SINUPRET FORTE tabletkalari N20

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita. Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan preparat.
SINUPRET FORTE tabletkalari N20 qo'llanmasi
Sotish shartlari
Reseptsiz.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Gentianae radix (gajak o‘t ildizi) 12 mg Primulae flos (navro‘zgul gullari) 36 mg Rumicis herba (shovul o‘ti) 36 mg Sambusi flos (marjon guli) 36 mg Verbenae herba (tizimgul o‘ti) 36 mg yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tozalangan suv, laktoza monogidrati, jelatin, sorbitol, stearin kislotasi, kalsiy karbonati, glyukoza siropi, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, glikolli tog‘ mumi, asosiy butillangan metakrilat sopolimeri, kanakunjut moyi, saxaroza, shellak, talk, titan dioksidi, indigo-karmin (alyumin laki) (Ye132), 25% li xlorofill kukuni (Ye141), riboflavin (Ye101).
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
faol moddalar:
Gentianae radix (gajak o‘t ildizi) 12 mg
Primulae flos (navro‘zgul gullari) 36 mg
Rumicis herba (shovul o‘ti) 36 mg
Sambusi flos (marjon guli) 36 mg
Verbenae herba (tizimgul o‘ti) 36 mg
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tozalangan suv, laktoza monogidrati, jelatin, sorbitol, stearin kislotasi, kalsiy karbonati, glyukoza siropi, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, glikolli tog‘ mumi, asosiy butillangan metakrilat sopolimeri, kanakunjut moyi, saxaroza, shellak, talk, titan dioksidi, indigo-karmin (alyumin laki) (Ye132), 25% li xlorofill kukuni (Ye141), riboflavin (Ye101).
Chiqarilish shakli
Har birida 20 yoki 25 qobiq bilan qoplangan tabletkadan blisterlar.
O‘ram o‘lchami: 20, 50 yoki 100 qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakodinamikasi
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir.
Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibidagi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret® Forte sekretolitik, sekretomotor, shuningdek yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, preparat burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antivirus va antibakterial hususiyatlariga ega va infeksiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning barcha faol moddalari haqida ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, farmakokinetikasi va biologik kiraolishligi bo‘yicha tadqiqot ma’lumotlari mavjud emas.
Farmakoterapevtik guruh
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita. Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan preparat.
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletka.
Nojo'ya samaralari
Me’da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan, me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi.
Ayrim hollarda terida toshma, qichishish, qizarish kabi teri allergik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaksiyalar ham yuzaga kelishi mumkin.
Har qanday allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida Sinupret® Forteni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq davom etsa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa va/yoki patsiyentda davomli isitma, kuchli og‘riq yoki noaniq shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat etish kerak.
Me’dani sezgirligi yoki me’daning ma’lum kasalliklari mavjud bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasini qabul qilganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret® Forteni bir stakan suv bilan ovqatdan keyin qabul qilgan afzal.Glyukoza, laktoza, saxaroza yoki sorbitolni o‘zlashtiraolmaslikda Sinupret® Forte dori vositasini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Sinupret® Forte dori vositasini homiladorlik va laktatsiya davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, Sinupret® Forte qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ushbu davrda qabul qilish mumkin emas.
Preparat tavsiya qilingan dozalarda avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: preparatning bir martalik dozasi o‘rtacha 0,2 birlik uglevodlar saqlaydi.
Qo'llanilishi
Yopishqoq sekret hosil bo‘lishi va burun bitishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali rinosinusitlarda qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Tegishli ma’lumotlarni yo‘qligi sababli, preparatni 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi paytgacha ma’lum emas.Ta'rifi
Dumaloq shaklli, ikkiyoqlamaqavariq, yashil rangli silliq yuzali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Dozirovkasi
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Tabletkani butunligicha, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan yutish kerak. Sinupret® Forte tabletkasini qabul qilish 7-14 kundan oshmasligi kerak.
Agar simptomlar saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan qaytalansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz preparatni katta dozada qabul qilgan bo‘lsangiz, kerakli choralarni ko‘rish uchun shifokoringizga murojaat qiling. Nojo‘ya ta’sirlar kuchli namoyon bo‘lishi mumkin.
Sinupret boshqa chiqarish shakllari


SINUPRET FORTE tabletkalari N20 haqida savollar
SINUPRET FORTE tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari













