Klimadinon
Klimadinon chiqarilish shakllari
Narxi
115 000 so'm dan

Retseptsiz
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
•102 ta dorixonada bor
Narxi
108 000 so'm dan
- Klimadinon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Klimadinonning tarkibi
- Klimadinon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Klimadinon narxi Toshkent dorixonalarida
Klimadinon haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- menopauzada, pre- va postmenopauzada vegeto-tomir va ruhiy buzilishlar (sh.j. qizishlar, ko'p terlash, uyqu buzilishi, yuqori nerv qo'zg'aluvchanligi, kayfiyat o'zgarishi, apatiya).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — estrogenga bog‘liq o‘smalar; — laktozani o‘zlashtira olmaslik (tabletkalar uchun); — alkogolizm (ichish uchun tomchilar uchun); — preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Jigar kasalliklari, epilepsiya, bosh miya kasalliklari va jarohatlarida preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak (qo‘llash faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin mumkin).
Tarkibi
- tsimitsifuga ildizpoyasi suyuq ekstrakti 12 g bu quritilgan dorivor o‘simlik xom ashyosining 2.4 g ga mos keladi Yordamchi moddalar: yalpiz moyi, etanol 35-40 hajm.%, natriy saxarindigidrat, tozalangan suv. tsimitsifuga (qandala o‘ti) ildizpoyalari quruq ekstrakti 32.5 mg, shu jumladan tsimitsifuga ildizpoyalari nativ ekstrakti (4.5-8.5:1) 6.5 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, tsellyuloza kukuni, yuqori dispersli kremniy dioksidi, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali, kaltsiy gidrofosfati digidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), metilgidroksipropiltsellyuloza (gipromelloza), makrogol 4000, titan dioksidi (E171), temir oksidi qizil (E172), temir oksidi sariq (E172). Ekstragent: etanol 60%. tsimitsifuga (Cimicifuga racemosa) ildizpoyasi quruq ekstrakti 20 mg saqlaydi tsimitsifuga ildizpoyalari ekstrakti nativ (5-10:1) 2.8 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kaltsiy gidrofosfati digidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, talk, titan dioksidi, temir oksidi sariq (E172), temir oksidi qizil (E172), makrogol, eudragit RL 30D (ammoniy metakrilat kopolimeri 1:2:0.2 va sorbin kislotasi). Ekstragent - etanol 58 hajm.%
Farmakodinamikasi
Ushbu o‘simlikdan olinadigan dori preparatini qo‘llash klimaks davridagi loxaslik simptomlarini yengillashtirishga yordam beradi. Ta’sir mexanizmi va klimakterik simptomlarini yaxshilanishiga yordam beruvchi komponentlar ma’lum emas.
Farmakokinetikasi
Klimadinon® preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Farmakologik ta'siri
Klimakterik sindromda qo'llaniladigan fitopreparat. Estrogenga o'xshash samaraga ega, sedativ xususiyatlarni namoyon qiladi, vegetativ asab tizimiga ijobiy terapevtik ta'sir ko'rsatadi. Preparatni qo'llash klimakterik davrdagi holsizlik simptomlarining susayishiga yoki butunlay yo'qolishiga yordam beradi. Preparatning terapevtik ta'siri asta-sekin boshlanadi va qabul qilish boshlanganidan taxminan 2 hafta o'tgach namoyon bo'ladi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Bo'lishi mumkin: kamdan-kam hollarda - epigastriyda og'riqlar, tana vaznining oshishi, allergik reaktsiyalar; juda kamdan-kam hollarda - sut bezlarida taranglik hissi, hayzsimon qon ketishlar.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar davolash vaqtida samarali kontratsepsiyadan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari kerak.Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborish va intoksikatsiya holatlari noma’lum.
Dori shaklining ta'rifi
- Ichish uchun tomchilar Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Jigarrang tusli pushti rangli qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida chiziqchasi bo'lgan tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga Klimadinon® ni shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas
Jigarni shikastlanishini ko‘rsatuvchi simptomlar (charchash, ishtaxani yo‘qolishi, teri va ko‘zni sarg‘ayishi, ko‘ngil aynish va qusish bilan birga qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq bo‘lishi yoki siydik rangini to‘q bo‘lishi) paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. Ayollar jinsiy gormonlarini (estrogenlar) qabul qilayotgan patsiyentlarga, shuningdek sut bezining raki yoki gormonga bog‘liq o‘smalar bo‘yicha davolanayotgan patsiyentlar shifokor maslahatisiz preparatni qabul qilishi mumkin emas.Qindan qon ketishi yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Dori preparatining tarkibiga laktoza kiradi. Agar sizda biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat eting.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar davolash vaqtida samarali kontratsepsiyadan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari kerak.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot
Bir tabletka o‘rtacha 0,01 non birligi (NB) saqlaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha Klimadinon® Uno preparatining dorilar bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash
Buyrak/jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash yuzasidan aniq tavsiyalar uchun ma’lumotlar yetarli emas.
Bolalar.Klimadinon tabletkalarining bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ushbu pediatrik populyatsiyalarda Klimadinon tabletkalarini qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) oz miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi.
Tabletkalarni chaynamasdan va shimmasdan butunligicha yutish kerak.
Qo‘llash davomiyligi
Agar preparatni qabul qilish davrida simptomlar saqlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan Klimadinon® ni 6 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas.
|
Patsiyentlar |
Bir martalik doza | Kunduzgi doza |
|
Menopauza davridagi ayollar |
1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka | 2 ta qobiq bilan qoplangan tabletka |
Buyrak/jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash yuzasidan aniq tavsiyalar uchun ma’lumotlar yetarli emas.
Bolalar.Klimadinon tabletkalarining bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ushbu pediatrik populyatsiyalarda Klimadinon tabletkalarini qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) oz miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi.
Tabletkalarni chaynamasdan va shimmasdan butunligicha yutish kerak.
Qo‘llash davomiyligi
Agar preparatni qabul qilish davrida simptomlar saqlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan Klimadinon® ni 6 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Klimadinon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
Klimadinon narxlari
Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Dorixona: Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
108 000 so'm
Bron qilishDorixona: Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
108 000 so'm
Bron qilishDorixona: Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
108 000 so'm
Bron qilishDorixona: Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
108 000 so'm
Bron qilishKlimadinon haqida savollar
Klimadinon haqida fikr-mulohazalar
Reyting 3.8, 8 ta sharh asosida













