida mavjud bo‘lgan buzilishlar zo‘rayishi mumkin (gomeopatik aggravasiya). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning ta‘sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Homiladorlik va laktasiya.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sir hollari noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu dori vositasi 55% (hajm nisbatida) alkogol saqlaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang.
Bolalar
Tonzipret tomchilarini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishi mumkin emas, chunki bu yosh guruhida qabul qilinishi to‘g‘risida muvofiq tekshirishlar yo‘q.
Agar shikoyatlar yo‘qolmasa, yangilari paydo bo‘lsa, shuningdek 3 kun davomida tana harorati 39°S va undan yuqori bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari non birligini (NB) saqlamaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari noma‘lum.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar 30 ml, 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Preparatni yorug‘likdan himoyalash uchun original o‘ramida, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 12 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptciz.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning ta’sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Capsicum annuum D3 75 mg Guaiacum D3 75 mg Phytolacca americana Ø 50 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Farmakodinamikasi
Ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy gomeopatik preparatdir.
Farmakokinetikasi
Taqdim etilmagan.
Bolalar uchun qo'llanilishi
1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® tomchilarini qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh: Tonzipret® tomchilari o‘zlashtiriladigan uglevodlarning (SЕU) ahamiyatli miqdorini saqlamaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash klinik ma'lumotlarning etarli emasligi sababli tavsiya etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatni qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Doza oshirib yuborilganda dozaga bog‘liq noxush reaksiyalarning yaqqolligi kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Maxsus ko‘rsatmalari
Doimiy, noaniq simptomlar bo‘lganida yoki yangi simptomlar paydo bo‘lganida, shuningdek uch kundan ortiq saqlanadigan yoki 39°C dan yuqoriga oshadigan yuqori tana haroratida shifokorga murojaat etish kerak.
Tonzipret® preparati laktoza saqlaydi, shuning uchun biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun ma’lumot: bitta tabletka 0,02 non birligini saqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda Tonzipret® preparatini qo‘llash haqida ma’lumotlar mavjud emas. Xavfsizlik maqsadida homiladorlik vaqtida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Tonzipret® preparatining faol komponentlari ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum. Emizikli bola uchun xavfni inkor etish mumkin emas. Emizish davrida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Bolalar
1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat tavsiya etilgan dozalarda transport vositalarini boshqarish va xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir holatlari noma’lum.
Umumiy izoh:Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek chekish, kimyoviy stimulyatorlar, kofe va alkogolni iste’mol qilish gomeopatik dori vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha preparatlarni qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, tavsiya etilgan dozasi quyidagicha:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: kasallikning o‘tkir davrida 1 tabletkadan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kasallikning o‘tkir davrida ½ tabletkadan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida ½ tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
Agar simptomlar yaxshilansa, qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.
Tonzipret® preparati ichga qabul qilinadi. Tabletka sekin erishi uchun uni bir qancha vaqt og‘izda tutib turish kerak.
Kichik bolalarga tabletkaning yarmini suvda eritib, tabletkani yutishdan saqlanish mumkin.
Har qanday dori preparati kabi, gomeopatik vositalarni dastlab shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













