TONZIPRET tabletkalari N50

Og‘iz-halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
TONZIPRET tabletkalari N50 qo'llanmasi
Retseptsiz
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Capsicum annuum D3 75 mg Guaiacum D3 75 mg Phytolacca americana Ø 50 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:Faol moddalar:
Capsicum annuum D3 75 mg
Guaiacum D3 75 mg
Phytolacca americana Ø 50 mg
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Chiqarilish shakli
25 tabletkadan alyumin folga va PVX/PVDX plyonkali blisterda. 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy gomeopatik preparatdir.
Taqdim etilmagan.
Og‘iz-halqumning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasi.
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Barcha dori vositalari kabi, preparat noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, ular har bir holatda ham namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Noxush reaksiyalar tez-tezligining miqdoriy mezonlari va a’zolar-tizimi sinfi va ularni yuzaga kelish tez-tezligiga muvofiq noxush reaksiyalar tasnifi (Nojo‘ya ko‘rinishlar tez-tezligini aniqlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam xollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam xollarda (< 1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)Noma’lum:
- ko‘ngil aynishi, me’da tomonidan buzilishlar kabi me’da-ichak yo‘llari buzilishlari
- mahalliy allergik reaksiyalar.
Allergik reaksiyalarning birinchi belgilarida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Gomeopatik preparatlarni qabul qilish mavjud shikoyatlarni yomonlashishini (boshlang‘ich yomonlashishni) chaqirishi mumkin. Bunday holatda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Doimiy, noaniq simptomlar bo‘lganida yoki yangi simptomlar paydo bo‘lganida, shuningdek uch kundan ortiq saqlanadigan yoki 39°C dan yuqoriga oshadigan yuqori tana haroratida shifokorga murojaat etish kerak.
Tonzipret® preparati laktoza saqlaydi, shuning uchun biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun ma’lumot: bitta tabletka 0,02 non birligini saqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda Tonzipret® preparatini qo‘llash haqida ma’lumotlar mavjud emas. Xavfsizlik maqsadida homiladorlik vaqtida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Tonzipret® preparatining faol komponentlari ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum. Emizikli bola uchun xavfni inkor etish mumkin emas. Emizish davrida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Bolalar
1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret® preparatini qo‘llash mumkin emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat tavsiya etilgan dozalarda transport vositalarini boshqarish va xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Og‘iz-halqumning yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasidir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi tomoq yoki bodomsimon bezlarini o‘tkir yallig‘lanishi (tonzillit)ni o‘z ichiga oladi.
Preparatning ta’sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir holatlari noma’lum.
Umumiy izoh:Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek chekish, kimyoviy stimulyatorlar, kofe va alkogolni iste’mol qilish gomeopatik dori vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha preparatlarni qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Dumaloq, yassi silindrik shaklli, bir tomonida riskali va ikkila tomonida faskali, och-sariq rangli shimish uchun tabletkalar.
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, tavsiya etilgan dozasi quyidagicha:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: kasallikning o‘tkir davrida 1 tabletkadan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kasallikning o‘tkir davrida ½ tabletkadan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida ½ tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
Agar simptomlar yaxshilansa, qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.
Tonzipret® preparati ichga qabul qilinadi. Tabletka sekin erishi uchun uni bir qancha vaqt og‘izda tutib turish kerak.
Kichik bolalarga tabletkaning yarmini suvda eritib, tabletkani yutishdan saqlanish mumkin.
Har qanday dori preparati kabi, gomeopatik vositalarni dastlab shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.
Hozirgi vaqtgacha preparatni qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Doza oshirib yuborilganda dozaga bog‘liq noxush reaksiyalarning yaqqolligi kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash klinik ma'lumotlarning etarli emasligi sababli tavsiya etilmaydi.
TONZIPRET tabletkalari N50 boshqa chiqarish shakllari
TONZIPRET tabletkalari N50 savollari
TONZIPRET tabletkalari N50 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar














