Apteka.uz
SavatKirish

Mastodinon

Mastodinon chiqarilish shakllari

MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml
Retseptsiz
MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
•3 ta dorixonada bor
Narxi
135 700 so'm dan
MASTODINON tabletkalari N60
Retseptsiz
MASTODINON tabletkalari N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
•7 ta dorixonada bor
Narxi
143 800 so'm dan
- Mastodinon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Mastodinonning tarkibi
- Mastodinon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Mastodinon narxi Toshkent dorixonalarida

Mastodinon haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Simptomatik vosita sifatida majmuaviy terapiya tarkibida: — hayz ko'rishdan oldingi sindrom (ruhiy labillik, qabziyat, shishlar, bosh og'rig'i, migren, sut bezlarining og'riqli taranglashishi); — fibroz-kistoz mastopatiya; — hayz tsikli buzilishlari (sariq tana yetishmovchiligi oqibatida); — bepushtlik (sariq tana yetishmovchiligi oqibatida).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Laktoza mavjudligi sababli Mastodinon® tabletka shaklida irsiy galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza genetik tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktoza so‘rilishi buzilishi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun qo‘llanilmasligi kerak. Mastodinon® sut bezlarining xavfli kasalliklarini davolash uchun ishlatilmaydi.

Tarkibi

  • 100 g Agnus castus (muqaddas viteks yoki Avraam daraxti) D1 20 g Caulophyllum thalictroides (vasilistniksimon poyabarg) D4 10 g Cyclamen (yevropa siklameni) D4 10 g Ignatia (ignatsiya chilibuxasi) D6 10 g Iris (turli rangli iris) D2 20 g Lilium tigrinum (yo‘lbars liliyasi) D3 10 g Yordamchi moddalar: etanol 47-53 hajm.% Agnus castus (muqaddas viteks yoki Avraam daraxti) D1 162 mg Caulophyllum thalictroides (vasilistniksimon poyabarg) D4 81 mg Cyclamen (yevropa siklameni) D4 81 mg Ignatia (ignatsiya chilibuxasi) D6 81 mg Iris (turli rangli iris) D2 162 mg Lilium tigrinum (yo‘lbars liliyasi) D3 81 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati, laktoza monogidrati. Agnus castus (muqaddas viteks yoki Avraam daraxti) D1 20 g Caulophyllum thalictroides (vasilistniksimon poyabarg) D4 10 g Cyclamen (yevropa siklameni) D4 10 g Ignatia (ignatsiya chilibuxasi) D6 10 g Iris (turli rangli iris) D2 20 g Lilium tigrinum (yo‘lbars liliyasi) D3 10 g Yordamchi moddalar: etanol 47-53 hajm.% Agnus castus (muqaddas viteks yoki Avraam daraxti) D1 20 g Caulophyllum thalictroides (vasilistniksimon poyabarg) D4 10 g Cyclamen (yevropa siklameni) D4 10 g Ignatia (ignatsiya chilibuxasi) D6 10 g Iris (turli rangli iris) D2 20 g Lilium tigrinum (yo‘lbars liliyasi) D3 10 g Yordamchi moddalar: etanol 47-53 hajm.%

Farmakodinamikasi

Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibirlovchi ta’siri hayvonlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstraktini qo‘llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining (“yashirin giperprolaktinemiya” deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko‘rsatdi.


Farmakokinetikasi

Mastodinon® preparatining ta'siri uning komponentlarining umumiy ta'siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik tadqiqotlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q; barcha komponentlarni birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatib bo‘lmaydi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy gomeopatik preparat. Dofaminergik ta'sir ko'rsatadi, shu tufayli adenogipofiz tomonidan prolaktin sekretsiyasi kamayadi. Bunda gipofiz gonadotrop gormonlari ishlab chiqarilishi normallashadi, bu sariq tana etishmovchiligi va u bilan bog'liq hayz tsikli buzilishlari va bepushtlikning bartaraf etilishiga olib keladi. Prolaktin miqdori pasayganda fibroz-kistoz mastopatiyada patologik jarayonning orqaga rivojlanishi uchun sharoitlar yaratiladi. Bunda terapevtik ta'sir, qoida tariqasida, 6 haftadan keyin namoyon bo'ladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar. Juda kamdan-kam hollarda: oshqozonda og'riq, ko'ngil aynishi, tana vaznining biroz oshishi, qichishadigan ekzantemalar, husnbuzarlar, bosh og'riqlari. Shuningdek Agnus castus saqlashi sababli vaqtincha psixomotor qo'zg'alish, ongning chalkashishi va gallyutsinatsiyalar paydo bo'lishi mumkin (bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Mastodinon® homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

Agar homiladorlik dori terapiyasi paytida yuzaga kelsa, Mastodinonni qabul qilishni to'xtatish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi kungacha dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Davolash: simptomatik.

Dori shaklining ta'rifi

  • Tomchilar Ichish uchun tomchilar Ichish uchun tomchilar tiniq, biroz sarg'ish suyuqlik ko'rinishida, xushbo'y hidli; saqlash jarayonida yengil loyqalanish yoki arzimas cho'kma tushishi mumkin. Tabletkalar Tabletkalar dumaloq, yassi-tsilindrik shaklli, bej rangli, och-jigarrang dog'lar bo'lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Estrogenga-bog‘liq xavfli o‘smalar bilan kasallangan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Dopamin ta’sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta’sirlarini ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlarini qabul qilayotgan bemorlar Mastodinon® tomchini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Preparatni qabul qilish vaqtida simptomlar kuchaysa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur.
 
Mastodinon® tomchining ta’sir mexanizmi gormonal muvozanatni garmonizatsiyasini o‘z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat talab etiladi. Bu davrda hayz ko‘rish siklini buzilishlari bo‘lishi mumkin. 

Gipofizar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

Hayz siklini boshqarish orqali Vitex agnus-castus mevalari ayollar fertilligiga ta’sir etishi mumkin.

Etanol saqlaganligi tufayli (hajm nisbatida 47-53%) alkogolizm bilan xastalangan patsiyentlarda va alkogolizmdan muvaffaqiyatli davolangandan so‘ng ushbu vositani qabul qilish mumkin emas.

Yuqori xavf guruhi patsiyentlarda: jigar kasalligi, tutqanoq kasalliklarida tarkibida alkogol borligini e’tiborga olish zarur.

Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi.

Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo‘lgan cho‘kma tushishi mumkin. Bu preparatning samarasiga ta’sir qilmaydi.

Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mastodinon dofamin antagonistlari bilan birga qo‘llanilganda uning ta’siri susayishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Dozalash

Patsiyentlar
   
bir martalik doza
kunduzgi doza

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga
       
     30 tomchi      60 tomchi

Qo‘llash usuli

30 tomchidan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ularni biroz suv bilan suyultirib qabul qilish lozim.
Preparatni boshqa suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon® ni kamida 3 oy shu jumladan hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash tavsiya etiladi.

Agar 3 oy qo‘llangandan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahatlashish kerak.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Mastodinon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Mastodinon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
280 000 so'm
Buyurtma berish
Jamshid Imperium
Shayxontoxur tumani, Zafarobod ko'ch., 106 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-09:00
249 000 so'm
Junior Pharm Javohir
Chilonzor tumani, 2 daha, 33 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-00:00
250 000 so'm
Lux №2
Yunusobod tumani, A.Donish ko'ch., 4 uy, 47 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
250 000 so'm

Mastodinon haqida savollar

Mastodinon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.4, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil