MASTODINON tabletkalari N60

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar
MASTODINON tabletkalari N60 qo'llanmasi
Sotish shartlari
Reseptsiz
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Agnus castus Ø (Avraam daraxti yoki qutlug‘ Viteks) 162 mg
Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist) 81,0 mg
Cyclamen D4 (Alp binafshasi) 81,0 mg
Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti) 81,0 mg
Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar) 162,0 mg
Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya) 81,0 mg
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
faol moddalar:
Agnus castus Ø (Avraam daraxti yoki qutlug‘ Viteks) 162 mg
Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist) 81,0 mg
Cyclamen D4 (Alp binafshasi) 81,0 mg
Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti) 81,0 mg
Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar) 162,0 mg
Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya) 81,0 mg
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 ta blisterlar davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibirlovchi ta’siri hayvonlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstraktini qo‘llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining (“yashirin giperprolaktinemiya” deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko‘rsatdi.
Farmakokinetikasi
Ta'riflanmagan
Farmakoterapevtik guruh
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaksiyalari (masalan, toshma va eshakemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, me’da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riq kabi) paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Eslatma: gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud bo‘lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Maxsus saqlash sharoitlari
Estrogenga-bog‘liq xavfli o‘smalar bilan kasallangan bemorlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Dopamin ta’sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta’sirlarini ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlarini qabul qilayotgan bemorlar Mastodinon® tabletkasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar kuchaysa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Mastodinon® tabletkasining ta’sir mexanizmi gormonal muvozanat garmonizatsiyasini o‘z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat kerak bo‘lishi mumkin. Bu davrda hayz ko‘rish siklining buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Gipofizar buzilishlari bo‘lgan bemorlar preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Hayz siklini boshqarish orqali Vitex agnus-castus mevalari ayollar fertilligiga ta’sir etishi mumkin. Agar Sizda biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokorga murojaat qiling.
Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: preparatning bir martalik dozasi o‘rtacha 0,02 “non birligi” (NB) saqlaydi.
Qo'llanilishi
Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida:
- hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren);
- mastopatiyalar;
- hayz siklini buzilishi va/yoki sariq tana yetishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo‘llanadi.
Noaniq, doimiy yoki takrorlanuvchi shikoyatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qiling. Bunday belgilar jiddiy kasaklliklar bilan bog‘liq bo‘lishi va tibbiy yordamni talab qilishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Mastodinon 12 yoshdan boshlab bolalarda jinsiy yetilish davrida to muntazam hayz boshlanigunigacha qo‘llanilmasligi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Vitex agnus-cactus, fructus, dopamin ta’sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta’sirlarni ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlari bilan o‘zaro ta’sirlarini to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi.
Umumiy eslatma: nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek ta’sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan kofe) iste’mol qilish, gomeopatik vositalarni ta’siriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘shimcha dori preparatlarini qabul qilishda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.Ta'rifi
Dumaloq shaklli, yassi yuzali, och jigarrang rangli tabletkalar, biroz pigmentatsiyaga yo‘l qo‘yiladi.
Dozirovkasi
|
Bemorlar |
Bir martalik doza | Kunlik doza |
|
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga |
1 tabletka | 2 tabletka |
Qo‘llash usuli
Bir tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilinadi. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon® ni kamida 3 oy shu jumladan hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash tavsiya etiladi.
Agar 3 oy qo‘llangandan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahatlashish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi me’da-ichak buzilishlariga olib kelishi mumkin yoki laktozani o‘zlashtiraolmaydigan shaxslarda surgi ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Mastodinon® homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Agar homiladorlik dori terapiyasi paytida yuzaga kelsa, Mastodinonni qabul qilishni to'xtatish kerak.
MASTODINON tabletkalari N60 xususiyatlari
Mastodinon boshqa chiqarish shakllari

MASTODINON tabletkalari N60 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 65542,
"stores_apteka_id": 353117,
"slug": "mastodinon-tabletki-gomeopaticheskie-n60",
"stores_apteka_slug": "mastodinon-tab-60",
"name": "MASTODINON tabletkalari N60",
"brand_name": "MASTODINON",
"image": "uploads/iblock/251/8i7huj7dv53br3nb9c1yx95wvg1e71t3.webp",
"atx_code": "G02CX",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Bionorica SE",
"representative": {
"id": 14222,
"slug": "bionorica-se",
"name": "Bionorica SE"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": true,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1081,
"slug": "ginekologicheskie",
"name": "Ginekologik dorilar",
"external_link_title": "Ginekolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/ginekolog"
},
"drug_group": {
"id": 7529,
"slug": "mastodinon",
"name": "Mastodinon"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 2,
"slug": "germaniya",
"name": "Germaniya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6780,
"slug": "viteks-svyashchennyy",
"name": "viteks svyashenniy"
},
{
"id": 7258,
"slug": "ignatsiya",
"name": "ignasiya"
},
{
"id": 7792,
"slug": "liliya-tigrovaya",
"name": "Liliya tigrovaya"
},
{
"id": 8927,
"slug": "steblelist-vasilkoviy",
"name": "Steblelist vasilkoviy"
},
{
"id": 9599,
"slug": "tsiklamen-evropeyskiy",
"name": "Siklamen yevropeyskiy"
},
{
"id": 10046,
"slug": "iris-raznotsvetnyy",
"name": "Iris raznosvetniy"
}
],
"tags": [
{
"id": 151,
"slug": "dlya-zhenshchin",
"name": "Ayollar uchun"
}
]
}
}
MASTODINON tabletkalari N60 haqida savollar
MASTODINON tabletkalari N60 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari











