SINUPRET sirop 100ml

Burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.
SINUPRET sirop 100ml qo'llanmasi
Reseptsiz
1 ml (1,208 g mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi: Faol komponent: gajak o‘t ildizlari, navro‘zgul yaproqlari bilan gullari, shovul o‘ti, marjon guli, tizimgul o‘ti (1:38,5) aralashmasi (1:3:3:3:3) - 417 mg. Ekstragent: etanol 59 % (x/x), tozalangan suv Yordamchi moddalar: suyuq maltit, olcha aromatizatori. Etanol miqdori: 8 % (x/x).
O‘simliklardan olingan majmuaviy preparat.
Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar bilan bog‘liq. Sinupret® preparati sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burun yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatini chiqishiga yordam beradi. Viruslarga qarshi va antibakterial ta’sir ko‘rsatib, infeksiyalarda davolovchi samara namoyon qiladi.
Preparatning barcha faol moddalari haqida batafsil ma’lumot yo‘qligi tufayli, farmakokinetikasi va biokiraolishligi bo‘yicha tadqiqotlar keltirilmagan.
Burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.
Sirop
Kam xollarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:
- me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi)- teri allergik reaksiyalari (masalan qizarish, teri toshmasi, qichishish)
Bundan tashqari, angionevrotik shish, hansirash, yuzni shishi kabi jiddiy allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Tez-tezligi noma’lum.
Har qanday (shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan) nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Agar simptomlar 7-4 kundan ko‘proq saqlansa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek burundan qon ketishi, isitma, kuchli og‘riq yoki tushuntirib bo‘lmaydigan shikoyatlar paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Agar Sizda me’dani sezgirligi bo‘lsa yoki me’daning ma’lum kasalliklarida ushbu dori vositasini qabul qilganda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret siropni ovqatdan keyin bir stakan suv bilan qabul qilgan afzal.Sinupret® sirop 8,0% alkogol saqlaydi, 7,0 ml sirop taxminan 448 mg alkogol saqlaydi.
Alkogol saqlaganligi tufayli preparatni alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek alkogolli qaramlikni muvaffaqiyatli davolagandan keyin preparatni qo‘llash mumkin emas. Alkogolizmi bo‘lgan patsiyentlarda, dori vositasini tavsiya etilgandan yuqoriroq dozalarda qabul qilgan bolalarda va jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan bemorlar kabi yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarda alkogol saqlashini e’tiborga oling.
Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.
Agar Sizda qandlarning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik ma’lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil qiladi. Maltit yengil surgi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik davrida Sinupret® siropini faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, preparatni ushbu davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining transport vositalari yoki potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri
Preparat agar tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinsa, transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qovushqoq sekretni hosil bo‘lishi, shuningdek burun bitishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali rinosinusitlarda qo‘llanadi.
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Och-jigarrangli, olcha hidli qovushqoq suyuqlik.
Saqlash jarayonida xiralashish yoki ahamiyatsiz cho‘kma tushishi mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: 7,0 ml dan kuniga 3 marta
6-11 yoshdagi bolalar: 3,5 ml dan kuniga 3 marta2-5 yoshdagi bolalar: 2,1 ml dan kuniga 3 marta.
Sinupret® siropi ilova qilingan o‘lchov qoshiqchasi yordamida yuqorida ko‘rsatilgan dozada kuniga 3 marta (ertalab, kunduzi va kechqurun) ichga qabul qilinadi.
Zarurati bo‘lganida preparatni oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish mumkin.
Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi.
Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Simptomlari: doza oshirib yuborilganda noxush samaralar jadalroq bo‘lishi mumkin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtating va shifokorga xabar bering, shifokoringiz zarur choralarni ko‘radi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida Sinupret® siropni faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda va xavfni sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar kasalligi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak
SINUPRET sirop 100ml boshqa chiqarish shakllari



SINUPRET sirop 100ml savollari
SINUPRET sirop 100ml fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar













